249
axborot sohasidagi islohotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ma’lumki, o‘tgan asrning ikkinchi
yarmida vujudga kelgan Internet tarmog‘i axborot sohasida tub burilish yasadi.
Endilikda
an’anaviy OAV ning informatsion texnologiyalar asrida o‘z mavqeini saqlab qolishi ko‘p
jihatdan global tarmoq imkoniyatlari bilan chambarchars bog‘liq bo‘lib qoldi. Bu borada
Yurtboshimiz alohida ta’kidlab, «… bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish
jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim
ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi…», — deya yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirganlar.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “….eng avvalo,
yoshlar va aholi o’rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va
milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish, jahon ilm-fani va dabiyoti
yutuqlarini yetkazish
uchun zarur muhit va shart-sharoit haqida bormoqda. Bu borada zamonaviy kompyuter
texnologiyalari va ayniqsa internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini inobatga olish
zarur”.
Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm,
giyohvandlik, odam
savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi
tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo’lsak, bu so’zlarning chuqur ma’nosi va
ahamiyati yanada yaqqol ayon bo’ladi. Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz
uchun o’z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan masala bo’lib kelmoqda.
Yoshlarda buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to‘la
shakllanmaganligini, ularda eshitgan yoki o‘qigan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda
tutsak, bu ancha e’tibor qaratish zarur bo‘lgan global muammodir. Ta’kidlash lozimki,
Internetdan tarqatilayotgan qo‘poruvchilik ruhidagi axborotlar orqali ba’zan harbiy harakatlar
evaziga amalga oshirib bo‘lmaydigan maqsadlarga ham erishish mumkin.
Bunday axborot
xurujlari esa yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari
va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilganligini unutmaslik kerak. Buning
asosiy sabablaridan biri esa tajovuzkorlikni targ‘ib etuvchi tele, radio, audio, video va
multimedia mahsulotlari, internetdagi ma’lumotlar, kompyuter o‘yinlarining ko‘payib
borayotgani, xilma-xil usullarda tarqatilayotganidir. Ularning barchasi
bolalar va yoshlarni
psixik va psixoemotsional holatiga bosim o‘tkazish, ularni zimdan boshqarish axboriy-
psixologik ta’sir o‘tkazishning samarali vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Qolaversa, axborot
xavfsizligini ta’minlashda — fuqarolarning axborot madaniyatini yuksaltirish, ya’ni ularga
axborotni saralash va undan ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirib borish lozim,
ya’ni, har bir shaxs ma’lum axborotning foydali yoki zararli
ekanini ajratib oladigan
mezonlarni ishlab chiqishi, ma’lum axborotning o‘z professional faoliyati va shaxsiy hayoti
uchun qadr-qimmatini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda, «Axborot
urushi» xavfi tahdid solayotganini ham jiddiy e’tiborda tutish zarur, ya’ni axborot urushining
mohiyati shundaki, u yakuniy maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Aynan, hozirgi
texnologiyalar axborot o‘rniga uydirma tarqatish, boshqalarni yolg‘on axborotga ishontirish
imkonini beradi. Kundalik hayotda uchraydigan fitna va bo‘htonlar
ham axborot urushining
primitiv ko‘rinishidir.
Ma`lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda internetdan jami foydalanuvchilarning qariyb 10
foizi — internetparast. Internetparastlik o’zi nima degan savol paydo bo’lishi tabiiy.
Internetparastlik (Internet-addiksiya) — global tarmoqqa ulanishga haddan ziyod oshiqish va
undan chiqib keta olmaslik. Kimberli Yang "internetparastlik" mavzusiga ilmiy nuqtai
nazardan yondashgan birinchi olimlardan biri. U 1994 yili internetparastlikni aniqlovchi test
ishlab chiqadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagilarni xavfli ogohlantirish (internet-
parastlikning alomatlari) sifatida qayd etadi:
250
- elektron pochtani tinimsiz tekshirishga urinish;
- navbatdagi "onlayn" muloqotga oshiqish;
- o‘tkazilgan "onlayn" muloqotdan huzurlanish;
- "onlayn" uchun sarflanadigan xarajatlarning ortib borishi.
Shu o’rinda birinchi Prezidentimizning quyidagi fikrlarini beixtiyor yodga olamiz:
“Internetni biz do‘konga o‘xshatishimiz mumkin, u yerda hamma narsani topa olamiz. U
yerdan har bir inson o‘ziga kerakli narsalarni oladi. Agar biz ham internetdan kerakli
narsalarni olishni o‘rgana olsak, bizning yuksak ma’naviyatli yoshlarimiz ongiga hech
qanday xurujlar ta’sir eta olmaydi”. Haqiqatan ham ijtimoiy tarmoqdan maqsadli foydalanish
bizga ko’p imkoniyatlarni yaratib beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yoshlarni fan-texnika yutuqlari bilan tanishtirib borish
zarur, ammo salbiy oqibatlarni ham hisobga olgan holda, doimiy
nazorat va tushuntirish
ishlarining ular ongiga singdirib borilishi maqsadga muvofiqdir. Axborotlar oqimidan
foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom immunitetni hosil qilish, ijobiy tomonlarini o‘rgatish
bilan birga, salbiy oqibatlarini ham aytib o‘tish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: