Neft va gaz mahsulotlarini tashish va saqlash texnologiyasi


YoQShlarini yashindan himoyalash



Download 10,71 Mb.
bet52/54
Sana15.04.2022
Hajmi10,71 Mb.
#553212
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Neft va gazni tashish va saqlash texnologiyasi O\'QUV QO\'LLANMA

YoQShlarini yashindan himoyalash. Bino va inshootlar yoki ularning qismlari vazifasi va hududda joylashishiga ko‘ra, yashin fao liyatining mutassilligi hamda yiliga bo‘ladigan yashindan qutilgan shikastlanish miqdoriga, yashindan himoyalash qurilmasi toifa si va himoya zonasi turiga ko‘ra muhofazalanishi kerak. Yashin himoya qurilmasiga talablar va yashin qaytargichlarni hamma zonasini
aniqlash SN 305 me’yoriy hujjati bilan o‘rnatiladi.


ATROF-MUHIT MUHOFAZASI
Neft mahsulotlarining inson va atrof-muhitga ta’siri. Katta miqdorda neft qazib olinishi, qayta ishlanishi va neft mahsulotlarining texnikada keng qo‘llanishi natijasida insoniyat quyidagi jabhalarda namoyon bo‘layotgan salbiy ta’sirlarni aniqladi:
– atmosferaning kimyoviy tarkibini o‘zgarishi va uning o‘rtacha
haroratining ko‘tarilishi;
– yer va suvni neft mahsulotlari bilan bilan ifloslanishi;
– yonilg‘ini insonning biror joyiga to‘kilishi natijasida zaharli
ta’siri;
– havo havzasini yonilg‘i bug‘lari bilan ifloslanishi;
– shaharlar havosini dvigatel chiqindi gazlaridagi zaharli moddalar
bilan ifloslanishi;
– yonilg‘ilarning yonish va portlash xavfi borligi.
Atmosferaning kimyoviy tarkibini o‘zgarishi neft mahsulotlarining yonishi natijasida sodir bo‘ladi. Ichki yonar dvigatellari uglevodorodli yonilg‘ilarning asosiy iste’molchilari bo‘lib, yonish jarayonida kislorod sarflanadi va uglerod ikki oksid CO2 ajralib chiqadi. Ushbu modda yer atmosferasida doimiy oshib bormoqda va uning
ortishi, yerga yutiladigan va qaytariladigan quyosh quvvatining nisbatini o‘zgartirmoqda, bu esa yer sharining iqlimini o‘zgarishiga va har xil halokatlarga olib kelmoqda. Dvigatel silindrlarida yonilg‘i (neft mahsulotlari) ni yonish jarayonida
quyidagi zaharli moddalar hosil bo‘ladi:
– is gazi CO;
azot oksidlari NO, NO2, N2O4, N2O5, NOX;
– yonmagan uglevodorodlar va uning termik parchalanish mahsulotlari
CnNm;
– qurum;
– oltingugurt oksidlari SO2, SO3;
– aldegidlar.
Zamonaviy avtomobil bir yil davomida atrof-muhitga o‘rtacha 1000 kg gacha uglerod oksidi, 100 kg dan ortiq uglevodorodlar va 40 kg azot oksidi ajralib chiqaradi. Shahar atmosferasiga chiqayotgan zaharli moddalarning 80 foizdan ortig‘ini ichki yonar dvigatellari chiqarar ekan. Ushbu moddalarning inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini e’tiborga olib, neft mahsulotlarining ekologik xavfsizligi tushunchasi kiritilgan.

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish