Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Download 1,23 Mb.
bet102/134
Sana13.03.2023
Hajmi1,23 Mb.
#918521
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   134
Bog'liq
1-kurs Mutaxassislikka kirish majmua innov.

«Aqliy hujum» o‘quvchilarda mustaqil fikrlash imkonini beruvchi ta’lim usulidir. Mazkur usul yordamida muammoli savol yoki topshiriq vositasida barcha o‘quvchilarning fikrlari jamlanib, yakuniy xulosaga kelinadi. Bunda aytarli to‘g‘ri bo‘lmagan fikrlar ham, ya’ni bildirilgan barcha fikrlar inobatga olinadi, ular bekorlanmaydi. Bu narsa bayon etilgan fikrlarning keyingi tahlilida o‘quvchilarning qo‘yilgan savol yoki muammoni to‘g‘ri tushunishlariga imkon beradi. O‘rtaga tashlangan muammoli savol yuzasidan bildirilgan fikrlar doskaga yoki maxsus qog‘oz (flipchart) ga yozib boriladi. O‘qituvchi shunday yo‘lni topishi kerakki, noto‘g‘ri fikrlagan o‘quvchi o‘z xatosini darsning oxirigacha anglab, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirilmog‘i lozim. Bunday yondashuv aytilgan fikrlarni jamlash, tahlil qilish va umumiy xulosa chiqarish imkonini beradi.
«Aqliy hujum»ni o‘tkazish yo‘llari: 1. O‘qituvchi o‘quvchi oldiga savol, topshiriq yoki muammoni qo‘yadi (savol va topshiriqlar o‘tilgan yoki yangi o‘zlashtirilayotgan mavzu bo‘yicha, shuningdek, hayotiy voqea-hodisalar yuzasidan bo‘lishi mumkin) va o‘quvchilardan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari so‘raladi. 2.Barcha fikrlar doska yoki flipchartga yozib boriladi. 3. So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birga asosiy g‘oyalarni uyg‘unlashtiradi, ayrim o‘rinlarga tuzatishlar kiritadi, keyingi jarayonlarda foydalanish uchun eng muhimlari ajratib olinadi.
«Aqliy hujum»ni o‘tkazish qoidalari.
1. «Aqliy hujum»ni o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt (reglament)ga qat'iy rioya qilish zarur.
2. Belgilangan vaqt orasida fikr aytish istagini bildirgan har bir o‘quvchiga imkoniyat yaratish zarur.
3. O‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar muhokama qilinmasligi, baholanmasligi kerak.
4. Zarur bo‘lib qolgan taqdirda bayon etilgan fikrlarga tuzatish kiritish mumkinki, bu narsa o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, lo‘nda, qisqa bayon etishlariga olib kelsin.
«Tanqidiy fikrlash» usuli o‘rtaga tashlangan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini aytish, o‘zgalarning fikrlarini tanqidiy idrok etish, o‘z nuqtayi nazarini asoslab berish imkoniyatiga ega bo‘lishga asoslangandir. Bunday usuldan bahs-munozara xususiyatiga ega bo‘lgan masalalar muhokamasida foydalanish mumkin. Masalan: O‘zaro muloqotda Siz yoki Sen deb murojaat qilishning qaysi biri ma’qul? Darsliklarga yozib- chizadigan o‘quvchilarga munosabatingiz va h.k.
Interfaol ta’lim usulining bunday shakli o‘quvchilarda tinglash va muloqot ko‘nikmalirini shakllantiradi, turlicha qarashlar va nuqtayi nazarlarni tushunish malakasini rivojlantiradi, bahsli masalalarni muhokama qilish, tahliliy mushohada yuritish va fikrlash qobiliyatini oshiradi, o‘z dunyoqarashini, nuqtayi nazarini, fikrini shakllantirish, uni bayon etish mahoratini takomillashtirish imkonini beradi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish