254
-
Ishbilarmonlik o’yinlari,
-
Muammoli o’qitish,
-
Tabaqalashtirib o’qitish,
-
Dasturlashtirilgan o’qitish,
-
Kompyuterlashtirilgan o’qitish,
-
Modelli o’qitish kabi o’qitishning turlari mavjud.
Odatdagi darslar 40 minutlik, ma’lum yoshdagi o’quvchilar uchun esa darsni tanaffus
bilan davom ettirish kerak. O’qituvchi bu turdagi o`qitishni reja asosida o’tkazishi kerak.
O’qituvchi chuqur bilimli, pedagogik texnologiyalardan unumli foydalana bilish va intilishi
kerak bo`ladi. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning avvalgi maktab ta’limida
afzallik tomoni, u ta’lim jarayonini bir butunlikda ko’rib, ta’limda maqsadi, uning mazmuni,
bilim berish usullari va vositalari hamda ta’lim oluvchi, ta’lim beruvchi o’rtasida ta’lim
jarayonini nazorat qilishning yangi tizimini yaratadi. Oqibatda buning avvalgi an’anaviy
o’qitishdan farqi, u o’quvchilarni o’zlariga bergan biron she’rmi yoki boshqa hikoyani
yoddan aytib berishga emas, balki ta’lim tarbiya berishda uni erkin fikrlashga to’g’ri
yo’naltirilganidadir. Bundan tashqari o`quvchi yoshlarni axborot kommunikatsiya aloqalari
bilan tanishtirish, kompyuter savodxonligini oshirishga xizmat qilgan bo`lamiz. Ushbu
axborot vositalaridan to`g`ri maqsadlarda foydalanish to`g`risida, kerakli manbalar asosida
ishlashga yo`naltirishimiz darkor. Sababi, yosh avlod internet tarmoqlarida globallashuv
oqibatida ommaviy madaniyatni o`ziga taqlid qilish orqali ongiga bevosita ta`sir etib boradi.
Psixologlar inson organizmning yosh davrlarini tabaqalashtirish orqali o`smirlik davriga
alohida urg`u beradi. Ushbu davr insoning keyingi kelajagini belgilab beruvchi, hayotdagi
aniq maqsdalar sari intilishga sabab bo`luvchi davr ekanligini alohida izohlaydi. O`smirlik
davrining psixologik o`zgarishlari asosan, “Men” konsepsiyasini rivojlanishi, kattalik
hissining paydo bo`lishi va taqlidchanlik kabi holatlar ifodalaniladi. O`smirlik davri
yoshlarning faoliyat sohasi ham muloqot bilan boy bo`lishi, o`ziga tengdoshlar orttirishga
intilishi, yangi guruh a`zosi bo`lishga intilish paydo bo`lishini psixologik olimlar alohida
ta`kidlaydilar. Bunda esa ota-ona, ta`lim-tarbiya asosida to`g`ri yo`naltirilgan muloqot
ko`lami muhim o`rin tutadi. Bolada do`st orttirishga intilishda to`g`ri yo`naltirish asosida
bolaga yo`nalish berilmasa, bolada xulqida muammolar, xulqi og`ishganlik, tarbiyasi qiyin
o`smirlik holatiga ham olib borishi mumkin. Haqiqiy pedagog bugungi kun avlodini
tarbiyalar ekan, unga ma`naviy jihatdan bilimlar makonini berishi, zamon talabi darajasiga
chiqarishi, uni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishi, eng so`nggi axborot
texnologiyalarni to`g`ri yo`nalishlar asosida foydalanishga o`rgatishi bugungi kun vazifalari
qilib belgilangan. Shu asosida jamiyatning keying rivojiga xizmat qiluvchi yosh avlod
yetishib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: