Tok, kuchlanish, quvvat kuchaytirgichlari. Koʻp kaskadli kuchaytirgichlar Reja



Download 0,55 Mb.
bet1/2
Sana15.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#553929
  1   2
Bog'liq
Tok, kuchlanish, quvvat kuchaytirgichlari. Ko p kaskadli kuchayt


Tok, kuchlanish, quvvat kuchaytirgichlari. Koʻp kaskadli kuchaytirgichlar


Reja:

Tok, kuchlanish, quvvat kuchaytirgichlari.


Koʻp kaskadli kuchaytirgichlar.
Magnitli bir va ikki taktli kuchaytirgichlar.
Elektromashinali kuchaytirgichlar.

Doimiy tok kuchaytirgichlari(DTK) – vaqt bo‘yicha juda sekin o‘zgaradigan signallarni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan kuchaytirgichlardir. Shuning uchun doimiy tok kuchaytirgichlari 13.1-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishdagi amplituda-chastota xarakteristikaga ega.
.

Bunday kuchaytirgichni yuklama, signal manbasi va kaskadlar orasidagi aloqa bevosita bo‘lishi zarur, ya’ni kuchaytirgich kaskadlarining moslashtirish elementlari sifatida reaktiv elementlar(transformatorlar va kondensatorlar) qo‘llanilmasligi mumkin, bu f=0 bo‘lganda Ku=0 bo‘lgan amplituda-chastota xarakteristikani ta’minlaydi. DTK ni ikki kaskadli kuchaytirgich misolida ko‘ramiz



Kuchaytirgich sxemasida qo‘shni kaskadlar tranzistorlarining kollektor va bazalari bevosita ulangan. Kuchaytirgichning kirish zanjiriga kirish signali manbasi bilan kirish kompensatsiyalovchi kuchlanish Ekomp manbai ketma-ket ulangan.
Kuchlanish kuchaytirgichi.

13.3-rasm. Kuchlanish kuchaytirgichida transiztorning ishlatilishi: (a) oddiy sxema, (b) aralash sxema.
Elektron sxemalarda signallar doimiy yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Bunday qurilmalar, masalan mikrofon o‘zgaruvchan kuchlanish hosil qiladi, hosil bo‘lgan kuchalnish kuchaytirilish zarur. Ba’zi signal manbalari, masalan fototranzistor va ba’zi detektorlar tok manbalari bo‘lishi mumkin, bundan tashqari kuchlanishga ham o‘zgartiradi.


Quvvat kuchaytirgichi
Garmonik signallarning quyi chastotali quvvat kuchaytirgichlari istalgan tizimning zaruriy elementi bo‘lib hisoblanadi
Bunday kuchaytirgichlarning asosiy parametrlaridan biri quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientidir. Koeffitsient yuklama qarshiligiga va kirish qarshiligiga bog‘liq, shuningdek ta’minot kuchlanishi o‘zgarishiga ham bog‘liq.
Chastota ishchi diapasoni – kuchaytirish koeffitsienti o‘zgatmas qoladigan kuchaytirish chastotalar yo‘lagi(oralig‘i). Quyi chastotali kuchaytirgichlar uchun qanoatlatiruvchi sifatdagi ishchi diapazon 16Gs dan 20Gs gacha



Transformatorsiz quvvat kuchaytirgichi 13.4-rasmda ko‘rsatilgan. Bunday kuchaytirgichlar uchun yuklamadagi quvvat Pyu=10Vt, yuklama qarshiligi Ryu=8Om, chastota polosasi(yo‘lagi, oralig‘i) quyi chegarasi fq=250Gs dan yuqori chegarasi fyu=10 000 Gs gacha, garmonikalar koeffisienti Kg=10%




Pnevmatik kuchaytirgichlar gazning kuch oqimlari bilan boshqarish uchun ishlatiladi. Bunda boshqarish signalining kichik quvvati chiqish signalining katta quvvatiga o‘zgaradi.
Pnevmatik kuchaytirgichning ijro mexanizmi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.

1-rasm. Pnevmatik kuchaytirgich sxemasi.
bu yerda 1- korpus, 2 – membrane, 3 – yopuvchi element, 4 – prujina.
Membrana yopuvchi elementni pastga siljitadi, gazni atmosferaga chiqish yo‘lini yopadi va kuchaytirgichni chiqish liniyasiga o‘tish yo‘lini ochadi. Qachonki gazning atmosferaga chiqishi to‘liq yopilganda chiqish bosimi ta’minlash bosimiga teng bo‘lib qoladi. Boshqarish bosimi yo‘qolganda yopuvchi element ta’minlash liniyasidan kuchaytirgichning chiqish liniyasiga o‘tish yo‘lini qayta yopib, yuqori ko‘tarilgan holatga o‘tadi. Bu holatda chiqish bosimi atmosfera bosimiga teng bo‘ladi. Boshqarish bosimining kuchi statik holatda prujina kuchi bilan kompensatsiyalanadi.
Chiqish liniyasiga o‘tish yo‘lining to‘liq yopilish holatidan tashqari yopuvchi elementning barcha holatlarida havo ta’minlash liniyasidan atmosferaga chiqib ketadi. Bu energiyani isrof bo‘lishiga olib keladi. Bu holatni yo‘qotish uchun kuchaytirgich konstruksiyasi germetik qilinadi (2-rasm).

2-rasm. Germetik kuchaytirgich.


bu yerda 1 – boshqaruvchi silfon, 2 – harakatlanuvchi egar, 3 – ta’minlash silfoni.
Ushbu konstruksiya kuchaytirgich liniyasiga o‘tish yo‘lini qayta yopgan holda ta’minlash liniyasini atmosfera bilan faqat boshqarish bosimi bo‘lmagandagina ulaydi. Boshqa istalgan holatda ishchi gaz atmosferaga chiqib ketmaydi. Ba’zan boshqarish signalini kamayishi chiqish signalining kuchayishiga olib keladigan reversiv kuchaytirgich ishlatiladi.

Avtomatika qurilmalari (sevroyuritmalar) ning ijro etuvchi elementlari rostlash yoki boshqarish organlariga kuch ta’sirini berish uchun mo‘ljallangan. Ijro etuvchi elementlar oddiy amallar (ochish – yopish)ini bajargani kabi murakkabroq – ko‘p pog‘onali yoki proporsional ko‘chish amallarini ham bajarishi mumkin.


Ijro elementlarining asosiy ko‘rsatkichlari - quvvat, tezlik va chiqishda kuchaytirishni oshirish bo‘yicha kuchaytirish koeffisienti, shuningdek, chiziqli va burchak ko‘chishi kattaliklari hisoblanadi. CHiqish zvenosining harakat turiga ko‘ra ijro mexanizmlari ilgarilanma – qaytma va aylanma harakat qiluvchilarga farqlanadi. Birinchisi bir tomonga, ikki tomonga harakatlanuvchi yuritmali (20.1 –rasm) va ko‘p aylanishli gidromotorlarga bo‘linadi.
Gidravlik va pnevmatik ijro mexanizmlari harakatlanish prinsipi (tamoyili) va
konstrukiv rasmiylashtirilishi bo‘yicha jiddiy (muhim) farqga ega emas. Biroq ishlash muhiti (suyuq va gaz holatdagi)ning turli xossalari sababli alohida qismlar bir qancha konstruktiv o‘ziga xosliklarga ega. Ishlash muhitidan kelib chiqib yuritmalarning detallari (korpus, porshnen, shtok, diafragma va boshqalar) uchun material tanlanadi, shuningdek, zich harakatlanuvchi detallar konstrkuktiv rasmiylashtiriladi. Ish muhit sifatida moy xizmat qiluvchi gidravlik ijro mexanizmlarida zichlashtirishga birikuvchi detallarga (plunjer va silindr) maxsus silliqlash ishlovlarini berish bilan erishiladi, kichik qovushqoklik havo muhitida ishlovchi pnevmatik ijro mexanizmlarida esa rezinali xalqalar yoki manjetalar ishlatiladi (biroq oxirgisi gidravlik yuritmalarda ham ishlatilishi mumkin).



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish