Kirish: Mavzuning dolzabligi va zamonaviyligi



Download 184,95 Kb.
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi184,95 Kb.
#267136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kirish

Tadqiqotning vazifalari:

Vatanimiz tarixining ibtidoiy jamoa to’zumi, quldorlik va feodalizm davrlarini o'rganishda arxeologiya materiallari qator vazifalarni bajaradi.

“Darsda keltirilgan arxeologiya materiallari dars mavzusiga aniqlik kiritib, uni yanada to'ldirish, bilan birga mamlakat tarixini o'rganishda dastlabki tarixiy manba sifatida muhim o’rin tutadi. Arxeologiya materiallarining yana bir hususiyati-ko'rsatmalilik prinsipini amalga oshirishdir”4

O’quvchilarning o’zoq o’tmishni yanada yaxshi bilib olishlari va tushunishlari uchun sinfdan tashqari ishlarda arxeologiya materiallaridan foydalanish juda zarurdir. Buning uchun maktabda arxeologiya tugaragi tashkil etish, mo’zey va arxeologiya yodgorliklari buylab sayohatlar uyushtirish, o'quvchilarning arxeologiya ekspeditsiyasi ishlarida ishtirok etishlari, maktabda tarixshunoslik, o'lkashunoslik mo’zeyi yoki arxeologiya burchagi tashkil etish lozim.»5

Ko'rinib turibdiki. maktabda tarix o’qitishni arxeologiya fani yutuqlari bilan chambarchas bog’liq aloqada tashkil etish mumkin ekan. Buni arxeologiya fanining keyingi o’n yillikdagi rivoji ham taqozo etmoqda. Ayniksa, O’zbekistonda so'ngi 30-40 yil ichida ko'pgina yirik arxeologiya yodgorliklari o'rganilib, o’tmishimizning qorong’i sahifalari yoritilmoqda.

Lekin ming afsus bilan shuni ta'kidlash lozimki, Ko’pchilikning tarix va madaniyat sohasidagi savodsizligi tufayli son-sanoqsiz yodgorliklari bo’zildi, anchasi umuman yuqolib ketdi. Masalan: rasmiy ma'lumotlarga ko’ra1950- yillar boshlaridan 80-yillar ohirigacha bo'lgan davr ichida O’zbekistonda 20 mingga yaqin tarixiy yodgorliklar yuqolib ketgan, hamda 2,5 ming yangi topilgan yodgorlik davlat himoyasiga olinmagan.6

Buzilib ketgan qadimiy yodgorliklarning ko’pchiligi yangi qurilish ishlari olib borilayotgan maydonlar va dehqonchilik maqsadida o’zlashtirilayotgan yerlarda joylashgan. Agar shu sohada ishlayotgan oddiy ishchidan totib qurilish boshlig’igacha o’tmish yodgorliklarining ahamiyatini tushunib, qadr-qimmatini bilganda edi, ahvol bu darajagacha yetmas edi. Ana shunda har-bir shaxs o’z xalqining tarixi va madaniyatiga oid har bir buyumni, har bir tarixiy yodgorlikni e'zozlagan bo’lardi.

O’tmishni bilib e'zozlovchi shaxs voyaga yetishi uchun aholi orasida tegishli tarbiyaviy ishlar olib borilishi kerak. Ana shunday tarbiya uchoqlarning asosiysi - maktabdir. Shu sababli maktabda o’lkashunoslikka e'tiborni kuchaytirish lozim. Tarixiy o’lkashunoslik manbalaridan biri arxeologiyadir, ya'ni tarix o’qitishda arxeologiya materiallaridan foydalanish o’lka tarixi va madaniyatini o'rganishning vositasidir.7

Ammo respublikamiz maktablarida arxeologiya materiallaridan foydalanishga yetarli e'tibor berilayapti deb bo’lmaydi. Buning bir qator sabablari orasida shu vaqtgacha o’qitilmaganligini ham qayd etish lozim.

Mustaqillik siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda yangi vazifalarni kun tartibiga quydi. Jumladan xalqimizning ko’p asrlik haqqoniy tarixini yaratish ham dolzarb muammolardan biridir. Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi.8 Endilikda paydo bo’lgan imkoniyatlardan foydalangan holda va O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning yuqorida zikr etilgan ko’rsatmalariga rioya qilib; tariximiz sahifalarini, to'g’ri va yorqin yoritilmokda, olimlar bu borada turli sohalarda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Shuni yuksak fahr bilan ta'kidlash lozimki, sobiq sovet to’zumi davridayoq o’zligimizni anglashga, tariximizga aniqliklar kiritishga, o’z tarixini, madaniyati va ma'naviyatini qadrlashga intilgan va shunday baxtga musharraf bo’lgan ulug’ inson faoliyat ko’rsatgan. Bu tarix fanlari doktori, professor, akademik Yahyo G’ulomovich G’ulomovdir.

O’zbekiston tarixi yangidan talqin etilayotgan bir paytda barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish kabi uta sharafli vazifa davlat dasturi darajasida kutarilgan zamonda YA.G’ulomovga uhshagan jonkuyar murabbiylar, I.A.Karimov so’zi bilan aytganda «dovyurak, zamonaviy fikrlaydigan olimlar yetishmaydi.9 YA.G’ulomovdekadolatni hamma narsadan ustun bilgan vatanparvar olimning hayoti va ular tomonidan yaratilgan ilmiy faoliyat bizga ibrat maktabi bo'lmog’i lozim.10




Download 184,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish