Tadqiqot tuzilishi: Bitiruv malakaviy ish o’z to’zilishiga ko’ra kirish, ikkita asosiy bob, beshta paragraf xulosa va foydalanadigan adabiyotlarhamda shevalardan iborat bo’lib, jami beshni tashkil etadi.
I bob. YA. G’ulomovning O’zbekistonda tarix fanining rivojlantirishdagi o’rni.
1.1. O'zbekistonda arxeologiya fanining shakllanishi taraqqiyoti tarixidan.
«Arxeologiya» so’zining o’zi qariyib 2,5 ming yillik tarixga ega bo’lsa- da, fan sifatida arxeologiya XIX asr davomida shakllandi va ijtimoiy fanlar darajasiga kutarildi.
Arxeologiya va tarix fanlarining maqsadi bir. U ham bo’lsa o’tmishni o’rganishdir. Faqat bu maqsadga erishish yullari turlichadir, ya'ni arxeologiya va tarix fanlari manbalarini tadkqiq etish usullari turlichaligi bilan bir-biridan farq qiladi .26
Tarix fani ihtiyorida ikki hil manba - yozma manbalar va moddiy manbalar mavjud. Yozma manbalarni tarix fani o’rganadi. Moddiy manbalar o’ziga hos hususiyatlarga ega ekanligi sababli alohida tekshirish usulini taqozo qiladi. Moddiy manbalarga mehnat qurollari, uy ro’zg’or buyumlari, yarog’-aslaha, tanga pullar, kiyim-kechak, zeb-ziynat buyumlari, hullas inson quli bilan yasalgan barcha narsalar kiradi. Bu manbalarni arxeologiya fani o’rganadi va shu asosda insoniyat tarixini yaratadi.
Arxeologik tekshirishlarning pirovard maqsadi insoniyat tarixining noma'lum sahifalarini tiklashdan iborat. Ana shu maqsad yulida arxeologiya zarur bo’lib qolgan taqdirda yozma manbalarga, elshunoslik, antropologiya, numizmatika, yershunoslik, botaniqa, zoologiya va boshqa fanlarga ham murojaat qiladi.27
Hozirgi kunda har bir maktab o’quvchisiga ma'lum bo’lgan ibtidoiy jamoa to’zumi va qadimgi dunyo tarixi voqealari XIX asr boshlarigacha yirik tarixchi olimlar uchun ham qorong’u edi. Faqatgina yozma manbalarga asoslangan tarix qariyib uch ming yillik davrini o’z ichiga olardi. Arxeologik tadqiqotlarning kengayib borishi natijasida Misr va bobilda yanada qadimiyroq yozuvlar qulga kiritilgan. Bu yozuvlarning o’qilishi tufayli insoniyat tarixi yana ikki ming yilga o’zaydi va besh ming yilni tashkil qildi. Demak, yozma manbalargagina asoslanadigan bo’lsak, kishilik jamiyati tarixi hammasi bo’lib besh ming yilni o’z ichiga oladi. «Hammasi bo’lib» degan iborani ishlatishimda jon bor. Chunki besh ming yil insoniyatning 2,5-3 million yillik tarixi oldida juda qisqa davrdir. Insoniyat tarixining ana shunday katta yozuvsiz bosqichini asosan arxeologiya materiallari yordamida o’rganish mumkin.
Lekin yozuv paydo bo’lgandan keyingi davr tarixini o’rganishda ham arxeologiya materiallari o’z ahamiyatini saqlab qoladi. Ular quldorlik va ilk feodalizm davrlarining ko’pgina tomonlarini yozma manbalarga qaraganda tularoq yoritadi va ma'lum ustunlikka ega. Yozuv, aytib utilganidek, kishilik jamiyati taraqqiyotining nisbatan keyingi bosqichida vujudga kelgan. Yozma manbalar hamma davrlarni va barcha hududlarni o’ziga qamrab ololmaydi. Arxeologiya fani o’rganadigan moddiy manbalar esa insoniyat tarixining barcha davrlarini va yer yo’zining kishi faoliyati bilan bog’liq bo’lgan hamma hududlarini o’z ichiga oladi.
Shu bilan birga, mavjud yozma manbalarda jamiyat hayotining barcha tomonlari aniq va ravshan ko’rsatilmagan. Ularda asosan siyosiy voqealar, urushlar, hukumron sinfning hayoti aks ettirilgan. Yozma manbalarda quldorlik va ilk feodalizm davridagi moddiy ishlab chikarish taraqqiyotining ahvoli, keng halq ommasining turmushi hamda madaniyat va san'at kabi muhim masalalar haqida juda kam ma'lumot berilgan. Bu masalalarni arxeologiya manbalaridan keng foydalanish natijasidagina tularoq yoritish mumkin.
Yana shuni qayd etish lozimki, quldorlik va feodalizm davrlariga mansub yozma manbalar soni cheklangandir. Yangidan topilayotganlari ham asosan arxeologik qazishmalar tufayli qulga kiritilayapti. Arxeologiya manbalari esa bitmas tuganmasdir. Ilmiy tekshirish ishlarinig kulami kengaygani sari arxeologiya manbalarinig soni ortib bormoqda .28
Arxeologiyaning tarixning no'malum sahifalarini tiklashdagi rolini O’zbekiston tarixi misolida qisqacha ko’rib chiqamiz.
O’zbekistonni arxeologik jihatdan tekshirish XIX asrning sungi choragida boshlangan edi. Bu davrda anchagina ashyoviy material tuplandi. O’zbekistonning qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklarini o’rganishdagi dastlabki qadamlar quyildi va kelajakdagi ilmiy izlanishlar uchun yul ochildi. Oktyabr tuntarishigacha arxeologiyaning yutuqlaridan biri mahalliy aholi, orasida arxeologik va qadimiy narsalar tuplashga qiziquvchilar paydo bo’lgandadir. Bo’lar toshkentlik Akram Polvon Askarov, samarqandlik Mirza buhoriy, Mirza Barot, Mulla Abdurahmon va boshqalar edi.29
Antiqa buyumlar tuplashga qiziqqan bu kishilar qulida boy arxeologik va numizmatika kolleksiyalari, har hil noyob kitoblar, qadimgi buyumlar yig’ilgan edi. Masalan, Akrom Asqarov boy kolleksiyaga ega bo’lib, unda juda ko’p tanga pullar, sopol haykalchalar, sapol idishlar, jami 763 ta arxeologik buyumlar bor edi.
Qadimiy narsalar tuplashda Mirza buhoriy ham katta muvaffaqiyatga erishgan edi. U tuplagan arxeologik va numizmatik materiallarning bir qismi Ermitaj ihtiyoriga qabo’l qilinganligi bu materiallarning ahamiyatini ko’rsatib turibdi. Ammo bu davrda O’zbekistondagi arxeologik tekshirishlar natijasida tuplangan materiallar asosida tarixiy hulosalar chiqarish konikarsi ahvolda edi.30
Respublikamizda arxeologik tekshirishlar ishlari keng quloch yoyganga qadar O’zbekistonning ibtidoiy jamoa to’zumi davridagi tarixi mutloqo yoritilmagan edi. osiyo, jumladan, O’zbekistonda ko’pchilik munosabatlari bo’lib utganligi haqidagi masala hatto kutarilmagan ham edi.
Yozma manbalarni o’rganish asosida osiyo tarixini yoritishda katta hissa qushgan akademik V.V.Bartolьd ham Turkistonning ijtimoiy to’zumida eramizdan avvalgi IV asr bilan eramizning VII asri O’rtasida hech qanday farq yuq degan hulosaga kelgan edi. Turkiston tarixini davrlarga ajratishda «arablargacha», «islomgacha», «mug’ullargacha», «temuriylar davri» kabi atamalar qullanilar edi.31
30-yillarning laridan boshlab respublikamizda arxeologiya ishlari misli ko’rinmagan darajada keng quloch yoydi. Bu davrda tashkil etilgan yirik arxeologik ekspeditsiyalar faoliyati natijasida qadimgi Osiyo tarixining barcha bosqichlarini o’rganishda o’lkan yutuqlarga erishildi. 1938-1939 yillarda Surxondaryo vloyati Boysun tumanining Teshiktosh g’orida poleolitning bosqichiga mansub ibtidoiy odam makonining ochilishi arxeologiyaning katta yutug’i bo’ldi. Bu yerda topilgan 8-9 yoshli neandertal bolaning bosh suyagi butun jahonga mashhurdir1.
Bu birinchi va eng yirik qadamdan sung O’zbekiston ibtidoiy arxeologiyasi katta zafarlarni qulga kirita bordi. Natijada O’zbekitonning ibtidoiy to’zumi davridagi tarixi yaratildi, bu davrning ko’pgina noaniq masalalari hal qilindi va muvaffaqiyati hal qilinmoqda. Ana shunday masalalardan biri yurtimiz hududida odam qachondan beri yashab kelmoqda degan savolaga javob topish edi. So’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida Janubiy Farg’onada arxeolog U.Islomov Seleng’ur makonida bundan 600-500 ming yil oldin yashagan odamning suyak qoldiqlarini topdi. Osiyoda bu hozirga qadar topilgan odam suyaklarining eng qadimgisidir.32
Seleng’ur makoni topilmalari hamda Toshkent va Navoiy viloyatlaridagi qadimgi tosh asri ilk davrlariga oid makonlarning o’rganilishi O’zbekistonning hozirgi hududida eng qadimgi davrdan boshlab odam yashab kelayotganligini isbotlaydi, tadqiqotlar O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekistonning yerlari irqlar shakllangan markazlardan biri ekanligini ko’rsatadi.
Tarixdan bizga ma'lumki, qadimgi Misr, Shumer, Hindiston insoniyat madaniyatining o’chog’i bo’lib hisoblanadi. Arxeologik tadqiqotlar O’zbekistonning janubiy qismi Old Osiyodan Hindistongacha bo’lgan yerni qamrab olgan qadimgi sharq madaniyati tizimiga kirganligini ko’rsatmoqda.
Ilgarilari O’rta Osiyoda dastlabki shaharlar ahamoniylar zamonidan boshlab paydo bo’lgan, degan fikr hukmron edi. Arxeologik tadqiqotlar bu qarashlarga to’zatish kiritdi va yurtimizda shahar qurilishi tarixi chuqur o’ziga xos ildizga ega ekanligini ko’rsatdi.
Qadimgi shaharsozlik tarixi rivojlanishining birinchi bosqichi bundan 3700-3000 yillar oldin o’tgan davrni o’z ichiga oladi. Bu boskichda manzilgohlarning yangi turi vujudga keladi.
Bunday muhim manzilgohlar ikki qismdan iborat bo’lgan. Birinchisi- mustahkamlangan markaziy qism bo’lib, uning atrofida esa mustahkamlanmagan ikkinchi qismi o’rin olgan. SHahar me’morchiligi ildizlarini o’rganishga xizmat qiladigan ana shunday yodgorliklar qatoriga Surxandaryo viloyatida ochib o’rganilgan Sopollitepa va Jarquton kiradi.
Qadimgi shaharsozlik tari[i rivojlanishinnig ikkinchi bosqichi miloddan avvalgi VII-IV asrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrda ilk shaharlar vujudga keladi. Ana shu shaharlardan biri Qiziltepadir. Qiziltepa kattagina o’trok dehqonchilik vohasining harbiy-ma'muriy markazi hamda hunarmandchilikning markazi bo’lgan .33
Arxeologik qazilmalar natijasida O’rta Osiyoda yashagan qabilalarning sinfiy jamiyat shakllanishi davrining dastlabki bosqichlari tarixi haqida boy materiallar to’plandi. Faqatgina Baqtriya yerida mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida oid 250 dan ortiq qishloq va shahar xarobalari aniqlangan.
O’zbekiston yerlarida quldorlik to’zumining ko’pgina masalalari, jumladan, kushonlar tarixi va madaniyatini yoritishda arxeologiya materiallarining ahamiyati beqiyosdir. Ularning soni oxirgi yillarda bir necha marta ortdi va mavjud yozma manbalar ma'lumotlarini yanada kengaytirishga imkon berdi. Faqatgina Surxandaryo viloyatida kushonlar davriga oid 110 ta yodgorlik aniqlangan bo’lib, shulardan 70-80 tasi aynan shu davrda vujudga kelgan.
Miloddan avzalgi I ming yillik va yangi eraning dastlabki asrlariga doir yodgorliklarning tekshirilishi qadimgi O’zbekiston ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyasining asosiy masalasini boshqacha yoritish imkonini berdi. Endi O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekiston quldorlik to’zumi to’la rivojlanmagan bo’lsa-da, uklad sifatida mavjud bo’lganligini hech kim inkor etmaydi. Ba'zi olimlarning hatto eramizning I asrlarida ham O’rta Osiyoda feodal munosabatlari rivojlangan edi, qayerlarda «sug’d baronlari», qishloqlarda «krepostnoy dehqonlar» yashagan edi, degan soxta fikrlari fosh kilib tashlandi.34
Arxeologik tadqiqotlar ona yurtimiz tarixining qator nazariy masalalarini hal qilishga ham kumaklashmokda. M: tarixchilar orasida ilk O’rta asrlar davrida O’rta Osiyo shahar hayoti inkirozga uchraydi, shaharlar odamsiz huvullab qoladi, savdo, hunarmandchilik, madaniyat tushkunlikka uchraydi, degan fikr hukmron edi. Arxeologlarning ko’zatishlari shuni ko’rsatadiki, ilk O’rta asrlar davrida ijtimoiy va xo’jalik hayotda yo’z bergan o’zgarishlar ta'siri ostida shaharlarning ichki to’zilishida o’zgarishlar yo’z beradi. Lekin ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda oldingi davr bilan aloqa, ya'ni davomiylik, vorisiylik saqlanib qoladi. M: olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, bu davrda Toxaristonning shimoliy kismini o’z ichiga olgan Surxondaryo ilk O’rta asrlarga oid 107 ta yodgorliklardan 44 tasiga kushonlar davrida asos solingan. Ularning qolgan 63 tasi V va VIII asrlarning birinchi yarmi mobaynida vujudga kelgan.
Ilk O’rta asrlarda madaniyat va san'atning taraqqiy etganligi ochib o’rganilgan shahar harobalari misolida yaqqol ko’rinadi. O’rta Osiyoda devoriy rasmlar rivojlanishining eng yuqori boskichi VI-VIII asrlarga tug’ri keladi. Bu vaqtga kelib rasmlar o’lchami kengayib, syujeti ancha boyiydi va buyoqlar rang-barangligiga erishiladi.
Umuman olganda, quldorlik va ilk feodalizm yodgorliklarini tekshirish O’rta Osiyoda tasviriy san'at, haykaltaroshlik, me’morchilik yuksak darajada rivojlanganligini ko’rsatdi. Bu esa O’rta Osiyo halqlarining qadimgi madaniyatini, shuningdek uning eron, yunon va arablar madaniyatining bir ko’rinishi emasligi va nuqul ular ta'siri ostida vujudga kelmaganligi, mustaqil va o’ziga xos ekanligini namoyish etdi. Shu bilan birga, tadqiqotlar O’rta Osiyo halqlarining madaniyatidan ajralgan holda emas, balki bir-biri bilan ma'lum darajada aloqada bo’lish asosida rivojlanganligini va jahon madaniyati hazinasiga munosib hissa qo’shganligini ko’rsatadi. M: mutaxassislarning aniqlashicha, Sug’diyonaning metallga badiiy ishlov berish san'ati O’rta Osiyoning boshqa halqlari hamda Eron, Hindiston, Vizantiya va Suriya xalqlari san'ati bilan yaqin alokada bo’lgan.35
O’zbekiston yerlarida yashagan xalqlarning boy madaniyatiga Termiz yaqinidagi Ayritomda topilgan sozandalar tasviri ishlangan piramonlar, Varaxsha, Bolaliktepa, Afrosiyobda ochilgan rang-barang devoriy rasmlar, Xolchiyon, Dalvarzintepa, Qoratepa, Yerqurgon, Quvadan topilgan loy va ganchdan nozik did bilan yasalgan haykallar yaqqol misol bo’la oladi.
Endi arxeologiyaning yozma manbalarni to’ldirish, ular qayd etmagan tarixiy voqealarni o’rganishdagi ahamiyatini quyidagi aniq misollar orqali ko’rishimiz mumkin.
Sug’diyonaning eramizdan avvalgi I ming yillikning o’rtalaridayok madaniyati gullab yashnagan, seraholi o’lka ekanligi yozma manbalarda ta'kidlab o’tilgan. Lekin ko’p yillar davomida buni ashyoviy dalillar bilan isbotlashning iloji bo’lmay kelayotgan edi. Bu davrning yagona yodgorligi Samarqandning qadimgi shaharchasi Afrosiyob edi. Faqatgina keyingi yillarda Samarqand va Buxoro viloyatlarida hamda janubiy Sug’diyonani o’z ichiga olgan Qashqadaryo vohasida ko’plab shahar va qishloq harobalari topildi. Ulardan eng kattasi Qarshi yaqinida arxeologlar tomonidan ochib tadqiq etilgan. Yerqo’rgon shahar harobasidir. Yerqo’rg’onda devorlari rasmlar bilan bezatilgan, haykallar quyilgan ibodatxonalar, kulolchilik ustaxonasi ochildi. Yerqo’rg’on va boshqa yodgorliklarni o’rganish mobaynida Sug’diyona haqidagi yozma manbalarda bildirilgan fikrlarning haqiqat ekanligi tasdiqlanmoqda.
Yana bir misol. Ma'lumki, V asrga kelib O’rta Osiyo Eftaliylar davlati tarkibiga kiradi. Tarixchi olimlarda eftaliylarning kelib chikishi qakida turli fikrlar mavjud. Ba'zi olimlar ularni SHarkiy Turkiston yoki Oltoydan kelgan kuchmanchi xalq deb hisoblasa, boshqalari ularning asli yashagan joyi O’zbekistonning shimoliy kismi, ya'ni Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimidir deyiladi. Yana bir farazga ko’ra eftaliylar Pomir va Hindikush tog’larining tub aholisidir.
Eftaliylarning etnik jihatdan kelib chiqishi masalasini hal kilishda arxeologiya kazishmalari natijasida to’plangan yangi ma'lumotlar aniqlik kiritmoqda.36 Arxeologlar Eftaliylarning IV-VI asrlarga oid qabrlarini tekshirganda, ularning dafn rasm-rusumlari shu joylarda oldinroq yashab o’tgan kushonlarning dafn rasm rusumlaridan farq qilmasligi ma'lum bo’ldi. Har ikkala davrda yashab o’tgan odamlarning bosh suyaklari tekshirilganda ham farq topilmadi. Bu ma'lumotlar bu erda yashagan xalqlarning o’zaro mustahkam aloqasini ko’rsatadi.
Shu dalillardan kelib chiqqan holda olimlar yangi ilmiy faraz bayon qildilar. Unga ko’ra, eftaliylar qadimdan O’zbekiston Janubida - Baqtriyada yashaganlar. Arxeolog materiallar ancha keyingi davr tarixini o’rganishda ham muhim manba bo’lib xizmat qilishi haqida yana bir misolga murojaat qilamiz. Bu, o’z navbatida, dalillar rang-barangligini ta'minlaydi. Akademik B.A. Rmbakov Kiev Rusining IV-XII asrlardagi tarixining yoritilishi misolida arxeologiyaning ahamiyatini quyidagicha ko'rsatib o’tgan edi. Olimning ta’kidlashicha, ko’p yillar davomida Kiyev rusining faqat yozma manbalariga tayanib o’rganish tarixiy jarayonning mohiyatini tushunishga olib kelmadi. Slavyanlarda davlatning paydo bo’lishi masalasi noaniqligicha qolgan edi, rus shaharlarining kiyofasi bo’zib tassavur qilinar edi. Slavyanlar hayotida dehqonchilikning o’tgan o’rniga etarlicha baho berilmasdi. Tarixchilarning eng katta baxtsizligi shunda ediki, deb ta'kidlaydi olim, Kiev Rusi paydo bo’lishidan oldingi davrda ko’p asrlik bo’shliq mavjud edi, ya'ni bu davr tarixining ko’pgina sahifalari qorong’iligicha qolib ketayotgan edi.37
Arxeologlarning tadqiqotlari natijasida mazkur qorong’u sahifalar yoritildi. Natijada slavyanlarning birinchi davlati vujudga kelishi masalasi, rus dehqonchilik tarixi, rus xalqining shakllanishi, xalq madaniyatlarining ko’rinishlari, hatto ko’p asrlar davomida shakllanib kelganmajusiylar dunyo qarashi masalasi yoritildi.
Keltirilgan misollar keng kulamda Arxeolog tadqiqotlar olib borilishi natijasida O’zbekistonning ibtidoiy jamoa to’zumi tarixi yaratilganligini, quldorlik va feodalizm davrlari yangi aniq dalillar bilan boyitilganini ko’rsatadi.
Respublikamizda arxeologiya fanining yutuklari uni ta'limga keng joriy kilish, arxeologiya yodgorliklaridanmaktabda tarix ukitishda foydalanish uchun imkoniyatlarni vujudga keltirdi.
Ma'lumki, respublikamizda ijtimoiy gumanitar fanlar orasida arxeologiya juda yosh soha hisoblanadi. Qaramlik yillari boshlarida mahalliy olimlar safida bu fanning nazariy hamda ilmiy asoslarini egallagan etuk arxeologlar yetarli yetishib chiqmagan edi. Bori ham havaskor darajasida edi. Tengqo’rlari orasida hammadan avval keng qamrovli tarixchi, sharqshunos va qadimshunos olim bo’lib etishgan birinchi o’zbek arxeologi YA.G’ulomov tariximiz, madaniyatimizu ma'naviyatimiz va ma'rifatimizning chuqur ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqalishni yaxshigina bilib olgan edi.38 Tariximizning ilk sahifalarini tiklab, uning zarvaraqalarini to’ldirishda osori atiqalarning yagona manbaa sifatidagi mohiyatini hisobga olib, iloji boricha arxeologlar tadqiqotlarni kengaytirish bilan bir qatorda, bu soha olimlarini tarbiyalab voyaga yetkazish ishiga katta ahamiyat berdi.
Natijada respublikamizda arxeologiya bo’yicha uning maktabiga asos solindi. Bu maktabda yetishib chiqqan shogirdlari bilan birgalikda o’zbek xalqi va vatanimiz o’tmishining eng dolzarb masalari: O’zbekistonda ibtidoiy madaniyat izlari; sug’orma dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va uning rivojlanishida irrigansiyaning ahamiyati; O’zbekistonda ilk shaharlarning qad ko’tarishi va shaharsozlik madaniyatining taraqqiyot tarixi; Vatanimiz aholisining qushni mamlakatlar xalqlari bilan olib borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi ularning ahamiyati kabi tariximizning eng hayotiy vokeliklari tadqiq etildi.
YA.Gulomov diyonatli, halol, mard, bag’ikeng, irodasi mutahkam, mehridaryo, rostguy, fidoyi, talabchan va kattiqqul inson edi. Har bir kasbdoshida, har bir shogirdida ana shunday hislat va fazilatlarni ko’rishni istardi. O’zi O’zbekistonda birinchi qadimshunos olim bo’lganligi uchun butun mehrini shogirdlariga berdi. Yosh tarixchilar M.Qosimov, H.Nasriddinov, U.Islomov, A.Muhammadjonov, A.Asqarov, S.Rahimov, T.Mirsoatov, R.Sulaymanov singari ko’plab shogirdlarining qullaridan tutdi va Moskivaga olib bordi. Ularni atoqli qadimshunos olimlar- A.Okladnikov, P.borisovskiy, M.Gerasimov, M.Gryaznovga topshirdi. otaliq qilasizlar, dedi. O’zi ham shogirdlaridan tez-tez xabar olib, yul-yuriq ko’rsatib turdi. Shogirdlar ham uztozga munosib bo’lib ishonchini oqlashga intildilar. Birin-ketin fan nomzodi bo’ldilar, birin-ketin fan doktori bo’ldilar. O’tkir Islomov, Abdulahad Muhammadjonov, Ahmadali Asqarovlar birin-ketin akademik bo’ldilar. Hammalari ham uztoz izidan bordilar.
Ustoz YA.G’ulomov rahbarligida yosh arxeologlarning Buxoro, Samarqand, Farg’ona, Namangan, Surxondaryo, Qarshi, Jizzax Sirdaryo va Toshkent viloyatlari bo’ylab olib borilgan betinim tadqiqotlari natijasida tosh (poleolit) davrining turli bosqichlariga mansub Ko’kbulok, Obirahmat, Xujakent, Obishir kabi yodgorliklarda ibtidoiy odamzot manzilgohlari; Qizil Olmasoy, Kavobiy va Qapchigoyda chaqmoqtosh kurollar yasash ustaxonalari hamda Uchtutda jahonda eng nodir bo’lgan neolit (yangitosh) davriga oid, konchilik shaxtalari (100 ga yaqin) kabi o’ta noyob osori atiqalar; Sarmishsoy, Bironsoy va Taqalisoy kabi tog’ daralarida tog’ qoyalariga o’yib ishlangan qadimiy tasviriy san'atning ajoyib galeriyalari Zomonbobo va Sopollitepalarda ibtidoiy dehqon qishloqlari topilib qazib o’rganildi. Usha davr Arxeolog tadqiqotlari tufayli Vatanimiz hududlarida ibtidoiy davr madaniyatining paydo bo’lishi miloddan avvalgi 700-600 ming yilliklarda boshlanganligi aniqlanib, diyorimizning ibtidoiy davr tarixi fanda 500 ming, ya'ni yarim million yilga qadimlashtirildi. O’troq dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va taraqqiyoti miloddan avvalgi ikki ming yillikda boshlanib, sug’orma dehqonchilik qariyib 4000 yillik tarixga ega ekani ilmiy asoslandi .39
Afrosiyob (Samaqand), Shoshtepa Oqtepa va Xonqa (Toshkent), Quva va Axsikat (Farg’ona), Yerko’rgon (Qashqadaryo), Paykand, Varaxsha va Buxoro arki kabi qadimgi shahar harobalarida keng ko’lamda o’tkazilgan qazishlar orqali Vatanimizda shaharsozlik madaniyatini shakllanib rivoj topishi miloddan avvalgi bir ming yillik boshlaridayoq sodir bo’lib, bu iqtisodiy- ijtimoiy va madaniy taraqqiyot tarixi bir necha bosqichga ega ekanligi aniqlandi. Arxeolog tadqiqot ishlarida erishilgan bunday natijalar, shubhasiz, o’z davrining o’lkan kashfiyotlari bo’lib, tarix va arxeologiya fanlari ravnaqiga qo’shilgan salmoqli hissa edi.
YA.G’ulomov nafaqat arxeologiya fani, balki manbashunoslik, etnografiya, toponimika fanlari rivojiga ham o’lkan hissa qo’shgan.40 Uning manbashunoslik oldidagi betakror xizmatidan, boy merosidan hozirgi kunda ham yosh tarixchi, adabiyotshunos olimlar foydalanmoqda. YA.G’ulomov o’zining ilmiy asarlarini yaratishda XIII asrda yashab ijod qilgan Fazlulloh Rashiddinning umumiy tarixga oid «Jam-ut-tavorih» asari hamda SHarofiddin Ali Yazdiyning Shohruhga taqdim etgan «Zafarnomai Amir Temur» nomli asarlaridan keng ko’lamda foydalangan. Bunda uning abjad hisobini mukammal bilishi qul kelgan.
YA.G’ulomovning sayi harakati tufayli O’zbekiston fanlar akademiyasi tarix va arxeologiya ilmiy tekshirish instituti tarkibida «Qadimgi arxeologiya yodgorliklarini ta'mirlash, ularni o’rganish labarotoriya»si tashkil etildi. Bu labarotoriya hozirda ham o’z faoliyatini davom ettirmoqda.
O’z maktabi va shogirdlari faoliyati hamda yutuqlaridan mamnun bo’lgan YA.G’ulomovning tarix va arxeologiya fanlari ravnaqi yo’lida orzulari ko’p va rejalari nihoyatda keng edi. Ularni ruyobga chiqarish esa o’zok yillarga mo’ljallangan edi. Akademikning fikricha, avvalambor manbalar asosida salkam million yillik tarixga ega bo’lgan diyor va ajdodlar yaratgan qadimiy madaniyatning taraqqiyot bosqichlarining umumiy manzarasini tiklash lozim edi* Shu bilan birga uning tadqiqot rejasi uzoq davom etgan bu tadrijiy jarayonda diyorimizning sug’orma Sharq, Turkiy dunyo va Islom olamida tutgan o’rnini belgilab, jahon xalqlari yaratgan o’lkan sivilizasiyaga ko’shgan hissasi kabi hanuzgacha fanda ko’tarilmagan muammolar ustida izlanishlar va tadqiqotlar olib borishni muljallagan edi*.41
Qadimda qaror topgan jahonning mashhur beshta yirik davlatlaridan ikkitasi: Qang’ davlati va Kushon imperiyasi, O’rta asrlarda esa G’arbiy turk hakkonligi, Xorazmshohlar, Amir Temur va temuriylar saltanati kabi buyuk davlatlarni barpo etgan; Muso Xorazmiy, Ahmad Fargoniy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sinodek mashhur mutafakkirlarni voyaga yetishtirib, jahon fani taraqqiyotiga o’lkan hissa qo’shgan, shuningdek, Imom Al Buxoriy, Iso Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Hoja Boxovuddin va Burxoniddin Marg’iloniy kabi ulug’ islom allomalarini kamol toptirib, islom e'tiqodini jahon dinlari qatoriga ko’targan tarixiy vokelik, tasodifiy jarayon bo’lmay, balki uzok utmishda xalqimiz hayotida sodir bo’lgan tadrijiy taraqqiyotning mevasi, u asrlar davomida betinim va mashaqqatli mehnat vositasida shakllangan o’ziga hos madaniyat, ma'rifat va e'tiqodning hamda yuksak ma'naviyotning durdonalaridir.42
Bunday qadimiy va yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan buyuk Turkiston hozirgi diyorimiz va uning mehnatsevar xalqi qanday sabablar bilan goh Sharq, goh G’arb va goh Shimoldan tashrif buyurgan fotihlar hamda mustabid hukmdorlar asoratiga tushib, mustakillikni va o’zlikni yo’qotgan hamda asrlar davomida qaramlik, turg’unlik va tushkunlikda yashagan degan savollar bir umr YA.Gulomovning fikru zikrini chulg’ab, uni armoniga aylangan edi. Biroq akademik YA.Gulomov bunday savollarga aniqroq, ruyi-rost ayta oladigan javob topishga ulgurmadi. Uning rejalari buzilib, armonlari ushalmay qoldi. Chunki ma'muriy buyruqbozlik siyosati hukmronlik qilgan sharoitda xalqimizning o’tmishi, o’zligi, ma'naviyati va madaniyati bilan tadqiqot yo’lida turli hil tusiqlar g’ov bo’lib turardi.
Shukurlar bo’lsinki, mustaqillik tufayli hozirgi kunda Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan tarix faniga xalq ma'naviyatining asosi sifatida baho berilib, yosh va bilimdon tarixchilar avlodini
O’zbekiston adabiyoti va san'ati. 2003 y. 31 oktyabr
O’zbekiston tarixi 2003 y. 2-son 67bet
tarbiyalab voyaga yetkazish buyicha davlatimizning milliy dasturini qabul qilinishi buyuk alloma YA.G’ulomov armonlarining ruyobga chiqishi emasmi? Shubhasiz, hozirgi kunda akademik hayot bo’lganida kungil armonlarining ruyobga chiqa boshlaganini ko’rib g’oyat shod bo’lardi.
YA.G’ulomovning hotirasi abadiylashtirildi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov taklifi bilan O’zbekistonda akademik YA.G’ulomov nomidagi «O’zbek xalqi va davlatchilik, tarixi» Respublika ilmiy seminar tashkil etildi.
2003 yil 23 avgustda Prezidentimiz farmoniga binoan akademik «Buyuk hizmatlari uchun ordeni» bilan munosib taqdirlandi.
Samarqanddagi Arxeologiya instituti va Toshkent ko'chalaridan biriga uning nomi berildi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedogogika Unversiteti tarix fakultetida «YA.G’ulomov stipendiyasi» joriy etildi.
YAXYO G’ulomovning O’zbekiston tarixini rivojlantirishdagi o’rni.
O’zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishida yirik rus olimlari A.YU.Yakubovskiy, S.P.Tolstov, M.Е.Masson, A.P.Okladnikov, V.A.Shishkin, birinchi o’zbek arxeologi, akademik Yahyo G’ulomovich G’ulomovning hizmatlari beqiyos kattadir. Atoqli olim o’zining qisqa va mazmundor hayotida tarix fanlari doktori, professor, O’zbekiston fanlari akademiyasining akademigi darajasiga kutarildi. Iste'dodli olimning fan sohasidagi faoliyatlari uchun unga O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan arbobi degan yuksak unvon berildi.
Olimning ijodiy faoliyati ham o’ziga hosdir. Yahyo G’ulomovning O’zbekistonning sug’orilish tarixiga doir ilmiy ishlari qadimgi dehqonchilik massivlari (Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo va boshqa daryolarning qadimgi o’zanlari) ni aniqlash va undan xalq hujaligi maksadlari yulida foydalanishda katta ilmiy ahamiyat kasb etadi.43
YA.G’ulomovning O’zbekiston vodiy va vohalarida olib borgan arxeologiyaga oid tadqiqotlari O’zbekistonda qadimgi tosh davrlari: poleolit, mezolit, neolit, eneolit, jez va temir davrlarini o’rganishda muhim ilmiy dokladlar bilan qatnashdi. U ajoyib tashkilotchi va pedagog ham edi. Xalqlar Dustligi ordeni Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutida O’zbekiston tarixi va arxeologiyasidan maruzalar uqib, ko’pgina hozirgi zamon talabiga javob beradigan pedagog kadrlar yetishtirgan. 4 tomlik «O’zbekiston Irrigatsiyasi» tarixiga oid masalalarni yoritishda faol ishtrok etgan. O’zbek sovet Ensiklopdiyasi bosh tahrir hay'ati a'zosi bo’lgani.44
O’zbekiston tarixini o’rganishda, ayniqsa O’zbekiston vodiy va vohalarining tarixini, etnografiyasini, arxeologiyasini, toponimikasiyasini va nodir qulyozma asarlarini o’rganishda tarix fakulteti studentlari uchun YA.G’ulomov asarlari dasturulamal bo’lib hizmat qilib kelmoqda ularning qunt va matonat bilan olib borgan arxeologiyaga oid tadqiqotlari tufayli jahon ahamiyatiga ega bo’lgan qator moddiy madaniyat yodgorliklari kashf etildi.
YA.G’ulomov butun umri va ko’p yillik serqirra ilmiy faoliyati davomida faqat Arxeolog izlanishlar va ilmiy tadqiqotlar bilan bog’lanib qolmadi. Balki, u Vatanimiz, o’zbek xalqi, uning yaratgan boy va qadimiy madaniyati tarixi bilan bevosita bog’liq bo’lgan hamda o’tmishning turli davrlariga mansub osori atiqalarni keng kulamda sinchiklab o’rganish bilan bir qatorda, ularni muhofaza etish, asrash kabi umumbashariy ishlarni bajarishda o’zini mas'ul deb bildi.45
A.Nabiyev. Tarixiy o'lkashunoslik. T. 1996 y. 74-bet
«O'zbekiston adabiyoti va san'ati» 2003 y. 31-oktyabr
O’zbekiston tarixi 2003 y. 2-son 61-bet
1934 yilda O’zbekiston osori atiqalarini muhofaza qilish komiteti «O’zkomstaris» da o’z faoliyatini boshlagan YA.G’ulomov to umrining ohirgi damlarigacha tarixiy obidalarni, hususan yer qarida yashiringan osori atiqalarni izlab topish, ularni hisobga olish, asrash hamda turli hil sabablar oqibatida bo’zib yuborilishi tug’risida qayg’urdi va bunday hollar sodir bo’lishining oldini olish yulida faollik ko’rsatdi.
Ma'lumki 60-yillarda respublikamizda avj ola boshlagan paxta yakkahokimligi Yahyo G’ulomovich G’ulomovni ham tashvishga soldi, ham shoshiltirib quydi. Chunki paxta maydonlarini kengaytirish uchun bir tomondan, jadval surchatlar bilan yangi yerlarni o’zlashtirishga kirishildi, ikkinchi tomondan esa paxtachilik hujaligida tehnikadan keng foydalanish maqsadida paxta ekiladigan paykallar yiriklashtirilib ekin dalalarida qad kutarib to’rgan tepalar osori atiqalar bo’zilib paxta maydonlariga qushib yuborila boshlandi. Bunday voqealarning avj olishiga yul quymaslik maqsadida O’zbekiston fanlar akademiyasi, Respublika madaniyat vazirligi hamda qadimshunos olimlar jamoatchiligi tashabbusi bilan O’zbekistonda tarixiy va madaniyat yodgorliklarini muhofaza etish jamiyati tashkil etildi.
Jamiyatga Yodgor Sodiqovna Nasriddinova rahbar etib saylandi. Jamiyatning ta'sis majlisida yurtimiz hududida mavjud tarixiy va madaniyat yodgorliklarini saqlash, hisobga olish va o’rganish buyicha qator muhim qarorlar qabul qilindi. Oliy jamoatchilik tashkiloti tomonidan bunday qarorlarni ishlab chiqilishi va qabul etilishi qadimshunos olimlarni, shu jumladan, muhtaram ustozimiz Yahyo G’ulomovni ham shubhasiz, nihoyatda ruhlantirgan edi.
Usha yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti qoshida YA.G’ulomov va V.A.Shishkinlar rahbarligida O’zbekiston arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil etildi. Uning ayrim qadimshunos guruhlari, avval Farg’ona vodiysida qad kutargan qadimiy shaharlardan Quva va Aksikat, Samarqandda Afrosiyob, Qarshida Yerqo’rg’on, Surhondaryoda kuhna Termiz, Toshkent vohasida qadimgi Qanqa hamda poytahtimizda esa Yunusobod Oqtepasi kabi obidalarda keng kulamda Arxeolog tadqiqotlarni boshlab yubordilar.
1966 yil 26 aprelda Toshkentda sodir bo’lgan kuchli zilzila va uning oqibatlarini tugatish yulida boshlangan keng kulamli qo’rilishlar va shaharning yangitdan qad kutarishi, shubhasiz vayronaga aylangan, poytahtning ostida qolib ketgan o’tmishga ham qadimshunoslik ko’zgusi bilan boqib, qo’rilish poydevorlari-yu handaqlarni ko’zatishni talab etar edi. Usha og’ir va mushkul kunlarda buni ziyraklik bilan payqagan YA.G’ulomov tashabbusi bilan mahsus toshkent Arxeolog ekspeditsiyasi tashkil etildi. Unga qadimshunos olimlar avval V.A.Bo’latova, sungra esa M.Aminjanova va M.I.Filanovichlar rahbarlik qilishdi. Bu ekspeditsiya a'zolari
O’zbekiston tarixi,2003 y. 2-son. 61-bet.
YA.G’ulomovning bevosita nazoratida shaharda ko’rilayotgan har bir imorat-u inshoatning poydevorlari va handaqlarida muttasil ko’zatishlar, ayrim uchastkalarda esa qazish ishlarini olib bordilar46. Natijada Toshkent shahri o’tmishi bilan bog’liq o’ziga hos qadimiy va O’rta asrlar osori atiqalarining ko’plab qoldiqlari va turli topilmalar qayd etildi. Tuplangan Arxeolog ashyolar, shubhasiz, birinchi navbatda tarix mo’zeyi va ko’rgazma javonlaridan joy olgan bo’lsa, qolaversa toshkent shahrining qadimgi tarixiy topografiyasini o’rganish hamda shahar yoshini ilmiy jihatdan belgilashda asosiy manba bo’lib hizmat qildi.47
YA.G’ulomov o’z kasbiga nihoyatda e'tiqodli edi. U hamma vaqt o’z burchi va ma'suliyatini his etgan holda moziy qadriyatlariga yuksak vatanparvarlik ruhi bilan boqardi. Ularni tadqiq qilish va asrashga doimo mehr bilan astoydil kirishardi. Chunki u har bir Arxeolog yodgorlikni hali o’qilmagan qulyozma asarga qiyos qilar edi. Shu boisdan, tepalarni bo’zib yuborilishini hali o’rganishga ulgurilmagan nodir qulyozma asarlarni o’tga tashlab yondirib yuborish bilan tengdir, deb aytardi.48 1966 yilda Samarqanddan Buhoroga tomon yunalgan katta yul kengaytirilib, uning shahar ichidan utgan qismi Afrosiyob nomi bilan shuhrat topgan qadimiy obidaning markazi ustidan utkazish rejalashtiriladi. Yul qo’rilishi loyihasi tasdiqlanib, hatto tehnika vositalari Afrosiyob ustida tuproq surib, yerni tekislashga kirishgan ham ediki, kutilmaganda bo’ldozer surayotgan tuproq uyumlari orasida qadimiy devoriy rasmlarning ayrim rangdor bo’laklari ko’zga tashlanib qoladi. Yul qo’rilishi buylab Arxeolog ko’zatishlar olib borayotgan qadimshunos olim I.Ahrorov zudlik bilan ushbu uchastkada tuproq surish ishlarini vaktincha tuhtatib, «Afrosiyob havf ostida» degan mazmunda YA.G’ulomov nomiga O’zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumiga shoshilinch telegramma junatadi. YA.G’ulomov esa usha kuniyoq Toshkentdan Samarkandga yetib boradi. Afrosiyob shahar harobalari bagrida bunday noyob topilmalarning ilk bor qayd etilishi Samarqandda nomoyon bo’layotgan Arxeolog kashfiyotning belgisi edi. Bu tug’rida Respublika va viloyat rahbariyatlarini habardor qilish va iloji boricha ko’rilayotgan yul yunalishini o’zgartirish lozim edi. YA.G’ulomovning Respublika jamoatchiligi hamda rahbariyati oldidagi obru va e'tibori, qolaversa Afrosiyob yodgorliklari va qayd etilayotgan topilmalarning ko’p ming yillik utmish va madaniyatimiz tarixini o’rganishdagi mohiyati borasida qayta- qayta viloyat rahbarlari bilan bo’lgan suhbat va mo’zokoralar hamda YA.G’ulomovning kutarilgan masalani hal etishdagi qat'iyligi tufayli Afrosiyob ustidan o’tkazilayotgan yul shahar tashqarisi tomon burib yuborildi. Buni qarangki, yangi yul ochish uchun tuproq surdirilayotgan yunalish ostidan Afrosiyobning VII asrga oid ajoyib tasviriy san'at
__________________________________
O’zbekiston tarixi 2002 y. 3-son;64-bet
YA.G’ulomov «Toshkent necha yoshda» Sovet O’zbekistoni. 1969 y. 12 iyun
B.V.Lunin «YA.G.Gulyamov» T. 1979 g.
obidasi - turli mazmundagi rang-barang devoriy suratlar galeriyasi qovlab ochildi. Zamonamizdan qariyb o’n turt asr muqaddam yaratilgan tasviriy san'atning bu nodir na'munasi hozirgi kunda Samarqand shahri tarixi muzeyining ekspozitsiya zallaridan birini bezab turibdi. Shu tariqa Afrosiyobda topilgan VII asr tasviriy san'atining ajoyib na'munasi YA.G’ulomovning faollik bilan qilgan sa'y-harakati tufayli saqlanib kolindi.49
Qadimshunoslik tadqiqotlarini tobora kengayib borishi, osori atiqalarning hilma-hil turlari qayd etilib o’rganilishi va ularning ilmiy tahlili ajdodlar qoldirgan merosining qanchalik boy hazina ekanidan dalolat bermoqda edi. Endilikda ma'naviyatimiz tarixi tug’risidagi bu merosga faqat targ’ibot darajasida emas, balki ilmiy jihatdan mumkin qadar. Teranroq yondoshmoq lozim edi. Buning uchun keyingi yillarda aniq fanlar sohasida erishilgan eng ilg’or va zamonaviy yutuqlardan qadimshunoslik fanida ham foydalanib, qadriyatlarimizning jahon sivilizatiyasi tarixidagi urnini belgilab olmoq zarur edi. Buning mohiyatini yahshi anglagan YA.G’ulomov O’rta Osiyo arxeologiyasida birinchilardan bo’lib, moddiy madaniyat obidalari hamda Arxeolog topilmalarni kimyoviy va tehnalogik usul vositalar yordamida tadqiq qilishni taklif etdi. Uning tashabbus bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasining tarix va arxeologiya instituti qoshida ashyoviy topilmalarni konservatsiya va restavratsiya qilish hamda ularni kimyo tehnalogik jihatdan tadqiq etish laboratoriyasi tashkil topdi. Usha yillarda YA.G’ulomovning Aksikatda sodir bo’lgan voqea ayniqsa hayratga solgan edi. Buning sababi Farg’ona diyorining O’rta asrlardagi poytahti bo’lgan Aksikat yodgorligining ravot qismi haydalib paxta ekilgani haqidagi nohush habar bo’ldi. Bu voqeaning qanchalik tug’ri ekanini aniqlab olgach, olim tug’ridan-tug’ri bu haqda yodgorliklarni muhofaza qilish respublika jamiyati raisining nomiga maktub yullaydi. Hatda osori atikalarni muhofaza etish masalasi joylarda, ayniqsa sust tashkil etilgani, mahalliy rahbarlarning bunday muqaddas ishga uta loqaydlik bilan munosabatda ekanini, Ahsikatdek jahon ahamiyatiga molik yodgorlikning bir qismi haydalib paxtazorga aylantirilgani, bunday voqeani madaniyat va utmish qadriyatlarini tahqirlashdan o’zga hodisa emasligi ta'kidlanib, buning oldini olish uchun qator amaliy vazifalar qatorida jazo choralarini belgilash zarurligi va aybdor shahslarni javobgarlikka tortish tug’risida fikr va mulohazalar bildirilgan edi
Ushbu shikoyatnomada qayd etilgan ma'lumotni qanchalik haqiqatligini aniqlash maqsadida rais urinbosari Abdulla Ibrohimov boshliq mahsus komissiya tashkil etilib, andijon viloyatining Turaqo’rg’on tumaniga yuboriladi. Oradan biroz vaqt utgach, raisning davati bilan bir
_____________________________________________________________
O’zbekiston tarixi. 1999-yil 1-son
O’zbekiston adabiyoti va san’ati.2003-yil. 31-oktabr.
guruh olimlar 1967 yilning 6 mart kuni Respublika Oliy Sovetining majlislar zalida tuplanishdi.
Yig’ilish YA.G’ulomovning maktubini o’qib eshittirishdan boshlandi. Sungra komissiya raisiga so’z berildi. Abdulla Ibrohimov hayajon bilan juda qisqa so’zladi. Tura qo’rg’onga borilgani, aksikat tepasi SHahan qishlog’i hududida o’z joyida to’rganini va tepa ustiga paxta ekilmagani haqida gapirib so’zini tugatdi.50
Biroq Aksikatga yuborilgan ma'murlar yodgorlik fakat tepalikdan iborat bo’lmay, balki unga yondoshgan rabotlari-hunarmandchilik mahallalari joylashgani va ularning atrofi o’z davrida nihoyatda obod bo’lib, hunarmandchilik mahallalariyu bog’-roglardan iborat ekanligini bilmas edilar. Hatto, Andijon hukmdori Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur «Boburnoma» asarida Aksikat tug’risida «Deh kijo, darahton kijo, ya'ni shaharning qishlog’i qaerda-yu, bog’-rog’lari qayerda» deb yozgan ta'rifiga ham nazarlari tushmagan ekan. Afsus, ular mutahassis emasdilar-da. Yig’ilishda so’zga chiqqan bir qator fan arboblari YA.G’ulomovni ko’rnamaklikda, siyosiy ko’rlikda aybladilar.
So’zga chiqqan notiqlar orasida faqat Aziz Qayumov YA.G’ulomovning tomonini yoqlab, maktubda bayon qilingan tashvishli ma'lumotlar faqat o’zbek olimining osori atiqalardek nodir qadriyatlarimizni muhofaza qilish va saqlash yulida uta jonbozlik bilan qayg’urish deb tushunmok lozimligini takidladi. Buning uchun bu zoti sharifga tanbeh berib ranjitmay, balki aksincha bunday sharofatli faoliyatini qullab-quvvatlash kerak degan iliq so’zlarni aytgandi. Yig’ilish yakunida avvaldan tayyorlab quyilgan qaror uqib eshittirildi. Unda YA.G’ulomovning maktubida ta'kidlangan Arxeolog yodgorliklarni muhofaza qilish, o’rganish va topilmalarni muzifikatsiya qilish hamda har bir yodgorlik girdi buylab ihota zonalarini belgilash kabi qator bandlar qabul qilish uchun tavsiyalar qayd etildi. Ohirida YA.G’ulomov YO.Nasriddinovaga qarata «yullangan maktubni tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va asrash tug’risida qabul qilingan va siz imzo chekkan qarorga rioya etgan holda yozdim, qolaversa bugungi yig’ilishda qabul etilgan qarorni ham qog’ozda qolib ketmay, hayotda amaliyotga joriy etilishini istardim»,-deya ohista ko’rsiga utirdi.51
Yig’ilish prezidiumidan joy olgan mas'ullarning lavozimi va mavqeidan chuchimay aytilgan bu haqqoniy so’zlar, shubhasiz, o’z kasbiga e'tiqodiga, qadriyatlarga mehr, fandagi fidoiylik va jonkuyarlik, ko’rsatilgan jasoratdan dalolat beradi.
Darhaqiqat, YA.G’ulomov og’ir va nihoyatda kam gap hamda mulohazali bo’lishiga qaramay ilm-fan, hususan, tarixiy qadriyatlarni asrash yulida yo’zaga kelgan loqaydlik, adolatsizlik va qonunbuzarlikka chidab turolmas edi. Yuragidagi bir gapni dadil aytar edi.
_____________________________________
O’zbekiston tarixi. 2003-yil.2-son 64-bet
O’zbekiston tarixi. 2003-yil, 2-son 64-bet
akademik YA.G’ulomov hozirgi kunda biz qaramlik va turg’unlik davri deb atayotgan uta murakkab zamonda yashab ijod etdi. Uning hayot yuli va ilmiy faoliyatiga nazar tashlanar ekan, kishini ko’z oldida zamonasining zabardast va bag’ri keng buyuk allomasining siymosi gavdalanadi. Darhaqiqat, u o’zining keng ko’lamli tadqiqotlari, ilmiy asarlari va tarbiyalab voyaga yetkazgan shogirdlari bilan Vatanimizda tarix va arxeologiya fanlari ravnaqiga o’lkan hissa qushdi.
Yoshligidanoq o’z Vatani va xalqi tarixini chuqo’rroq va kengroq bilib olishga qiziqqon va bu yulda astoydil bel bog’lagan hamda umrini fanga bag’ishlagan YA.G’ulomov avval yozma manbalar va etnografik ma'lumotlarni o’rganishga va ularni tahlil qilishga kirishgan bo’lsa, keyinchalik tariximizning nihoyatda boyligi va juda qadimiyligi unga ayon bo’la boshlagach, moziyning asosiy hazinalaridan hisoblangan osori atikalarni o’rganishga harakat qildi. O’z maqsadiga erishmoq uchun u zamonasining yirik Arxeolog olimlar YA.YU.Yakubovskiy, M.Е.Masson va S.P.Tolstovlar rahbarlik kilgan Arxeolog ekspeditsiyalarda faol qatnashib, tajriba orttirdi. O’zbekiston tarixini ko’p jildli asarlar majmuasini yaratish va nashrga tayyorlash, oliy va O’rta ta'lim o’quv yurtlari uchun darsliklar yozishda faol katnashdi va ularning tahririyatida rahnomolik qildi.52
____________________________________________________
A.Nabiyev, Tarixiy o’lkashunoslik T. 1996-y.
II-bob O’zbekiston tarixini o’qitishda o’quvchilarga Y. G’ulomovni tanishtirmay arxeologik materiallardan foydalanishning ta’lim tarbiyaviy ahamiyati.
Qadimshunosning o’chmas izlari Darsda o’quvchilarga Y.G’ulomovni tanishtirish.
Taniqli arxeologiya mutahassisi, qadimgi O’zbekiston tarixchisi Yahyo G’ulomovich G’ulomov 1908 yil 1 may kuni Toshkent shahrining SHayhontahur dahasidagi Oqmachit mahallasida madrasa mudarrisi oilasida dunyoga keldi. Bo’lajak arheolog olimning otalari G’ulomhon mahsum usha vaqtlarda Toshkentning mashhur Huja Ahror madrasasida mudarrislik vazifasini utar edi. Onalari esa maktabdor edi. Ota va onalarining savodhonligi, hususan volidalari Sorahon otinning maktabdorligi tufayli YA.G’ulomov, «Savodi ibtido»ni oilada olgan edilar. Shu boisdan bo’lsa kerak, bolalik chog’lari tug’risida so’z yuritganlarida YA.G'ulomov «Ustozi avvalimdir volidam, hisobi «abjat» savodida» degan satrlarni bayon etgan edilar.53
1919 yil otasining vafotidan so’ng o’z o’qituvchisi onasining maxsus qizlar maktabida ta’lim ol1921 yil bolalar internat uyida tarbiyalandi. A’lo baholar bilan o’qib, maktabni bitirgandan so’ng YAxyo G’ulomov avval Toshkentda O’zbek ta’lim institutida 1923-1926 yillar ta’lim oldi. So’ng Samarqandga yo’l oladi. Usha paytlar Samarqand poytaxt edi. Samarqandda ochilgan o’zbek davlat pedagogik akademiyasida 1927-1930 yillarda bilim oldi. U O’zbek davlat pedagogik akademiyasining ijtimoiy iqtisodiy bo’limini tomomladi. Akademiyada Abdurauf Fitrat, Bo’lat Soliev, Muso Saidjonov, Vasiliy Vyatkin va boshka o’z davrining bilimdan olimlaridan saboq oldi. Ayniksa professor Po’lat Solievning «Markaziy Osiyo tarixi» bo’yicha o’qigan ma’ruzalari qadimgi va o’rta asr mualliflarining asarlaridan, sharq qo’lyozmalaridan olingan boy ma’lumotlar asosida tuzilgan bo’lib YA.G’ulomov uchun qadimgi Turon, Ulug’ Turkiston xalklari tarixidan berilgan dastlabki ilmiy bilimlar edi.
Buyuk Turkistonning qadimgi tarixiga bo’lgan qiziqish YA.G’ulomovni usha paytlarda Samarqandda arxeologik qarashlari bilan shuxrat topgan sharqshunos olim va o’lkashunos arxeolog Vasiliy Vyatkin bilan yaqinlashtirdi.
Vasiliy Vyatkin o’zbek, tojik va fors tillarini yaxshilab bilar edi. Olim XV-XVI asrlarda vayron bo’lib, tepa shaklini olgan Ulug’bekning mashxur rasadxonasi o’rnini aniqlab izlab topgan va uni qazib o’rgangan edi.
U «Musulmon sharqi tarixi» kursi bo’yicha leksiyalar o’qirdi. U Samarqandda tarixiy yodgorliklarni salash qumitasining raisi edi.
Usha yillarda YA.G’ulomov, Vasiliy Vyatkindan arxeologiya bo’yicha dastlabki saboqlar oldi va uning Afrosiyobda olib borayotgan qazish ishlari bilan tanishdi. Xullas, Samarqandda O’zbekpedakademiyasidagi taxsil YA.G’ulomovning kelajakda tarixshunos va arxeolog bo’lib yetishishida asos bo’ldi. Bu davrda rus «Turkiston arxeologiya xavaskorlari» faoliyati, Rusiya arxeologiya jamiyatining ilmiy tuplamlarini sinchiklab o’rganadi.54
«Ma’ruzalar, kabinetdagi suhbatlar, muzey, Afrosiyob va turli tarixiy joylarga qayta-qayta birga borishimiz natijasida Vasiliy Vyatkin meni o’z yo’liga sola oldi, biroq mendagi bu burilish ancha kechikib bo’ldi, chunki 1931 yilda men Vasiliy Vyatkindan ajrab Toshkentga qaytdim va ustozimni qayta ko’ra olmadim»^deb xotirlagan edi. YA.G’ulomov Samarqand saboqlarini.
Samarqand taxsili tugab mustaqil ilmiy tadqiqotlar davri boshlandi. Bu davrda O’zbekiston Xalk Komissarlari kengashi huzurida tarixiy yodgorliklarni saqlash va ilmiy o’rganish respublika qo’mitasi - «O’zkomstaris» tashkil etilib, unga arxetektura yodgorliklarini saqlash bilan bir qatorda, O’zbekistonda arxeologik tadqiqotlar olib borish ishi ham yuklatilgan edi. 1933 yilda YA.G’ulomov shu qumitaga, avval ilmiy xodim, so’ngra uning ilmiy kotibi qilib tayinladi.
YA.G’ulomov Samarqand, Buxoro, Xiva, SHaxrisabz, Termiz va Toshkentdagi nodir me’moriy obidalarni saqlash va ularni urganish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan birga arxeologik ekspeditsiyalarda ham qatnashdi. Ilk bor u 1933 yilda M.E.Masson raxbarligida Termiz, 1934 yilda esa A.YU.YAkubovskiy raxbarligidagi davlat Ermitoji va «Uzkomstaris» tomonidan uyushtirilgan Zarafshon ekspeditsiyasida qatnashdi. Bu davrda YA.G’ulomov dala sharoitida arxeologik qidiruv ishlarini tashkil etish, qayd etilgan yodgorliklar ustida dastlabki tadqiqotlar o’tkazish buyicha salmoqli tajriba orttirdi.
Mustaqil arxeologik tadqiqotlarni YA.G’ulomov ilk bor 1936 yilda qadimgi Xorazm yerlarida xavaskor arxeolog do’sti Turdi Mirgiyosov bilan birgalikda boshladi. 1937 yilda uning guruhida arxeolog A.I.Terenojkin va arxetektor B.N.Zasipkinlar jalb etildi.
Qadimgi Xorazm yerlarida saqlanib qolgan son-sanoqsiz arxeologik yodgorliklar, bu ko’hna o’lkani qachonlardir obihayot bilan ta’min etgan ko’hna sug’orish tarmoqlarining quruq uzanlari va atrofda saqlanib yotgan turli- tuman arxeologik topilmalarni o’rganar ekan. YA.G’ulomov xo’jalikning asosi hisoblangan sug’orish tarixi bilan jiddiy shug’ullanishni bosh masala deb bilgan edi. CHunki markaziy osiyoning qadimgi madaniyat maskanlaridan biri hisoblangan. Xorazmning o’zlashtirib obod etish tarixi , qadimgi madaniyati va bu o’lka aholisining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan bog’lik bo’lgan qator masalalarga aniqlik kiritish uchun Xorazmning sug’orilish tarixini bosqichma-bosqich sinchiklab o’rganish lozim edi. Buning uchun katta kuch bilan keng ko’lamdagi tadqiqotlarni amalga oshirish zarur edi.55
Do'stlaringiz bilan baham: |