Qonun chiqarish jarayoni bosqichlari



Download 44 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi44 Kb.
#11808

Aim.uz

Qonun chiqarish jarayoni bosqichlari

 

Qonun chiqarish funksiyalarini amalga oshirish parlament, parlament palatalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Hokimiyatni taqsimlash prinsipi shuni nazarda tutadiki, jamiyat barcha ijtimoiy tabaqalarining manfaatlarini, butun millat manfaatlarini to`liq ifoda etuvchi parlamentlar boshqa davlat organlari tomonidan chiqariladigan boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan kattaroq yuridik kuchga ega bo`lgan normativ huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari lozim. Aynan parlamentlar tomonidan qabul qilinuvchi qonunlar boshqa barcha davlat organlari uchun zarur huquqiy negizni vujudga keltiradi, mazkur organlarning o`zaro hamda fuqarolar va ularning birlashmalari bilan munosabatlarini belgilab beradi. Xullas, qonunlar davlat va jamiyat hayotida juda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham qonun chiqarish jarayonini, uning subyektlari maqomini, qonun chiqarish jarayonining bosqichlarini huquqiy tartibga solish muhim ahamiyatga ega.



Rasmiy nuqtai nazardan qonun chiqarish jarayoni tashkiliy-huquqiy tadbirlar (tartib-qoidalar)ning murakkab tizimi bo`lib, ularning natijasi o`laroq qonun yaratiladi1[47]. Mazkur tartib-qoidalar majmui qonun chiqarish jarayonining bosqichlarini tashkil etadi.

Qonun chiqarish jarayoni bosqichlarining ahamiyati shundaki, mazkur bosqichlarning har birining mazmunini tashkil etuvchi, huquq normalari bilan tartibga solingan barcha tadbirlarini amalga oshirishgina yuqorida zikr etilgan jarayonning navbatdagi bosqichiga o`tish imkonini beradi. Qonun chiqarish jarayonining bosqichlariga P.A. Rustamov tomonidan berilgan quyidagicha ta'rif beriladi: «Mazkur jarayon bosqichlari - qonun loyihalarini tayyorlash, kiritish, muhokama qilish, qabul qilish va qonunlarni e'lon qilish bo`yicha yuridik ahamiyatga ega bo`lgan va tartib-qoidalarga asosan rasmiylashtirilgan tadbirlar majmui»2[48].

Qonun loyihasini parlamentga kiritish mazkur jarayonning dastlabki bosqichidir.

Qonun ijodkorligi faoliyatining asoslarini belgilaydigan muhim qoidalar, avvalambor, konstitutsiyalarda, maxsus qonunlarda mustahkamlanadi, qonun chiqarish jarayonining bosqichlari parlament va uning palatalari reglamentlarida mufassalroq tartibga solinadi.



Qonunchilik tashabbusi huquqini ro`yobga chiqarish qonun chiqarish jarayonining birinchi bosqichi deb e'tirof etiladi.

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining ancha keng doirasi belgilangan. Konstitutsiyaning 83-moddasiga muvofiq, qonunchilik tashabbusi huquqiga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, o`z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, respublika Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi, Bosh prokurori ega.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bir qator davlatlar (Rossiya, O`zbekiston va boshqalar)da qonunlarni ko`rib chiqish va qabul qilish parlament tajribasi qonunchilik tashabbusi bosqichidan keyin qonun loyihasini dastlabki tarzda ko`rib chiqish bosqichini ajratish imkonini beradi. Mazkur bosqich asosan kiritilgan qonun loyihasi yuzasidan bildirilgan taklif-mulohazalar va takliflarni palataning bosh (mas'ul) qo`mitasi tomonidan umumlashtirish hamda qonun loyihasi haqida xulosa tayyorlashni nazarda tutadi. Mazkur bosqich qonun loyihasining keyingi taqdiri uchun muhim ahamiyatga ega: salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda qonun loyihasi palatada qo`llab-quvvatlanishi ehtimoli juda kam.

Qonun loyihasini parlament (uning palatasi)da ko`rib chiqish va muhokama qilish hamda uni takomiliga yetkazish qonun chiqarish jarayonining navbatdagi bosqichidir. Mazkur bosqich parlament, uning palatalari majlislarida qonun loyihasi ustida ishlashni (odatda bu ish qonun loyihasini o`qish deb ataladi), shuningdek qonun loyihasi ustida parlament qo`mitalari va komissiyalarida ish olib borishni o`z ichiga oladi.

Qonun loyihalari plenar majlislarda, qoida tariqasida, bir nechta (ikki, uch, to`rt) o`qishda ko`rib chiqiladi. Har bir o`qishning o`z maqsadi va o`z vazifalari bo`ladi.



Qabul qilingan qonun loyihasini parlamentning ikkinchi palatasida ko`rib chiqish ikki palatali parlamentlardagi qonun chiqarish jarayonining navbatdagi bosqichidir. Zero, bir palatali parlamentda qonunni qabul qilish oxirgi marta ovozga qo`yish orqali amalga oshiriladi (u birinchi o`qishdan keyin ham, ikkinchi, uchinchi, to`rtinchi o`qishdan keyin ham o`tkazilishi mumkin). Ikki palatali parlamentda esa qonun loyihasi ayni bir tahrirda ikkala palata tomonidan qabul qilingan holdagina qonunga aylanadi (ammo ba'zan palatalardan biri qayta ovozga qo`yish orqali boshqa palata tomonidan qabul qilingan qonun loyihasini ma'qullamagan ikkinchi palataning «veto»sini yengishi ham mumkin).

Palatalar qonun chiqarish faoliyati sohasida teng huquqlarga ega bo`lgan va ular o`rtasida qonunni qabul qilish yuzasidan kelishmovchiliklar chiqqan hollarda murosaga keltirish tartib-qoidalari qo`llanadi.

Konstitutsiyaning 84-moddasiga muvofiq: a) qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma'qullanishi lozim; b) Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi va agar qonunni qayta ko`rib chiqishda palata deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan qonunni yana ma'qullasa, qonun parlament tomonidan qabul qilingan hisob-lanadi hamda imzolanishi va e'lon qilinishi uchun O`zbekiston Res-publikasi Prezidentiga palata tomonidan yuboriladi; v) Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan palatalar yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko`rib chiqilishi kerak. Konstitutsiyaga o`zgartishlar kiritish, konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish parlamentning har bir palatasidagi umumiy ovozlar sonining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozini talab etadi. Odatdagi qonunlar oddiy ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Senatga kelib tushgan qonun ro`yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni ko`rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qo`mitaga topshiriladi. Senatning majlisida qonunni ko`rib chiqish ma'ruzachining mas'ul qo`mita xulosasini o`qib eshittirishidan boshlanadi. Shundan so`ng qonun muhkamasi tartibida senatorlar so`zga chiqishlari mumkin. Qonun Senat tomonidan belgilangan ko`pchilik ovoz bilan ma'qullansa, imzolanishi va e'lon qilinishi uchun belgilangan tartibda respublika Prezidentiga yuboriladi. Rad etilgan qonun yuzasidan palatalar yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin.

Mazkur komissiya tenglik asosida tuziladi. Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan a'zolari o`z tarkibidan ko`pchilik ovoz bilan komissiya hamraislarini saylaydilar. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e'tirozini alohida-alohida ko`rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi o`z ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo`yicha takliflarni o`z ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir o`zgartishlar va qo`shimchalar loyiha-sining matni ilova qilinadi. Xulosa Senat va Qonunchilik pala-tasiga topshiriladi. Senat kelishuv komissiyasining takliflarini qabul qilgan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan odat-dagi tartibda qayta ko`rib chiqilishi kerak. Qonunni Qonunchilik palatasida qayta ko`rib chiqishda kelishuv komissiyasining bayonno-masida mavjud bo`lgan takiflargina muhokama qilinadi. Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonun-chilik palatasi, Senat kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taq-dim etish uchun palata tomonidan ma'qullangan tuzatishlarni ino-batga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin. Agar Senat qonunni kelishuv komissiyasining tahririda ma'qul-lamasa, u rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasiga qay-tarilishi kerak. Qonunchilik palatasi Reglamentining 17-moddasida Senat tomonidan rad etilgan, shuningdek respublika Prezidenti tomonidan e'tirozlar bilan qaytarilgan qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko`rib chiqish tartibi belgilangan. Mazkur tartibga muvofiq, mas'ul qo`mita rad etilgan qonun yuzasidan xulosa beradi. Mas'ul qo`mitaning xulosasini olganidan so`ng palata qonunni qayta ko`rib chiqish masalasini o`z majlisining kun tartibiga kiritadi. Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni palata deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan yana ma'qullasa, qonun Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan hisoblanadi va Prezidentga imzolash va e'lon qilish uchun yuboriladi.

Qonunni imzolash va e'lon qilish - qonun chiqarish jarayonining oxirgi bosqichi. Mohiyat e'tibori bilan, mazkur bosqich ikki yoki uch bosqichni o`z ichiga oladi. Mazkur bosqichni tavsiflovchi yuqorida zikr etilgan tadbirlar parlamentdan tashqarida amalga oshiriladi.

Parlament tomonidan qabul qilingan qonunni imzolash masalasiga to`xtalamiz. Odatda, bu davlat boshlig`ining vakolatlariga kiradi. Chet el davlatlarining konstitutsiyalarida, yuridik adabiyotlarda «promulgatsiya» atamasini uchratish mumkin. Promulgatsiya deganda ba'zan qonunni imzolash va e'lon qilish tushuniladi. Ammo mazkur atamaning yanada aniqroq ma'nosi shundan iboratki, promulgatsiya davlat boshlig`ining, shu jumladan, qonunni rasmiy e'lon qilish to`g`risidagi farmoyishi ifodalangan maxsus hujjat chiqarishini nazarda tutadi. Davlat boshlig`i tomonidan chiqarilgan mazkur hujjat (farmon, buyruq)ning matni rasmiy nashrlarda e'lon qilinayotgan qonun matnidan oldin keladi3[49].



Bir qator davlatlarning konstitutsiyalari davlat boshlig`iga qonunni imzolamasdan unga veto qo`yish, ya'ni qonunni parlamentga qaytarish huquqini beradi. Bunda konstitutsiyalar qonunni rad etish uchun asoslarni ko`rsatmasligi, davlat boshlig`idan o`z qarorini asoslashni talab qilishi mumkin. Hozirgi parlamentarizm amaliyotiga vetoning faqat bir turi – parlament tomonidan bekor qilinishi mumkin bo`lgan nisbiy veto ma'lum. Mutlaq veto (u Buyuk Britaniyada ma'lum bo`lib, oxirgi marta 1707 yilda qo`llanilganiga qaramay, hozirgacha rasman saqlanib kelmoqda) qonunni uzil-kesil rad etadi va parlament tomonidan bekor qilinishi mumkin emas. Ba'zi bir mamlakatlar (Portugaliya, Meksika va boshqalar)da qisman veto qo`llaniladi. Mazkur veto butun qonunga emas, balki uning alohida moddalariga tegishli bo`ladi. Rossiyada Konstitutsiyaga muvofiq prezidentga berilgan veto huquqidan, amaliyotga qaraganda, prezident butun qonun bilan ham, uning alohida moddalari bilan ham kelishmagan hollarda foydalaniladi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (oldingi tahrirda ham, yangi tahrirda ham) O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga o`ziga taqdim etilgan qonunni imzolamaslik va unga o`z e'tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo`yish uchun parlamentga qaytarish huquqini beradi. Prezident vetosi nisbiy xususiyatga ega va parlament tomonidan bekor qilinishi mumkin. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi to`g`risidagi Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun palatada qayta ko`rib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: 1) qonunni Prezidentning mulohazalarini va takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish; 2) qonunni bundan buyon ko`rib chiqmaslik; 3) qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma'qullash. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda palata deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan ma'qullansa, Senatga ma'qullash uchun yuboriladi. Senat (senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan) qonunni ma'qullash yoki rad etish to`g`risida qaror qabul qiladi. Agar qonun Senat tomonidan ma'qullansa, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o`n to`rt kun ichida imzolanishi va e'lon qilinishi kerak. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq, qonunlarning e'lon qilinishi ular qo`llanilishining majburiy shartidir. Mazkur qoidalar Oliy Majlis palatalarining qonunlar bilan tasdiqlangan reglamentlarida ham o`z aksini topgan.

1[47] Bu haqda qarang: Zakonodatelniy protsess. Ponyatiye. Instituti. Stadii. Nauchno-prakticheskoye posobiye / Otv. red. R.F. Vasilyev. – M., 2000.

2[48] Rustamov P.A. Nauchno-informatsionnoye obespecheniye zakonotvorcheskoy deyatelnosti v Respublike Uzbekistan. Kandidatskaya dissertatsiya. – Tashkent, 2000, s. 52.

3[49] Qarang: Konstitutsionnoye (gosudarstvennoye) pravo zarubejnix stran.T. 1-2. Obshaya chast, s. 550.

Aim.uz


Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish