Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti “Geografiya
o`qitish metodikasi” ta’lim yo`nalishi 4-kurs talabasi O`rozova Maftuna
Xudayberdiyevnaning “
O`zbekiston aholisining geografik joylashuvidagi
tafovutlari
” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Bitiruv
malakaviy
ishida
O’zbekiston
Respublikasi hududlarida
kuzatilayotgan о‘ziga xos xususiyatlarga ega demografik muammolarning talqin
etilganligi bu muammolar kelib chiqish sabablari va imkon qadar
bartaraf etilishida
jahon hamjamiyatining faoliyati va munosabatlarini о‘rganib chiqish alohida
dolzarblik kasb etishidan dalolat beradi. Shu bilan birga hozirgi ta’lim
jarayonlariga katta e’tibor qaratilayotgan bir paytda aholi bilan bog’liq
muammolarni o’rganish tegishli fanlar mavzulari doirasida
tahlil qilinishi yangi
zamonaviy usullarni qo’llashni taqozo etmoqda. Bu esa dars davomida bunday
muammolarni o’rganish nechog’lik katta ahamiyat kasb
etishini anglab yetishni
izohlab bermoqda. Shu jumladan, geografiya darslarida ham mamlakat aholisi va u
bilan bog’liq muammolarni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan va turli
usullar bilan boyitilgan noan’anaviy metodlardan foydalanish dars samaradorligini
oshirishda asosiy vositalardan hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
“O’quv tarbiyaviy jarayonni yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash”
bosqichida ta’lim jarayonida bajariladigan vazifalar aniq belgilab berilgan.
Mazkur BMIda O’zbekiston miqyosidagi statistik ma’lumotlardan
foydalanilgan bo’lib, demografik vaziyat atroflicha tahlil qilingan.
BMIda
keltirilgan ilmiy va statistik ma’lumotlardan hamda qo’llanilgan pedagogik
texnologiyalardan maktabda “O’zbekiston geografiyasi”
hamda AL va
KHKlarda “Amaliy geografiya” kurslarida mavzular mohiyatiga mos ravishda
foydalanish mumkin. Shu bilan birga Oliy o’quv yurtlarida ham mustaqil ishlar,
referat va kurs ishlarida bevosita qo’llash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi aholi soniga ko‘ra dunyodagi o‘rta
darajadagi
mamlakat hisoblanadi. Uning aholisi, 2017 yil ma’lumoti bo‘yicha 32 mln.
Kishidan ortiqni tashkil etadi. U aholi sonining ko‘pligi
jihatidan MDHda
Rossiya va Ukrainadan keyin 3- o‘rinda turadi. Respublikamizda Markaziy Osiyo
davlatlari umumiy aholisining salkam 45 foizi yashaydi. Aholining o‘sishi
tarixiy-an’anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega. Uzoq va yaqin
o‘tmishda O‘zbekiston murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tdiki, bu narsa mamlakat
aholisining dinamikasiga hamda demografik va migratsion
holatlariga bevosita
ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur BMI ni himoyaga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: