Kirish:
Mavzuning dolzabligi va zamonaviyligi
Mustaqillik elga, yurtga o'zligini, iymon-u e'tiqodni qaytarib berdi. Vatan mustaqillik tufayli o’z taqdirini o’z qo’liga oldi. Adolatning kon tanachalariga hayot yugurdi. Istibdod mafko’rasi, zanjirband siyosat tufayli atayin bo’zib ko’rsatilgan ona tarix sahifalarini holis, halol birlamchi ma'nolarida o’rganish, yoritish va targib etish imkoniyatiga ega bo’ldik.
O'zbekiston mustaqilligining sharoitida boshlangan islohatlar, ijtimoiy va ma'naviy yangilanish jarayoni xalqimizni vatanimizning tarixiy tajribasini, o’tmishda yaratilgan moddiy va ma'naviy salohiyatini ob'ektiv tarzda aniqlash, baholash ehtiyojini yo’zaga keltirdi. Shuning uchun ham respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvda olimlar oldiga ijtimoiy rivojlanish, ma'naviy tiklanish qonuniyatlarini o'tmishdagi ijobiy va salbiy voqealarni chuqur o’rganish zarurligini qayd qilib, «Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalkni yengib bo’lmas ekan, biz ham tariximizni, tiklashimiz, xalkimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirishimiz, yana bir bor qurollantirishimiz zarur»1 - degan edi.
O'tmishni o'rganish, ayniqsa, har birimiz yashab to’rgan shahar-u qishloqlarimizning, respublikamizning tarixini chuqur bilish zarurligini tushunib borayotganligimiz quvonarli bir holdir. O’zligini anglashga intilgan har bir xalkq o’tmishini bilishi zarur, tarixni o'rganish umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatini anglab yetish uchun, barcha xalqlar umumjahon tarixiy jarayonida qatnashib, jahon madaniyati xazinasiga qay darajada hissa qo’shganligini bilish uchun ham muhimdir.
Maktabni bitirib chiqqan har bir yigit qiz tarixning barcha bosqichlarini, asosiy voqealarini bilgani holda, o'z xalqining o'tmishi, uning tarixiy taraqqiyotida tutgan o'rnini, jahon madaniyatiga qo’shgan hissasi haqida mukammal bilimga ega bo'lishining ahamiyati kattadir. “O’zbekistonning “2017-2021 yillarga mo’ljallangan harakatlar strategiyasida” Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish” ko’zda tutilgan.2 Yoshlarning tarixdan oladigan bilimlarini takomillashtirishning usullari turlichadir. Jumladan, maktabda tarix o’qitish samaradorligini oshiradigan vositalardan biri arxeologiya materiallaridan foydalanishdir. Arxeologiya materiallari tarixiy taraqqiyotning katta bosqichlari bo'lgan ibtidoiy jamoa to’zumi, quldorlik va feodalizm davrlarini chuko’rroq o'rganishga yordam beradi.
Maktabda vatan tarixining dastlabki bosqichlarini o'kqitishga e’tiborni kuchaytirish lozimligi shu bilan izohlanadiki, o'quvchilar bu davrlar haqida olgan bilimlari bilan maktabni bitiradilar. Afsuski maktabni bitirgan yoshlar o'z o’lkalarining o'tmishi, uning tarixiy va me'morchilik yodgorliklari haqida etarli bilimga ega emaslar.
Tadqiqotning maqsadi:
Mavzuni tanlashdan asosiy maqsad:
Do'stlaringiz bilan baham: |