Ishni bajarish tartibi
Laboratoriya ishini talabalar texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda o’tkazishni talab etadi.
1. Kompyuter va asboblarni ulang ( reostatga tegilmasin!)
2. Ish stolida yig’ilgan qurilmalarni 2-rasmda ko’rsatilgan sxema bo’yicha mos kelishini tekshiring. G’altakni imkon qadar “Kobra3” blokidan uzoqda joylashtiring,qiymatlarni kompyuterga uzatish jarayonida kuchli magnit maydoni ta’siridan saqlanish uchun.
3. Xoll datchigining “Kobra 3” moduliga ulanishini tekshiring.( Kirish T)
4. O’lchash dasturini ishga tushiring, kompyuter displeyida M belgisini toping. ( Measure-“Измерение”)
Dasturning ochilgan menyusidan M ni tanlang, “ Новое измерение” (“Yangi o’lchashlar”).
Qora doira shakli panelning yoqori chap burchagida ko’rinadi, natijada
“Настройка “ nastroyka –sozlamalar oynasi ochiladi. ( 7-rasm)
“Настройка “ holatini o’zgartirmang!
“ Далее” ni kiriting, ekranda magnit induksiyasi B va tok kuchi I ni o’lchovchi asboblar shkalalarining tasvirlari hosil bo’ladi.
5. O’lchashlardan oldin ta’minlash manbaidagi tok qiymatini biroz ko’paytirish talab etiladi, ekranda asboblar shkalasi tok qiymatining o’zgarishini ko’rsatadi.
So’ngra tok kuchini bir tekis (1,4A) maksimal qiymatigacha olib borib, o’lchashlar shkalasidan magnit induksiyasinig (B) o’zgarishini kuzating. Tokni 0 holatigacha kamaytiring.
Gisterezis halqasini hosil qilish uchun tokning qiymatini diskret (alohida-alohida) holda o’zgartiring, har bir tok qiymatini Kompyuterga “ Ввод” Enter klavishi orqali va so’ngra klaviaturadagi “ Пробел” klavishi orqali kiriting.
Tokni 0 holatidan maksimal (yuqori) qiymatgacha , so’ngra 0 holatigacha kamaytiring, shundan so’ng boshqaruv panelidan “Закрить ” (Сlose) ni bosing.
Ekranda B ning I ga bog’liqlik grafigi yarim gisterezis halqasi shaklida hosil bo’ladi.
6. Halqaning 2- yarmini hosil uchun tokni teskari yo’nalishga almashtirish kerak. Buning uchun ta’minlash manbaiga U=0 kuchlanishni kiritib, so’ngra tumbler 2 ni ulang. (6-rasm)
Tajribani 5 bandda ko’rsatilganday qarama- qarshi yo’nalishdagi toklar bilan olib borib, gisterezis halqasining 2-yarmini hosil qilasiz.
7. O’lchashlar natijasi 3-jadvalga kiritiladi, bunda gisterezisning to’liq halqasi yasaladi.
kni quyidagicha magnitsizlantirish kerak.
Kuchlanish murvatini shunday o’rnatingki, qoldiq magnit maydoniga teskari holatga kelsin.
Kuchlanishni tez oshirib, so’ngra 0 holatiga tushiring. Bu holatni bir necha bor takrorlagan holda, kuchlanishni kamaytirib boring, to magnitlanuvchanlik(B= 0) 0 ga teng bo’lguncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |