O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TARIX FAKULTETI
«DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI »
FANIDAN
MARUZA MATNI
NAVOIY - 2009
2
«TASDIQLAYMAN»
Navoiy Davlat pedagogika INSTITUTI ilmiy kengashi
«____»____________200__y
«MA'QULLANGAN»
Tarix fakulteti ilmiy kengashi
Kengash raisi _________
«_____»_____________200__y
«TAVSIYA ETILGAN»
«Milliy itsiqlol g’oyasi, huquq va ma'naviyat asoslari » kafedrasi majlisida
muhokama qilingan va ma’qullangan
Kafedra mudiri____________
(majlisining__-sonli bayonnomasi
«___» ____________200__y.)
Taqrizchilar: S.Yo.Qoldoshev
Tuzuvchi : R.A.Xudayberdiyeva
3
KIRISH
O’zbekistonda davlat mustaqilligi e'lon qilgandan buyon chuqur o’zgarishlar
sodir bo’ldi. Mazkur o’zgarishlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, mafko’raviy,
tashqi siyosat soxalarini qamrab olmoqda.
Har bir jamiyatdagi demokratik o’zgarishlar va islohotlar muxim ahamiyatga
ega bo’lib, davlatning shu sohadagi muammolarini o’rganish, bir tomondan,
O’zbekistonda xuquqiy isloxotlarning yo’nalishlari va mezonlari, qadriyatlari va
maqsadlarini aniq belgilashga yordam bersa, ikkinchi tomondan, mamlakatimizda,
davlat va xuquq qanday paydo bo’lgan, qanday rivojlangan, uning o’ziga xos
xususiyatlari, shakl va ko’rinishlarini o’rganish zaruratini keltirib chiqaradi.
Shunday qilib , davlat va huquq xar qanday davlatning diqqat markazida
turadi bu esa, barcha o’qituvchilar va ilmiy xodimlarga zamonaviy qo’llanmalar,
maruzalar yaratish kabi vazifalar qo’yadi.
‘Davlat va huquq nazariyasi, tarixi’ fanidan tayyorlangan maruzalar matnida
davlat, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati tushunchasi, huquq asoslari nafaqat
huquqiy normalar tizimi sifatida, balki kengroq ma’noda huquqiy munosabatlar va
huquqbuzarliklar yig’ndisi bilan yoritilgan.
Ma’ruzaning birinchi qismida davlat va huquq nazariyasi predmeti, usullari,
davlatning moxiyati, davlat va huquq qachon paydo bo’lgan, davlat mexanizmi,
funktsiyalari, va shakllari, huquq tizimi, huquq normasi, huquqbuzarlik va
javobgarlik batafsil yoritilgan.
Maruzaning ikkinchi qismida davlat va huquq tarixi, chunonchi, aloxida
mamlakatlarda, davlat va huquqning paydo bo’lishi, rivojlanishi, ushbu davlatlarda
davlat boshqaruvi, huquq manbalari, tizimi to’g’risidagi mavzular yoritilgan.
«Davlat va huquq nazariyasi, tarixi» fanidan maruzalar matni davlat ta’lim
standartlari asosida tayyorlangan bo’lib, pedagogika oliy o’quv yurti « M.I.G’, xuquq
va ma’naviyat asoslari» bakalavriat yo’nalishi talabalariga mo’ljjallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |