O’ZBEKISTONRESPUBLIKASI
NAVOIYKON-METALLURGIYAKOMBINATI
«MASHINASOZLIKTEXNOLOGIYASI»KAFEDRASI
RAQAMLI DASTURDA BOSHQARILADIGAN DASTGOHLARNI
DASTURLASH ASOSLARI
FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARNI BAJARISH UCHUN
USLUBIY
KO`RSATMALAR
Navoiy-2019
1. Kirish
Ushbu amaliy mashg`ulotlar bo`yicha ko`rsatmalarning metodik asoslari talabalarda mustaqil ishlash, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llash va bilimlarini mustahkamlash bo`yicha ko`nikmalarni shakllantirishdan iborat.
"Raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlarni dasturlash asoslari" fanidan amaliy mashg`ulotlar bo`yicha ko`rsatmalarda asosiy e`tibor RDB dastgohlarining koordinataviy texnologik tuzilishi, ularning texnologik imkoniyatlarini o`rganish, hamda dastgohlarni tahlil qilishga berilgan.
Dastgohlarni o`rganish asoslari dastgohlar ta`rifini strukturaviy texnologik modellash yo`li bilan formalizatsiya qilish usuliga tayanadi.
2. Dastgohning formallashtirilgan ta`rifi tarkibi
RDB dastgohlarining formallashtirilgan ta`rifi quyidagilardan tashkil topgan:
dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi (KTS);
dastgohning strukturaviy texnologik formulasi (STF);
dastgohning kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemasi (KKTS);
dastgohning quvvat formulasi (DQF).
Koordinataviy texnologik sxema (KTS) - bu dastgohning texnologik vazifasi, tarkibi, koordinat tizimi hamda harakatlanuvchi va qo`zg’almas organlarning o`zaro aloqadoligini ifodaluvchi shartli yassi tasvirdir. eng avval KTS - bu ishlov berish texnologik sxemasining tasviri. Unda ishlov berilayotgan detal’, kesish asbobi, ishchi organlarining shakl beruvchi va yordamchi harakatlari ko`rsatilishi lozim.
KTS - bu ishlanayotgan detal’ va asbobning koordinata o`qlari bilan chegaralangan tasviri, ishchi va bajaruvchi (qo`zg’aluvchi blok) qismlarning asosiy va yordamchi harakatlari va staninaning shartli tasvirini (qo`zg’almas blok) o`z ichiga oladi.
KTSda barcha asosiy va yordamchi (o`rnatuvchi, bo`lish, burilish) harakatlar tasvirlanadi. KTSning afzallik tarafi bu ko`p o`lchovli ob`ektlarni (dastgohlar) shartli belgilar yordamida yassi ko`rinishda tasvirlanishidir.
Strukturaviy texnologik formula (STF) koordinatalarga mansubligini bildiradigan hamda dastgoh qismlarini (bloklarini) tutash uslubini ko`rsatadigan va qismlarni ta`riflovchi belgilarning muayyan ketma-ketligidir. Formuladagi belgilar bloklar joylashuvi tartibida yoziladi, shunda formula detalni (zagotovkani) ushlab turuvchi blokdan boshlanib, asbobni ushlab turuvchi blok bilan yakunlanadi. Har bir harakatlanuvchi blok formulada ma`lum koordinataviy harakatni amalga oshiradi.
Kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxema (KKTS) dastgohlarni loyihalash yoki o`rganish jarayonida KTSdan keyingi bosqichni egallaydi. Kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemani tuzish uchun dastgohning KTSiga yuritmalarni joylashtirish va ularni o`zaro bog’lovchi kinematikaviy aloqalarni ko`rsatish lozim.
Dastgoh quvvati formulasi (DQF) Dastgohga o`rnatilgan har bir yuritmaning dvigatellari, tok turi va aylanish chastotasi to`g’risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Quvvat formulasi barcha yuritmalar va yordamchi dvigatellarning ketma ket yozilgan kodlaridan tashkil topadi.
Strukturaviy texnologik modellashtirish usulini qo`llash Dastgohni loyihalash jarayoni bilan bir vaqtda namunaviy detal’ uchun ishlov berish texnologik jarayonini yaratish, dastgohning loyihalash jarayonini avtomatlashtirish va RDB dastgohlarini o`rganish va tahlil qilishni engillashtirish imkonini beradi.
3. Amaliy mashg`ulotlarning mazmuni
Biron bir RDB dastgohlarini o`rganishda namunaviy amaliy mashg`ulotlarning mazmuni quyidagi jarayonlarni o`z ichiga oladi:
Dastgohning tuzilishi, konstruktsiyasi, yuritmalari va ishchi bloklarining kinematikasi, qo`lda boshqarish pulti va RDB qurilmasi bilan tanishish.
Barcha ishchi va yordamchi harakatlar, ularning xarakteri (aylanma, ilgarilama) va bloklarini (o`zgartiruvchi mexanizmli yuritmalar, ishchi va yordamchi organlar) aniqlash. Dastgohning vazifasini aniqlash va unda ishlov berish texnologik sxemasini tasvirlash.
Texnologik sxemada ISO 841 standartiga ko`ra barcha koordinata o`qlarini belgilash.
Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasini (KTS) tuzish.
Dastgohning strukturaviy texnologik formulasini (STF) aniqlash va umumiy ko`rinishda yozish. Misol uchun RDB tokarlik patron-markazli dastgoh uchun u quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
STF:= Sh
buerda:
– Z o`qi atrofida (C) gorizontal (h) shpindelni aylanishi, asosiy harakatga mansub, zagotovka shpindelga mahkamlanadi, shuning uchun u formulada birinchi bo`lib yoziladi;
1 - shpindellar soni;
(……) – shpindelning eng kichik () va eng katta () aylanish chastotasi, aylanishni rostlash pog’onali (…..), aylanish chastotalari soni (n);
Np – qo`zg’almas blok (stanina);
Z – bo`ylama harakatlanuvchi support;
- supportning eng uzun qo`chishi;
– eng kichik va eng katta surishlar tezliklari, mm/min;
X – ko`ndalang support;
– ko`ndalang supportning maksimal surilishi, mm;
– mos ravishda Z va X o`qlari bo`yicha surilishlarning diskretligi;
- yuqori supportni qo`l harakati yordamida surilishi, mm;
Rd4v – 4 keskichli kesgich tutgichi, Y o`qiga nisbatan qo`l yordamida burilishi;
- ketingi babkani masofaga qo`l yordamida surish, mm;
F3-1 – RDB konturli tizimi (F3), yurtmalarda qadamli dvigatellar momentlarning gidrokuchaytirgichi bilan ishlatiladi.
Dastgoh stoliga zagotovka o`rnatiladigan va mahkamlanadigan frezalash va parmalash dastgohlari uchun STFni yozilishi dastgoh stoli belgisidan boshlanadi.
Misol uchun konsolsiz vertikal frezerlash dastgohlari uchun STF quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
Bu formulada:
- stolning X o`qi bo`ylab harakatlanish uzunligi, mm;
- polzunning Y o`qi bo`ylab harakatlanish uzunligi, mm;
- frezalash kallagining vertikal Z o`qi bo`ylab harakatlanish uzunligi, mm;
- w koordinat o`qi va …. shpindel pinolining qo`l yordamida freza kallagiga nisbatan vertikal harakati uzunligi, mm;
F3-2 - konturli boshqarish tizimi, kuzatuvchi surish yuritmasi bilan.
ISO standartiga ko`ra RDB tizimlari uchun koordinata o`qlarining belgilanishi quyidagi jadvalda (1-jadval) ko`rsatilgan:
Jadval 1
Birlamchi o`qlar
|
X
|
Y
|
Z
|
Ikkilamchi o`qlar
|
U
|
V
|
W
|
Uchinchi darajadagi o`qlar
|
P
|
Q
|
R
|
Do'stlaringiz bilan baham: |