Navoiykon-metallurgiyakombinati navoiydavlatkonchilikinstituti «mashinasozliktexnologiyasi»


FREZALASH OPERATSIYALARINI RDB STANOKLARIDA DASTURLASH METODIKASI



Download 0,61 Mb.
bet3/5
Sana08.10.2019
Hajmi0,61 Mb.
#23191
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5247041947863876782


FREZALASH OPERATSIYALARINI RDB STANOKLARIDA DASTURLASH METODIKASI.
Ishning maqsadi:2R135F2 rusumli vertikal parmalash RDB Dastgohini strukturaviy texnologik modellashtirish

Dastgohning vazifasi va asosiy uzellari

2R135F2 rusumidagi Dastgohi uncha katta bo`lmagan partiyadagi detallarning ichki yuzalariga ishlov berishga mo`ljallangan.

Ishlov berilayotgan detal o`zaro bir biriga perpendikulyar yo`nalishda harakatlanuvchi stolga (1-rasm) mahkamlanadi. Stol dastur bo`yicha harakatlanib, ishlov beriladigan yuza tekisligidagi teshiklar va aylanuvchi shpindel o`qlarini mos holatda bo`lishini ta`minlaydi. Ichki yuzalarga ishlov berish 6 pozitsiyali revol’ver kallak shpindellarida joylashgan asboblar orqali amalga oshiriladi.



Rasm 1. 2R135F2 rusumidagi vertikal parmalash RDB Dastgohini umumiy ko`rinishi:

1. Stanina;

2. Bosh harakat elektrodvigateli;

3. Revol’ver kallagini burilish yuritmasi;

4. Parmalash kallagi;

5. Parmalash kallagining surish yuritmasi;

6. SHpindel; 7. Revolver kallaki; 8. Boshqarish pul’ti;

9.Bo`ylama harakatlanuvchi stol; 10. Ko`ndalang salazkalar


Teshiklarni parmalash, zenkerlash, razvertkalash va ochib kengaytirish operatsiyalari Dastgohda "tez yaqinlashishi - ishchi surish - tez qaytish" tsikli bo`yicha amalga oshiriladi. TSekovkalash va zenkovkalash asbobni ishchi yurish ohirida surilmasdan bir oz ushlab turish orqali bajariladi. Stol, salazkalar va revol’ver kallaki supporti elektromexanikaviy yopiq yuritmalarga ega. YUritmalarning harakat vintlari bilan ko`chishlarni nazorat qiluvchi o`lchash o`zgartirgichlar (sel’sinlar) bog’langan. Dastgoh "S-70-3 Koordinata" RDB tizimi bilan jihozlangan. Boshqaruv dasturi ISO - 7 bit kodi asosida 8 qatorli perfolentaga yoziladi.
Dastgohning bosh harakat yuritmasi

Dastgohning pog’onali tezliklar qutisi elektromagnit muftalar yordamida avtomatik ravishda shpindelning 12 chastotali aylanishini ta`minlaydi.


O`zaro ko`ndalang stol surish yuritmasi

O`zaro ko`ndalang stolning ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlardagi harakatining har biri stolning 2 xil harakat tezligini (tez va sekin) ta`minlovchi alohida yuritmalar orqali amalga oshiriladi. Harakat tezligini katta tezlikdan kichik tezlikka o`tishi elektromagnit muftalar orqali amalga oshiriladi.

O`zaro ko`ndalang stol asos, salazkalar va stol o`zidan tashkil topgan. Salazkalar ko`ndalang yo`nalishda, stol esa bo`ylama yo`nalishda harakatlanadi. Harakatni nazorat qilish orqa aloqa zanjiridagi datchiklar sifatida tishli uzatmalar orqali surish vintlari bilan bog’langan doiraviy kontaktli, kodli o`zgartirgichlar qo`llaniladi.
Dastgohning texnik tasnifi


1. Ishlov berilayotgan teshikning eng katta diametri, mm




35

2. Revol’ver kallagining shpindellar soni




6

3. SHpindel aylanish chastotalari soni




12

4. SHpindel aylanish chastotasi cheklari, ayl/min




31,5 - 1400

5. Revol’ver kallaki supportining surishlar soni




18

6. Support surishlar cheklari, mm/min




10 – 500

7. Supportning tez harakat tezligi, mm/min




3360

8. Stolning surish tezligi, mm/min

  • Tez

  • Sekin



3210


2,1

9. Stolning eng katta ko`chishi, mm

  • Ko`ndalang

  • Bo`ylama



360


560

10. Surish diskretligi, mm




0,01

11. Bshqarish koordinatalar soni




4

12. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni




2

13. Bosh harakat elektrodvigateli quvvati, kVt




4

14. RDB qurilmasi turi




Koordinata S-70-3

Ishni bajarish tartibi


  1. Dastgoh vazifasini o`rganib chiqish

  2. Dastgohning ishlash prinsipini o`rganish

  3. Dastgohning koordinata tizimini aniqlash

  4. Dastgohning koordinata-texnologik sxemasini (KTS) ishlab chiqish

  5. Dastgohning struktura texnologik formulasini (STF) ishlab chiqish

  6. Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinata-texnologik sxemasini (KKTS) ishlab chiqish

  7. Dastgohning quvvati formulasini (DQF) yozish

  8. Bajarilgan ish bo`yicha hisobot topshirish


Nazorat savollari


  1. Dastgohning vazifasi

  2. Dastgohning ishchi organlari surilishini o`lchash qanday amalga oshiriladi?

  3. Dastgoh koordinata o`qlarining ijobiy yo`nalishlarini tanlash qanday amalga oshiriladi?

  4. Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi nima?

  5. Dastgohning strukturaviy texnologik formulasiga nima kiradi?

  6. KTS KKTS dan nimasi bilan farq qiladi?

  7. Dastgohning quvvati formulasi qanday ma`lumotlardan tashkil topgan?

  8. RDB Dastgohi qurilmasining texnik tafsiloti?


amaliy mashg’ulot № 3
RDB FREZALASH STANOKLARIDA ISHLOV BERISHNI DASTURLASHDA TAYANCH NUQTALARNI KOORDINATALARINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi:6N13F3 rusumidagi vertikal-frezali konsolli RDB Dastgohini strukturaviy texnologik modellashtirish.

Dastgohning vazifasi va asosiy uzellari

6N13F3 rusumidagi konsolli vertikal frezalash RDB Dastgohi tekis, fason va xajm yuzali detallarga ishlov berishga mo`ljallangan. Ushbu Dastgoh universal vertikal frezalash Dastgohi asosida ishlab chiqilgan va tezliklar qutisi ko`rinishidagi bosh harakat yuritmasiga ega. Tezliklar qutisi yordamida Dastgoh shpindeli 18 xil aylanish chastotasiga ega.

Dastgohning shpindel babkasi, stoli va salazkalari qadamli elektrogidravlik yuritmalari bilan ta`minlangan.


Dastgohning boshqaruv tizimi
Dastgoh N33-14 turidagi RDB tizimi bilan ta`minlanga bo`lib, uning tarkibiga qadamli dvigatellarni boshqaruvchi qurilma, interpolyator va dastur kirgizuvchi qurilmalar kiradi.

Interpolyator interpolyatsiya algoritmini amalga oshirish uchun hisoblash qurilmadan tashkil topgan. Interpolyator yordamida koordinata o`qlari bo`ylab interpolyatsiyaning har bir maydoni uchun harakatlarni ketma-ketligi hisoblanadi. Geometrik axborot X,Y, Z koordinata o`qlari bo`ylab to`g’ri burchakli koordinat tizimida beriladi.


Elektrogidravlik qadamli yuritma
Elektrik qadamli dvigatel’ va buruvchi moment gidrokuchaytirgichi elektrogidravlik qadamli yuritmaning asosiy qismlari hisoblanadi. Gidrokuchaytirgich aksial porshenli gidrodvigateli (rasm 1) va o`qiy turidagi kuzatuvchi zolotnikdan tashkil topgan. Qadamli dvigatel’ rotori taqqoslash qism gaykasi 1 bilan, kuzatuvchi zolotnik plunjeri esa vintli val 4 bilan ulangan.

Rasm 1. Burovchi momentlarni gidrokuchaytirgichi:

1 - rez’bali vtulka gaykali kichik val; 2 - zolotnik; 3 - korpus; 4 – vintli val;

5- shlitsali vtulka; 6 - aksial porshenli gidromotor; 7 - chiqish vali


Gidrokuchaytirgich chiqish valining 7 bikr orqa aloqasi kichik val 4 yordamida amalga oshiriladi. Valning o`ng tomoni shlitsali vtulka 5 orqali chiqish vali 7 ning shlitsali uchi bilan ulangan. Val 4 ning chap uchida rez’ba mavjud bo`lib, unga val 1 ning vtulka-gaykasi burilgan.

Gidrokuchaytirgichning korpusida o`qiy yo`nalishda val 4 bilan bikr bog’langan zolotnik 2 joylashadi. Zolotnik valga nisbatan tayanch podshipniklarda burilishi mumkin. Zolotnikning o`q bo`yicha harakatlanishi qadamli dvigatel’ni u yoki bu tomonga aylanishi oqibatida val 4 ni gaykaga burilishi yoki undan burilib chiqishi yo`li bilan amalga oshiriladi. SHunda moy bosim bilan gidromotorning tegishli bo`shliqlariga o`ynaltirilib, kirish vali 1 kabi chiqish valini xuddi o`sha tezlikda, yo`nalishda hamda o`sha burchakka harakat qilishini ta`minlaydi.

Qadamli dvigatel’ rotori va mos ravishda kirish valini to`xtashi zolotnikning o`tish kesimini yopilishi va natijada gidromotor valining to`htashiga olib keladi.

SHu yo`sinda qadamli dvigatel’ rotorining birlamchi qadamlari gidrodvigatel’ tomonidan bajariladi.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish