Kurs ishi dolzarbligi. Respublikamizda qabul qilingan kadrlar tayyorlash milliy dasturida fanlararo aloqadorlik asosida o'qitishni o'quv jarayoniga keng tadbiq qilish masalasi hozirga paytda umumta‘lim maktablarida dolzarb muammo qilib qo’yilgan. Mehnat ta‘limi darslarida integratsiyallab o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalarini qo'llash, o'quv-uslubiy ta‘minot muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq ta‘limi tizimini takomillashtirish xamda ulaming o'quv-tarbiya jarayoniga Axborot kommunikatsion va zamonaviy pedagogik xamda kompyuter texnologiyalarini tadbiq etish respublikamizda ta‘lim tizimining rivojlanishi va e‘tiborga olinganligidan dalolatdir.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosiy vazifalardan biri xalq-ta‘limi o'quv muassasalari uchun ta‘lim dasturlari, o'quv-uslubiy majmualarning yangi zamonaviy avlodini ishlab chiqish xamda o'quv adabiyotlaridan samarali foydalanib ta‘lim tizimini takomillashtirishdan iborat. Umumta‘lim maktablari uchun yoziladigan o'quv qo'llanmalari va darsliklar ilmiynazariy va uslubiy jihatdan mukammal, o'quvchilarning o'zlashtirishi uchun imkoniyat darajasida qulay va sodda bo'lmog'i, ularda mavzularning mazmuni o'quvchi va talabaning yosh xususiyatlarini xisobga olgan xolda xamda DTS asosida o'quv dasturlariga mos ravishda yoritilmog'i lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019yil 19-mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib - qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi.Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan.Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi.Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviyma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
- Ana shu ezgu g‘oya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va san’at maktablari cholg‘u asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan ta’minlandi. Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Ma’rifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.Yig‘ilishda bu tajribani mamlakatimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazlari, 312 ta musiqa va san’at maktablariga atigi 130 ming nafar o‘g‘il-qiz qamrab olingani, mazkur muassasalarning aksariyati o‘quv qodlanmalari, notalar to‘plami, musiqa asboblari, mebel va jihozlar bilan yetarli darajada ta’minlanmagani ko‘rsatib o‘tildi.Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatini o‘rganib, ularning faoliyatini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
- Tashabbuskor iste’dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va
- “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi. Atoqli san’atkor va
- iste’dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olinib, bu tajribani butun respublikaga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san’atni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi. Musiqa va san’at sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklariga muayyan
- mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |