Navoiy davlat konchilik instituti
11a-20TJA guruhi talabasi
Kamolov Maxmudning
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: Qoʻchqorov J.
Navoiy 2021
Milliy xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Reja:
1. Milliy xavfsizlik - taraqqiyot garovi
2. Mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashda Qurolli Kuchlarning oʻrni
3. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va Qurolli Kuchlarni boshqarish
Milliy xavfsizlik - taraqqiyot garovi
Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy
masala bo‘lib, bunda davlat asosiy rolni o'ynaydi.
“O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash, mamlakatimizning jahon xo‘jaligi tizimida va jahon hamjamiyatida munosib joyni egallashiga erishish — davrimizning asosiy vazifasidir”, - deb bu masalaning ahamiyatini ko‘rsatib bergan edi Prezidentimiz.
Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi.
Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq. Shuning uchun iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi.
Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berildi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berildi.
1996-yil 24-aprelda Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik to‘g ‘risida”gi Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yil avgust oyida bo'lib o'tgan Oliy Majlis sessiyasida esa, Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi. Milliy xavfsizlik endi faqat davlat xavfsizligini ko'zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini; jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarini; davlatning konstitutsiyaviy tuzumi, suveriniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham ko'zda tutadi.
Prezidentimizning; “ Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ma’naviy taraqqiyotga erishish, shuningdek, O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligini kuchaytirishining asosiy sharti va garovi – mamlakatimizning xavfsizligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlar va fuqarolar o'rtasida totuvlikni saqlash va ko'z qorachig'iday asrashdir” 1 - degan so'zlari mamlakatimiz xavfsizligining ahamiyatini yanada to'laroq ko'rsatadi.
Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib boradigan tashqi siyosati ham muhim rol o'ynaydi. Shu tufayli milliy xavfsizlikni saqlash bilan bog'liq davlatimizning tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari 2005-yildagi Oliy Majlis Palatalarining qo'shma majlisida Prezident tomonidan ko'rsatib o'tildi.
Ma’ruzada O'zbekiston tashqi siyosatining mazmuni, maqsadi bitta - u ham bo'lsa, O'zbekiston manfaatidir, deb alohida qayd qilindi. Hamda O'zbekistonning xavfsizligi Markaziy Osiyodagi tinchlik va barqarorlikka, qo'shni davlatlardagi ahvolga bog'liqligi, O'zbekistonning xavfsizligini ta’minlash yo'lida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi e’tirof etildi.
Xavfsizlik va uning ta’minlash usullaridan bo'lgan mudofaa ahamiyati yuqoriligi e’tiborga olinib, shu masalalarning asoslari Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlangan.
O'zbekiston Konstitutsiyasi mudofaa va xavfsizlikka alohida XXVII bobni ajratgan.
O'zbekistonning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish konstitutsiyaviy normada o'z ifodasini topgan- (125-modda).
Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash doimo ustuvor masalalardan bo'lib kelgan.
Mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashda Qurolli Kuchlarning oʻrni
Sobiq Ittifoq davlati — SSSR o'zining ko'plab salbiy jihatlari bilan birga, eng kuchli qurolli kuchlarga ega davlat edi. Uning qismlari butun ittifoq hududida, jumladan, 0 ‘zbekiston hududida ham joylashtirilgan bo'lib, SSSR tugatilganidan son g Qurolli Kuchlarda ham boshqaruv, intizom barbod bo'lib, turli tahdidlar kuchayib borayotgan vaqtda 0 ‘zbekistonning o'z mudofaa vazirligini va joylarda qo'mondonlik tuzilmalarini shakllantirish o'z vaqtida qabul qilingan va to'g'ri bo'lgan qaror edi.
Chunki, mustaqillikni saqlash xavfsizlikni saqlash bilan bog'liq bo'lib, ularni saqlashda Qurolli Kuchlar asosiy va hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Undan keyingi muhim qadam Qurolli kuchlarning mavjudligi, vazifasining Konstitutsiyada mustahkamlanishi bo'ldi. Natijada Qurolli kuchlar Konstitutsiyaviy institut hisoblandi. Bu ham ularning ahamiyatini ko'rsatadi.
Konstitutsiyaning 125-moddasida: “ O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizIigini himoya qilish uchun tuziladi” , - deb qayd qilingan. Bu bilan nima uchun qurolli kuchlarni tashkil qilish kerakligi va ularning vazifasi aniq belgilangan. Demak, Qurolli Kuchlarning Konstitutsiyaviy vazifasi:
- davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini;
- aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir. U shu maqsadda tuziladi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul qilingan “Mudofaa to'g'risida”gi Qonunda Qurolli Kuchlarga urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish vazifasi ham yuklatilgan. (Qonunning 6-moddasi).
Qurolli Kuchlar davlat tomonidan tashkil qilinadigan harbiy birlashmalar, qo'shilmalar, qismlar va boshqa harbiy tuzilmalardan iborat bo'ladi.
Qurolli Kuchlar va uning tarkibiy qismlari o'z faoliyatini qonuniylik, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar safarbarlikka doimo tayyor hamda harbiy intizomga rioya etish asosida tashkil etiladi.
Ularning faoliyatidagi bu prinsiplar mamlakat xavfsizligini
ta’minlash imkoniyatini beradi.
Qurolli Kuchlar uiarning tarkibiy qismlari o'z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun, uiarning ixtiyoriga harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurolyarogiar, harbiy texnikaning barcha zarur turlari va boshqa harbiy ashyo, mol-mulk berib qo'yiladi va ular davlat mulki hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 126-moddasida: “ 0‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega”, - deb ko'rsatilgan. Bu Qurolli Kuchlarning tarkibiy qismlari, ularga zarur qurol-yarog', texnika ashyolar hamda eng muhimi, Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchi tarkib O'zbekiston mudofaa ehtiyojidan kelib chiqib belgilanishini anglatadi.
Qurolli Kuchlarda muddatli va muddatsiz xizmat o'tovchi shaxslar faoliyat ko'rsatadi. Fuqarolar Konstitutsiyada belgilangan burchini o'tash uchun Qurolli Kuchlar safiga muddatli xizmatga chaqiriladi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarda doimiy maosh olib ishlovchilar ham mavjud. Ular asosan zobitlar va boshqa xodimlardir.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki davrlarida iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, Qurolli Kuchlar uchun eng zarur va yuksak malakali zobitlar tayyorlashga mo'ljallangan bir qancha harbiy o'quv yurtlari tashkil qilindi, armiyani texnik jihatdan jihozlashning samarali choralari ko'rildi, harbiy salohiyatni yetarli darajada ta’minlash uchun zarur mablag' ajratildi. Mamlakatimiz harbiy doktrinasi mudofaani ta’minlash va xavfning oldini olish xarakterida tuzildi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va Qurolli Kuchlarni boshqarish
Konstitutsiyaning 126-moddasida: “O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta’minlashuchun yetarli darjada Qurolli Kuchlariga ega” , - deb belgilangan.
“Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi va hududiy yaxlitligini saqlash, el-yurtimizning osuda hayotini ishonchli himoya qilishga qodir, zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan ta minlangan, yaxshi tayyorlangan va bugungi kun talablariga to liq javob beradigan, son jihatidan ixcham va harakatchan Qurolli Kuchlarni vujudga keltirish - O'zbekistonimizning buyuk kelajagini barpo etish yo'lidagi eng muhim vazifalarimizdan biridir” 1, - deb bu masalaning mohiyatini ko'rsatib bergan edi Prezidentimiz.
O'zbekistonda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning qat’iy tizimi barpo etildi va u Konstitutsiyaning 126-moddasida belgilangan darajaga mos keladi.
Qurolli Kuchlar o ‘z ichiga Mudofaa vazirligi va Chegara qo'shinlari bo'linmalarining, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining maxsus qismlarini, shuningdek boshqa idoralarning harbiy tuzilmalarini oladi. Ya’ni, yuqoridagi bo'linma va tuzilmalar birlashib, Qurolli Kuchlarni tashkil etadi.
O'tgan yillar davomida davlatning mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi siyosatini amalga oshiruvchi Mudofaa vazirligi, Davlat chegaraiarini himoya qiluvchi qo'mita, Ichki ishlar vazirligi va boshqa Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi davlat organlari, tashkilotlarning maqsad va vazifalari qaytadan ko'rib chiqilib, yanada aniqlashtirildi. Mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilishga tegishli qarorlar ishlab chiqadigan va ularni amalga oshiradigan yangi tuzilma - Qurolli Kuchlarning birlashgan shtabi tuzilishi mudofaa sohasida muhim voqea bo'ldi.
Mamlakat xavfsizligini saqlashda faqat kuchli Qurolli Kuchlar bo'lishining o'zi kifoya emas. Qurolli Kuchlar samarali, vakolatli boshqarilgandagina, ular o'z oldiga qo'yilgan vazifani to'la bajara oladi. Shuning uchun mamlakatimizda Qurolli Kuchlarni boshqarishga alohida e’tibor beriladi.
O'zbekistonda mudofaa va xavfsizlikning muhim ahamiyatidan kelib chiqib, Qurolli Kuchlarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchilik qiladi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandiga asosan, Prezident O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo'mondoni hisoblanadi. U Konstitutsiyaning shu moddasiga binoan Oliy bosh qo'mondon sifatida Qurolli Kuchlarning Oliy qo'mondonlarini tayinlaydi va vazifalaridan ozod etadi, Oliy harbiy unvonlarni beradi.
Prezidentning mudofaa sohasidagi vakolatlari (Oliy bosh qo 'mondon) Mudofaa to'g'risida”gi Qonunning 8-moddasida belgilangan.
Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni o'z bo'ysunuvidagi qurolli kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilmalari bo Igan vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning rahbarlari amalga oshiradi.
Masalan, Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qo'mitasi raisi.
O'zbekiston Mudofaa vazirligi tinchlik davrida faqat o'z tasarrufidagi qo'shinlarni boshqarishga rahbarlik qilsa, urush davrida Mudofaa vaziri bir paytning o'zida Oliy bosh qo'mondon o'rinbosari hisoblanadi.
Qurolli Kuchlar oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ularga tezkor va kundalik rahbarlikni Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi boshlig'i amalga oshiradi.
Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo'mondonlik organi hisoblanadi.
Qurolli Kuchlarni boshqarishda harbiy okruglar alohida o'rin tutadi, harbiy okrug alohida yo'nalishlarda Respublika xavfsizigi va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy harbiy-ma’muriy birlik hamda umum qo'shin tezkor strategik birlashmadir.
Xulosa
Xavfsizlikni taʼminlashning ijtimoiy jihatlari mamlakatda barqarorlikni taʼminlash, ijtimoiy adolatni amalga oshirish, mulkdorlar sinfini shakllantirishda koʻrinadi. Xavfsizlikni taʼminlashning maʼnaviy asoslari milliy gʻoya va milliy mafkurani shakllantirish hamda amalga oshirishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. — Т.: O'zbekiston. 1995
2.Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz. — Т.: O'zbekiston. 2000
3.Karimov I A. O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari. - Т.: O'zbekiston. 2002
4.Karimov l.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog'liq. — Т.: O'zbekiston, 2004.
5. О zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, 5—6-son, 151-modda
6. Karimov I.A. 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. - Т.: 0‘zbekiston, 1999
7. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - Т.: O'zbekiston. 1997
Do'stlaringiz bilan baham: |