3
KIRISH SO’ZI
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori,
professor B.B.Sobirov
Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar va bugungi ilmiy anjuman ishtirokchilari!
Barchamizga ma’lumki, bugungi axborotlashgan jamiyatda yoshlar ma’naviyati va
dunyoqarashini shakllantirish muammolarini o’rganish muhim ahamiyatga ega masalalardan
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni e’lon qilgach,
jahon hamjamiyatida
jadallik bilan integratsiyalasha boshladi. Natijada hamkorlik aloqalari kuchayib, barcha
sohada, shu jumladan madaniyat va ma’naviyat sohasida ham harakat erkinligi yuzaga keldi.
Bu esa ijtimoiy hayotning muayyan sohalarida o’ziga xos muammolar paydo bo’lishiga olib
keldi.
Biz bugun g’oyat murakkab zamonda yashayapmiz.
Bugungi kunda insoniyatning
qo’lidagi barcha kuch va vositalar, texnika va texnologiyalar avvalo yagona ezgu maqsadga –
odamzotning , azal-azaldan bir oila farzandlaridek ahil va inoq bo’lib yashashga intilib
keladigan dunyo xalqlarining yuksak taraqqiyotini ta’minlash, ularning sof orzu-umidlarini
ro’yobga chiqarish uchun qaratilgan. Ayni paytda amaldagi voqealik ana shu ulkan moddiy
va ma’naviy resurslar hamma vaqt ham pok niyatlaruchun
safarbar etilmayotgani, ba’zida
ular yovuz kuchlarning qabih maqsadlariga xizmat qilayotganini, qanchalik achinarli
bo’lmasin, tan olishga to’g’ri keladi.
Hozir jahonda mafkuraviy kurash borayotganiga bepisand qarab bo’lmaydi.
Bugungi
kunda mafkuraviy kurash amalda yer yuzining barcha nuqtalarida olib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni
ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat
tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo’yicha o’tkazilgan
videoselektor
yig’ilishida “loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy
muammolarni
kamaytirish
uchun
nuroniylar
tarbiyasi,
jamoatchilik
nazorati
yetishmayotganini” ta’kidlab o’tgan edilar.
Biz
yashayotgan, bizning xohish-irodamizga bog’liq bo’lmagan bugungi dunyoning
haqiqiy manzarasi shunday ekan, biz bu real olamni qanday bo’lsa,
shundayligicha qabul
qilib, uning keskin evrilish va g’alayonlarida milliy o’zligimiz, ma’naviy qiyofamizni qanday
saqlab qolish, davrning katta-kichik tahdidlariga bizning javobimiz qanday bo’lishi kerakligi
haqida har kuni, har soniyada o’ylab, fikrlab yashashimiz lozim. Bunda bizga milliy va
umumbashariy
qadriyatlarimiz, ona yurtimiz va xalqimizga muhabbat tuyg’usi, milliy
g’oyamiz ruhiy tayanch bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu nuqtai nazardan kelib chichqib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 7-martdagi 101-F-sonli farmoyishi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-martdagi 97-sonli buyrug’iga binoan bugun, 2022 yil
22 aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq
ta’limi” kafedrasi tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: