Qonunlar o’z mazmuniga ko’ra asosiy qonunga ya'ni
konstitutsiyviy va oddiy yoki joriy qonunlarga bo’linadi.
Davlatning asosiy qonuni bo’lgan Konstitutsiyaning mazmuni oddiy va xorijiy qonunlar
mazmunida shu bilan farq qiladiki, unda asosiy, eng barqaror ijtimoiy munosabatlar, o’zoq davrga
mo’ljallangan bosh printsipial qoidalar mustaqkamlanadi va bu printsipial qoidalar bevosita amal
qilib, boshqa qonun chiqarish aktlari rivojlantiriladi va konkretlashtiriladi. Shu sababli Konstitutsiya
asosiy qonun doirasiga shmaydigan bir qancha qoidalarni o’z ichiga olmaydi. Konstitutsiya asosida
zaruriyatga ko’ra boshqa qonunlar va xuquqiy normativ aktlar, shu jumladan Asosiy qonunning
o’zida ko’zda to’tilgan xuquqiy aktlar ishlab chhiladi va rivojlantiriladi. Konstitutsiya oliy yuridik
kuchga ega bo’lib, unga barcha qonunlar va qonunosti aktlar muvofh kelishi lozim. qukumat
qarorlarining O’zbekiston Konstitutsiyasi talablariga qat'iy muvofh bo’lishini ta'minlash maqsadida
Konstitutsiyaviy nazorat komiteti ta'sis etildi va uning qolati O’zbekiston Respublikasi Asosiy
qonunida Konstitutsiyaviy nazorat komiteti to’qrisidagi qonun bilan belgilanadi. Bundan tashqari
Konstitutsiyaning Asosiy qonun sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u aloxida tartibda
o’zgartiriladi, ya'ni Asosiy qonunga binoan, O’zbekiston Konstitutsiyasi xalq deputatlari umumiy
sonining kamida uchdan ikki qismini tashkil etgan ko’pchilik qabul qilgan qaror bilan o’zgartiriladi.
J
oriy qonunlar Konstitutsiya asosida qabul qilinib, xo’jalik ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-
madaniy soqalardagi munosabatlarni tartibga soladi. Joriy qonunlarga Davlat korxonalari
to’qrisidagi qonun, Kooperatsiya to’qrisidagi qonun singari qonunlar misol bo’la oladi.
Qonunlar amal qilish vaqtiga ko’ra
doimiy, muvaqqat va favqulotda qonunlarga bo’linadi.
Doimiy qonunlar biron-bir vaqt bilan chegaralanib qo’yilmagan bo’ladi. Bunday qonunlarga
Konstitutsiya, turli kodeks va qonunlar misol bo’la oladi. Agar qonunda u muayyan vaqt davomida
amal qilishni kursatilgan bo’lsa, bunday qonunga muvaqqat qonun deyiladi. Davlat byudjeti
to’qrisidagi qonun bunga yaqqol misoldir, chunki u harajatlar yili o’zgarib turadi. Favqulodda
qonunlar Uluq Vatan urushi yillarida qabul qilingan edi.
Qonunlar asosida chiqarilgan barcha xuquqiy normativ aktlar qonunosti aktlari deb ataladi.
Davlat qokimiyati organlaridan tashqari hamma davlat organlari qonun ostida yoki qonunlarni ijro
etish yo’zasidan ko’plab qonunosti aktlari qabul qilinadi. Bu aktlar o’zining yuridik kuchi jhatidan
qonunlardan past turadi. Qonunosti aktlari ko’pincha qaror va farmoyishlar deb nomlanadi.
Davlat boshqaruv organlari bo’lgan davlat komitetlari va vazirliklar doirasida xalq xo’jaligining
turli tarmoqlarini boshqarishga qaratilgan buyruq hamda instruktsiyalar qabul qilinadi.