Umumta’lim maktablarida Mehnat fani haftaligini tashkil etish va o‘tkazish Ta’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirgan hamda jamiyatda o‘z munosib o‘rnini egallashga qodir bo‘lgan – komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga etkazishdir. Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Mehnat ta’limi fanlarni o‘qitishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitlarini hisobga olgan holda har bir jamiyat a’zosining mehnat foliyati va kundalik hayoti uchun zarur bo‘lgan Mehnat bilim, ko‘nikma va malakalarni berish, shuningdek, o‘quvchilarning hayotiy - bilan amaliy faoliyatini umumlashtirib borib, olishga intilish, o‘quvchilarda izchil mantiqiy
- shakllantirib borish natijasida ularning aql – zakovatiga, tabiat va jamiyat
- muommolarni hal etishning maqbul yo‘llarini topa olishlariga ko‘maklashishdan iborat. Hozirgi sanotlashgan davrda, texnika va texnologiyalarning takomillashib borishida Mehnat fanining o‘rni beqiyos ekanligidan o‘quvchilarni xabardor qilish hamda ularning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini, ijodiy izlanishlari va mehnatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida Mehnat fan haftaligi o‘tkazib kelinmoqda.
- Ma’lumki, fan mutaxassislari o‘rtasida fanlarining o‘ziga xususiyatlari, murakkabligi, o‘zlashtirishlik darajasi, hayotdagi
- kabilar haqida turli xil fikr – mulohazalar bahs – munozaraga aylangan jihatlar mavjud. Tashkil etiladigan fan haftaligi esa bu yo‘nalishga oydinlik kiritish bilan birga, sohadagi mavjud o‘ziga xoslikni, yangiliklarni namoyon etishga imkon yaratadi.
- Umumta’lim maktablarida mana bir necha yillardan buyon har bir
- o‘quv predmeti bo‘yicha fan oyliklari o‘tkazib kelinmoqda. Fan haftaligini o‘tkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim tarbiyadagi ahamiyati, o‘quvchilarni mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bilim samaradorligini ko‘tarish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishtirib borish, o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarni jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or uslublarini takomillashtirishdan iboratdir. Fan haftaligi ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatlarini ro‘yobga chiqarish omili hamdir. Fan haftaligi davomida maktablarning pedagogik jamoasi faolligi, mahoratli kadrlar bilan ta’minlanganligi, Mehnat fani xonasining zarur ko‘rgazmali – didaktik materiallar bilan
- jihozlanishi, ota – onalar bilan maktabning hamkorligini jonlantirish, ularni fandagi yangiliklar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, o‘quvchilarning o‘zlashtirish va bilim samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish kabilarga qaratilgan qator ishlar amalga oshiriladi.
- O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar va kasb – hunar kollejlariga ekskursiyalar uyushtirish, shahar, viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari professor, olimlari bilan o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish ishlari rejalashtiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarni ilmiy – metodik jihatdan qo‘llab
- – quvvatlash, zamonaviy axborot – kommunikatsiya vositalarini qo‘llash hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni egallashda Mehnat fani o‘qituvchilariga ko‘maklashish, mashg‘ulotlarda bilim, ko‘nikma va mustaqil faoliyat malakalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Mahorat maktablari” zamirida o‘quv – seminarlarini tashkil etish tavsiya etiladi. Maktab, tuman (shahar), viloyat miqyosida eng yaxshi uslubiy birlashma, ijodkor o‘qituvchi va metodistlarning ish tajribalari o‘rganilib, ommalashtiriladi. Mehnat fan haftaligida o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari vaqtda ularning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, sinflar va maktablararo “O‘yla izla top”,
- “Mehnat fanlar ichra shox – uning sirlaridan bo‘lingiz ogoh” va
- “Zakovat” kabi qiziqarli mavzularda bellashuvi va bahs – munozaralar
- fan bilimdonlari Fan haftaligiga
- bag‘ishlangan tadbirlarda o‘qituvchilar
- festivallar, o‘tkaziladi. jamoasini
- berishdagi mehnatlari, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilgan ishlarini qadrlash va baholash maqsadida oylik davomida faol qatnashgan fan o‘qituvchilari rag‘batlantiriladi.
- Maktabdagi Mehnat faniga tegishli uslubiy birlashmaning yillik ish rejasida fan haftaligi uchun mazkur fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilanadi. Fan haftaligining har bir haftasi uchun
- aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtiriladi. Mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga kiritilib, pedagogik kengash, uslubiy kengash va uslubiy birlashma yig‘ilishlarida tasdiqlanadi hamda ijrosi muhokama qilinadi. Fan haftaligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘tgan yillar davomida to‘plangan tajribalar asosida 2017 yil Mehnat fan haftaligini tashkil etish va o‘tkazishning tadbirlar mazmunini quyidagi tartibda rejalashtirish tavsiya etiladi:
- 1 va 2 – kunda “Mehnat fani o‘qituvchilarining metodik ishlari haftaligi”da
- fan haftaligining boshlanishida va yakunida umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan sinflar kesimida sinov testlari olinadi. O‘quvchilarning mazkur fandan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi metodbirlashmada jadval va diagrammalar asosida atroflicha tahlil qilinib, muhokama qilinadi. Bu haftadagi ishlarni tashkil etishga mas’ul sifatida Mehnat fani o‘qituvchisi, Metod birlashma boshlig‘i va a’zolarining vazifalarini aniq belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq. Fan haftaligi davomida rejalashtirilgan ishlarni yorqin rangli reklamalar tarzida maktabning e’lonlar doskasiga osib qo‘yilishi tavsiya qilinadi.
- 3 va 4 – kunda “Ochiq darslar haftaligi”da o‘qituvchilar sinflar kesimida aniq belgilangan mazular bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib boradilar.
- O‘qituvchilarning ismi shariflari ko‘rsatilib, belgilangan ochiq darslar jadvali avvaldan tayyorlanadi va fan haftaligi boshlanishi oldidan
- maktabning e’lonlar doskasiga osib qo‘yiladi. Ochiq darslar jadvali asosida
- o‘tkazilishida ota – onalar, o‘qituvchilar, darslarni faol kuzatishi va tahlil qilishi maqsadga
- mashg‘ulotlarning metodistlarning muvofiq.
- 5–kun “Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar”ni o‘tkaziladigan tadbirlar, ularning mavzulari, o‘tkazilish vaqti, tashkil etishga mas’ullar oldindan belgilanib, tuzilgan jadvalni e’lonlar doskasiga ilinadi. Tadbirlarning
- tashkil etilishi va o‘tkazilishiga o‘quvchilar, maktab jamoasi, ota-onalar, mahalla ahli jalb etiladi.
- 6–kun “Mehnat fan haftaligi bo‘yicha olib borilgan ishlarni maktab
- metod birlashmalarida tahlil qilish va qilingan ishlar yuzasidan hisobotlar tayorlash”. Bunda fan haftaligi davomida amalga oshirilgan ishlarning hisobotlari tayyorlanadi va kelgusidagi vazifalar belgilab olinadi.
- Fan haftaligining yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
- qilinadi va natijalar metodbirlashmada
- ham jalb qilinadi. Fan haftaligining
- yakunlanishi bayramona ruhda o‘tkaziladi. Unda muzkur jarayonda faol ishtirok etgan o‘quvchilar, o‘qituvchilar, sinflarning reytingi chiqariladi va natijalariga ko‘ra ular rag‘batlantiriladi. Mehnat fan haftaligining o‘tkazilishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar, fotoalbomlar va boshqa materiallar maktabning metod birlashmasida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |