2-joriy nazorat (5-10 mavzular bo‘yicha)
1-topshiriq. 4 ball
Quyidagi hujjatlarni yozing: tushuntirish xati, tilxat, tavsifnoma va tavsiyanoma.
2-topshiriq. 4 ball
1-mashq. Matnni uning asosiy mazmunini saqlagan holda qisqartiring. Matnni qisqartirishda qanday usullarni qo‘llaganingizni sharhlang.
Har qanday qilmishning aksi, qaytarma oqibati mavjud:
shunday ekan, faqat o‘z prinsipimni himoya qilaman deb,
bir kun borib ko‘pchilikni dog‘da qoldirmaylik tag‘in?!
Axir, mavjud nazariyalar qoliðiga tushmaydigan faktlar,
ayniqsa, fan uchun qimmatli emasmi? Chunki shu noma’lum
faktlarni ishlab chiqish bilan yaqin oralarda fanning yangi
yo‘nalishlariga yo‘l ochib berish mumkin-ku? Fan tarixida
bunday misollar to‘lib-toshib yotibdi. Faktni tan olmaslik,
aslida, hazm qilinmagan nazariyaning oqibati-ku!.. Men
nasihatgo‘ylik qilishni o‘ylamagandim, ammo o‘rni kelib qoldi.
Koinot azaldan insonni zulmat bilan o‘ragan. Fan esa odamzot
qo‘lidagi mangu mash’ala!
Zero fan — cheksizlikni o‘rganar ekan, ayni paytda, o‘zi-
ning ham had-chegarasi yo‘q. Inson bilimi tugamaydi, u
abadiy yaratiladi, abadiy harakatda... Modomiki shunday
ekan, men ochgan kashfiyot uslubiga boshqa bir uslub qara-
ma-qarshi chiqib qolsa, nima uchun endi men unga, albat-
ta, tosh otishim kerak? Nima uchun?! Yo‘q, aqlimiz bo‘lsa,
istiqbolimizga chinakam qayg‘ursak, orzuni bo‘g‘maylik. Orzu
har qanday faktdan ham qudratli! Orzu bamisoli hayot
ko‘ksidagi mildirab turgan buloq, gurkirab o‘suvchi nihol...
O‘. Usmonov, «Girdob» romanidan.
2- mashq. Gaplarni asosiy mazmunini saqlagan holda ixchamlashtiring, ortiqcha leksik-grammatik vositalarsiz daftaringizga ko‘chiring.
1. Uning manfaatlarini, fikr-o‘y doiralarini, g‘oya va
maqsadlarini yaxshi bilamiz (Zulflya). 2. Gapni yana
cho‘zmasin deb unga qarshi hech narsa demadi (A. Qah-
hor). 3. Menga qara, bir ish buyursam, yo‘q demaysanmi?
(S. Ahmad). 4. Na muattar chamanzorlar, na muhtasham
ko‘shklar, na kumushlangan hovuzlar, na chiroyli qafasdagi
qushlar — hech nima uni qiziqtirmadi (Oybek.). 5. Kun-
duzi bo‘lsa, o‘zingizdan o‘tar gap yo‘q, xunukroq ko‘ri-
nadi (A. Qahhor). 6. Kim maqtanchoq bo‘lsa, u hamma-
ning oldida xijolat tortadi (Maqol). 7. Ko‘z qayerda bo‘lsa,
mehr ham o‘sha yerda bo‘ladi (Maqol).
3-topshiriq. 2 ball
Matnni kengaytirish
1- mashq. Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga fikrga mos tarzda
kiritmalar, ilova birikmalar qo‘shing, gap bo‘lak-
larini uyushiq yoki ajratilgan bo‘laklar hisobiga ken-
gaytiring.
1. ..., men «muboraknoma»ni o‘qitib ko‘rgan ekanman
(S. Ahmad). 2. Onajonim, ... men ham bir kun shavqqa to‘lar-
man (A. Oripov). 3. Bir ko‘rdim men uni — shunchalar go‘zal,
oydan-da go‘zaldir, ... go‘zal! (Cho‘lpon). 4. Har birimiz o‘z
maktabimiz, ...... esladik. 5. Nahotki u erta-indin uzoq ayriliq
boshlanishini ......, yuragi ezilmaydi (Oybek). 6. Boyagi yigit-
ning, ... qo‘li gul ekan (P. Qodirov). 1. Biz Toshkentdan janub-
ga — ... tomonga qarab yura boshladik.
2- mashq. Matnning tushirib qoldirilgan o‘rinlarini o‘z
so‘zlaringiz bilan to‘ldiring. O‘z fikringizni
matnning asosiy mazmuniga bog‘lovchi vosita-
larni ajratib ko‘rsating.
Hayot go‘zal, yashash maroqli. Biroq inson uchun.... Shu
bois bo‘lsa kerak, inson borki, hamma vaqt imkon qadar bu
dunyoning go‘zalliklaridan ko‘proq bahra olishga, u ... intilib
yashaydi. Bu istak esa ba’zida odamzodga baxt keltirsa, .... In-
soniyatning eng zaif tomoni ham shunda, menimcha ... . U
amal qilayotgan ko‘plab zararli odatlarning oxir-oqibatini
bilsa-da, ....
Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan chekish
odati ham ayni yuqoridagi fikrimizga dalil. E’tibor bergan
bo‘lsangiz, yoshlarimiz ruju qo‘yayotgan sigareta tutunlari ...
singari tobora farzandlarimizning katta qatlamini o‘z iskan-
jasiga olmoqda.
Yurtimizda ... e’tibor berilayotgan bir paytda kelajagimiz
vorislari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning bu qadar o‘zlarini za-
har-lashlariga nima sabab bo‘lmoqda? Aytish joizki, farzand-
larimizning har qanday illatga ruju qo‘yishlarida, avvalo ...
bosh omil bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |