Navoiykon-metallurgiyakombinati navoiydavlatkonchilikinstituti «mashinasozliktexnologiyasi»



Download 0,61 Mb.
bet4/5
Sana08.10.2019
Hajmi0,61 Mb.
#23191
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5247041947863876782


Dastgohning texnik tasnifi


1. Ishchi stol yuzasi o`lchamlari (eni, uzunligi), mm




400 x 1600

2. SHpindel aylanish chastotalari soni




18

3. SHpindel aylanish chastotasi cheklari, ayl/min




31,5 - 1600

4. Surishlar cheklari, mm/min

  • Ko`ndalang

  • Bo`ylama

  • Vertikal



8 – 1200


8 – 1200

8 – 800


5. Ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlar bo`yicha tez surish tezligi, mm/min



4000


6. YUritmalarni boshqarish




Pog’onasiz

7. Koordinata o`qlari bo`ylab harakatlanish diskretligi, mm




0,01

8. Koordinatalar soni




4

9. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni




3

10. Asosiy harakatlanuvchi elektrodvigateli quvvati, kVt




7,8

11. RDB qurilmasi turi




N33 - 1M



Ishni bajarish tartibi


  1. Dastgoh vazifasini o`rganib chiqish

  2. Dastgohning ishlash printsipini o`rganish

  3. Dastgohning koordinata tizimini aniqlash

  4. RDB Dastgoh tizimi bilan tanishish

  5. Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasini (KTS) ishlab chiqish

  6. Dastgohning strukturaviy texnologik formulasini (STF) ishlab chiqish

  7. Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemasini (KKTS) ishlab chiqish

  8. Dastgohning quvvat formulasini (DQF) yozish

  9. Bajarilgan ish bo`yicha hisobotni tayyorlash


Nazorat savollari


  1. Dastgohning vazifasi

  2. Qadamli dvigatel’ni ishlash printsipi

  3. Burovchi moment gidrokuchaytirgichining ishlash printsipi

  4. Elektrogidravlik qadamli yuritmaning ishlash printsipi

  5. Dastgoh koordinata o`qlarining ijobiy yo`nalishlarini tanlash qanday amalga oshiriladi?

  6. Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi nima?

  7. Dastgohning strukturaviy texnologik formulasiga nima kiradi?

  8. KTS KKTS dan nimasi bilan farq qiladi?

  9. Dastgohning quvvati formulasi qanday ma`lumotlardan tashkil topgan?


amaliy mashg’ulot № 4
RDB FREZALASH STANOKLARIDA ISHLOV BERISHNI DASTURLASHDA HISOBLASH-TEXNOLOGIK KARTASINI (RTK) ANIQLASH.
FP-17M rusumidagi konsolsiz vertikal frezalash RDB dastgohini strukturaviy texnologik modellashtirish.

Ish maqsadi: FP-17M rusumidagi konsolsiz vertikal frezalash RDB Dastgohi bilan tanishish; Dastgohning texnologik imkoniyatlarini o`rganib chiqish; Dastgohning strukturaviy texnologik modelini qurish.
Dastgohning vazifasi
Dastgoh 8 qatorli perfolentaga yozilgan dastur bo`yicha konturaviy avtomatik ishlov berish uchun mo`ljallangan.

Rasm 1. FP-17M rusumidagi konsolsiz vertikal frezalash RDB Dastgohining umumiy ko`rinishi: 1 – stol; 2 – stanina; 3 – ustun; 4 – polzun; 5 – elektrodvigatel; 6 – gidrotsilindr; 7 – frezalash kallaki; 8 – boshqaruv pul’ti; 9 – teleskopik himoya qalqonchalar

Dastgohning tuzilishi (komponovkasi) o`ziga hosligi bilan ajralib turadi. Stol 1 stanina 2 bo`ylab (koordinata X) harakat qiladi. Polzun (sirpang’ich) 4 staninaga biriktirilgan ustun 3 ning yo`naltirgichlari bo`yicha stolga perpendikulyar (ko`ndalang) (koordinata Y) yo`nalishda harakat qiladi.

Ustunning vertikal yo`naltirgichlari bo`ylab (koordinata Z) freza kallagi 7 harakatlanadi. SHpindelning aylanishi elektrodvigatel 5 orqali amalga oshiriladi. Dastgoh shpindelidagi asbob-uskunalarni siqish va bo`shatish gidrotsilindr 6 orqali bajariladi.

Stol, polzun va freza kallagining surish yuritmalari uzatma reduktori va stanina, ustun va polzunda o`rnatilgan sharik vintli uzatmalar orqali doimiy tok elektrodvigatellaridan amalga oshiriladi.

Asosiy harakat (freza kallagining vertikal shpindeli aylanishi) yuritmasi doimiy tok elektrodvigateli va tezliklar qutisi orqali amalga oshiriladi. Tezliklar qutisi yordamida 185-2055 ayl/min diapazonida 8ta pog’onada shpindel aylanish chastotasi ta`minlanadi.

Stolning eng katta programmalashgan surilishi 1600 mm, polzunniki 600 mm, freza kallagining 250 mm. Koordinatalar bo`ylab surish tezligi pog’onasiz rostlanadi: X va Y koordinata o`qlari bo`yicha 0,1-1500 mm/min chegarasida; Z o`qi bo`yicha 0,1-1200 mm/min chegarasida.

Dastgohning boshqaruv tizimi konturli, surishlar yuritmasi - kuzatuvchi bo`ladi. Ishchi organlarining barcha surishlishlari dastur bo`yicha avtomatik yoki boshqaruv pul’tidan qo`lda amalga oshirilishi mumkin.

Freza kallaki pinoli faqat 100 mm uzunlikda sozlash harakatiga ega.

Dastgohning gidravlik tizimi shpindeldagi asboblarni qisish va bo`shatish, stanina, ustun, polzun va freza kallagi yo`naltirgichlarini, uzatish reduktori va tezliklar qutisini moylash uchun mo`ljallangan.

Bosh teskari aloqa zanjirida aylanuvchi transformatorlar o`lchash qurilmalar sifatida qo`llaniladi.
Dastgohning texnik tasnifi


1. Ishchi stol yuzasi o`lchamlari (eni, uzunligi), mm




500 x 1600

2. SHpindel aylanish chastotalari soni




8

3. SHpindel aylanish chastotasi cheklari, ayl/min




185 - 2055

4. Surishlar cheklari, mm/min

  • Ko`ndalang

  • Bo`ylama

  • Vertikal



0,1 – 1500

0,1 – 1500

0,1 – 1200



5. Koordinatalar bo`yicha tez surish tezligi, mm/min




2400

6. Surishlarni boshqarish




Pog’onasiz

7. Koordinata o`qlari bo`ylab harakatlanish diskretligi, mm




0,01

8. Koordinatalar soni




4

9. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni




3

10. Surish harakati elektrodvigatellari quvvati, kVt




1,5

11. RDB qurilmasi turi




N33 - 2M

12. Bosh harakat elektrodvigateli quvvati, kVt




22


Ishni bajarish tartibi


  1. Dastgoh vazifasi va uning texnik tasnifini o`rganib chiqish

  2. Dastgohning ishlash printsipi va asosiy uzellari konstruktsiyasini o`rganish

  3. Dastgohning koordinata tizimini aniqlash

  4. Dastgohning RDB tizimi bilan tanishish

  5. Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasini (KTS) ishlab chiqish

  6. Dastgohning strukturaviy texnologik formulasini (STF) ishlab chiqish

  7. Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemasini (KKTS) ishlab chiqish

  8. Dastgohning quvvat formulasini (DQF) yozish

  9. Bajarilgan ish bo`yicha hisobot topshirish


Nazorat savollari


  1. Dastgohning vazifasi

  2. Dastgohning bosh harakat yuritmasi

  3. Dastgohning surish yuritmalari turi

  4. Surish yuritmasining ishlash printsipi

  5. Dastgoh koordinata o`qlarining ijobiy yo`nalishlarini tanlash qanday amalga oshiriladi?

  6. Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi nima?

  7. Dastgohning strukturaviy texnologik formulasiga nima kiradi?

  8. KTS KKTS dan nimasi bilan farq qiladi?

  9. Dastgohning quvvat formulasi qanday ma`lumotlardan tashkil topgan?

  10. Dastgohning gidrotizimi nima uchun mo`ljallangan?

  11. Dastgoh qanday tipdagi RDB qurilmaga ega?


amaliy mashg’ulot № 5
TOKARLIK OPERATSIYALARINI KONTURLI RDB STANOKLARIDA DASTURLASH METODIKASI
Ish maqsadi: MS12-250M1 rusumidagi ko`p operatsiyali RDB Dastgohini strukturaviy texnologik modellashtirish.

Dastgohning vazifasi

MS12-250M1 rusumidagi ko`p operatsiyali va asbobni avtomatik almashtiruvli RDB Dastgohi dastur bo`yicha turli detallarni tashqi va ichki yuzalariga ishlov berish, shuningdek murakkab konturlarni frezalash uchun mo`ljallangan. Dastgohda quyidagi texnilogik operatsiyalarni bajarish mumkin: parmalash, ichki yuzalarni zenkerlash va kengaytirish; RDB qurilmasidan aylanma uzatish metodida frezalash yordamida ichki yuzalarga ishlov berish; uchki yuzalarni yo`nish; metchik yordamida diametri 12 mm gacha o`lchamdagi rez’balarni ochish; diametri 60 mm gacha ichki va tashqi rez’balarni frezalash; murakkab yuzalar, kanavka va karmanlarni frezalash.



Rasm 1. MS12-250M1 rusumli ko`p operatsiyali RDB Dastgohining umumiy ko`rinishi: 1 - asos; 2 – ustun; 3 – vertikal salazka; 4 – support; 5 – stol; 6 – shpindel; 7 – manipulyator; 8 – manipulyator asbobni almashtirish holatida; 9 – yuklagich; 10 – asboblar magazini; 11 – frezerlash supporti; 12 – kronshteyn.

Dastgoh quyidagi komponovkaga ega. Ustun 2 bir nechta sovutish suyuqlik rezervuarlari sifatida ishlatiladigan rezervuarlarga ega va quti shaklidagi cho`yandan quyilgan asos 1 ga o`rnatilgan. Ustunning yuqori qismidagi gorizontal yo`naltirgichlari bo`yicha shpindel’ kallaki harakatlanadi (koordinata Z), uning tepasida kronshteyn 12 ga asbob magazini 10 o`rnatilgan. Kronshteynga asboblarni avtomatik almashuv qurilmasining yuklagichi 9 va manipulyatori 7 o`rnatilgan. SHuningdek, ustunning yuqori qismida shpindelning 12 xil tezlikda aylanishini ta`minlaydigan tezliklar qutisi joylashgan. Ustunning old tomon yuzasidagi vertikal yo`naltirgichlari bo`yicha support 4 harakat qiladi (koordinata Y). Cupport yo`naltirgichlari bo`ylab stol 5 (koordinata X) gorizontal yo`nalishda harakatlanadi.

Dastgoh "Razmer 4" tipidagi konturaviy pozitsion boshqarish tizimiga ega. Dastgohda quyidagi yo`nalishlar harakatlari dasturlashtiriladi: asbob o`qi bo`ylab - shpindel kallaki; vertikal - support; gorizontal – bo`ylama stol; doiraviy - burilish stoli. Boshqarish dasturi 8 qatorli perfolentadan yoki boshqaruv pul’tidan eHM aloqa kanalidan qo`l yordamida RDB tizimiga kirgiziladi. Ishchi organlarning ko`chirilishi uchun doimiy tok elektrodvigatelli kuzatuvchi yuritma va orqa aloqa datchigi sifatida intuktosinlardan foydalaniladi.
Dastgohning kinematik sxemasi

Bosh harakat zanjirini sozlash uchun shpindelning 12 xil tezlikda aylanishini ta`minlaydigan tezliklar qutisi xizmat qiladi.

SHpindel kallagining dastur bo`yicha harakat qilishi rostlanadigan doimiy tok elektrodvigateli, reduktor va vint-gayka juftligi yordamida amalga oshiriladi. Ayni shunday yuritmalar support, salazka va buriluvchi stolning surilishi uchun ishlatiladi.

Asboblar magazinining burilishi doimiy tok elektrodvigateli, chervyakli uzatma va tishli uzatmalar yordamida amalga oshiriladi.


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish