6 –jadval
O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholi sonining o‘zgarishi, ming kishi
(yil boshiga)
Hududlar
Yillar
2015 yilda
1991
yilga
nisbatan
o‘zgarishi
1991
2001
2011
2014
2015
+,-
1
2
3
4
5
6
O‘zbekiston
Respublikasi
20607,7
24813,1
29123,4
30492,8
31022,5 10414,8
Shu jumladan:
Qoraqalpog‘iston
1270,6
1527,0
1680,9
1736,5
1763,1
492,5
viloyatlar:
Andijon
1789,0
2216,5
2672,3
2805,4
2857,3
1068,3
Buxoro
1195,1
1437,7
1683,8
1756,4
1785,4
590,3
Jizzax
792,2
991,5
1166,7
1226,8
1250,1
457,9
Qashqadaryo
1694,4
2212,5
2722,9
2895,4
2958,9
1264,7
Navoiy
682,0
791,1
873,0
901,1
913,2
231,2
Namangan
1551,8
1953,2
2379,5
2504,1
2554,2
1002,4
Samarqand
2200,9
2710,0
3270,8
3445,6
3514,8
1313,9
Surxondaryo
1332,0
1770,4
2175,1
2308,3
2358,3
1026,3
Sirdaryo
559,1
649,9
727,2
763,7
777,1
218,0
Toshkent
2129,8
2370,2
2644,4
2725,9
2758,3
628,5
Farg‘ona
2214,6
2697,5
3229,2
3386,5
3444,9
1230,3
Xorazm
1066,0
1347,7
1601,1
1684,1
1715,6
649,6
Toshkent sh.
2130,2
2137,9
2296,5
2352,9
2371,3
241,1
Manba: O‘zbekiston Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari // www.stat.uz
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida aholi sonining o‘sish sur’ati eng past
bo‘lishi quyidagi omillar bilan izohlanadi:
-iqtisodiy rivojlanish va urbanizatsiya darajasining yuqoriligi;
-tug‘ilish darajasining boshqa hududlarga nisbatan pastligi;
-o‘lim darajasining boshqa hududlarga nisbatan yuqoriligi;
-aholi tarkibida keksa yoshdagilar ulushining nisbatan ko‘pligi va boshqalar.
O‘zbekiston hududida har qanday demografik “yangilik” Toshkent shahri va
Toshkent viloyatida vujudga keladi va u ikki yo‘nalishda, ya’ni Janubi-g‘arb va sharq
tomon tarqaladi. Yana shu aniqki, aholi tug‘ilishi va tabiiy ko‘payishidagi o‘zgarishlar
aynan respublikaning janubiy hududlari - Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida
ancha vaqt o‘tgandan so‘ng qayd etiladi. Boshqacha qilib aytganda, Toshkent
viloyatidagi hozirgi demografik vaziyatga janubiy viloyatlar ma’lum vaqt o‘tgandan
keyin erishadi. Aytish joizki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida aholi
sonining o‘sish sur’ati o‘rtacha 1,6 foizni tashkil etmoqda. Vaholanki, bu ko‘rsatkich
dunyo bo‘yicha - 1,2, rivojlanayotgan mamlakatlarda - 1,4, yuqori darajada rivojlangan
mamlakatlarda esa 0,1 foizga teng.
Demografik salohiyatning shakllanishida uning gender tavsifi muhim ahamiyatga
ega. Gender tavsifni yoritishdan oldin mazkur tushunchaning lug‘aviy ma’nosini
tushunib o‘tsak.
Gender (inglizcha «gender», lotincha «genus» so‘zlaridan - «zot») -insonning
jamiyatda o‘zini tutishini va bunday tutish qanday qabul qilinishini belgilaydigan
ijtimoiy jinsdir. Agar jins erkaklar va ayollar o‘rtasidagi farqlar aniq va
o‘zgarmaydigan bo‘lgan biologik kategoriya hisoblansa, gender jamiyat tomonidan
yaratilgan ijtimoiy kategoriya bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi.
Gender tarkibida ayollar va erkaklar ulushining tengligi, ya’ni mutanosibligi
ularning nikoxga kirishiga va oilalar tashkil topishiga qulay vaziyat yaratadi. Lekin har
doim ham jamiyatda ayollar va erkaklar ulushining tengligi kuzatilmaydi. Ilmiy
manbalarda ko‘rsatilishicha, dunyo aholisida yangi tug‘ilgan chaqaloqdar orasida
o’g‘il bolalar ko‘proq tug‘iladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har 100 ta qiz
bolaga nisbatan tug‘ilgan o‘g‘il bolalar soni 105-106 tani tashkil etadi. O‘g‘il bolalar
sonining qiz bolalarga nisbatan yuqoriligi ularning 15-20 yoshlarigacha saqlanib
qoladi. 20 yoshdan keyin esa jinslar nisbati tenglasha boshlaydi. Chunki chaqaloqlik,
bolalik va o‘smirlik davrlarida qiz bolalarga nisbatan o‘g‘il bolalar o‘limi yuqoriroq
bo‘ladi. 15-20, 20-24 yosh guruxlaridan boshlab aholi tarkibida ayollar soni nisbatan
ko‘proq bo‘la boshlaydi. Bu hol qator sabablar bilan bog‘liq. Xususan, yoshlik va o‘rta
yoshlik davrida erkaklarning ko‘p qismi og‘ir mehnat bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Shuningdek, ular inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan alkogolizm, chekish kabi
odatlarga beriluvchan bo‘ladi. Buning natijasida ko‘plab erkaklar o‘rta yoshlik
davrlarida hayotdan ko‘z yumadilar.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda XIX asrning oxiri XX asr
boshida erkaklar soni ayollar soniga nisbatan sezilarli darajada yuqori, ya’ni 7,2-8,0
foizga ortiq bo‘lgan. Aholi tarkibida erkaklar salmog‘ining barqaror ortishi bevosita
ayollar o‘limining oqibati bo‘lgan. Buning asosiy sabablaridan biri o‘sha davrda
ayollarning haddan tashqari ko‘p farzand tug‘ishi bo‘lgan. Ushbu yillarda demografik
vaziyat shunday ediki, 10-15 farzand ko‘rgan onalarning faqat 2-3 tasi tirik qolgan.
Respublika aholisi tarkibida erkaklar ulushining yuqoriligi Ikkinchi jahon urushigacha
saqlanib turgan. Urush demografik vaziyatga keskin o‘zgartirish kiritgan. 1959 yilda
o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olishda har 1000 ta aholi tarkibidagi erkaklar va ayollar
nisbati 480:520 ligini ko‘rsatgan. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston aholisining
tarkibida ayollar erkaklarga nisbatan 4,0 foizga ko‘p bo‘lgan.
Bugungi kunda jinslar o‘rtasidagi nisbat tenglashib, O‘zbekiston demografik
salohiyatining gender tarkibida erkaklar 50,1, ayollar 49,9 foizni tashkil etmoqda .
Do'stlaringiz bilan baham: |