Rivojlantirish maqsadi – dars jaraѐnida o‘qituvchilarning psixologik siftalarini dikkat, xotira, tafakkur va bilish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Psixologik adabiѐtlarni taxlil qilish o‘quvchilarda tafakkurni, politexnik, mehnat, bilish va aqliy k o‘nikmalarni, iroda va mustaqillikni rivojlantirish, ularni kelgusi darslarga tayrlash zarurligini k o‘rsatadi. Agar bilimlarni shakllantirish va maqsadli tarbiyalash o‘quvchilarning bilish qobiliyatini takomillashtirsa, buni rivojlantiruvchi ta’lim deb tan olinadi. Endi namuna sifatida ayrim fanlar b o‘yicha dars rejalarini k o‘rib chikamiz. Ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirish. O‘qituvchi darsni o‘quvchilar o‘rganilaѐtgan materialni ravshan anglabgina - qolmay, uni aniq takrorlab ham bera oladigan, bilimlarni kelgusi o‘quv ishlarida va amalda qullay oladigan yo‘sinda tashkil etishi kerak. Bilimlarni mustaxkamlash va takomillashtirishda o‘quvchilar ularni dastlab qanday o‘zlashtirgan b o‘lsalar, xuddi shunday aytib berishlari, ularga aniqlik mukammallik kiritishlari lozim. Ta’limiy ishning ana shu boskichida yangi o‘quv materiali bilan ilgari o‘zlashtirilgan materiallarni o‘zaro chambarchas, o‘quvchilar yakkol tushunadigan y o‘sinda bo g‘lash ularning fandan olgan bilim va ko‘nikmalarini boyitadi, kengaytiradi va yanada shakllantiradi. O‘qitish davriga, o‘rganilaѐtgan material mazmuniga qarab bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirish har xil didaktik maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin. O‘qitishning dastlabki boskichlarida, shuningdek, tasviriy materialni o‘rganishda bilimlarni mustaxkamlash va takomillashtirish eproduktiv harakterga ega bo‘lishi mumkin. bunda o‘quvchilar topshiriqni o‘qituvchi bergan namuna asosida bajaradilar, bilimlarni dastlab qanday idrok etgan b o‘lsalar, ana shu holda tatbiq qiladilar. SHundan keyin o‘quvchilar topshiriqlarga ijodiy ѐndoshadilar va o‘ziga xos yullar bilan bajaradilar, muammolarni xal qilishning yangi usullarini topadilar. Lekin bunday bilish faoliyati ularda muayyan bilimlar va ularni q o‘llash tajribasi b o‘lishini, sabab-natija bo g‘lanishlarini chuqur tushunishni talab qiladi. O‘qituvchilarning bilim, k o‘nikma va malakalarini mustaxkamlash hamda takomillashtirish, asosan, ularning mustaqil ishlari orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar maqsadga ongli va faol intiladilar, paydo b o‘ladigan qiyinchiliklarni biror kishining ѐrdamisiz engadilar. O‘qituvchi mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar touzadi, ularni bajarish tartibini rejalashtiradi, vaqti-vaqti bilan topshiriqlarning murakkiblik va kiyinlik darajasini o‘zgartirib turadi, ish vaqtida o‘quvchilarni k o‘zatib, zarur hollarda ularga ѐrdam beradi.
- Bilim ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirishni to‘g‘ri yo‘lga q o‘yish o‘quvchilarda mehnat madaniyatini, darsga ma’suliyatli munosabatni tarkib toptiradi, fikrlashni, xususan texnik fikrlashni rivojlantiradi. Texnik fikrlashning xususiyatlari o‘quv ishining metodik usullarini, xususan bilim, ko‘nikma vaa malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirish tizimini
- belgilaydi. Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirish tizimi har xil mash g‘larni bajarish, o‘rganilgan materialni o‘quv mash g‘ulotlarida takrorlash va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdan iborat.
- Konspekt nima o‘zi? Bu savolga barcha bir xil javob beradi: “O‘tiladigan dars xaritasini oldindan belgilash, chora-tadbirlar ko‘rish”. “Mabodo xaritaning ko‘rsatmasi bexosdan buzilib, dars jarayonida qo‘shimcha loyihadan foydalanilsa, dars izdan chiqadimi?” degan savol haqida ham o‘ylab ko‘rish lozim. Konspektni o‘tiladigan mavzuni qay tartibda tushuntirish, o‘quvchiga oson usulda yetkazish yo‘llarini ko‘rsatuvchi qaydnoma deb hisoblayman. “Dars — muqaddas” tavsiyasida konspekt yozishning 5 ta qismi keltirilgan: tashkiliy qism, o‘tilgan mavzuni so‘rash, yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va uyga vazifa. Kim qan- day tushunadi, bilmadim-u, yuqoridagi ko‘rsatmalar o‘qituvchinining konspekt yozishi uchun tavsiya, deyilgan. Keling, endi e’tiboringizni dars turlariga qaratsak: yangi mavzuni tushuntirish, takrorlash, mustahkamlash, ekskursiya-sayohati, sinov darslari, nazorat ishi va hokazo. Demak, bunday bir-biridan farq qiluvchi darslarning konspekti ham turlicha yozilishi kerak. Yangi mavzuni tushuntirish darsida o‘tilgan mavzuni so‘rash shart emas. Chunki yangi mavzu — o‘quvchiga tanish bo‘lmagan tushuncha, bilim. Uni tushuntirishning qulay, oson, ko‘rgazmali usulini o‘ylab topib, konspektga qayd qilish lozim. Lekin ko‘p muallimlar mavzuning o‘zini kitobdan ko‘chirib oladi. Yangi mavzularni tushuntirish ko‘proq vaqt talab qiladi. Imkon qadar yangi mavzuni mahorat bilan o‘quvchiga yetkazmoq lozim. Dars ko‘proq amaliyot bilan bog‘lab olib borilsa, o‘quvchi topshiriqni doskaga chiqib bajarsa, tez tushunadi. Konspektda bularning barchasini yoritish ko‘p vaqt talab etadi.
- Konspektga olti turdagi kompetensiyalarni kiritish haqida ham yangi loyiha ishlab chiqildi. Aslida kompetensiya deganda darsning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlari tushuniladi. Uchta maqsadni yozib, uning ostida yana qo‘shimcha kompetensiyalarni keltirishning keragi yo‘q.
- Yaqinda 1-sinf matematika darsida 10 sonini hosil qilish bo‘yicha yangi mavzuni o‘quvchilarga tushuntirdim. Bolalar o‘rganilgan sonlardan 10 hosil qildi. Bir qancha didaktik mashqlar bajarildi, O‘tilgan mavzu ham mustahkamlash jarayonida(9 sonini hosil qilish) aniqlab olindi. Konspektga qayd qilinmagan bir didaktik o‘yin esimga tushib, zudlik bilan shu mashg‘ulotni tashkillashtirdim. Loqayd o‘quvchilarimga o‘yin qoidasi juda yoqdi. O‘quv qurollaridan kerakli vosita sifatida foydalandik. Bolalar darsda ancha faollashib, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga harakat qildi. O‘qituvchiga ham o‘quvchining o‘rganib olgan bilimi kerak. Konspektni to‘ldirib yozsa-da, amaliy hech qanday natijaga ega bo‘lmasa, bunday yozuvning kimga keragi bor?! Ayniqsa, sotib olinayotgan “tayyornoma- lar”ni tasdiqlashdan oldin pedagogning bir ko‘z yugurtirib olganiga kim kafolat beradi? Tekshiruvchi konspektning, darsning taqdiri bilan qiziqsa (u xoh kompyu- terda yozilgan bo‘lsin, xoh qo‘lyozma, xoh kengaytirilgan bo‘lsin, xoh qisqa), o‘qituvchiga haqqoniy baho qo‘ymoqchi bo‘lsa, shunday savollar bilan murojaat qilsin: “Yangi mavzuni yoritishda qaysi metoddan ko‘proq foydalandingiz?”, “Qaysi biri ma’qul bo‘ldi?”, “Qaysi didaktik o‘yin bolaga kuchli ta’sir etmadi?”, “Qaysi usuldan o‘quvchi umuman zerikmadi?”, “Bo‘sh o‘zlashtiruvchilar bilan qanday mashg‘ulot o‘tkazdingiz?”, “Mustahkamlash, takrorlash darslarida qaysi ta’lim nashridan foydalanishga, qanday qo‘shimcha adabiyotlarga muhtojsiz?”, “45 daqiqalik darsda oldingizga qo‘ygan maqsadga erishdingizmi? Nimalarga ulgurmadingiz?”. Bu savollar ro‘yxatini yanada kengaytirish lozim. Maqsad — o‘qituvchining darsni qanday olib borganini aniqlash, uni qiynayotgan muammolarni hal qilish, tizimli metodik ko‘makni yo‘lga qo‘yish. Shundagina darsni tashkillashtirishga munosabat o‘zgaradi. O‘qituvchi o‘z ustida ishlaydi, izlanadi, qo‘shimcha adabiyotlarga tayanadi. Konspektning yozilishida ortiqcha muammo bo‘lmaydi.
- _ (shahar,tuman) XTB ga sonli umumta’lim maktabining Texnologiya fani o’qituvchisi
- _ning 6-sinflar uchun yillik
Do'stlaringiz bilan baham: |