Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/117
Sana18.07.2021
Hajmi1,07 Mb.
#122742
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni

 
Tekshiruv savollari: 
1. Modda deb nimaga aytiladi?  Misollar  keltiring. 
2. Moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalariga misollar keltiring. 
3. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish deganda nimani 
tushunasiz? 
4. Moddaning tuzulish nazariyasini samarali o`rganish sharoitlarini ayting. 
  
 
25 -26 - ma’ruza 
Mavzu: O’rta maktabda D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy 
qonuni va davriy sistemasi, davriy tizimi hamda atom tuzilishini o’rganish. 
  
Ma’ruza rejasi: 
1. Mavzuni ta`limiy aspekti 
2. Mavzuning  tarbiyaviy   aspekti 
3. Mavzuni o`rganishning metod va manbalari 
4. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi mavzusini 
o`rganishdagi  tayanch bilimlar tizimi. 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  D.I.Mendeleev  elementlar  davriy 
qonuni va davriy sistemasi mavzusini o`rganishdagi  Tayanch bilimlarga tizimi,  
davrlar, qatorlar, guruhlar, metallar va metalmaslar,  
 
D.I.Mendeleev  davriy  qonuni  va  davriy  sistemasi  tabiatining  eng  muhim 
qonuni bo`lishi bilan birga - kimyo fanini o`rganishning eng muhim metodik asosi 
hamdir. 
Davriy  qonunning  kashf    etilishi  katta  ilmiy  jasorat  bo`lishi  bilan  birga, 
qator eng muhim metodologik va metodik muammolarning  yechimini beradi.  
Davriy  qonun  asosida  kimyo fanining sistematik  kursi tuzildi. Bu tizimda 
D.I.Mendeleevning  "Kimyo  asoslari"  darsligida  o`z  ifodasini  topdi.  Hozirgi 
sharoitda barcha  kimyo kursi darsliklari davriy qonun asosida tuzilgan. 
Umumta`lim  maktabi  anorganik  kimyo  kursining  nazariy  asosini 
D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tashkil qiladi. 


 
69 
 
Shu sababli anorganik kimyo kursini o`rganishni uch bosqichga  bo`lamiz. 
Birinchi  bosqich  -  o`quvchilarni  D.I.Mendeleev  elementlar  davriy  qonuni 
va davriy sistemasini o`rganishga tayyorlash. 
Ikkinchi  bosqich  -  D.I.Mendeleev  elementlar  davriy  qonuni  va  davriy 
sistemasi hamda atom tuzilishi nazariyasini  o`rganish . 
Uchinchi  bosqich  -  anorganik  kimyo  kursining  sistematik  kursini  yoki 
elementlar va ular birikmalari xossalarini D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni 
va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nuqtai - nazaridan o`rganish. 
 
Davriy  qonun    va  davriy  sistema  mavzusidagi  tushunchalar  mohiyati 
mazmuni  o`zaro  bog`langan  ma`lumotlar  asosida  ochib  beriladi.  Ular,  kimyoviy 
elementlar  va  moddalar  xossalarining  davriy  o`zgarishini,  elementlar  atom 
og`irligi  ortishi, elementlar atom tuzulishi bilan bog`liqligi haqidagi ma`lumotlar. 
Ana  shu  blok  haqidagi  ma`lumotlarning  bog`lanish  sabab  va  oqibatlarini  ochib 
berish.  Oldingi  va  keyingi  blok  ma`lumotlar  mavzuning  o`rganishning  bosh 
ta`limy vazifasi bo`lib hisoblanadi. 
 
Umumta`lim  maktabi  kimyo  dasturida  mavzu  mazmuni  tarixiy  -  logik 
asosda    tuzilgan.  Avvalo  D.I.Mendeleevning  elementlar  va  ular  xossalarining 
atom  massasiga  bog`liqligini  ochib  bergani  bayon  etilsa,  keyin  esa  ularning 
sabablari elementlar atomlarining tuzilishi asosida tushuntirilgan. 
 
Bu  usulda    yo`l  tutish  avvalo  -  o`quvchilarning  tatqiqot  faoliyatini 
rag`barlantirsa    ularni  o`quv  jarayonida  faollashtirsa,  ikkinchidan  tarbiyaviy 
aspektni kuchaytirib, D.I.Mendeleevning ilmiy jasoratini yechib beradi.  
 
Mustahkam  ko`nikmalar  hosil  qilish  uchun  o`quvchi  mustaqil  ish 
jarayonida mashqlar bajaradi.  
 
Mavzu  mazmuni o`quvchilarni bashorat qilishga o`rgatadi.  Davriy qonun 
va  davriy  sistema,  atom  tuzilishi  va  nazariyasi  asosida  elementlar  va  ular 
birikmalari xossalarini   deduktiv  metod orqali bashorat qilishi malakalariga ega 
bo`ladi.  
Mavzuning    tarbiyaviy      aspekti.  D.I.Mendeleevning  davriy  qonun  va 
kimyoviy elementlar  davriy sistemasi mavzusini o`rganish orqali o`quvchilar fan 
va  ishlab  chiqarishning    rivojlanishi,    miqdor  o`zgarishlarning  sifat  o`zgarishiga 
o`tishi,  elementlar  atomlari  ichki  tuzilishi,  kimyoviy  o`zgarishlarning    ichki  
sabablarini tushinib yetadilar. 
 
Bu  tushunchalarning  mohiyati  dialektik  -  materialistik  dunyoqarash 
shakllanishiga  olib  keladi.  D.I.Mendeleevning  ijodiy  faoliyatini  o`rganish  orqali 
o’quvchilarda  mehnat  qilish,  vatanparvarlik  milliy  g`ururi  kabi  hislatlari  qaror 
topadi. 
Mavzuning  rivojlantiruvchi  funksiyasi:    O`quvchilarda    elementlar 
xossalarining  o`ziga    xosligini  ajrata  bilish.  Oddiy  va  murakkab  moddalarning 
kimyoviy  xossalarini  davriy  qonun,  atom  tuzilishi,  davriy  sistemasi  asosida 
xarakterlash va bashorat qilish, kimyoviy bog`lanishlar turi orqali ularni tavsiflash 
kabi ko`nikma malakalarni rivojlantirish, mavzuni o`rganishda tayanch bilimlarni 
tadbiq  qilish  orqali    o`quvchilarda  fikrlash,    tafakkur    qirralari    rivojlanadi.  Bu 
mavzu  o`quvchilarda    muammoli    vaziyat  vujudga  keltirish,  uning  yechilishini 
mavzu mohiyati orqali ochib berishni  rivojlantiradi.  


 
70 
 
Mavzuni  o`rganishning  metod  va  manbalari.    Davriy  qonunni  o`rganishda 
muammoli  ta`lim,  muammoli  metod  qo`llanadi.  Mavzuning  rivojlantiruvchi 
funksiyasini  amalga  oshirish  uchun    muammoli  metod  dominantlik  vazifasini 
bajarish kerak. 
Birinchi  davrda  bunday  sabab  uchun  elementlarni  metall  va  nometallga  
ajratish    asosiy  manba  bo`lib,  xizmat  qiladi.  Muammoli  vaziyatlarni  keltirish 
uchun  elementlar  va  ular  birikmalari  xossalarining  davriy  ravishda    takrorlanishi  
ikkinchi  manba bo`ladi. 
Davriy  sistemada  elementlar  gruppalari  ichida  podgruppalar  hosil  bo`lishi 
uchinchi holatda muammolar yaratishga sabab bo`ladi. 
Muammoli  vaziyatlar  hosil  qilishning  to`rtinchi  bosqichi  davriylik  
nazariyasini  rivojlanishi  perespektivi orqali amalga oshadi. 
Muammoli  vaziyatlar  atomlarning  elektron  tuzilishi  va  xossalari    ularning 
o`zaro  bog`liqligini  aniqlashda  o`quvchilarga  beriladigan  mustaqil  ishlardan 
namoyon bo`ladi. 
Yana  muammolarni  har  bir  element  haqida  yozilgan  ma`lumotli  varaqalar, 
ularni    joylashtirish    sabablarini  ochib  berishi  bo`yicha  beriladigan  topshiriqlar 
orqali amalga oshirish  mumkin. 
Mavzuni  o`rganishda  nazariy  umumlashtirishlar  chiqarish,  eksperiment 
diafilm  D.I.Mendeleevning  davriy  qonuni  degan  kino  filmlarni  ko`rsatish    orqali 
o’quvchilar bilimini  oshiradi. 
 
D.I.Mendeelevning  kimyoviy  elementlar  davriy  qonuni  va davriy sistemasi 
hamda atomning tuzilishi mavzusi o`rta maktab  noorganik kimyo kursining ilmiy 
asosini  tashkil  etadi.  Bu  mavzular  darslarda  o`quvchilar    kimyoviy    elementlar 
o`zaro  davriy  qonunda  tasvirlanganidek,  bog`liqligini,  hamda  elementlar 
xossalarining,  ularning  birikmalar  xossalari    atom  tuzilishidan  davriy  sistemaga 
joylashgan o`rniga muvofiq ekanligini o`rganadilar. O`quvchilardan davriy qonun 
va  atom  tuzilishi  nazariyasi    asosida  elementlar  ularning  birikmalari  xossalarini 
oldindan ayta olishlik malakalari rivojlantiriladi.   
 
O`quvchilar  davriy  qonun  va  atomlar  tuzilishi  haqidagi  bilimlar    asosida 
keyingi  o`rganiladigan  kimyoviy  elementlar  guruhlari  xossalarini,  tuzilishlarini 
oldindan  ayta  biladilar  va  shu  asosida  elementlar  hamda  ularning  birikmalari 
haqida  umumiy  xulosalar  chiqara  oladilar.    D.I.Mendeleev  elementlar  davriy 
qonuni  va  davriy  sistemasi  umumlashtiruvchi  xarakterga  ega.  Uni  o`rganishda 
quyidagi Tayanch  bilimlarga  katta  e`tibor beriladi. 
1.  Kimyoviy  element  haqida  tushuncha.  Kimyoviy  elementning  nisbiy  atom 
massasi,  uning valentligi. 
2.  Oddiy va murakkab modda haqida tushuncha. 
3.  Kimyoviy  elementning    kislorodli    birikmalari  va  uning  valentligi  haqida 
tushuncha. 
4.  Kimyoviy  elementning    vodorodli  birikmalari    va  uning  valentligi  haqida 
tushuncha.  
5.  Metallar va nometallar xossalari haqidagi bilimlarni umumlashtirish. 
6.  Oksidlar haqida tushuncha (Asosli va kislotali). 
7.  Gidroksidlar haqida tushuncha. 


 
71 
 
8.  Metallar,  asosli  oksidlar,  asoslar,  nometallar,  kislotali  oksidlar,  kislotalar 
orasidagi genetik bog`lanish haqida tushunchalar.   
Metallar  -  a).  qattiq 
(simobdan  tashqari);    b).    metal    yaltirog`i    bor;  v).  issiqlik    va  elektr  tokini 
yaxshi o`tkazadi;   g). bolg`alanadi. 
 
 
Metallmaslar  -  a).  qattiq,    (brom  suyuq),    gazsimon;  b).  metall  yaltirog`i  
yo`q; v).  izolyatorlar;   g). mo’rt. 
 
Amfoter  elementlar  -  (grekcha  "amfoteros"  -  "ikkalasi"    degan  so`zidan  ikki  xil 
birikma  namoyon  qiladigan  kimyoviy  elementlar  rux,  berilliy,  alyuminiy,  xrom, 
qo`rg`oshin).  Bu  elementlar  tarkibiga  kirgan  oksidlar,  gidroksidlar  ikki  xil 
xossaga,  ya`ni  kislotali  va  asosli  xossalarga  ega.  Amfoter  oksid,  gidroksidlarga 
muofiq  keladigan  kimyoviy  elementlardir.  Ularni  xossalari  jihatidan  tipik 
metallarga  ham tipik  metalmaslarga ham  kiritib bo`lmaydi. 
 
 
Davriy qonun - (D.I.Mendeleevning ta`rifi)  - oddiy jismlarning xossalari, 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish