Neft va gaz mahsulotlarini tashish va saqlash texnologiyasi


STATIK ELEKTRDAN VA YASHINDAN HIMOYALASH



Download 10,71 Mb.
bet51/54
Sana15.04.2022
Hajmi10,71 Mb.
#553212
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Neft va gazni tashish va saqlash texnologiyasi O\'QUV QO\'LLANMA

STATIK ELEKTRDAN VA YASHINDAN HIMOYALASH
Jihozlar, uskunalar, neft va neft mahsulotlari hamda odam tanasida xavfli uchqunli razryadlar sodir bo‘lishining oldini olish uchun paydo bo‘ladigan statik elektr zaryadini oqib ketishini ta’minlovchi quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutish kerak:
– statik elektr zaryadining hosil bo‘lish mutassilligini pasaytirish;
– jihoz, uskuna va kommunikatsiyalarning yerga ulaydigan
elektr kontaktni doimo ta’minlash;
– hajm va yuzadagi solishtirma elektr qarshilikni kamaytirish;
– radio himoyali, induksiyali va boshqa neytralizatorlardan foydalanish.
Statik elektrdan himoyalash uchun yerga ulanish qurilmalarini, odatda, elektr uskuna uchun yerga ulanish qurilmasi bilan birlashtirish lozim. Bunday yerga ulanish qurilmasi PEU-95, ГОСТ 21130 va SN 102 talablariga mos ravishda bajarilgan bo‘lishi kerak. Faqat, static elektrdan himoyalash uchun belgilangan yerga ulanish qurilmalarining
qarshiligi 100 Om dan oshmasligi kerak. Texnologik jihozning hamma metall va nometall qismlari static elektrdan, boshqa himoya vositalari qo‘llanilishidan qat’iy nazar, yerga ulangan bo‘lishi kerak. Yerga ulangan metall jihozga, uskunaga surtilgan lak-bo‘yoq qoplamasi, agar sathining tashqi qarshiligi uskunaning yerga ulanishiga nisbatan 107 Om dan oshmasa, elektr statik jihatdan yerga ulangan hisoblanadi. Qarshilikni o‘lchash atrof-havo namligi 60 %dan oshmagan paytda olib boriladi.
Yong‘indan xavfli suyuqliklarni quyish va to‘kish bilan band turgan avtosisternalarni to‘ldirish va bo‘shatish vaqtida doimo yerga ulanish qurilmasiga tutashtirilgan bo‘lishi kerak. Avtosisternadan yerga ulanish o‘tkazgichlarini tutashtirib qo‘yish uchun kontaktli qurilmalari avvalo ГОСТ 211.30, ГОСТ 12.2.007 talablariga mos kelishi va ГОСТ 12.1.018 elektr statik uchun xavfsizligi shartlarini qoniqtirish, so‘ngra esa ular portlashdan xavfli zonadan tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak. Kesim yuzasi kamida 6,0 mm2 bo‘lgan egiluvchan yerga ulanish o‘tkazgichlari avtosisternaning metall tanasiga doimo ulangan va M10 boltli uchlikka ega bo‘lishi kerak. Haydovchi quyish postiga kelib avtosisternani to‘latishda, doimiy ulangan o‘tkazgichlar yo‘qligida, avtosisternani yerga ulashni ikkalauchida uchliklarga ega bo‘lgan inventar o‘tkazgichlar bilan quyidagi
tartibda bajarishi kerak: yerga ulanuvchi o‘tkazgichni oldin sisterna tanasi (korpusi)ga ulanadi, keyin esa – yerga ulanish qurilmasiga. Yerga ulanish o‘tkazgichlarini avtosisternaning bo‘yalgan va ifloslangan metall qisimlariga ulashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Avtosisterna lyukini ochish va unga quyish quvurchasini tushirishni faqat avtosisterna yerga ulangandan keyingina bajarish mumkin.Neft mahsulotlari rezervuarlarga, sisternalarga va boshqa idishga sachratmasdan, purkamasdan yoki shiddat bilan aralashtirmasdan quyilishi kerak.
Ishlab chiqarishdagi bir qator texnologik jarayonlarda, masalan, metall, nometallarga mexanik ishlov berishda, dielektrik suyuqliklarni bir idishdan boshqa idishga katta tezliklarda quyish ishlarida statik elektr paydo bo‘ladi. Bu dielektriklarning sirtida hosil bo‘ladigan elektr zaryadlarni bo‘lib, ular suyuqlik yuzasida uzoqvaqt saqlanib turadi. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va avtotransport korxonalarida statik zaryadlar tasmali uzatmasi bor stanoklar va mashinalarda, neft mahsulotlari (benzin, dizel yonilg‘isi va boshqalar) ni tashish, quyish va to‘kishda hosil bo‘ladi. Yurib turgan avtomobil sisternasidagi neft mahsulotida statik zaryadlarni hosil bo‘lishi neft-mahsulotini sisterna devorlariga mutassil ishqalanishi bilan bog‘liq.

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish