3.3. Aholinig o’sishi va u bilan bog’liq iqtisodiy – ijtimoiy muammolarni
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib bayon qilish
Bugungi globallashuv jarayoni faol kechayotgan sharoitda geodemografik
vaziyatlarni turli hududlarda bir-biridan tubdan farq qiluvchi xususiyatlarini hamda
aholi rivojlanishining iqtisodiyot tarmoqlari bilan o’zaro aloqadorlikda ekanligini
tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ishlab chiqarish tezligi va aholi
daromadlarining o’shishi, komunikatsiya jarayonlarining rivojlanishi, qulay shart-
sharoitlarga ega bо‘lgan mintaqalarga mehnat resurslarining intilishi va shu kabi
holatlar hududlarning aholi rivojlanishiga muayyan darajada ta’sir ko’rsatib
kelmoqda. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirilgan iqtisodiyotdan
farqli о‘laroq, demografik jarayonlarga yangicha yondoshishni va aholi sifatiy
rivojlanishini global miqyosda ta’minlash imkoniyatlarini tahlil qilishni taqozo
etmoqda.
Aholi о‘rtasida madaniyatning rivojlanishi, qadimiy markazlarning paydo
bо‘lishiga olib keldi. Ushbu madaniyat markazlari yer kurrasining sug‘oriladigan
hududlarida (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va boshqa hududlar)
shakllandilar. Ana shu davrda yer yuzida aholi joylashuvining hozirgi areallari
paydo bо‘lgan.
Insonning yashash uchun kurashi jamiyat taraqqiyotida ijobiy (progressiv)
о‘zgarishlarga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlana borib, kishilar dastlab
chorvachilik, keyinroq esa dehqonchilik bilan shug‘ullanishga о‘tdilar, ochlikka,
kasalliklarga qarshi kurash boshladilar. Hunarmandchilik, savdo rivojlandi va
shaharlar paydo bо‘la boshladi. Inson hayotidagi bu ijobiy о‘zgarishlar ularning
hayot sharoitini yaxshiladi.
Insoniyat tarixida sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi oziq- ovqatning
kо‘payishiga, aholi moddiy turmush sharoitini bir muncha yaxshilanishiga olib
keldi. Tug‘ilishning kо‘tarilishi esa dunyo aholisi soniniig kо‘payib borishiga olib
keldi. XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning boshlariga kelib sayyoramizda
hududiy xususiyatlarga ega bo’lgan demografik muammolar vujudga keldi. Ba‘zi
hududlarda moddiy boyliklar ishlab chiqarishga nisbatan “aholi ortiqchaligi”
kuzatilsa, ba‘zi davlatlarda esa aholi tabiiy o’sishining keskin qisqarishi, ya‘ni
demografik mezondan kamayib ketishi natijasida aholining qarishi ya‘ni
“demografik qarish” jarayoni kuzatilmoqda.
Aholining tez sur‘at bilan o’sishi natijasida jiddiy iqtisodiy muammolardan
dastlabkisi oziq – ovqat muammosi bo’lib, fan – texnika taraqqiyoti sharoitida va
G‘arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida oziq-ovqat mahsulotlari keragidan
ortiqcha ishlab chiqarilayotgan bir sharoitda ocharchilikning mavjudligi haqiqatdan
ham davrning “aqlga sig‘maydigan” xususiyatlaridan biridir. Aholining tez o’sishi
natijasida kelib chiqqan navbatdagi muammo – bu aholini ish bilan ta‘minlash
muammosidir.
Demografik qarish natijasida esa qariyalar salmog’ining oshib borishi
ma‘lum darajada aholining iqtisodiy faolligini pasaytiradi; iqtisodiyotda yoshlar
salmog’i kamayadi, nafaqa ajratish bilan bog’liq muammolar ko’payadi;
qariyalarga davlat xizmatlarini ko’plab tashkil etilishini; tibbiy xizmatni
ko’paytirish, sog’liqni saqlash tizimiga o’zgartirishlar kiritilishini taqozo etadi. Shu
bilan birga, hali ishlashni xoxlovchi qariyalarni ish bilan ta‘minlash ham o’ziga
xos muammolarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida demografik vaziyat va uning ijtimoiy -
iqtisodiy oqibatlari ko`p qirrali, dolzarb muammolaridan biridir. Chunki bozor
munosabatlarining markazida inson shaxsi, uning individual imkoniyatlari turadi.
XX asrning ikkinchi yarmida aholi muammolari global tus olishi sababli
demografik tadqiqotlarni rivojlantirish kuchaydi, ilmiy – tadqiqot markazlari
tashkil etilib, demografik tadqiqotlar muvofiqlashtirildi, deyarli barcha
mamlakatlarda aholi ro`yxatlari o`tkazildi.Ayni paytda, demografik jarayonlarning
ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari butun mamlakat hududida bir xil emas. Ayrim
mintaqalarda demografik vaziyat tobora murakkablashib, o`tkir ijtimoiy – iqtisodiy
muammolarni keltirib chiqarayotgan bo`lsa, ayrim mintaqalarda jarayon nisbatan
bir maromda ketmoqda. Lekin, umuman olganda, inson va tabiat o`rtasidagi
munosabatlarda demografik jarayonlarning stixiyali kechishi natijasida hududiy
ziddiyatlar paydo bo`ldi. Masalan, O`zbekiston Respublikasining hozirgi hududida
1965-yilda 3,3 mln kishi yashagan bo`lsa, hozirgi paytga kelib mamlakatimiz
aholisining soni 32 mln kishidan oshdi. Agar o`sha paytda har 1 km
2
da atigi 7,4
kishi yashagan bo`lsa, hozirgi paytda qariyb 70 kishi yoki 8 baravar ko`p aholi
yashamoqda. Bu holat ijobiy jihatlardan tashqari bir qator ijtimoiy – iqtisodiy,
ekologik va mintaqaviy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
O`zbekistonda demografik jarayonlarni o`rganish XIX asrning ikkinchi
yarmida kuchaydi. O`tmishda fuqarolik holatini qayd etuvchi hamda ijtimoiy –
iqtisodiy rivojlanishiga oid to`plangan ma’lumotlar ham muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi paytda O`zbekiston Davlat statistikasi departamenti mamlakat aholisining
soni, tabiiy o`sishi, nikoh va ajralish, aholi migratsiyasi, salomatligi ijtimoiy –
iqtisodiy holatiga oid statistika yilnomalarini tayyorlab, muntazam chop etib
bormoqda. Qolaversa, respublikadagi demografik vaziyat ilmiy va amaliy jihatdan
yetarlicha o`rganilgan, deb bo`lmaydi. Shuningdek, viloyat aholisi mehnat resuslari
manbai sifatida ham chuqurroq o`rganilmog`i lozim.
Har qanday mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari u yerda
yashaydigan aholining tabiiy va mexanik harakatiga bog`liq bo`ladi. O`tmishda
yangi yerlarni bosib olgan hukmron davlatlar jon solig`i undirish uchun aholi
ro`yxatlari o`tkazishgani ma’lum. Mintaqalarni rivojlantirish strategiyalarini va
dasturlarini ishlab chiqishda – mintaqada yashab turgan aholining bugungi, yaqin
hamda uzoq istiqboldagi soni, tarkibi harakati bilan bog`liq konkret raqamlar va
prognoz ko`rsatgichlari asos bo`lib xizmat qiladi..
Dars davomida mamlakat aholisi ko’payishi bilan bog’liq keltirilgan bir
qancha muammolarni o’quvchilarga tushunturishda “Baliq skeleti” usulidan
foydalanish yanada ko’proq samaradorlikka erishishga olib keladi. Bunda
o’quvchilar dars davomida eshitgan muammolarni ushbu usul orqali talqin
etishadi, yani, baliq skeletining har bir chizig’ining to’g’risiga yozib chiqishadi.
Buni o’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda bajarishadi. Har bir guruh o’z
sxemalarini taqqoslab, umumiy sxemaga birlashtiradi. Bu usul ham yangi mavzuni
mustahkamlashda eng samarali usullardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |