Texnologik jarayonlarni modellashtirish asoslari



Download 404,12 Kb.
bet1/24
Sana13.06.2022
Hajmi404,12 Kb.
#663204
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Aftomatlashtirish va modellashtirish ma\'ruzalar matni


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOShKENT KIMYo-TEXNOLOGIYa INSTITUTI
«Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasi


TEXNOLOGIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH ASOSLARI
FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI



Toshkent - 2022 y.
Kirish
Zamonaviy ishlab chiqarish bu - axborotlashtirilgan boshqarish tizimlari va kommunikatsiya, raoliya - iqtisodiyot va marketing xizmatlari, ilmiy texnologik hamda loyihalash markazlarining kimyo-texnologik bosqichlar majmuidir. Raqamli texnika va ma’lumot qayta ishlash usullarining intensiv rivojlanishi natijasida kimyoviy, neft-kimyoviy hamda ularning ichki komplekslaridagi axborotlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot uzatish jarayo- ninng funksionallik ahamiyati tobora oshib bormoqda. Kimyo- texnologik jarayonlarning (KTJ) analizi va sintezi masalalarini yechishda, shuningdek, bu jarayonlardagi boshqarish tizimlarini qurish masalalarida matematik modellashtirish usullarini qo'llash inaqsadga muvofiqdir.
Matematik modellashtirish optimal boshqarish parametrlarini aniqlashda samarali qurol hisoblanadi, ayniqsa, fizikaviy va kimyo­viy jarayonlarning qonuniyatlari yetarlicha o‘rganilgan holatlarida. Shundan kelib chiqqan holatda tashqi ta’sirlaming keng diapazonida obyektning matematik modelini hisobi orqali boshqarish parametr­larini aniqlash amalga oshiriladi. Matematik modellami ishlab chiqish usullari orasida quyidagilarni ajratish mumkin:

  • analitik - bu usul asosida substansiyani saqlashning funda­mental qonunlari yotadi:

  • eksperemental va eksperemental-analitik - bu usul asosida o‘rganilayotgan obyektning kirish va chiqish holatlari haqidagi eksperemental ma’lumotlami statistik qayta ishlash yotadi.

Matematik modellashtirish usullarining rivojlanishi apparatda yuz beradigan texnologik jarayonlami tadqiq qilish metodolo- giyasini o‘zgartirish imkonini yaratdi, bu esa butun ishlab chiqarish va apparatlaming ierarxik strukturalari, sathlari orqali hodisalaming sabab - oqibat aloqalarini ochishda o1z ifodasini topadi. Texnologik jarayon, unda yuz beruvchi fizik - kimyoviy hodisalami baholash- dan boshlab, alohida sathlar orasidagi o‘zaro ta’sirlami hisobga olib, integral baholashlargacha tahlil qilinadi. Bu tarzda olingan tavsif jarayonning eng umumiy belgilarini xarakterlab, jarayonning matematik modeli sifatida ko‘rilishi mumkin.
Texnologik qurilmalar quvvatlarining ahamiyatli darajada o‘sishi tashqi va ichki energiya resurslaridan optimal foydalanish bilan bog‘liq qator masalalarning yuzaga kelishini belgilaydi. Shu- ning uchun ham amaldagi jihozlarni takomillashtirish va yangilarini loyihalashda asosiy e’tibor texnologik va konstruktiv parametrlami hisoblashning aniq usullarini ishlab chiqishga qaratiladi. Ko'rsa- tilgan masalani yechimi matematik modellashtirish usullarini takomillashtirish va ularni tadqiqot amaliyoti va loyihalash ishlariga tatbiq etish asosida yotadi.
Matematik modellashtirish usuli jarayon tadqiqotining asosiy qismini, qimmat turuvchi va ko‘p hollarda amalga oshirish qiyin bo‘lgan tajribalarsiz uning matematik modelida amalga oshirishga imkon beradi. Texnologik qurilmalar quvvatlarining ahamiyatli darajada o‘sishi tashqi va ichki energiya resurslaridan optimal foydalanish bilan bog‘liq qator masalalarning yuzaga kelishini belgilaydi. Shuning uchun ham amaldagi jihozlarni takomillashtirish va yangilarini loyihalashda asosiy e’tibor texnologik va konstruktiv parametrlami hisoblashning aniq usullarini ishlab chiqishga qaratiladi.


Download 404,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish