Neft va gaz mahsulotlarini tashish va saqlash texnologiyasi



Download 10,71 Mb.
bet53/54
Sana15.04.2022
Hajmi10,71 Mb.
#553212
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Neft va gazni tashish va saqlash texnologiyasi O\'QUV QO\'LLANMA

Ekologik xavfsizlikka neft mahsulotining inson va atrof-muhitga ta’sir etish xususiyatiga, masalan, yerga to‘kilishi, yonilg‘I bug‘lari va dvigatelning ishlatilgan gazlarini havoga chiqishi, yonish va portlash xavfliligi kiradi. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Yevropa Iqtisodiy Ittifoqi tomonidan qabul qilingan Yevro–3, 4, 5 standartlari joriy etilgan. 4.2-jadvalda ekspluatatsiyadagi dvigatellarning chiqindi
gazlardagi zaharli moddalar miqdori va ushbu standartlar bo‘yicha
ruxsat etilgan qiymatlari keltirilgan. Ekspluatatsiyadagi dvigatellardan chiqayotgan gazlarning zaharliligi ruxsat etilgan me’yordan 5–10 marta ortib ketishi mumkin.
Neft mahsulotlarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish.
Neft bazasi va YoQSh hududidan chiqayotgan uglevodorodlar bilan atmosferani zararlanishini kamaytirish uchun neft mahsulotlarining nobudgarchiligini yo‘qotish va zararli moddalarning nazoratini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarur.
Neft bazasi va YoQSh tarkibini asosiy tashkil etuvchisi – bu neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun mo‘ljallangan rezervuarlardir.
Vertikal va gorizontal joylashtirilgan po‘lat rezervuarlarni ekspluatatsiyasi
atrof-muhitni (havo, suv yuzalari, yer-tuproq) ruxsat etilgan me’yordan ortiq iflos qilmasligi kerak. Rezervuarlardan atmosferaga asosan neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish jarayonida ajraladigan yonilg‘i bug‘lari chiqadi. Rezervuarlardan chiqib atmosferani zararlantiradigan moddalarni hisoblashda O‘zbekiston Respublikasining «Atrof-muhit muhofazasi haqida»gi qonuni va «Rezervuarlardan chiqadigan zararli moddalar miqdorini aniqlash uslubiy ko‘rsatmasi»dan foydalaniladi.
Rezervuarlardan chiqayotgan moddalarni hisoblash natijalari, texnologik jarayoni neft mahsulotlari qabul qilish, saqlash va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning chegaraviy ruxsat etilgan zararli miqdorlarini hisobga olish va me’yorlash uchun foydalaniladi. Chegaraviy ruxsat etilgan tashlanma, deb shu korxonaning barcha
manbalaridan atmosferaga chiqayotgan zararli moddalarining yig‘indisiga (ChRT) aytiladi. Chegaraviy ruxsat etilgan tashlanma me’yori (ChRT) belgilangandan keyin korxonada me’yoriy hujjatlar talabiga asosan o‘tkaziladigan nazorat tashkil etilishi shart. Nazorat korxona kuchi yoki boshqa korxona tomonidan shartnoma
asosida amalga oshirilishi mumkin. Havo namunasini olish joyi, davri, chastotasi va ularning kerakli miqdori va tahlil uslubi sanitar-epidemiologiya va gidrometeorologiya
tashkilotlari bilan kelishilgan holda tanlanadi.
Ish o‘rnidagi (ishchining doimiy yoki vaqtincha bo‘ladigan may don yoki poldan 2 m balandlikda) havoda zararli moddalarning yig‘ilganlik darajasi chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi (ChRK)dan ortib ketmasligi shart mg/m3:
– benzin uglerod hisobida
mineral moylar
– tetraetilqo‘rg‘oshin
– karbonat angidrid
– 100;
– 5;
– 0,005;
– 20.
Aholi yashaydigan tumanlar uchun benzin bug‘larining ChRK
si (mg/ m3):
– o‘rtacha sutkalik
– bir martali maksimal
– 1,5;
– 5.



Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish