Navoiy davlat pedagogika instituti "tabiiy fanlar" fakulteti


-jadval O‘zbekiston Respublikasi hududlarida erkak va ayollar nisbati, kishi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/34
Sana20.10.2022
Hajmi1,25 Mb.
#854694
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
Aholi

8-jadval
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida erkak va ayollar nisbati, kishi
(2013 yil 1 yanvar holatiga) 
Hududlar
har 1000 ta ayolga to‘g‘ri keladigan erkaklar soni
jami aholi
shahar aholisi
Qishl
oq 
aholis
i
1
2
3
4
O‘zbekiston 
Respublikasi 
1002,9 
993,0 
1013,5 
Shu jumladan:
 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
1001,3 
989,4 
1013,1 
viloyatlar:
 
Andijon 
1016,4 
1013,1 
1020,1 
Buxoro 
992,6 
1002,4 
986,4 
Jizzax 
1004,5 
987,2 
1020,5 
Qashqadaryo 
1012,0 
1010,5 
1013,2 
Navoiy 
1027,5 
1058,9 
997,0 
Namangan 
1024,5 
1025,3 
1023,2 
Samarqand 
1000,8 
978,0 
1015,6 
Surxondaryo 
1012,1 
994,1 
1022,4 
Sirdaryo 
1009,7 
999,9 
1017,3 


Toshkent 
993,8 
980,6 
1006,8 
Farg‘ona 
1008,4 
991,7 
1031,2 
Xorazm 
994,0 
987,7 
997,2 
Toshkent sh. 
955,2 
955,2 

Манба: Женщины и мужчины Узбекистана. Статистический сборник. - Т., 2013. - 
С.34. 
Tahlillar shahar aholisining jins tarkibida ayollar, qishloq aholisinikida esa 
erkaklar ulushining nisbatan yuqoriligini ko‘rsatadi. Jinslar tarkibidagi bunday farq 
quyidagi omillar bilan izohlanadi:
-shahar joylarida tug‘ilishning nisbatan pastligi, ayollarning erkaklarga 
nisbatan uzoqroq umr ko‘rishi; 
-qishloq joylarida tug‘ilishning yuqoriligi (ma’lumki, yangi tug‘ilgan 
chaqaloqlar orasida o‘g‘il bola ko‘p tug‘iladi). 
Demografik salohiyatning gender tavsifida ayollar reproduktiv va ijtimoiy 
vazifalarni, erkaklar esa mehnat va ijtimoiy vazifalarni bajaradi. 
Ayollarning reproduktiv vazifasi deganda aholini takror barpo etish uchun
har bir oilada nechtadan farzand bo‘lishi mumkinligi nazarda tutiladi. Ayol 
o‘zining reproduktiv vazifasini bajarishi uchun, ya’ni bir avlodning o‘rnini 
ikkinchi avlod davom ettirishi uchun har bir tug‘ish yoshidagi (15-49 yosh) ayol 
o‘rta hisobda 2,15-2,17 ta farzand ko‘rishi kerak. Ayol tomonidan dunyoga kelgan 
farzandlar soni 1,8 dan kamni tashkil qilsa, tug‘ilish darajasi juda past, agar u 1,8-
2,15 ga teng bo‘lsa, tug‘ilish darajasi past hisoblanadi. Aytish joizki, tug‘ilishning 
yig‘indi koeffitsiyenta qiymatlari yuqori qiymatga ega bo‘lsa aholining takror 
barpo bo‘lishi kengayib boradi. 
Bugungi kunda (2013 yil) O‘zbekiston Respublikasida har bir tug‘ish 
yoshidagi ayolga o‘rta hisobda 2,3 ta farzand to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich 
AQShda - 1,9, Kanadada - 1,6, Yaponiyada - 1,4, Xitoyda - 1,5, Rossiyada esa 1,7 
taga teng .Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar har bir oilada bittadan farzand bo‘ladigan 
bo‘lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan keyin yo‘q bo‘lib ketishi yoki 23 yilda 
mamlakat aholisining teng yarmi yo‘qolib borar ekan. Har bir oilada ikkitadan 
farzand bo‘lishi ham aholi sonini saqlab turishni ta’minlay olmas ekan va bunday 


holatda mamlakat aholisi 365 yilda ikki martaga qisqarishi mumkin .Demografik 
salohiyatning yosh tavsifini o‘rganish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb 
etadi. Yosh insonning tug‘ilishidan boshlab uning o‘sishi, rivojlanishi, voyaga 
yetishi va qarishidan iborat hayot tavsifidir. 
O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga ko‘ra mehnat layoqati 
bo‘yicha aholi quyidagi uch guruxga ajratiladi: 
mehnatga qobiliyatli yoshgacha (0-15 yosh); 
mehnatga qobiliyatli yoshdagi (16-54 yosh ayollar, 16-59 erkaklar); 
mehnatga qobiliyatli yoshdan kattalar (55 va undan katta ayollar, 60 va 
undan katta erkaklar) 
Mehnatga qobiliyatli yoshgacha bo‘lganlar (0-15 yosh) mamlakat jami 
aholisining eng katta qismini tashkil etib, ularning aksariyati mehnat jarayonida 
ishtirok etmaydi. Ammo ushbu aholi guruxi salmog‘i mehnat salohiyatining kelgusi 
va istiqbol ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Chunki ushbu qatlamning yuqori 
chegarasidagi o‘smirlar tez orada mehnat resurslari safiga qo‘shiladi. 
O‘zbek xalqiga bolajon xalq deyilishi bejiz emas. Hozirda ham boshqa 
mamlakatlarga nisbatan O‘zbekiston ko‘p bolali oilalar anchagina. O‘zbek xalqida 
farzandlarga nisbatan qo‘llaniladigan shunday maqol mavjud: "O‘ntasi bo‘lsa o‘rni 
boshqa, qirqtasi bo‘lsa qilig‘i”. Lekin bozor munosabatlari sharoitida yillar davomida 
shakllangan qadriyatlar, urf-odatlarda o‘ziga xos o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi, 
xalqning munosib turmush sharoitini yaratishga intilishi, omma o‘rtasida homiladorlikdan 
saqlovchi tibbiy vositalarning keng tarqalishi, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda 
bandligining ortishi, har bir oila o‘zining iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 
farzandlar tug‘ilishni nazorat etishi kabi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar 
respublikada tug‘ilish darajasining pasayishiga olib keldi. Buning natijasida aholining 
yosh tarkibida mehnatga layoqatli yoshgacha bo‘lgan aholi soni kamaydi.
Respublikada 
kechayotgan 
demografik 
jarayonlarning 
zamonaviy 
tendensiyalarining tahlili aholining yosh tarkibida mehnat yoshigacha bo‘lganlar 
salmog‘ining kamayib, aksincha mehnatga layoqatli yoshdagi va undan kattalar 
ulushining ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, istiqbolda 


mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo’nalishlarida ham o‘ziga xos 
o‘zgarishlarning amalga oshirilishini, mehnatga layoqatli yoshdagi aholini ish bilan 
ta’minlash, keksalarni ijtimoiy himoya qilish loyihalari va dasturlarini ishlab chiqishni 
talab etadi. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi demografik rivojlanish istiqbolini 
belgilashga bog‘lik. Shuni hisobga olgan holda O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan 
davrdagi uzoq muddatli demografik prognozi “yoshni siljitish” usulidan foydalangan 
holda amalga oshirildi. Mamlakat demografik salohiyatining miqdoriy o‘zagini inson 
tashkil etadi va mazkur omilning sifat jihatdan takomillashuvi bevosita mehnat 
salohiyatining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Demak, inson omili mehnat salohiyati 
shakllanishining ham miqdoriy, ham sifatiy asosidir. 
Demografik salohiyat jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.
Mamlakatda inson resurslari salmog‘i, mehnat salohiyati qancha yuqori, mehnatga 
layoqatli aholi soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, taraqqiyot yanada yuksaladi. Demografik 
salohiyatning holati va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili demografik rivojlanishni 
tartibga solishni va uni amalga oshirish mexanizmlari quyidagi chora-tadbirlarini amalga 
oshirishni taqozo etadi: 
-aholini ommaviy sanitariya-gigiyenik o‘qitish tizimini tashkil etish; 
-birinchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni kuchaytirish, koyka fondidan oqilona 
foydalanish nuqtai nazaridan tibbiy yordamni tashkil etishni takomillashtirish; geriatrik 
yordamni kengaytirish; oilaviy vrach institutini rivojlantirish; 
-yirik loyihalar va dasturlarning aholi salomatligi holati va kasallanishiga ta’sirini 
aniqlash uchun ularni sanologik ekspertiza qilish xizmatlarini tashkil etish; 
-noqulay omillarning xodimlar salomatligiga ta’sirini aniqlash uchun ish o‘rinlarini 
attestatsiyadan o‘tkazish; ish beruvchilarning zararli mehnat sharoitlarida ishlovchilar 
uchun xavf-xatar to‘g‘risidagi axborotni yashirganlik uchun javobgarligini qonunchilik 
bilan mustaxkamlash; 
-yashash muhitining ommaviy ifloslangan hududlarida yalpi ekologiya-gigiyenik 
dasturlarni ishlab chiqish, ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar ovqatini 
vitaminlashtirish, dam olish uchun bepul yo`llanmalarni taqdim etish ko‘rinishida 
ijtimoiy-iqtisodiy kompensatsiyalarni joriy etish; chuqurlashtirilgan epidemiologik 


tadqiqotlarni o‘tkazshi va geoaxborot texnologiyalari asosida xavf-xatar omillarini 
mufassal o‘rganish; oziq-ovqat maxsulotlarining sifati ustidan nazoratni kuchaytirish; 
-oilalarning ijtimoiy ahamiyatga molik turlarini ijtimoiy-demografik pasportlashtirish, 
qabul qilinadigan qonunlar loyihalari va dasturlarni demografik ekspertizadan o‘tkazish 
tizimini joriy etish; 
-yaratilayotgan ish o‘rinlarining turg‘unlik xususiyatiga ustuvorlik berish. Buning 
uchun esa yuqori mehnat sig‘imiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish tarmoqdari (qishloq 
xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash, paxtani qayta ishlash, yengil sanoat, oziq-ovqat 
sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik) rivojiga alohida e’tibor qaratish; kam 
rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruksiya qilish 
va modernizatsiyalash hisobiga ularning to‘la quvvatda ishlashlarini ta’minlash; chet el 
investitsiyalarini jalb etish yo‘li bilan yangi ishlab chiqarish va sanoat korxonalarini barpo 
etish talab etiladi; 
-kadrlar tayyorlash va ulardan turli ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda foydalanishda sifat 
ko‘rsatkichlari o‘z ustuvorligiga ega bo‘lishi lozim. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish 
jarayonlari jadal amalga oshirilayotgan bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjud.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish