Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


O‘qituvchining darsga tayyorlanishi



Download 1,23 Mb.
bet100/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

O‘qituvchining darsga tayyorlanishi. Dars samaradorligi o‘qituvchining unga tayyorgarlik ko‘rishiga bog‘liq. Puxta tayyorgarlik asosida o‘tkaziladigan dars qiziqarli o‘tadi va ko‘zlangan maqsadga erishadi. O‘qituvchi darsga tayyorlanar ekan, avvalo darsning maqsadini puxta o‘ylab ko‘rmog‘i lozim. Mashg‘ulotning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari aniq, ularni o‘zaro uyg‘un holda qanday qilib amalga oshirish yo‘llari belgilanmasa, samaradorlikka erishib bo‘lmaydi.
Darsning metodini to‘g‘ri tanlash o‘qituvchidan puxta nazariy bilim va pedagogik mahorat talab etadi. Yangi bilim berish darslarida ko‘proq muammoli o‘qitish metodiga asoslanilsa, egallangan bilimlarni ko‘nikma va malakaga aylantirish maqsadlarida qisman qayta xotiralash xarakteridagi topshiriqlardan ham, ijodiy xarakterdagi topshiriqlardan ham foydalaniladi. Dars metodini tanlashda o‘qituvchi o‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatini, o‘rganiladigan mavzuning talabi kabilarni ham hisobga oladi.
Darsga tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchi o‘rganiladigan mavzuga bog‘liq ilmiy va metodik adabiyotlar bilan ham puxta tanishib chiqishi lozim. O‘zbek tilshunosligi fanining so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlaridan xabardor o‘qituvchigina darslikdagi topshiriqlar talabini tushunadi va har bir topshiriqdan ko‘zlangan maqsadni ilg‘aydi.
Ijodkor o‘qituvchi darsni darslik qolipi asosida qurmaydi, balki uni yaratadi. Darsga tayyorgarlik ko‘rishda o‘qituvchi darslikdagi qaysi mashqlardan foydalanishini, mashq shartlariga qanday qo‘shimchalar yoki o‘zgartirishlar kiritishi mumkinligini, mahalliy o‘lka materiallari bilan dars materialini bog‘lash imkoniyatlarini o‘ylab ko‘rishi va rejalashtirishi lozim.
O‘qituvchi o‘quvchilarga beriladigan savollarni puxta o‘ylab ko‘rishi, javobga chiqariladigan o‘quvchilarni oldindan belgilashi, uyga beriladigan vazifani belgilashi lozim.
O‘qituvchi yangi yo‘nalishdagi «Ona tili»dasturi va darsliklari bilan ishlashga ham o‘zini tayyorlashi kerak. Darsliklardagi har bir mashq, topshiriq, matn, rivoyat va latifa ma’lum bir maqsadni ko‘zlaydi va bu ko‘p hollarda yashiringan bo‘ladi. Кo‘nincha ko‘zlangan maqsad 23 mashqni bajargandan keyin ravshan bo‘ladi. Chunki maqsadni birinchi qadamdayoq ma’lum qilish o‘quvchining fikrlashiga, ijodiy mushohada yuritishiga to‘sqinlik qilishini nazarda tutib, mualliflar ularni bosqichma-bosqich berishgan. O‘qituvchi har bir mashqdan ko‘zlangan yuzaki (zohiriy), ilk bosqich maqsadni va asosiy (botiniy) tugal maqsadni to‘liq bilmasa, puxta bilim berishga erisha olmaydi. Yuzaki maqsad yordamchi vosita bo‘lib, tub maqsadga erishish uchun bir bosqichdir. Ayrim hollarda tub maqsadni topish o‘quvchining o‘ziga havola etiladi.
O‘qituvchi darslikdagi ayrim matnlarning serqirraligi, ular asosida turli-tuman hukmlar chiqarish mumkinligini ham unutmasligi kerak.
Darsliklarda talaygina rivoyatlar berilgan bo‘lib, ular o‘quvchidan ijodiy fikrlashni va o‘z nuqtayi nazarini bayon qilishni talab etadi. O‘qituvchi oldindan bu rivoyatlarni o‘qib, buning asosida qanday xulosaga kelish mumkinligini o‘ylab ko‘rishi lozim.
«Ona tili» darsliklarida mashqlar bosqichli ketma-ketlik prinsipi asosida berilgan bo‘lib, ular bir necha topshiriqlidir. Shuning uchun o‘qituvchi mashq va undagi har bir topshiriqning maqsadini tushunishi lozim. Bu o‘rinda yana shuni ham alohida qayd qilish lozimki, ko‘p topshiriqli mashqlarda bir topshiriqni bajarib, ikkinchisini chetlab o‘tish o‘quvchini asl maqsadidan uzoqlashtiradi. Demak, o‘qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir topshiriqning maqsadi, uni bajarish usuli, sarflanadigan vaqtni aniq hisobga olishi lozim.
Dars reja-konspektini tuzish ham o‘qituvchidan juda katta mas’uliyat talab etadi. Chunki reja-konspekt darsni ilmiy-metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etishga ko‘maklashadi; 45 daqiqalik vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Dars reja-konspektida darsning mavzusi, maqsadi, metodi, jihozlanishi, uy topshirig‘ining tekshirilish usuli, o‘quv topshiriqlaridan foydalanish tartibi, o‘quvchilarni umumlashmalar hosil qilishga undash yo‘llari, mustahkamlash uchun beriladigan topshiriqlar, hosil qilingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish maqsadida o‘rtaga tashlanadigan savollar, uyga beriladigan vazifa kabilar o‘z ifodasini topadi.
Bugungi kunda har bir umumta’lim maktabida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish jiddiy vazifa bo‘lib turibdi. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib borish orqali o‘z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.
Hozirgi ta’lim sohasida keng rivojlanib borayotgan yo‘nalish-lardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish va ularni o‘z mashg‘ulotlarida qo‘llashdan iborat.
«Pedagogik texnologiya» keng tushuncha bo‘lib, u ona tili ta’limining mazmunini ham, bilim va ko‘nikmalari tizimini ham, o‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi munosabatlarni ham, ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalashni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Ona tilidan ta’lim mazmuni shunday qurilmog‘i lozimki, o‘quvchi dars jarayonida o‘ylashga, fikrlashga, til hodisalari orasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga, guruhlash va umumlashtirishga ehtiyoj sezsin. Buning uchun, avvalo, o‘quv topshiriqlarining xarakteriga e’tibor kuchaytirilmog‘i lozim. Ayniqsa, qisman ijodiy va ijodiy xarakterdagi topshiriqlar umumiy topshiriqlarning 70–80% ni tashkil etgan taqdirdagina ta’limda ko‘zlangan maqsadga erishish imkoniyatlari reallashadi.
Pedagogik texnologiyaning yana bir muhim talabi o‘rganilishi ko‘zda tutilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilishdir. Buning uchun amaliylik ona tili ta’limining asosiy va yetakchi tamoyiliga aylanishi kerak. Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini ham yaqin pedagogik hamkorlik asosida qurilishini talab etadi. Buning uchun o‘quvchi ta’lim jarayonining faol ishlovchisiga, o‘qituvchi esa shu jarayonning tashkilotchisiga, boshqaruvchisiga aylanishi shart: yaxshi o‘qituvchi o‘zi kam gapiradi, bolani ko‘proq so‘zlatadi. Shuni alohida qayd qilish joizki, o‘quvchi ona tili darslarida til hodisalarini mustaqil ravishda o‘zi kuzatsa, qiyoslasa, muayyan belgilariga qarab ularni guruhlasa, birlashtirsa, umumlashmalar hosil qilsa o‘quvchi tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari kengayadi.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini kengaytirish darsni tashkil etish usuliga ham bog‘liq. Doimiy bir xilda takrorlanadigan va qayta-qayta bir xil yo‘nalishdagi o‘quv topshiriqlaridan foydalaniladigan darslar o‘quvchini zeriktiradi, uni bezdirib qo‘yadi.
Ona tili ta’limining pedagogik texnologiyasi maqsadini belgilashdan to shu maqsadga erishganlik natijasi darajasini baholashgacha bo‘lgan murakkab jarayonni o‘z ichiga olar ekan, bunda maqsadlar etalon darajasidagi andozaga erishish vositasidir. Joriy nazorat baholashi esa o‘quv jarayonini shakllantiruvchi, maqsad bilan uning natijasi o‘rtasida aloqa vazifasini o‘tovchi omil sanaladi.
Pedagogik texnologiyaga oid adabiyotlarda ko‘rsatilishicha ayrim xorijiy davlatlarda o‘quvchi va o‘qituvchi uchun maqsadlarni alohida- alohida belgilash odat tusiga kirgan. Bunda maqsadlar o‘qituvchining faoliyati orqali qo‘yiladi (o‘rgatish, tushuntirish, ko‘rsatish, aytib berish va h.k.), o‘quvchining harakatlarida ifodalanadigan natijalar esa ta’lim vazifalari deyiladi. Bu vazifalarni o‘lchash, aniqlash, o‘qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bolishi uchun har bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo‘yilishi kerakki, unga erishilganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo‘lsin.
Pedagogik texnologiyalarning asosiy qoidasi ham o‘qitishni o‘quvchilar harakati orqali amalga oshirilishi ekan, ona tili ta’limi maqsadi ham o‘quvchini dars subyekti darajasiga ko‘taradi.
Ona tili ta’lim texnologiyasi o‘quvchining ta’lim jarayoni faol ishtirokchisi ekanligini uning har bir dars qurilmasida quyidagi faoliyat turlariga jalb etilishi orqali izohlash mumkin: 1)til hodisalarini kuzatish; 2)izlanish, hodisalar sirasini davom ettirish; 3)ayri-ayri hodisalarni sharhlash; 4)hodisalarni qiyoslash; 5)hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashliklarni aniqlash; 6)hodisalar orasidagi farqlarni aniqlash; 7)o‘xshashlik, farqlar asosida hodisalarni tasniflash; 8)hodisalar sirasi haqida umumlashma hosil qilish; 9)hodisalarning yondosh hodisalar bilan aloqadorligini aniqlash; 10)hodisalarni amaliy qo‘llash.
Mana shu o‘n xildagi mustaqil faoliyat turlarining bajarilishi ona tili ta’limi maqsadining odatdagi bir dars jarayonida voqealanishi bilan izohlanadi. Ayni kunda esa ona tili ta’limi yangi pedagogik texnologiyasida o‘ziga xos tomonlari va xususiyatlari bilan o‘z aksini topayotgan maqsadlarning ifodalanish tahlili shuni ko‘rsatadiki, ona tili ta’limida maqsadning qo‘yilishidan boshlab har bir dars qurilmasining etaloni sifatida unga erishuv jarayoni o‘quvchini mustaqil bilim olishga, izlanishga majbur qiladi.
Ona tili ta’limi texnologiyasida bu eng muhim omil bo‘lganligi sababli pedagogik texnologiyalar tarixida muhim muammo bo‘lgan har bir mavzu kesimida aniq maqsadlarning qo‘yilishi masalasiga ham nisbatan oydinlik kiritadi. Adabiyotlarda ta’kidlanishicha, aniq maqsadlarni ishlab chiqish juda murakkab masala bo‘lib, bir kishining qo‘lidan kelmaydi. Shuning uchun bir guruh o‘qituvchilar va uslubchilarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati talab etiladi. Mana shu e’tirofdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, o‘quvchining har bir dars qurilmasidagi o‘n bosqichlik faoliyati ona tili ta’limi umumiy maqsadining mavzular, sinflar kesimida yanada aniqlashuvi va oydinlashuvida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi kun ta’limining asosiy maqsadlaridan biri dars jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish orqali ularga bilim olish yo‘llarini o‘rgatishdan iboratdir. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiya elementlari singib bormoqda. O‘qitishning interfaol usullaridan foydalanish bo‘yicha muayyan tajriba to‘plandi.
Ona tili darslarida ta’limning interfaol usullaridan foydalanish o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini tarkib toptiradi, guruhlarda ishlashga o‘rgatadi, ko‘pchilik oldida o‘z fikrini bayon etish, o‘z nuqtayi nazarini asoslash malakalarini hosil qiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, mavjud imkoniyatlarni safarbar etish o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biridir. Har bir pedagog shuni esda tutishi kerakki, dars o‘quv-tarbiya jarayonining asosiy shaklidir. O‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, mustaqil ijod qilishga o‘rgatishi lozim. Darsda beshta maqsad ko‘zda tutiladi: ta’lim, tarbiya, rivojlantirish, kasbga yo’llash va milliylik. Bu beshta maqsadni dars davomida amalga oshirish uchun interfaol usullardan foydalanib dars o‘tish yaqindan ko‘mak beradi. O‘zlashtirilayotgan tajribani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘quvchilarga o‘zaro ta’sir harakati orqali yo‘naltirish, interfaol metodlarni qo‘llab dars o‘tishning asosi bo‘lib, bunday yondashuvda o‘qituvchi tayyor bilimlarni bermaydi, balki o‘quvchilarni mustaqil izlanishga chorlaydi. Hozirgi zamon darsiga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda o‘rganiladigan mavzuning ilmiy asoslangan bo‘lishidir, ya’ni darsda ko‘zlangan maqsad va o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o‘rganilgan mavzu bilan bog‘lash, o‘quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo‘ladigan jihozlarni belgilash va qo‘shimcha ko‘rsatmali qollanma bilan boyitish, interfaol metodlardan foydalangan holda darsda muammoli vaziyat yaratishdir. Darsga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ta’lim metodlari va usullarini bir-biri bilan mustahkam bog‘lab olib borish samaradorligini oshirishdir. Darsga qo‘yiladigan asosiy talablardan yana biri barcha didaktik vazifalar darsning o‘zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo‘lishi kerak, dars davomida o‘qituvchi o‘quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak, o‘tilgan har bir darsning o‘quvchilar bilan birga tahlil qilib borilishi ham yaxshi natija beradi.
Interfaol usullardan foydalanishda o‘qituvchi quyidagilarni bilishi lozim:
– Interfaol usullar, uning mazmun mohiyati;
– Ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda interfaol usullarning o‘rni va roli;
– Fanlar bo‘yicha interfaol usullarni qollash tamoyillari;
– Ta’limiy va ishchanlik o‘yinlari;
– Muammoli, rivojlantiruvchi ta’lim metodlari;
– O‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’min-lash yo‘llari;
– O‘quvchilarning mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullari;
– Ko‘rsatmali o‘qitish usullari;
– Ta’lim-tarbiyani faollashtiruvchi usullar.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish