1-Amaliy mashg‘ulot
Avtomatik boshqarish sistemalari, ularning prinsipal va funksional sxemalari
Har qanday jarayonni oldiga qo‘yilgan maqsad sari yo‘naltirishga boshqarish deyiladi. Har qanday jarayonni boshqarish 4 bosqichdan iborat bo‘ladi: I – boshqarish maqsadi; II – boshqarish to‘g‘risida axborot; III – taqqoslash, solishtirish va qaror qabul qilish; IV – qabul qilingan qarorni bajarish.
Sxematik tarzda buni quyidagicha ifoda etish mumkin (1.1-rasm).
1.1-rasm. Avtomatik boshqarish bosqichlarining strukturaviy sxemasi
Funksional sxema sistema tarkibidagi elementlarni yoki bu elementlarning bajaradigan funksiyasini bildiradi. Prinsipial sxema esa funksional sxemaning kengaytirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |