8-jadval
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida erkak va ayollar nisbati, kishi
(2013 yil 1 yanvar holatiga)
Hududlar
har 1000 ta ayolga to‘g‘ri keladigan erkaklar soni
jami aholi
shahar aholisi
Qishl
oq
aholis
i
1
2
3
4
O‘zbekiston
Respublikasi
1002,9
993,0
1013,5
Shu jumladan:
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
1001,3
989,4
1013,1
viloyatlar:
Andijon
1016,4
1013,1
1020,1
Buxoro
992,6
1002,4
986,4
Jizzax
1004,5
987,2
1020,5
Qashqadaryo
1012,0
1010,5
1013,2
Navoiy
1027,5
1058,9
997,0
Namangan
1024,5
1025,3
1023,2
Samarqand
1000,8
978,0
1015,6
Surxondaryo
1012,1
994,1
1022,4
Sirdaryo
1009,7
999,9
1017,3
Toshkent
993,8
980,6
1006,8
Farg‘ona
1008,4
991,7
1031,2
Xorazm
994,0
987,7
997,2
Toshkent sh.
955,2
955,2
-
Манба: Женщины и мужчины Узбекистана. Статистический сборник. - Т., 2013. -
С.34.
Tahlillar shahar aholisining jins tarkibida ayollar, qishloq aholisinikida esa
erkaklar ulushining nisbatan yuqoriligini ko‘rsatadi. Jinslar tarkibidagi bunday farq
quyidagi omillar bilan izohlanadi:
-shahar joylarida tug‘ilishning nisbatan pastligi, ayollarning erkaklarga
nisbatan uzoqroq umr ko‘rishi;
-qishloq joylarida tug‘ilishning yuqoriligi (ma’lumki, yangi tug‘ilgan
chaqaloqlar orasida o‘g‘il bola ko‘p tug‘iladi).
Demografik salohiyatning gender tavsifida ayollar reproduktiv va ijtimoiy
vazifalarni, erkaklar esa mehnat va ijtimoiy vazifalarni bajaradi.
Ayollarning reproduktiv vazifasi deganda aholini takror barpo etish uchun
har bir oilada nechtadan farzand bo‘lishi mumkinligi nazarda tutiladi. Ayol
o‘zining reproduktiv vazifasini bajarishi uchun, ya’ni bir avlodning o‘rnini
ikkinchi avlod davom ettirishi uchun har bir tug‘ish yoshidagi (15-49 yosh) ayol
o‘rta hisobda 2,15-2,17 ta farzand ko‘rishi kerak. Ayol tomonidan dunyoga kelgan
farzandlar soni 1,8 dan kamni tashkil qilsa, tug‘ilish darajasi juda past, agar u 1,8-
2,15 ga teng bo‘lsa, tug‘ilish darajasi past hisoblanadi. Aytish joizki, tug‘ilishning
yig‘indi koeffitsiyenta qiymatlari yuqori qiymatga ega bo‘lsa aholining takror
barpo bo‘lishi kengayib boradi.
Bugungi kunda (2013 yil) O‘zbekiston Respublikasida har bir tug‘ish
yoshidagi ayolga o‘rta hisobda 2,3 ta farzand to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich
AQShda - 1,9, Kanadada - 1,6, Yaponiyada - 1,4, Xitoyda - 1,5, Rossiyada esa 1,7
taga teng .Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar har bir oilada bittadan farzand bo‘ladigan
bo‘lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan keyin yo‘q bo‘lib ketishi yoki 23 yilda
mamlakat aholisining teng yarmi yo‘qolib borar ekan. Har bir oilada ikkitadan
farzand bo‘lishi ham aholi sonini saqlab turishni ta’minlay olmas ekan va bunday
holatda mamlakat aholisi 365 yilda ikki martaga qisqarishi mumkin .Demografik
salohiyatning yosh tavsifini o‘rganish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb
etadi. Yosh insonning tug‘ilishidan boshlab uning o‘sishi, rivojlanishi, voyaga
yetishi va qarishidan iborat hayot tavsifidir.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga ko‘ra mehnat layoqati
bo‘yicha aholi quyidagi uch guruxga ajratiladi:
mehnatga qobiliyatli yoshgacha (0-15 yosh);
mehnatga qobiliyatli yoshdagi (16-54 yosh ayollar, 16-59 erkaklar);
mehnatga qobiliyatli yoshdan kattalar (55 va undan katta ayollar, 60 va
undan katta erkaklar)
Mehnatga qobiliyatli yoshgacha bo‘lganlar (0-15 yosh) mamlakat jami
aholisining eng katta qismini tashkil etib, ularning aksariyati mehnat jarayonida
ishtirok etmaydi. Ammo ushbu aholi guruxi salmog‘i mehnat salohiyatining kelgusi
va istiqbol ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Chunki ushbu qatlamning yuqori
chegarasidagi o‘smirlar tez orada mehnat resurslari safiga qo‘shiladi.
O‘zbek xalqiga bolajon xalq deyilishi bejiz emas. Hozirda ham boshqa
mamlakatlarga nisbatan O‘zbekiston ko‘p bolali oilalar anchagina. O‘zbek xalqida
farzandlarga nisbatan qo‘llaniladigan shunday maqol mavjud: "O‘ntasi bo‘lsa o‘rni
boshqa, qirqtasi bo‘lsa qilig‘i”. Lekin bozor munosabatlari sharoitida yillar davomida
shakllangan qadriyatlar, urf-odatlarda o‘ziga xos o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi,
xalqning munosib turmush sharoitini yaratishga intilishi, omma o‘rtasida homiladorlikdan
saqlovchi tibbiy vositalarning keng tarqalishi, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda
bandligining ortishi, har bir oila o‘zining iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda
farzandlar tug‘ilishni nazorat etishi kabi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar
respublikada tug‘ilish darajasining pasayishiga olib keldi. Buning natijasida aholining
yosh tarkibida mehnatga layoqatli yoshgacha bo‘lgan aholi soni kamaydi.
Respublikada
kechayotgan
demografik
jarayonlarning
zamonaviy
tendensiyalarining tahlili aholining yosh tarkibida mehnat yoshigacha bo‘lganlar
salmog‘ining kamayib, aksincha mehnatga layoqatli yoshdagi va undan kattalar
ulushining ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, istiqbolda
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo’nalishlarida ham o‘ziga xos
o‘zgarishlarning amalga oshirilishini, mehnatga layoqatli yoshdagi aholini ish bilan
ta’minlash, keksalarni ijtimoiy himoya qilish loyihalari va dasturlarini ishlab chiqishni
talab etadi. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi demografik rivojlanish istiqbolini
belgilashga bog‘lik. Shuni hisobga olgan holda O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan
davrdagi uzoq muddatli demografik prognozi “yoshni siljitish” usulidan foydalangan
holda amalga oshirildi. Mamlakat demografik salohiyatining miqdoriy o‘zagini inson
tashkil etadi va mazkur omilning sifat jihatdan takomillashuvi bevosita mehnat
salohiyatining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Demak, inson omili mehnat salohiyati
shakllanishining ham miqdoriy, ham sifatiy asosidir.
Demografik salohiyat jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.
Mamlakatda inson resurslari salmog‘i, mehnat salohiyati qancha yuqori, mehnatga
layoqatli aholi soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, taraqqiyot yanada yuksaladi. Demografik
salohiyatning holati va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili demografik rivojlanishni
tartibga solishni va uni amalga oshirish mexanizmlari quyidagi chora-tadbirlarini amalga
oshirishni taqozo etadi:
-aholini ommaviy sanitariya-gigiyenik o‘qitish tizimini tashkil etish;
-birinchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni kuchaytirish, koyka fondidan oqilona
foydalanish nuqtai nazaridan tibbiy yordamni tashkil etishni takomillashtirish; geriatrik
yordamni kengaytirish; oilaviy vrach institutini rivojlantirish;
-yirik loyihalar va dasturlarning aholi salomatligi holati va kasallanishiga ta’sirini
aniqlash uchun ularni sanologik ekspertiza qilish xizmatlarini tashkil etish;
-noqulay omillarning xodimlar salomatligiga ta’sirini aniqlash uchun ish o‘rinlarini
attestatsiyadan o‘tkazish; ish beruvchilarning zararli mehnat sharoitlarida ishlovchilar
uchun xavf-xatar to‘g‘risidagi axborotni yashirganlik uchun javobgarligini qonunchilik
bilan mustaxkamlash;
-yashash muhitining ommaviy ifloslangan hududlarida yalpi ekologiya-gigiyenik
dasturlarni ishlab chiqish, ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar ovqatini
vitaminlashtirish, dam olish uchun bepul yo`llanmalarni taqdim etish ko‘rinishida
ijtimoiy-iqtisodiy kompensatsiyalarni joriy etish; chuqurlashtirilgan epidemiologik
tadqiqotlarni o‘tkazshi va geoaxborot texnologiyalari asosida xavf-xatar omillarini
mufassal o‘rganish; oziq-ovqat maxsulotlarining sifati ustidan nazoratni kuchaytirish;
-oilalarning ijtimoiy ahamiyatga molik turlarini ijtimoiy-demografik pasportlashtirish,
qabul qilinadigan qonunlar loyihalari va dasturlarni demografik ekspertizadan o‘tkazish
tizimini joriy etish;
-yaratilayotgan ish o‘rinlarining turg‘unlik xususiyatiga ustuvorlik berish. Buning
uchun esa yuqori mehnat sig‘imiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish tarmoqdari (qishloq
xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash, paxtani qayta ishlash, yengil sanoat, oziq-ovqat
sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik) rivojiga alohida e’tibor qaratish; kam
rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruksiya qilish
va modernizatsiyalash hisobiga ularning to‘la quvvatda ishlashlarini ta’minlash; chet el
investitsiyalarini jalb etish yo‘li bilan yangi ishlab chiqarish va sanoat korxonalarini barpo
etish talab etiladi;
-kadrlar tayyorlash va ulardan turli ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda foydalanishda sifat
ko‘rsatkichlari o‘z ustuvorligiga ega bo‘lishi lozim.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish
jarayonlari jadal amalga oshirilayotgan bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |