Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti «davlat va huquq nazariyasi»



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/98
Sana18.03.2022
Hajmi1,38 Mb.
#499683
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti «davlat va hu

Nazorat savollari. 
1.Huquq ijodkorligi nima 
2.Huquq ijodkorligining qanday turlari mavjud 
3.Huquq ijodkorligining eng asosiy turi 
4.Huquq ijodkorligining asosiy bosqichlari 
5.Halqning xuquqni ijod qilishi nimalarda ko’rinadi 
6.qonunlar qachondan boshlab kuchga kiradi 
7.Referendum nima
 
 
HUQUQ IJODKORLIGI TUSHUNCHASI. 
Qonun ijodkorligi – davlatning xuquqiy normalarini yaratishga qaratilgan eng muxim 
faoliyat yo’nalishlaridan biridir.
Qonun va qonun chiqarish faoliyati bilan bog’liq ishlar jamiyat 
taraqqiyotining barcha bosqichlarida muxim urin tutgan. 
Qonunlarning eng asosiy ijtimoiy vazifasi – jamiyatda tartib, intizom va barqarorlikni 
ta'minlashdan iborat. Qonunchilik siyosati – davlat siyosatining bir bo’lagi bo’lib, unda ijtimoiy 
munosabatlarni xuquqiy tartibga solishning asosiy yunalishlari, printsiplari, maqsadlari o’z ifodasini 
topadi. Xuquq ijodkorligi faoliyati natijalariga karab, ya'ni qonunlar va boshqa normativ aktlarga 
karab, davlat to’g’risida, uning demokratligi darajasi, madaniyati va sivilizatsiyasi darajasiga baxo 
beriladi. 
Huquq ijodkorligining eng muxim xarakteristikasidan biri bo’lib, uning davlat yoki davlat 
organlari faoliyati ekanligi xisoblanadi.
Qonun ijodkorlik faoliyati – o’z vakolatli davlat organining qonunlarni ishlab chiqishi va qabul 
qilishga qaratilgan, aniq maqsadga yunaltirilgan irodaviy faoliyatidir. Mazkur faoliyat ijodiy jarayon 
bo’lib, bunda xalkning irodasi aniqlanadi, shakllantiriladi va belgilangan tartibda qonun darajasiga 
kutariladi. 
Qonun chiqarish faoliyati (xuquq ijodkorligi faoliyati) o’zining mas'uliyatliligi va murakkabligi 
bilan fark qiladi. Respublika shaklidagi demokratik davlatlarda qonun chiqarish faoliyati, an'anaga 
ko’ra, aloxida saylab qo’yiladigan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Bunday tashkilot turli 
mamlakatlarda turlicha nomlar bilan (AKShda – kongress, Frantsiyada – milliy majlis, Angliyada – 
parlament, Germaniyada – Bundestag, Eronda – majlis, Rossiyada – federal majlis (Duma), 
O’zbekistonda –Oliy Majlis, Polsha, Litvada – Sem, Shvetsiyada – Riksdag va x.k) atalib umumiy 
qabul qilingan yagona nom parlament iborasi bilan ifodalanid. 
Huquqiy adabiyotlarda qonun ijodkorlik faoliyati iborasi qonun chiqarish faoliyati, qonun 
yaratish faoliyati, qonunchilik, xuquq ijodkoriligi kabi iboralar bilan sinonim sifatida kullaniladi. 
Huquq ijodkorligi jarayoni (qonun yaratish) uta mas'uliyatli, serkirra va murakkab jarayon. 
Qonun kuichga kirgan xar bir yuridik hamda ijtimoiy munosabatlaroni tartibga solshida kat'iy 
kuchga aylanadi. Bu jarayon muntazam va muvofiqlashtirilgan ketma-ketlikda ruy beruvchi 
bosqichlarning yigindisi sifatida mavjud bo’luvchi aniq xuquqiy mexanizmdir. Bunda ish tegishli 
xuquqiy munosabatlar soxasini xuquqiy tartibga solish zaruriyatini o’rganishdan muammoli 
vaziyatni atroflicha taxlil etishdan boshlanadi: sungra tajriba umumlashtirilib, ilmiy asoslangan 
materiallar tuplanadi; navbatdagi vazifa rejalashtirilayotgan qonunning ilmiy goya (kontseptsiyasi) 
va dastlabki loyixasini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi; qonun loyixasi qonun chiqaruvchi idora 
tomonidan o’rganiladi, muxokama etiladi va nixoyat qonun qabul qilinadi.
Qonunchilik jarayoni bu davlat oliy vaqillik organining Konstitutsiyada belgilangan tartibda 
yangi qonunlarni yaratishga, amaldagi qonunlarga kushimcha va o’zgartirishlar kiritishga qaratilgan
shuningdek, eskirgan qonunlarni bekor qilish borasidagi xarakatlari yigindisi bo’lib, u qonun bilan 


55 
tartibga solinishi zarur bo’lgan munosabatlarni aniqlash, qonun loyixasini tayyorlash, uni 
muxokama etish va qabul qilishni o’z ichiga oladi.
Qonun ijodkorligining quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: 
Vakolatli davlat organlarining xuquq ijodkorligi faoliyati; 
Xalkning bevosita referendum orqali xuquq ijodkorligi. 
Masalan:
1) O’zbekistonda qonunning parlament tomonidan qabul qilinishi 
2) Umumxalk ovoz berish yo’li bilan qonun qabul qilish. 
Qonunosti xuquq ijodkorligi. Bunday xollarga, ba'zida davlat oliy vaqillik organlariga 
kirmaydigan davlat organlari tomonidan xuquq normalari qabul qilinadi va xarakatga keltiriladi. 
Bunday qonun osti aktlari qonunni qabul qilishni ta'minlash uchun muxim xisoblanadi.
Qonun osti xuquq ijodkorligi sub'ektlariga – Prezident, Xuquqmat boshqa oliy davlat organlari 
kirib, ular qonunga binoan yuridik normalar va normativ aktlarni qabul qilish xuquqiga ega. Qonun 
osti xuquq ijodkorligining o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari mavjud: 
Ijobiy tomonlariga – uning tezkorligi, rasmiyatchilikning kamligi, tegishli organlarning 
kompitsentligi, xujjat qabul qilinishi bilan bog’liq shart-sharoitlarni yaxshi bilishlari kerak; 
Salbiy tomonlari – xuquqiy karorning qabul qilinishi jarayonining yashirinligi, normativ 
aktlarning kupligi qo’llashni kiyinlashtiradi. Ular jamiyat a'zolari tomonidan nazorat qilishni 
murakkablashtiradi.
Jamiyatda xuquq normalarining yaratilishi, davlatning ijodkorlik yoki xuquqiy tashabbuskorlik 
faoliyati orqali amalga oshiriladi. Davlatning xuquq ijodkorlik faoliyati-bu xuquq normalarini 
yaratish, o’zgartirish va bekor qilishga qaratilgan faoliyatidir. Bu faoliyat natijasida yaratgan xuquq 
normalari turli normativ xuquqiy xujjatlarda qonun, qaror, farmon, farmoyish va boshqalarda 
ifodalanadi. Normativ xuquqiy xujjatlarni qabul qilish-ya'ni xuquqiy normalarni yaratish quyidagi 2 
bosqichdan iborat. 
Birinchi bosqich normativ xuquqiy xujjatlarni loyixasini tayyorlash: a)shu xujjatni loyixasini 
tayyorlash uchun qaror qabul qilish; b) loyixani tayyorlash; v) loyixani muxokama qilish; g) 
loyixaning kamchiliklarini to’zatish; d) loyixani qayta ishlash. 
Ikkinchi bosqich- normativ xuquqiy xujjatlarni nashr etish: a)loyixani tashabbuskor davlat 
organlariga muxokama qilish uchun kiritish; b)loyixani tashabbuskor organga muxokama qilish
v)normativ xuquqiy xujjatlarni qabul qilish; g)uning xalqka e'lon qilish (nashr etish). 
Davlatning xuquq ijodkorlik faoliyatida normativ xuquqiy xujjatlarning loyixasini
tayyorlash,xalq o’rtasida muxokama qilish va qabul qilib nashr etish muxim masaladir. 
O’zbekistonda bu ish bilan Respublika qonun chiqaruvchi oliy organi Oliy Majlis, davlat boshlhi 
Prezident, Vazirlar Maxkamasi va boshqa davlat organlari shugullanadi. Jumladan O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining HII chakirik HI sessiyasida 1992yil 8 dekabrdagi Mustaqil 
O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Shu kuni Oliy Kengash maxsus 
qaror bilan Konstitutsiyani kuchga kiritib, Oliy Kengash Rayosati Respublika qonunlarini 
Konstitutsiyaga moslashtirish ishlarini belgilab berdi. 
Huquq ijodkorligi jarayoni printsiplapriga quyidagilar kiradi: 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish