Kirish: Mavzuning dolzabligi va zamonaviyligi



Download 184,95 Kb.
bet6/10
Sana31.12.2021
Hajmi184,95 Kb.
#267136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kirish

НСТИТ^а 14€То)ш14 А1\^УЗ.Лч1. ПИСЙМ€^

1937 yilning kuzida sobiq ittifoq Fanlar akademiyasi qoshida Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi tashkil etildi. Unga S.P.Tolstov raxbar etib, O’zbekiston Fanlar qumitasidan YA.G’ulomov unga yordamchi qilib tayinlandi. Usha yildan boshlab YA.G’ulomov Xorazm arxeologiyasini chuqurroq tadqiq etishga kirishadi. Dastavval u boy materiallar asosida «Xiva va uning yodgorliklari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. So’ngra u ilmiy izlanishlarni keng ko’lamda davom ettirib, Amudaryo etaklarida sun’iy sug’orishning vujudga kelishi va uning rivojlanish tarixini o’rganishga kirishdi. Xorazm ekspeditsiyasining keng qo’lamli izlanishlarida faol qatnashdi.

Ko’p yillik arxeologik tadqiqotlar, Sharq qo’lyozma asarlar taxlili asosida Xorazmning 4-4,5 ming yillik ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini tuliq aks ettirgan yirik ilmiy ish yuzaga keladi. Bu tadqiqot YA.G’ulomovning «Xorazmning sug’orilish tarixi» mavzusida 1950 yili yoqlangan doktorlik dissertatsiyasining asosini tashkil etdi. Olim bu ilmiy ishda Xorazm arxeologik ekspeditsiya tadqiqotlari natijalaridan keng foydalandi.56

1957-1959 yillarda rus va tillarida nashr etilgan YA.G’ulomovning «Xorazmning sug’orilish tarixi» nomli asarida Xorazmning 3,5 ming yildan oshiqroq davrini o’z ichiga olgan sug’orilish tarixi davrma-davr talqin etilgan. YA.G’ulomov Amudaryo etaklari havzasining arxeologik yodgorliklarini sinchiklab tekshirib chikish asosida delta irmoqlarining toshqin suvlaridan hosil bo’lgan limanlarda57 sugorma dehqonchilikning paydo bo’lishi jarayonini juda jonli tasvirlangan. Uning yozishicha, toshqinlarning tasodifiy va beqarorligi tufayli Xorazmning ibtidoiy dehqonlari ularga batamom tobe bo’lib, har faslda doimo qo’lay ko’lmaklar axtarib toshqinlar orasidan kuchib yurgan. Dehqonchilikning kuchma xarakterda bo’lishi sababli Xorazmning ibtidoiy dehqonlari toshqinlardan hosil bo’lgan ko’lmak va irmoqlar buyida yarim ertula shaklida qurilagn engil-elpi chaylalarda yashagan. Ular kurg’onli qishloqlar bino qilishni ham bilmaganlar.58

Xorazmning qadimgi sug’orilgan yerlarida topib tekshirilgan ulkan kolvalar hamda yirik sug’orish tarmoqlari esa miloddan avvalgi 1 ming yillikning o’rtalarida Xorazmda sodir bo’lgan ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarning taraqqiyoti bilan chambarchas bog’lik bo’lgan. YA.G’ulomovning fikricha, mustabid podsholiklar tashkil topishi yirik sug’orish sistemalarini barpo etishda xal etuvchi omillardan biri bo’lgan. U magestral kanallar kqurishga, dambalar ko’tarishga va turli tuman suv inshoatlarini yaratishga aholini safarbar etib, hasharlar uyushtirgan.

«Xorazmning sug’orilish tarixi» kitobida muallif vohaning irrigatsiya texnikasi va suv xujaligi masalalariga katta urin beradi. Unda antik davrning nihoyatda keng va sayoz toshqin kanallaridan to o’rta asrlarning ko’p tarmoqli sug’orish sistemalarigacha xamda navardlardan qurilgan tug’onlardan to chikirlargacha Xorazm irrigatsiya texnikasining tarixiy taraqqiyoti batafsil tasvirlangan.

YA.G’ulomov Xorazm vohasi suv xujaligini tartibli saqlab turishda xashar ishlarining ahamiyati haqida tuxtar ekan, sugorma sharqning barcha mamlakatlarida bo’lganidek utmishda Xorazm xam sug’orish inshoatlari xukmron tabaqa qo’lida mehnatkash dehqon aholisini ezish kurash bo’lib xizmat qilganini alohida ta’kidlab utadi. «Xorazm tarixida ko’pdan-ko’p ma’lumotlar borki,-deb yozadi YA.G’ulomov,-bu faktlar suv tarmoqlarining zurlik quroliga, kuchlilarning kuchsizlar ustidan xukmronlik qilish kurashga aylanganligi ko’rsatadi».59

Irrigatsiyaning rivojlanishi va inqirozga yuz tutishi masalalarida o’troq dehqon va ko’chmanchi chorvadorlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning ahamiyati tugrisidagi YA.G’ulomovning fikrlari, ayniksa diqqatga sazovardir. «Bu dehqonchilik aholisi esa fakat voha bilan cho’l bir- biri bilan yaqindan aloqa bog’lab qudratli davlat tuzgan holdagina rivojlana olgan, irrigatsiyani kengaytira olgan, vohani himoya qilishga qodir bo’lgan shaharlar ko’ra olgan» deb yozadi u.60

YA.G’ulomovning «Xorazmning sug’orilishi tarixi» asari, jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi. Davlat Ermitajining direktori, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi, mehnat qahramoni B.B.Piotrovskiy «YAxyo G’ulomovning O’rta Osiyoning xo’jalik hayotining asosi hisoblangan sug’orish sohasidagi tadqiqotlari haqiqatdan ham nihoyatda buyukdir» 61deb yozgan edi. Uning tadqiqotlariga sanktpeterburglik mashxur olim tomonidan berilgan bu yuksak baho avvalo tarix va arxeologiya sida YA.G’ulomovning yirik olim sifatida e’tirof etilishini, qolaversa o’zbek arxeologiyasining o’lkan yutugini ko’rsatar edi. Bu yutuq shubxasiz, uzoq yillar davomida olib borilgan tinimsiz fidokorona mehnatning va hayotda orttirgan ulkan tajribalarning samarasi edi. 2.3. Maktabda larga YAxyo G’ulomovni tanishtirish

Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasining barcha sohalarida sayi harakatlari eski sobiq ittifoqdan me’ros bo’lib qolgan jamiyat barcha tarmoqlarini isloh qilish, yangilashdan iborat bo’ldi. Boshqaruv tizimi tomonidan boshlangan bu islohatlardan ta’lim sohasi xam chetda qolmadi. Bir qolipdagi eski o’qitish uslubi jiddiy tus bilan rivojlanayotgan jamiyat talablariga javob bermasdan, jaxon andozalariga mos kelmas edi. Qilinishi lozim bo’lgan ishlar davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.

1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim tug’risidagi qonun» va uni boshqarish yuzasidan qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim sohasidagi islohatlar yunalishini bosqichli ravishda aniq ko’rsatib, kafolatlab berdi.62Qonunda ko’rsatilganidek Davlat Ta’lim Standartlari asosida darsliklar nashr etila boshladi. Bu darsliklar tuzilishiga kura o’z mazmuni va lundaligi bilan ajralib, dunyoqarashini va bilimi boyishi uchun juda qulay bo’lib, nashr etilganligi bilan ajralib turadi. Davlat ta’lim standartlari asosida 2016 yil Toshkentda nashr etilgan “tarixdan hikoyalar” O’zbekiston ibtidoiy davr tarixi yoritilgan. SHu darsliklarda O’zbekistonda Bronza davri yodgorliklarini urganishda buyuk tarixchi, arxeolog olim YA.G’ulomovning xizmati haqida xam tuxtalib utilgan. Darsliklarda aloxida mavzu qilib keltirilmagan bo’lsada 1 soatlik darsni DTS asosida YA.G’ulomov faoliyati haqida yoritish mumkin. O’zbekiston arxeologiyasi jumladan, Xorazmning sug’orilish tarixi haqida Xorazm arxeologiyasi va arxeologik topilmasi xususida ko’plab tadqiqot ishlari olib borilgan YA.G’ulomovning O’zbekiston tarixida tutgan urni haqida dars utish usulini pedagogik amaliyotida bo’lgan vaqtimda bir necha bor sinab utdim va uzim uchun shu mavzuni o’qishga qo’llay deb quyidagi uslub va o’qitish usullarini lozim topdim.

Avvalo mavzuni yoritishning nazariy tomoniga bir tuxtalsak.

Ma’lumki ta’lim sohasidagi muxim masalalardan biri «o’qituvchi- ta’lim - o’qituvchi» tizimidagi , ta’lim va o’qituvchi mavqie va ularning uzaro munosabatlarida davlat ta’lim standarti o’qituvchi va lar munosabatlarini ta’momila boshqa usulda yulga quyishni talab etadi. «O’qituvchi-ta’lim-» tizimida o’qituvchi asosiy xarakatlantiruvchi kuch. Ta’lim jarayonining sub’ekti bo’lishi kerak, ya’ni o’qish, urganish, bilim, berishda muloxaza qilish zimmasiga utishi kerak. O’qituvchining vazifasi esa o’qtirishdan o’qishni urganishga, bilim berishdan o’qituvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga kumaklashishdan iborat bo’lishi kerak. U o’qituvchida extiyoj tug’dirish muxit

_______________________________________________

63«Ta’lim tug‘risidagi qonun». Xalq suzi 1997 yil

yaratishi va uni ma’suliyatini xis qilishga uylantirish kerak1.

Xar bir dars oldida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvich, ya’ni bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan uch yoqlama maqsadlar yotadi. Darsni tashkil qilish shakli larning uzaro aloqalariga bog’liq bo’lib, bunda u maqsadlarga, o’quv materiallari xususiyatlariga, ta’lim metodlariga va o’quv imkoniyatlariga bog’liq. Bunga erishish uchun o’qituvchi raxnomoligida lar bilan birga xarakat qiladi. Xuddi shu jarayonni didaktikada «o’quv jarayoni» deyiladi. O’quv jarayonining tarkibi uch qismdan: motivatsiya, boshqarish faoliyati, bilish faoliyatidan iborat deb qaraladi. O’quv jarayoni bunday yangicha qarashning tub moxiyati, shundan iboratki, o’qitishda motevatsiyadan (diqqatni tortish, ichki tuyg’u, istak, zaruriyatni shakllantirish) kelib chikishi kerak.

O’quv jarayonida asosiy xarakatlantiruvchi kuch uchun xam ichki motivatsiya bo’lishi kerak. larda bilim olishga extiyoj bo’lishi, o’qish maqsadlari ichki zaruriyatga aylanishi kerak.63

O’quvchi real hayotga kirib borishi, unda faol ishtirok etish uchun bilim, kunikma va malakalar bilan birga, ilmiy metodlarga ega bo’lish kerakligini ongli ravishda tushunib yetishi zarur. CHunki ochiq jamiyatning asosiy belgisi bu dunyoni anglab yetish va undan o’zining munosib urnini topishi uchun erishishga izlanishdir.

O’quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur uzlashtirishni, zarur malaka va kunikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni, tafakkur va bog’lanishni, nutqni, xotira va ijodkorlikni tasavvurni tarbiyalashga imkoniyat beruvchi didaktik prinsip bu - ta’limdagi faollikdir. Faollik mezonlari onglilik prinsipi bilan bevosita aloqador. CHunki faollik bor joyda onglilik bo’ladi. Pedagogik texnalogiya, o’quvchilar qay tarzda, qanday usullar bilan o’qitilsa, natija samarali bo’ladi, degan savolga javob beradi. U uzining muayyan tizimiga ega. Bo’lib, bunda komponentlarning ketma ketligi, uzaro bog’liqligi, bir butunligi saqlanadi. Pedagogik texnalogiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta’lim jarayonini rivojlantirish, taxlil qilish, natijalash, tuzatish va uzgartirishlar, kiritish imkoniyatlari mavjud. Bunda ta’limdan kutilgan natijaga erishiladi, vaqt tejaladi. Bu esa pedagogik texnalogiyaning samarasi demakdir.

Pedagogik texnalogiyaning jamlangan modeli boshqa pedagoglar qo’llaganda xam xuddi ushanday samara berishi kerakligini bildiradi. Bir suz bilan aytganda ta’lim jarayoniga yangicha yondoshib ijodkorlik, bunyodkorlik tadbiq etishsagina ta’lim samarasi yangi bosqichga ko’tariladi4, bu ya’ni:

  • bolaning talabi, moyilligi, istak xoxishi, uning imkoniyatlari,

Yuldoshev. Ta’lim yangilanish yulida. T.O‘kituvchi. 2000 y. 46-bet

darajasida kondiriladi.

  • o’quvchining o’quv mehnatiga ma’suliyatli javobgarligi oshadi;

  • bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;

  • o’quvchida uz bilimining uzi boyitishga ishonch paydo bo’ladi;

  • shaxsning jamiyatda uz urnini tezroq topib olish uchun muxit yaratiladi.

YAngi pedagogik texnalogiyada darsda o’quvchilar faolligini oshiruvchi uslublarni - boshqacha manaviy dars utish usullari deb xam ataladi. Bu usullar maktab pedagogikasida yangilik emas. Ulardan oldinlari xam o’qituvchilar muvaffakiyatli foydalanib kelishgan. Bu usullarga oldinlari kamrok e’tibor berilgan bo’lsa, xozirgi paytda bunday usullar butun dunyoda o’qitilishining eng ilg’or samarali uslublari sifatida tan olingan.

Statistik ma’lumotlarga kura kishi biror mavzudagi ma’lumotni eshitganda uning bor yug’i 10-20% ni eslab qolar ekan. Agar kishi bu mavzu haqida shu mavzuga oid kurgazmali materiallarni kurganda esa 30-50% ni yodda saqlab qolar ekan. Agar kishi mazkur mavzu haqida eshitib uz fikrini boshka birovga aytsa mavzuga oid amaliy mashg’ulotni bajarsa yoki birovga tushuntirsa, bu mavzu haqidagi ma’lumotning 60-90% gacha bo’lgan qismi xotirada qoladi.64

Kurib turganimizdek dars noan’anaviy, faollashtiruvchi uslublar asosida utilganda, o’quvchilarning dars materiallarini uzlashtirish darajasi yuqori bo’ladi.

SHu bois oxirgi paytlarda aynan o’quvchilar faolligini oshiruvchi usullarni dars jarayonida qo’llashga katta e’tibor bermoqda.

Bundan zinxor hamma vaqt kur-kurona bu uslublarni bir varakayiga qo’llash kerak ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Xar bir usul uz urnida ishlatilgandagina kutilgan natijaga olib keladi.

O’qitishning bu usullar tarkibiga quyidagilarni tavsiya qilish mumkin.

Amaliy mashq – o’tilgan nazariy bilimlarni mustaxkamlashga qaratilgan va ma’lum amaliy kunikmalarga ega bo’lish maqsadida nazariy bilimlarni amaliy masalalarga tadbiq etish;

Mayda guruxlarda ishlash o’quvchilarni 3-5 tadan guruxlarga bo’lib ma’lum muammoning yechimini topishga xarakat qiladi;

Rolli ustunlar - bunda mavzu buyicha kerakli lavxalar o’quvchilar tomonidan saxna kurinishi tarzda ijro etiladi;

Juft-juft muloqat - biron mavzu buyicha yonma-yon utirgan o’quvchilarni muloqatga chorlash;

Men o’qituvchi – o’quvchilardan biriga boshqaruvni ma’lum vaqtga berish;

«Qarshi», «Rozi», «Betaraf» - biror muammo buyicha o’quvchining fikrini bilishga munozaralarni tenglash ularning yutuqlarini

_______________________________________________

5l.Qiyomova. pedagogik maxorat haqida T.Ta’lim taraqqiyoti. 2016-y 4-bet

ragbatlantirish;

«Aqliy xujum» - ijodiy ishga, o’zaro muloqatga chorlash. Masalan: mavzu buyicha eng zarur muammolar buyicha o’quvchilar fikr yuritishlariga ularni undash konkurslar - utilgan mavzu buyicha olgan bilimlarni baxolash buyicha utkaziladigan butun sinf o’quvchilari o’rtasidagi savol-javob:

Mustaqil ish vaqti vaqti bilan o’quvchilar mustaqil urgangan kunikmalarni mustaxkamlagan ijodiy ish lug’at bilan ishlash - mavzu buyicha kiritilgan tayanch tushunchalarni izonlash;

Konferensiya - oraliq nazorati birinchi tur asosiy chorak va yil davomida mustaqil yozilgan mavzuga taqdimoti;

Xar bir dars jarayonida yuqoridagi usullar qo’llanilib boriladi. Darsning bir soatlik umumiy kurinishi esa yuqoridagilarni xisobga olgan xolda quyidagilardagi tarzda utiladi.

YA.G’ulomov yirik tarixchi arxeolog olim mavzusini ko’plab utishi usullarini orasidan quyidagi asosda rejalashtirib utishni o’zim uchun maqul topdim.

Darsni loyixalash bosqichi orqali quyidagicha o’tishni samarali deb bildim.

  1. darsining mavzusi: «YAxyo G’ulomov yirik tarixchi arxeolog olim»

  2. darsning maqsadi o’quvchilarning quyidagi bilim, kunikma va malakalarini egallashlariga erishish.

  1. Tarbiyaviy sohada YA.G’ulomovning yoshlik yillari, shunday bir qiyin sharoitda bilim olish uchun tinimsiz izlanishlari. Tarixiy sharoitda sobiq ittifoq davridagi milliy zulm ya’ni xar-qanday tarixiy asar yoki uz tarixini tadqiq etishi millatchilik deb boxalanayotgan bir paytda YA.G’ulomovning shu zamin va xalq o’tmishi haqida izlanishlar olib borishi, uning yashagan davrini bugungi mustaqillik sharoitida tariximizni o’rganishga bo’lgan xarakatining xukumat raxnomaligida olib borilayotgan xolati bilan solishtirish;

B) Ta’limiy sohada: YA.G’ulomovning O’zbekiston arxeologiyasida qushgan xissasi, u ijod qilgan davr, olimning izlanishlari mashxur asarlari, O’zbekiston tarixining yangi bosqichga ko’tarilishi va xakozolar;

  1. o’quvchilarga mustaqil ishlari uchun tavsiya etiladigan ilmiy tarixiy adabiyotlar: «Xorazmning sug’orilish tarixi», «Toshkent tarixiy toponimikasi».

G) Takomillashuvga yunaltiruvchi ta’lim: olingan bilimlarni taxlil qilish va uni yangi mavzuga bog’lash.

  1. Rivojlantiruvchi ta’lim, ya’ni darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushuncha, tamoyillar va atamalar:

YA.G’ulomov 1908 yil 1 mayda Toshkent shaxrining SHayxontaxur daxasidagi Oqmachit maxallasida mudarris oilasida dunyoga keldi. Dastlabki ta’limni onasidan olgan YA.G’ulomov yerlar maktabini bitirgach, Toshkentdagi o’zbek ta’lim institutida (1923-1926), Samarqanddagi pedagogika akademiyasida (1927-1930) yillar taxsil oldi. Samarqand akademiyasida taxsil olayotgan yosh olim A.Soliyev, V.L.Vyatkin, A.Fitrat, S.P.Tolstovlarning nazoratiga tushdi.

1937 yil kuzida Sobiq ittifoq fanlar akademiyasi qoshida Xorazm Arxeologiya - ekspeditsiyasi tashkil etildi. Unga S.P.Tolstov raxbar etib, O’zbekiston fanlar akademiyasi qumitasidan YA.G’ulomov unga yordamchi qilib tayinlanadi. O’sha yildan boshlab YA.G’ulomovXorazm arxeologiyasini chuqurroq tadqiq etishga kirishdi. Dastavval u boy materiallar asosida «Xiva, uning yodgorliklari» nomzodlik desertatsiyasini yoqladi. Sungra u ilmiy izlanishlarni keng ko’lamda davom ettirib, Amudaryo etaklarida sun’iy sug’orishning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi tarixini urganishga kirishdi1.

1950 yilda olim «Xorazmning sug’orilishi tarixi» mavzusida doktorlik ishini ximoya qildi.

1957-1959 yillarda bu ishi kitob xolida rus xamda o’zbek tillarida nashr etildi. Xorazmning 3,5 ming yildan oshiqroq davri uz ichiga olgan sug’orilish tarixi davrma-davr talqin etilgan. Bu asarda Amudaryo etaklarida sug’orma madaniyat ilk va shaxar yuzlik madaniyati haqida tuliq ashyoviy manbalar keltirilgan. Bu asar jamoatchilik tomonidan yuqori baxolandi.

  1. Mavzuga oid muxim atama va tushunchalar: Xuja Axror madrasasi, mudarris, Vyatkin, Xorazm Arxeologik-ekspeditsiyasi, Xiva, irrigatsiya, dehqonchilik vohasi.

  2. Dars uchun jixoz va va ma’lumot manbalari: YAxyo G’ulomov portreti, olimning «Xorazm sug’orilishi tarixi» asari, O’zbekiston tarixi ibtidoiy arxeologiyasi xaritasi, Xorazm arxeologiya manzillari toponomikasi, O’zbekiston Respublikasining siyosiy xaritasi, arxeologik topilmalar, plakatlar, tarqatma materiallar.

Dars sifatini oshirish uchun, o’zlashtirish jarayonining eng yuqori cho’qqisiga erishish uchun o’quvchilar noan’anaviy usulda quyidagicha joylashtiriladi:

Ma’ruza uchun an’anaviy joylashuv:


10

13

19

16

3

7

20

11

14

17

8

12

21

15

18

1

6




Obshestvenniy pao’qi v O’zbekistane. 1998 god. №4-5 YA.Gulamov ilmiy faoliyati asosiy yunalishlari A.R.Muxammadjono

Baxs - munozara uchun muljallangan joylashuv:


8

10

12

14

16

18

20

22

23

21

11

13

19

24

15

17



Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti quyidagicha bo’linadi:

  1. Dars bosqichlari:

  1. Tashkiliy qism: a) Salomlashish

b) davomat

  1. Utgan dars buyicha o’quvchilarning bilim va kunikmalarini aniqlash - surash - munozara

  2. YAngi mavzuni boshlashga xozirlik

  3. YAngi mavzuni yoritish

  4. YAngi mavzuni mustaxkamlash

  5. Darsga yakun yasash va baxolash, ragbatlantirish yoki taxlil qilish.

  6. Uyga vazifa 94-96 betlar

  1. Vaqt taqsimoti quyidagicha bo’linadi. SHundagina rejalashtirilgan maqsadga erishish mumkin. Tashkiliy qism 3-5 minut utilgan dars munozarasi - surash 12 minut. Utgan darsni mustaxkamlash va uni mavzuga bog’lash 4 minut.

YAngi mavzu buyicha kerakli ma’ruza va ko’rsatmalar, yangi mavzuni yoritish - 16 minut. YAngi mavzuni yakunlash - 3-minut. O’quvchilardan faollarini rag’batlantirish yoki kerakli tanqidiy fikrlarni berish, xulosa 3 minut.

Uyga vazifa: 94-96 bet-2minut.

Xayrlashuv

Taksimlanish 45-minutlik dars bo’ladigan. Maktablar uchun xos. YUqoridagi asosda «YAxyo G’ulomov yirik tarixchi arxeolog olim» mavzusini yoritganimizda dars sifatli va samarali bo’ladi. Buni pedagogik amaliyotda sinab kurdim va dars rejalashtirilgan maqsadga erishildi, ya’ni o’quvchilar biz kutgan natijaga erisha oldi.

Tarix darslarida

Arxeologiya materiallaridan foydalanishning ta’lim -tarbiyaviy ahamiyati

Arxeologiya materiallaridan tarix darsida va sinfdan tashqari ishlarda foydalanish quyidagi vazifalarni bajarishga yordam beradi: birinchidan, o’quvchilar bilimiga yanada aniqlik kiritib, mazmunan boyitadi, ikkinchidan, o’lkaning utmishini chuqurroq urganishga imkon beradi, uchinchidan, darsda aloxida mavzularni urganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi, turtinchidan, ko’rsatmalilik vositasi sifatida xizmat kiladi.

Arxeologoya materiallarining mazkur vazifalari ustida qisqacha tuxtalib o’tmoqchiman.

Tarix o’qitishda arxeologiya materiallarining jalb qilishi o’quvchilarning ibtidoiy odamlar mashg’uloti, ularning mehnat qurollari, ibtidoiy jamoa tuzumidan qo’ldorlikka utish jarayoni, qo’ldorlik va ilk feodalizm davrlaridagi madaniyat, san’at me’morchilik, xalqning turmushi haqidagi bilimlarining yanada aniqroq va mustaxkamroq bo’lishiga kumaklashadi. Kichik bir misolga murojaat qilaman. 6-sinfda «Jaxon tarixi» darsida Troya haqida suz yuritganda, Troya xarobalarining topilishi tarixi va u erda olib borilgan qazishmalar haqida gapirib, shunga oid rasmlar ko’rsatilsa, dars yanada boyiydi. Bunda o’quvchilarning aniq bir voqea haqidagi bilimi kengayib, darsda keltirilgan ma’lumotlar darslikning asosiy materiallarini tuldirishga imkon beradi.

Arxeologiya o’lka o’tmishini o’rganishning muxim manba sifatida yoshlarga ularni urab olgan atrof-muxit tarixini aniq material yordamida chuqur o’rganishlariga imkon berdi.

O’lkashunoslik o’quvchilarga darsda olgan bilimlarini hayot bilan bog’lashga, dars materiallarini mustaxkamlashga kumaklashadi, ularning dunyoqarashini kengaytiradi.

Vatanni anglamoq, Vatanni sevmoq - bo’lar muxim tushunchalar bo’lib qolmasligi uchun yoshlarga eng yaqin bo’lgan jonajon o’lkani, ya’ni ular yashab turgan kucha, qishloq, shaxar viloyatni urganish va sevishga sharoit yaratib berishimiz kerak, buning uchun tarixiy o’lkashunoslikka keng yul ochish, uning manbalaridan biri bo’lgan arxeologiya materiallaridan dars va sinfdan tashqari ishlarda foydalanishga e’tiborni kuchaytirish zarur.

Arxeologiya materiallaridan darsda o’lkashunoslik manbai sifatida foydalanilganda o’quvchilarga faqat o’lka tarixini o’rgatish bilan chegaranmaslik kerak. Mazkur materiallar respublika va xamdustlik davlatlari tarixini ko’pgina masalalari moxiyatini oydinlashtirishga, mavzuni kengroq o’rganishga yordam beradi.

Arxeologiya materiallarining kumakchi roli shundaki, ular respublika yoki xamdustlik davlatlari taraqqiyoti qonuniyatlarini o’lkaning aniq dalillari orqali yanada yorqinroq aks ettirishga, ularning rivojlanishidagi umumiy belgilarni va uziga xos xususiyatlarni ko’rsatishga imkon yaratadi.

Lekin arxeologiya materiallarining vazifasi Vatan tarixini urganishda yordamchi xarakterga ega bo’lishi bilan cheklanmaydi. Bu materillar ayrim dars mavzularini urganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Arxeologiya materiallarining bu vazifasi respublikamiz xududida ochib urganilgan ko’pgina arxeologiya yodgorliklarining jaxonshumul ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi.

O’rta Osiyosa, jumladan O’zbekistonda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarning ahamiyatini ta’kidlab, taniqli arxeolog, professor V.M.Masson yozgan ediki, O’rta Osiyo va Qozog’istonning tosh asri yodgorliklari faqatgina aloxida respublika tarixining eng qadimgi saxifalari sifatida emas, balki jaxon tarixining eng muxim masalalarini, ibditoiy jamoa tuzumi taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, oykumena' buylab insoniyatning tarqalishi tarixini, shuningdek Osiyo qit’asining uzlashtirilishini urganish manbai sifatida xam qimmatlidir.65

Tarix o’qitishda arxeologik qazishlar natijasida topilgan buyumlar yoki ularning turli tarzda bajarilgan tasviri ta’limning ko’rsatmali bo’lishini ta’minlaydi. Ko’rsatmalilik urganilayotgan voqea va xodisalarni o’quvchilarga faqat muxim suzlar orqali emas, balki jonli mushoxada yordamida idrok qilishlariga imkon beradi.

Ko’rsatmali qurollar o’quvchilarni dastavval narsalarning tashqi sifati bilan tanishtiradi. Natijada o’quvchilar o’zoq o’tmish haqida aniq va ravshan tasavvur xosil qiladilar. CHunki 5-8 sinf o’quvchilarning tarixiy utmish haqidagi bilimlari cheklangan tarzda bo’lganligi sababli, bu voqealarga ular o’zlari bilganlaricha xozirgi zamon nuqtai nazaridan tus beradi, natijada o’tmish tug’risidagi tasavvuri tuliq bo’lmaydi. M: o’quvchilarga ibtidoiy mehnat qurollaridan toshdan yasalgan bolta, tosh kirgich, tosh o’roq, randa haqida gapirib, bu qurollar yoki ularning mulyaji, rasmi ko’rsatilmasa, o’quvchilarda ibtidoiy mehnat qurollari tug’risida aniq tasavvur xosil bo’lmaydi. Aksincha, agar o’quvchilarga tosh qurollar yoki ularning rasmi nomoyish qilinsa, o’quvchilar ibtidoiy mehnat qurollari haqida kengroq tasavvurga ega bo’ladilar.

Lekin shuni ta’kidlab o’tish kerakki, biz ko’rsatmali qurollar, jumladan, arxeologiya materiallari yordamida tarixiy xodisalarning faqatgina tashqi tomoni tug’risida tasavvur xosil qilib qolmaymiz. Ko’rsatmalilik orqali xodisalarni urganish asosida tasavvur xosil qilib qolmaymiz. Ko’rsatmalilik orqali xodisalarni o’rganish asosida ularning moxiyati bilib olinadi. Moxiyat va xodisaning bir butunlikning ikki tomoni ekanligidan falsafa fani orqali biz yaxshi xabardormiz". M: ibtidoiy mehnat qurollarini ko’rsatib o’quvchilarga kishilarning

________________________________________

Oykumena1- Yer yuzining odamzod yashaydigan qismi

mashg’uloti, jamiyatning iqtisodiy hayoti tug’risida xikoya qilib berish mumkin. O’q-yoyning rasmini ko’rsatib, uning ixtiro qilinishi ibtidoiy kishilarning is’temol maxsulotlari bilan ta’minlanishini bir oz yaxshilanganligi haqida gapirib utish mumkin. Odamlar endi parrandalarni, kichik xayvonlarni ov qilish, ularni uzoqdan turib otish imkoniyatiga ega bo’lgan.66

Arxeologiya materiallari o’quvchilarga bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirishga kumaklashadi. Dars jarayonida o’nta arxeologik yodgorliklari materiallaridan na’munalar kiritishi o’quvchilardan bu materiallar ustida ma’lum darajada mustaqil fikr yuritishni talab qiladi. Natijada ular o’tmish yodgorliklari haqida o’z bilimlari va kuchlariga qarab mustaqil fikr yuritishadi, ularning kuzatuvchanlik qobiliyati oshadi. Bu xaqda K.D. Uminskiy shunday degan edi: «O’quvchilarning kuz oldida turgan yoki uning xotirasida maxkam urnashib qolgan buyumning uzi o’quvchilarning fikrini birovning yordamisiz xam uyg’otadi, agar u xato fikr bo’lsa tug’irlaydi, agar tula bo’lmasa tuldiradi, agar u mantiqsiz bo’lsa, uni tabiiy ya’ni tug’ri tizimga soladi»67

O’quvchilarning moddiy ishlab chikarishning jamiyat rivojlanishidagi ahamiyatini tushunib yetishlarini arxeologiya materiallari ancha yengillashtiradi. CHunki mehnat qurollari - moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy rivojlanish tarixini 8-sinf o’quvchilarining anglab uzlashtirishi mushkulroq. Ularga arxeologiya yordamga kelishi mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzimiga oid mavzularni o’rganish davomida o’quvchilar tosh asrining turli davrlariga oid mehnat qurollari bilan tanishadilar. Tosh asrining rivojlanishi davomida mehnat qurollarining takomillashib, turi xam ko’payib borish haqidagi aniq dalilni uzlashtiradilar. O’qituvchi kumagida o’quvchilarda ijtimoiy rivojalnishning mehnat qurollarining takomillashib borishi bilan bog’likligi haqida aniq xulosa vujudga keladi. YOki ibtidoiy jamiyat moddiy hayotining ba’zi tomonlari, masalan, ibtidoiy tuda davrini tushuntirishda arxeologiya materiallaridan foydalanish xam ijobiy natija beradi. Bunda o’quvchilarning ibtidoiy jamoa tuzumi tug’risidagi tasavvuriga tayanib, u davrda mehnat qurollari yog’och va toshdan yasalganligini eslatib utiladi. Sungra ularga toshdan yasalgan qo’l chuqmori, tosh qirg’ich ko’rsatilib, ularning nima uchun ishlatilganligi tushuntiriladi. Bunday oddiy qurollar yordamida tanxolikda yashab, tabiat qiyinchiliklariga qarshi kurashish va kun kechirish ibtidoiy odam uchun mumkin emasdi. SHuning uchun u davrda odamlar birgalashib yashagan va birgalashib mehnat qilishgan. Odam yolg’iz yashasa uzini yovvoyi xayvonlardan ximoya qilolmagan va ovqati xam topib yeyolmagan bo’lur edi. Odamlarning dastlabki jamoasi ibtidoiy tuda deb ataladi. Arxeologiya materiallari o’quvchilarga bir ijtimoiy-iqtisodiy

formatsiya urnini boshqasi egallashi sabablarini tushunib yetishda xam yordam beradi.68

Odatda, o’quvchilar aniq tarixiy voqealarni esda saqlab, bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o’tish sabablarini yaxshi tushuna olmaganliklari natijasida ularni tezda esdan chiqaradilar. CHunki aniq voqealar tushunarli qilib jonli tilda xikoya qilib beriladi. SHuningdek bu voqealarni bayon qilishda xar xil rasmlardan va xaritalardan, badiiy adabiyotdan xam keng foydalanish mumkin. Bir ijtimoiy tuzumning o’rniga boshqasi egalishi sabablarini tushuntirishda bunday imkoniyatlar yuq. (6-sinf o’quvchilari uchun, bundan tashqari, o’quv yilining boshidayok ibtidoiy jamoa tuzumidan qulchilik tuzumiga utish sabablarini mavxum tafakkur qilish yuli bilan uzlashtirib olish ancha og’ir ekanligi sababli, bu jarayonni tushuntirayotgan paytda arxeologiya materiallaridan foydalanish maksadga muvofiqdir.

O’quvchilarga mehnat qurollarining takomillashib borishi, temirning ixtiro qilishi va unda mehnat qurollari yasashi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va qo’lchilik tuzumining vujudga kelishiga asosiy sabab ekanligi tushuntirib beriladi. O’qituvchi ana shu jarayonni ketma-ket tushuntira berib o’quvchilarga oldin ko’rsatilgan tosh qurollari bilan temirdan yasalgan mehnat qurollari o’rtasidagi asosiy farq va uning afzalliklari haqida gapirib ishlab chiqarishda yirik tuntarish bo’lganligini takidlab utadi. Endi mehnat qurollari temirdan yasala boshlanishi bilan mehnat unumdorligi ancha oshgan va kishilarning istemol maxsulotlari bilan ta’minlanishi yaxshilangan. Temirning hayotidagi ahamiyati haqida yana quyidagilarni aytish mumkin. Temir katta-katta maydonlarga ekin ekishga keng urmonzorlarni tozalab, ekin maydonlariga aylantirishga imkon beradi, u kosiblarga shunday puxta va utkir qurollar berildiki, tomonlardan xech bittasi, usha vaqtlarda ma’lum bo’lgan materiallardan xech bittasi ularga baravar kela olmasa edi.

O’quvchilarga ijtimoiy jamoa tuzumining yemirilishining muxim belgilaridan biri temirdan yasalgan mehnat qurollarining ishlatilishi natijasida paydo bo’lgan ortiqcha maxsulot ekanligini tushuntirmoq kerak. O’quvchilarning bu masalani chuqurroq tushinib yetishida arxeologiya materiallaridan foydalanish, jumladan mehnat qurollaridan namunalar yoki ularning rasmini ko’rsatish va bir-biriga taqqoslash ahamiyatga ega.

Arxeologiya materiallaridan darsda foydalanishning ta’limiy ahamiyatidan qiziqish uyg’otadi, ularning darsdagi faolligi oshadi, mustaqil fikr yuritish qobiliyati usadi. Darsda urganilayotgan mavzuning mazmuniga muvofiq arxiologiya buyumlari ko’rsatilganda, o’quvchilarning odatdagi darslarga qaraganda bu darsga qiziqishi kuchayadi, dars ulani uziga jalb qiladi. Darsga nisbatan o’quvchilarning o’tilayotgan mavzuni chuqur







o’zlashtirishida muxum omil bo’lib xizmat qiladi. Bu esa pedagogikaning muxum didaktik jixatlaridan xisoblangan ta’limda onglilik va faollik prinsepini amalga oshirishning vositalaridan biridir.69

Arxeologiya materiallari tarix fanining tarbiyaviy vazifalarini bajarish sohasida xam muxim vositadir. Masalan, O’zbekiston tarixini dalilar asosida o’rganish va o’tmish san’at asarlari bilan tanishtirish natijasida o’quvchilar o’z xalqining madaniyati haqida aniq ma’lumotga ega bo’ladilar. Bu yosh avlodda uz xalqining utmishi va madaniyatiga nisbatan xurmat xislarini tarbiyalaydi. Uz onasini e’zozlamagan inson boshqa biror-bir ayol zotini xurmat qilmaydi, degan xaqli gap bor. Xuddi shunday, uz yurtini, uz xalqini sevmagan odam uzga yurtni xam, boshqa xalqni xam e’zozlashga qodir emas.

O’quvchilarning moddiy madaniyat yodgorliklari bilan, turli davrlarda yashagan xalqlarning ijod maxsumi bilan, yaqindan tanishuvi ularda guzallikni seza bilish va xurmatlash xislarini xam tarbiyalaydi.

Arxeologiya materiallaridan sinfdan tashqari ishlarda xam foydalanish muxim ahamiyat kasb etadi. Sinfdan tashqari ishlarning arxeologiya materiallaridan foydalanish asosida tashkil qilingan shakillari-arxeologiya tugaraklarini tashkil etish, muzeylarga va arxeologiya yodgorliklariga ekskursiyalar uyushtirish, arxeologiya ekspeditsiyasi ishlarida qatnashish, arxeologiya burchagi yoki muzey tashkil qilish va shu kabilar o’quvchilarning ijodiy faolligini oshirish bilan birga ularning faoliyatini ijtimoiy foydali mehnat bilan xam bog’laydi. Masalan, o’quvchilarning arxeologiya ekspeditsiyasi ishida ishtirok etish ularda ilmiy tekshirish ishlarida olib borish qobiliyatini vujudga keltirishga kumaklashadi, o’quvchilarning uzoq utmish haqida tarix darslarida olgan bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi.70

O’quvchilarning o’qituvchi raxbarligida arxeologiya ekspeditsiyasi ishlarida ishtirok etishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, ekspeditsiya davomida qo’lga kiritilgan materiallar maktabda arxeologiya burchagi yoki tarix - arxeologiya muzeyini tashkil etish imkoniyatini beradi.

Muzey va arxeologiya yodgorliklari buylab uyushtirilgan ekskursiyalar, o’quvchilarning ekspeditsiyalar ishida ishtirok etishi ularning o’lka tarixiga va tarixiy yodgorliklarni muxofoza qilishda qatnashish kunikmasini, vujudga keltiradi. SHuningdek, o’quvchilarning o’tmish moddiy madaniyat yodgorliklarini ochib urganishda qatnashuvi, ko’p ming yillik tarixning guvoxi bo’lgan buyumlarning yer qatlamida qazib olishda ishtirok etishi, fan olamiga nomalum bo’lgan tarix saxifalarini o’rganishdagi uz xissasining borligini anglashi xam juda katta ta’lim - tarbiyaviy ahamiyatga ega.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 6743-son qarori.

2. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF – 4947-son farmoni.

3.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambeliyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqi.

4.I..A. Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” T.1998-yil 65-bet.

5 I. A. Karimov “Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.” VII-tom-T: “O’zbekiston”nashriyoti, 1999-yil.

6.A.A Asqarov. Asqorov A, SHirinov T Ранне городоская култура эпохи бронзи юга Узбекистанаю Издфан” T, 1977, 312.
Arxeologiya ekspeditsiyasi ishlarida ishtirok etish o’quvchilarning intizomiga xam ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunda o’quvchilar bilan arxeologik qazilmalarda ishtirok etgan o’qituvchilar tajribasi yaqqol misol bo’la oladi. Masalan, yozgi ta’til davomida o’quvchilar bilan qazishmalarda ishtirok etgan o’qituvchilardan birining e’tirof etishicha, ekspeditsiyaga u maktabda intizomi bush bo’lgan o’quvchilarni xam olib borgan. Bu o’quvchilar ekspeditsiya ishlarining oxirlariga borib ilg’orlar safiga quyilganlar va maktabda xam yaxshi o’qiy boshlaganlar. O’z tajribasini yakunlab, o’qituvchi shu xulosaga keladiki, ekspeditsiyasiga xar xolda shux bolalarni xam olish kerak, ular u yerda uzlariga yoqqan ishni topib oladilar va asta-sekin qaytadan tarbiyalanadilar.

O’quvchilarning ilmiy ekspeditsiyasi ishlarida ishtirok etishi xam ularda tarix faniga nisbatan xurmat xislarni tarbiyalashga kumaklashadi. CHunki dala ishlari davomida o’quvchilar arxeolog olimlarning ishlari bilan yaqindan tanishadilar, tarixda bo’lib utgan voqea va xodisalarning tiklanishi qanchalik mashaqqatli ekanligini ko’radilar. Ular uzoq utmishdagi kishilarning hayotini yoritish uchun arxeologik qidiruv ishlari olib borib, kishilar faoliyati bilan bog’liq bo’lgan biror-bir yodgorlikni aniqlash kerakligini va u yerda arxeologik qazilmalar utkazib, topilgan buyumlarni «tilga kiritish» lozimligini bilb oladilar. Bu ish esa igna bilan quduq qazigandek og’ir ekanligi ularga ayon bo’ladi. Bundan tashqari, arxeologlar ko’pgina tabiiy sharoiti jixatidan qiyin joylarda ish olib borishadi. Ko’pgina arxeologiya yodgorliklari chuli biyobonlarda, ichimlik suv manbalaridan uzoqda joylashgan. Bu yerlarda arxeologlar yozning jazirama issig’ida, baxor va kuzning salqin, seryog’in kunlarida ishlaydilar. Arxeolog olimlarning utmish tarixini yaratish yulidagi qiyinchiliklari bilan tanishgandan sung o’quvchilarda bu ishning mashaqqatlari tug’risida ma’lum tasavvur paydo bo’ladi. Bu esa o’quvchilarning tarix va boshqa fanlarga munosabatini uzgartirib, ularning fan asoslarini urganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshiradi.

Bulardan tashqari ekskursiyada, arxeologiya ekspeditsiyalarida o’quvchilarning birga bo’lishi, zarur bo’lgan paytda bir birini qo’llab quvvatlab turishi ularni boshqalar bilan doimo axil bo’lib yashashga o’rgatadi.

SHunday qilib, tarix o’qitishda arxeologiya materiallaridan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lib, maktab tarix kursining ta’lim tarbiyaviy vazifalarini bajarishning muxim vositasi bo’lib xizmat qiladi.

X U L O S A

O’z o’tmishini unutgan, tarixidan ajralib qolgan xalqni xaqli ravishda tarixiy xotirasizlikda ayblashadi. O’z xalqining, ona-vatanining tarixini bilmaydigan shaxs esa tomiri chuqur ildiz otmagan daraxtga uxshaydi. Bunday daraxt obi-hayotdan yetarlicha baxramand bo’lolmasligidan tez qurib borishiday, faqat bugungi kun fikri yodi bilan yashab, utmish tajribasidan bexra qoladigan shaxsning hayotini xam tulaqonli hayot deb bo’lmaydi. Bunday shaxs ma’naviy jixatdan qashshoq, atrofidagilarning xam, yurtning xam qadr - qimmatini bilmaydi.

Bu gaplar erish tuyulishi mumkin. Boshqalar esa «Bunday baland parvoz gaplarni o’rinsiz», deb xam tanqid qilishi mumkin. Lekin bunday xulosa chiqarishga shoshilmaylik. Ma’naviy darajasi past, xar qanday qadriyatlardan ajralgan, shuningdek xech bir oliyjanob maqsad, yuksak orzusi yo’q odamlar ozmi? Bundaylarning borligining uzi jamiyat norasoligining alomati emasmi? Bu xolning bir qator muammolari orasida maktab bilan bog’lik tomonlari bor.

Biz o’tmish bilan faxlanishga arziydigan o’lkada yashayapmiz. Ana shu fikrni mustaxkamlovchi mashxur olim, professor A.L. Brodskiyning quyidagi suzlarini keltirmoqchiman: «O’zbekistonga kelgan kishida boshqa joylarda kam uchraydigan xis-tuyg’u paydo bo’ladi. Bu yerda ulkashunoslik rasm qilish talab etilmaydi, chunki ulkaning uzi shunday guzal va boydirki, u diqqat e’tiborni uziga jalb etadi, u olimlarni keng ilmiy muommolarni, ayni bir vaqtda maxalliy xarakterdagi muammolarni quyishga majbur qiladi. Bu yerda xar qanday muommo joxonshumul muammodir».71

Tabir joiz bo’lsa arxeologiyani inson haqidagi fan, insonni urganuvchi fan xam deyish mumkin. Darhaqiqat, arxeologiya odamni paydo bo’lishidan tortib xozirgi qiyofadagi odam shakllanishigacha bo’lgan keng qamrovli masalalarni xamda insoniyat jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni tadqiq etishni uzining asosiy vazifasi deb xisoblaydi. Odamlarni faqat jismoniy jixatdan emas, balki ularning turmushi, mehnati madaniyati ming yillar davomida qanday uzgarib borganligini biz arxeologik qazishmalar orqali bilib olamiz. Mana, mehnat qurollarini olib quraylik ularning asosiy qismi ibtidoiy jamoa tizimida iqtiro etilgan. Faqat ayrimlari ko’proq boshqalari ozroq uzgartirilib, ma’lum darajada takomillashtirib bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ular zamonaviy ishlab chiqarishda xizmat qilmoqda.

Arxeologiya haqidagi fikrlarga yakun yasab, shuni ta’kidlash lozimki arxeologiya fani yutuqlari bilan keng xalq ommasini yaqindan tanishtirish vaqti aloqachonlar yetib kelgandir. Buning yullari turlichadir. Buni, bir tomondan, ilmiy ommabob maqollar, kitobi qo’llanmalar yozish bilan,

__________________________________________

E.K.Qodirov. O’zbekiston umumtalim maktabining rivojlanish tarixi. T. 1979 y. 80-81 betlar.

ikkinchi tomondan maktabda tarix o’qitishda arxeologiya materiallaridan foydalanish orqali amalga oshirish mumkin.

Albatta xamma joyda xam arxeologiya materiallaridan foydalanishning imkoniyatlari bir xil emas. Tarix-ulkashunoslik muzeylari ishlab turgan xamda arxeologiya yodgorliklari ochib urganilgan yoki endi tadqiq etilayotgan shaxar va tumanlarda bunday imkoniyat ancha kattadir. Muzeylar va urganilgan arxeologiya materillari bo’lmagan joyda joylashgan maktablarda boshqacha yul tutishga tug’ri keladi. Bu maktablarda o’quvchilar uz o’qituvchilari raxbarligida darslik va boshqa kitoblarga qarab arxeologiya buyumlarining rasmlarini chizish, fotosuratini olish, xar-xil maketlar, mehnat qurollarini mulyajlarini yasashlari taqozo etiladi. Bu ish uz navbatida o’quvchilar mustaqil ishi keng ko’lamda tashkil etilgan, tarix va mehnat tugaraklari yaxshi izga quyilgan joyda kutilgan samara berishi mumkin. Biroq mazkur maktablarda rasm, mulyaj va arxeologiya yodgorliklarining boshqa xildagi nusxa xamda tasvirlaridan foydalanish bilan cheklanmasdan o’quvchilarni buyumlarning asl nusxasi bilan tanishtirish imkoniyatini qidirib topmoq zarur. Masalan: o’quvchilarning ta’tili paytida tuman yoki viloyat markazlaridagi muzeyga ekskursiya uyushtirish mumkin. SHuningdek o’quvchilar bilan arxeologik qidiruv ishlari olib borish imkoniyati mavjud. No’malum tepaligu g’orlarda bo’lish, u joylarni bolalarga xos sinchikovlik bilan kuzatish yangi ilmiy kashfiyotlarga olib kelishi mumkin. Axir, xozirgi vaqtda ma’lum va mashxur bo’lgan arxeologi yodgorliklarning ko’pchilik qismi qidiruv ishlari keng yulga quyilishi natijasidagina yechildi-ku!

Arxeologiya bilan olimlarimizning O’zbekistonda olib borilayotgan ilmiy izlanishlari bilan yoshlarni maktab ostonasidan tanishtirib borish xam ta’lim, xam tarbiya sohasidagi muxim vazifalarni boshqarish imkonini beradi. Eng asosiysi, biz uz xalqining utmishini biladigan uni e’zozlaydigan kishilarni tarbiyalaymiz. Biz yurtining madaniy boyligi bilan faxrlana oladigan va xar qanday yodgorliklarni muxofaza qilishga tayyor bo’lgan quyunchaklarni voyaga yetkazamiz. Ana shundaylardan esa vatanparvarlar usib etishadi.

O’zbekistonda arxeologiya fani rivoji YAxyo G’ulomov nomi bilan chambarchas bog’liq. YAxyo G’ilomov qadim tarix bo’lib suzlaydi. Suzlagan sayin ming-ming yillik qushiqlarning sadolari eshitilganday bo’ladi. Allomaning xar bir suzini qayta qayta o’qiging keladi. Ularda ajdodlarimizning mexri tovlanib turadi. Uz tarixini, madaniyatiyu ma’naviyatini qadrlagan inson baxtlidir. YAxyo G’ulomov ana shunday baxtga musharraf bo’lgan ulug’ zodlardan edi.

YAxyo G’ulomov payonsiz Qizilqumni yurak-yurakdan sevdi. Tog’u toshlarni yurak-yurakdan sevdi. Qadimgi yurtimizning qadim qushiklarini, qadim kuylarini yurakdan ardoqladi. Elimda, yurtmida aziz bildi. Doim xaqini, haqiqatni yoqladi. SHu bois boshiga malomat toshlari yog’ildi.

Yog’ilgan toshlar YAxyo G’ulomovni egalmadi, egsada sindiraolmadi. Bunga mardligi yul bermadi. Bunga yaratganning uzi yul bermadi.

Umrini qadimshunoslikning qadim yullarida utkazgan yaxyo G’ulomovning hayoti guzal bir doston. Bu doston qadimshunoslikning ming- ming yillik tarixidan suzlaydi. Ming-ming yillik tarixdan buzlaydi. Buxoro, Xorazm, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Farg’ona xududlaridagi ming yillik tilga kiradi. Ular ma’naviyat bo’lib, ma’daniyat bo’lib dilga kiradi. YAxyo G’ulomov hayot bo’lganida xali ko’p dostonlar bitardi, tarixning xayratli olamiga yetardi. Endi ularni saodatli shogirdlari bo’lmish akademiklar-O’tkir Islomov, Axmadali Asqarov, Abdullaxat Muxammadjonovdek olimlar bitmoqda. Tarixning xayratli olamiga ana shunday sodiqlari etmoqda.

Akademik YAxyo G’ulomov ilmiy merosi va maktabini chuqur urganish, ilmiy merosni jamlab tuplam shaklida nashrga tayyorlash, nashr etish xamda o’rta va oliy maktab uchun darsliklar tayyorlashda undan foydalanish lozim.

YAxyo G’ulomovning ilmiy merosini urganish, undan foydalanish va chop etish ma’naviyatimizni tiklashda muxim ijtimoiy ahamiyatga egadir.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR


Download 184,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish