Navoiy davlat pedagogika instituti "tabiiy fanlar" fakulteti



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/34
Sana20.10.2022
Hajmi1,25 Mb.
#854694
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Aholi

X u l o s a
Jamiyatning taraqqiy etib borishi, ishlab chiqarish usullarining shakllanishi, 
mamlakat demografik vaziyatida qator о‘zgarishlarga olib keldi.
Respublikamiz 
aholisining joylashuvi – ya'ni hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir 
qiladi.Shuning uchun tabiiy sharoiti inson yashashi uchun qulay, suv resurslari 
mavjud hududlarda, Farg’ona, Chirchiq- Ohangaron, Surxon- Sherobod vodiylari ,
Zarafshon, Xorazm vohalari shuningdek daryolar bo’ylarida insonlar 
qadimdan istiqomat qilib kelishgan . Hozirda ham bu hududlar aholi eng zich
regionlar hisoblanadi. 
Aholining soni va o‘sishi tarixiy-an’anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy 
xususiyatlarga ega. O‘zbekiston murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tdiki, bu narsa 
mamlakat aholisining dinamikasiga hamda demografik va migratsion holatlariga 
bevosita ta’sir ko‘rsatgan.Aholi sonining ko’rsatkichlariga 2-jahon urushining 
tasiri ham kata bo’lgan. Mustaqillik yillarida mamlakat aholisida ayollar bilan 
erkaklarni ulushi tobora bir-biriga yaqinlashib kelmoqda. 
Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi.Urushdan 
keyin aholi asosan tabiiy o‘sish hisobiga ko‘paydi. Mamlakat aholisi 1945-1959 
yillarda salkam uch million kishiga ortdi. Aholining soni esa yiliga o‘rtacha 3,7 
foizga ko‘paydi. Umuman, 60-yillardan keyingi davrga aholi dinamikasiga ildam 
sur’atlar xos.Mazkur jarayon ayniqsa, 1970-1980 yillarda katta ko‘rsatkichlarga 
ega bo‘ldi. 1980-1995 yillarda respublika aholisining soni 15,8 mln.dan 22,3 
mln.ga yetdi, o‘rtacha yillik o‘sish miqdori mutloq hisobda 400-500 ming kishini, 
nisbiy hisobda 2,2 foizni tashkil qildi. Undan keyingi davrda aholining yillik 
o‘rtacha o‘sish sur’atlari asta-sekin pasayib kelmoqda. Agar 2000 yil aholining 
yillik o‘rtacha o‘sishi 1,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa 2006 yilga kelib 1,1 foizga 
tushub qoldi.
Mamlakat bo‘yicha aholi joylashuvining o‘rtacha zichligi 1 kv. km 
maydonga 69 kishidan iborat bo‘lgan holda u Navoiy viloyatida 8,2 kishidan 


Andijon viloyatidagi 664,6 kishigacha farq qiladi (bu boradagi ichki tafovut 80 
martadan ziyod). Aholi salmog‘iga ko‘ra Samarqand viloyati ( 3514,8 ming k.) 
birinchi, Farg‘ona ( 3444,9 ming k.) ikkinchi va Qashqadaryo viloyati (2958,9 
ming k.) uchinchi o‘rinda turadi. Demografik salohiyatning eng past miqdori 
Navoiy (913,2 ming k.) va Sirdaryo viloyatlariga (777,1 ming k.) to‘g‘ri keladi. 
O‘zbekiston Respublikasi aholisining 50,8 foizi shahar joylariga istiqomat qiladi. 
Mutloq raqamda u 15748,0 ming kishi (2015 y). Shahar aholisining o‘sish 
sur’ati ayniqsa 1970-1980 yillarda yuqori bo‘lgan. Bunga sabab 1972 yilda aholi 
manzilgohlarining shahar maqomiga o‘tkazish uchun talab etiladigan eng kam 
aholi miqdorini 10 mingdan 7 minggacha tushirilishi va buning oqibatida 
shaharlar sonining nihoyatda tez ko‘payishidir (agar 1970 yilda Respublikada 42 
shahar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1979 yilda ularning soni 90 taga etgan).1989-2006 
yillar davomida shaharliklar sonining o‘sishi ancha susaygan. Natijada umumiy 
urbanizatsiya ko‘rsatkichi 40,7 foizdan 36,1 foizga tushib qoldi. Viloyatlar 
darajasida mazkur jarayon ayniqsa Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Xorazmda 
sezilarli bo‘lgan va u faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Namangan 
viloyatlarida birmuncha ko‘tarilgan. Hozirgi kunda shahar joylarda 
yashovchilarning nisbiy miqdori bo‘yicha Qoraqalpog‘iston hamda Toshkent va 
Navoiy viloyatlari oldinda turadi, uning eng past darajasi esa Surxondaryo 
viloyatida kuzatiladi.
 
O’zbekistonda yangi urbanistik siyosat tufayli shaharlar 
sonida sezilarli o’zgarishlar ro’y bergan.Natijada respublikamizda bir qancha 
shaharchalar tashkil topdi. 
 
Ularning asosiysi Farg’ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Qashqadaryo,
Surxondaryo viloyatlarida tashkil etilgan. So‘nggi yillarda respublika umumiy 
aholisi ko‘payish sur‘atining pasayishi va qishloq aholisining shaharliklarga 
nisbatan tezroq o‘sish jarayoni kuzatilmoqda. 
O‘zbekiston aholisi sonining o‘zgarishida migratsiyaning ahamiyati katta 
bo‘lgan.Ichki migratsiya ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mirzacho‘lning 
o‘zlashtirilishi munosabati bilan bu yerga Farg‘ona vodiysi hamda Samarqand va 
Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlaridan ma‘lum qism aholi ko‘chib kelgan. 


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13 martdagi 
"O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini ma’muriy-hududiy tuzilishini 
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to’g‘risida” gi 68-sonli qaroriga 
muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 11 ta, Andijon viloyatida - 79 ta, Buxoro 
viloyatida - 59 ta, Jizzax viloyatida - 33 ta, Qashqadaryo viloyatida - 117 ta, Navoiy 
viloyatida - 29 ta, Namangan viloyatida - 108 ta, Samarqand viloyatida - 75 ta, 
Surxondaryo viloyatida - 106 ta, Sirdaryo viloyatida - 15 ta, Toshkent viloyatida - 78 ta, 
Farg‘ona viloyatida -198 ta, Xorazm viloyatida - 50 ta qishloq shahar posyolkalariga 
aylantirilgan. 2013- yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha har 
1000 ta ayolga 1002,9 ta erkak to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich shahar joylarida -993,0, 
qishloqlarda esa 1013,5 taga teng .Tahlillar shahar aholisining jins tarkibida ayollar, 
qishloq aholisinikida esa erkaklar ulushining nisbatan yuqoriligini ko‘rsatadi. 
Jinslar tarkibidagi bunday farq quyidagi omillar bilan izohlanadi: 
-shahar joylarida tug‘ilishning nisbatan pastligi, ayollarning erkaklarga 
nisbatan uzoqroq umr ko‘rishi; 
-qishloq joylarida tug‘ilishning yuqoriligi (ma’lumki, yangi tug‘ilgan 
chaqaloqlar orasida o‘g‘il bola ko‘p tug‘iladi). Demografik salohiyatning gender 
tavsifida ayollar reproduktiv va ijtimoiy vazifalarni, erkaklar esa mehnat va 
ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Demografik salohiyat jamiyatning asosiy ishlab 
chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Shunday ekan, ular beto‘xtov yaratilishi, shu bilan birga 
sifat jihatidan ancha yuqori darajada takror yuzaga chiqarilishi kerak. Mamlakatda inson 
resurslari salmog‘i, mehnat salohiyati qancha yuqori, mehnatga layoqatli aholi soni 
qanchalik ko‘p bo‘lsa, taraqqiyot yanada yuksaladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish 
jarayonlari jadal amalga oshirilayotgan bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjud. 
Jamiyatning eng oliy boyligi bo‘lgan xalqda qudratli salohiyat mujassam. Bu salohiyatni 
yuzaga chiqarish esa jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli 
omili bo‘lib xizmat qiladi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish