Neft va gaz mahsulotlarini tashish va saqlash texnologiyasi


-rasm. Jihoz ekspluatatsiyasi bosqichiga qarab texnik holat



Download 10,71 Mb.
bet47/54
Sana15.04.2022
Hajmi10,71 Mb.
#553212
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
Neft va gazni tashish va saqlash texnologiyasi O\'QUV QO\'LLANMA

3.2-rasm. Jihoz ekspluatatsiyasi bosqichiga qarab texnik holat
parametrini o‘zgarish egri chizig‘i.
a – boshlang‘ich ekspluatatsiya davri; b – asosiy ekspluatatsiya davri;
d – yakuniy ekspluatatsiya davri.
Ta’mirlanadigan obyekt – ta’mirlash me’yoriy – texnik hujjatlarida belgilangan va muhim bo‘lgan obyekt.
Ta’mirlanmaydigan obyekt – ta’mirlash me’yoriy – texnik hujjatlarida belgilangan va muhim bo‘lmagan obyekt.
Buyumning sifati – deb buyumning o‘z vazifasi bo‘yicha ishlatish
mumkinligini aniqlovchi xususiyatlar majmuyiga aytiladi.
Ishonchlilik – deb vositaning (jihozning) belgilangan davr mobaynida va ma’lum ekspluatatsiya sharoitlarida (kalendar vaqt da) buzilmay, ishchi xarakteristikalarini yo‘l qo‘yilgan chegaralarda saq lab qolib, o‘z vazifasini bajarish xususiyatiga aytiladi. Jihozning ishonch liligi uning buzilmaslik, chidamlilik, ta’mirlashga moyillik va saqlanuvchanlik xususiyatlari bilan baholanadi.
Buzilmaslik – deb jihozni ma’lum kalendar vaqt davomida o‘zining
ishlash qobilyatini uzluksiz saqlash xususiyatiga aytiladi.
Chidamlilik – deb jihoz, uning agregat va detallarini o‘z ishlash qobiliyatini chegaraviy holatgacha (hisobdan chiqarilguncha) saqlash xususiyatiga aytiladi. Bunda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari o‘rnatilgan tizim asosida amalga oshiriladi.
Ta’mirlashga moyillik yoki ekspluatatsion qulaylik – deb jihozga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonlarida buzilish va nosozliklarni oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish qulayligiga aytiladi.
Saqlanuvchanlik – jihoz, uning agregat va detallarining buzilmasdan ishlashlik, chidamlilik va ta’mirlashga moyillik ko‘rsatkichlari miqdorlarini uzoq vaqt saqlash hamda jihozni bir joydan ikkinchi joyga eltish muddati davomida saqlanib qolishlik xususiyatidir.
Jihozni boshlang‘ich ekspluatatsiyasi a – davrida yuzaga keladigan buzilishlar jihozni ishlab chiqarishda, zavod sharoitida yig‘ishda va uni ishga tushirishdan oldin o‘z joyiga o‘rnatishda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar natijasida yuzaga keladi (3.2-rasm).
Jihozning asosiy ekspluatatsiyasi davrida texnik holat parametrining jadalligi kamayib, ma’lum bir qonuniyatga bo‘ysingan holda tasodifiy buzilishlar deyarli uchramaydi. Bu davrda jihozga rejali asosda texnik xizmat va ta’mirlash ishlari ko‘rsatiladi (b – davr). Jihozni ekspluatatsiyasi davri d uchun quyidagi holatlar xarakterli hisoblanadi: detallarning asta-sekin yeyilishi, charchashi, zang lashi va boshqa faktorlar sabababli texnik holat parametri keskin o‘zgarib boradi va buzilishlarga olib keladi. Bu holat jihozni to‘liq ta’mirlash yoki yangisini almashtirish zarurligini ko‘rsatadi (3.2-rasm).
Jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini ikki xil turi amaliyotda
qo‘llaniladi. Birinchi tizim asosiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning rejali oldini olish turi qo‘yilgan bo‘lib, bunda uzel va detallar ma’lum davr ishlaganidan keyin majburiy ravishda almashtiriladi. Ikkinchi tizimda esa diagnostika asbob – uskunalari qo‘llanilib jihozning texnik holat parametrlari aniqlanib, ular asosida aniq
ishlar amalga oshiriladi. Ikkinchi usul iqtisodiy jihatdan tejamkor hisob lanib, unda jihozni texnik holat paramerti kritik (chegaraviy) qiymatga yetmagan bo‘lsa unga texnik xizmat va ta’mirlash ishlari o‘tkazilmaydi. Ushbu usul jihozlarni resurslaridan to‘liq foydalanishga, jihozdan foydalanish koeffitsiyentini oshirishga hamda jihozning
ekspluatatsiya qilish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.
AYoQSh vositalari (jihozlari)ga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tizimi mavjud bo‘lib, unga binoan kundalik texnik xizmat ko‘rsatish (KXK), texnik xizmat ko‘rsatish (TXK), birinchi joriy ta’mirlash (1 – JT), ikkinchi joriy ta’mirlash (2 – JT), mukammal ta’mirlash (MT) nazarda tutilgan.



Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish