2. Amir Temur buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat



Download 53,18 Kb.
bet1/13
Sana20.09.2021
Hajmi53,18 Kb.
#180400
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
maaaatn
Ma'lumotlar baz, Savollarga javoblar, Savollarga javoblar, Артикова иситкич, Артикова иситкич, Артикова иситкич, Ашурова ректиф колонна 50 тс, Ашурова ректиф колонна 50 тс, Katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari.13, Katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari.13, Katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari.13, PHONETICS 4, PHONETICS 4, Lesson 13, Nima uchun biri-WPS Office

7-MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MADANIY HAYOT

Reja:

1. XIV asr o„rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Amir Temurning siyosat maydoniga kirib kelishi markazlashgan davlatning tuzilishi.

2. Amir Temur buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda.

3. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.



4.Temur va temuriylar davrida moddiy va ma‟naviy madaniyat ravnaqi. Sivilizatsiyaning yangi bosqichga ko„tarilishi

Tayanch tushunchalar

Siyosiy tarqoqlik. Amir Timur. Amir. Markazlashgan davlat. Amir Temur harbiy yurishlari. Anqara jangi. Amir Temur saltanati. Sohibqiron. ―Temur Tuzuklari‖. ―Yevropaning xoloskori‖. Temuriylar. Shoxruh Mirzo. Mirzo Ulug‘bek. Abservatoriya. ―Ulug‘bek akademiyasi‖. Movarounnahr temuriylari. Xuroson temuriylari. Abdurahmon Jomiy. Lutfiy. Xusayin Bayqaro. Alisher Navoiy. Kamoliddin Behzod, Temuriylar saltanatining tanazzuli. Xirot adabiy muhiti. Temuriylar me‘morchiligi.



1.XIV asr o‘rtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxo‘rlari qo‘l ostida bo‘lsa ham, bu yerlar mayda bo‘laklarga bo‘linib ketib, ularda toju-taxt, hokimiyat uchun o‘zaro nizolar kuchayib ketgan edi. Chig‘atoy ulusidagi barqarorlik Qozonxon vafotidan so‘ng (1336-1347) barham topdi. Siyosiy va iqtisodiy inqiroz Amir Qazog‘on (1347-1357) davrida yanada avj oldi. Amir Qazog‘on fitna natijasida o‘ldirilgach, XIV asrning 50-60-yillarida Chig‘atoy ulusiga qarashli Movarounnahr hududida 10 ga yaqin mustaqil bekliklar vujudga keldi (Xorazmda so‘fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloyirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar amirlari va boshqalar). Mustaqil bekliklarga bo‘linish oqibatida beklar o‘rtasida doimiy nizo, janjallar yuzaga keldi. Yurt butunligiga jiddiy havf ostida qoladi.

Buning ustiga, 1348 yil taxtni egallagan Tug‘luq Temur 1360-1361 yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Uning xuruji ham vaziyatni yanada qiyinlashtirdi. Mana Shunday o‘zaro ichki urushlar qizigan, mo‘g‘ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydoniga yosh Amir Temur kirib keldi.

Amir Temur, (to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul) 1336 yil 9 aprelda Kesh, hozirgi Shahrisabz shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or (hozirgi Yakkabog‘ tumani) qishlog‘ida barlos urug‘ining oqsoqollaridan hamda Chig‘atoy ulusining e‘tiborli beklaridan hisoblangan Amir Tarag‘ay (?-1360) oilasida dunyoga keldi. Amir Temurning onasi Takina xotun (taxm. 1318-1353) buxorolik.

Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga to‘lgach, otasi uni o‘qishga beradi. Shayx Shamsuddin Kulol (?-1360 yilgacha, Kesh) Temurbekning piri bo‘lgan. U yoshlik chog‘laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir bo‘lib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan og‘ir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo‘lgan. Shu tufayli o‘spirinlik chog‘laridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli do‘stlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi do‘stlari va maktabdoshlari (Abbos Bahodur, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) to‘planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo‘lishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy bo‘linma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qo‘shinida lashkarboshilik darajasigacha ko‘tarilganlar.

Amir Temur o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o‘zaro kurashlarida katnashib, jasorat ko‘rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dong‘i butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aklu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazatn bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi amir Taragoy Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk og‘oga, so‘ngra o‘sha yili (1355) Qazag‘onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O‘ljoy Turkon og‘oga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo‘g‘ullarga karshi kurashadilar.

Yuqorida ta‘kidlab o‘tilganidek, Tug‘luq Temur 1360-1361 yillarda Movarounnahrga harbiy yurishlarni amalga oshirdi. Movarounnahr amirlari xalqqa bosh bo‘lib mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashga jur‘at eta olmaydilar. Ularning bir qismi 65


dushman tarafiga o‘tadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, o‘zga mamlakatlardan boshpana izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos Xuroson tomonga qochadi.

Yurt boshiga tushgan mana Shunday og‘ir pallada siyosat maydoniga kirgan 24 yoshli Temur xalq bilan birga bo‘lishga intilib, boshqacha yo‘l tutadi. U 1360 yilning boshida Tug‘luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishib, xon xizmatiga kiradi. Natijada Tug‘luq Temurning yorlig‘i bilan o‘z viloyatining dorug‘asi (hokim) etib tayinlanadi. Shubhasiz, bu noilojliqdan qo‘yilgan siyosiy hamda strategik qadam bo‘lib, bu bilan Amir Temur mo‘g‘ullarning navbatdagi talon-tarojining oddini olgan, mamlakat va xalqni faloqatdan qutqargan edi. Biroq, Movarounnahrning hukmdori etib tayin qilingan Ilyosxo‘ja va uning lashkarboshisi amir Bekkichik bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. Shu sababdan 1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi.

Amir Temur Xivaning janubida, Urganjiy dashtida Tug‘luq Temurning yana bir raqibi - qaynog‘asi Amir Husayn (Husain ibn Musallab – ?-1370) bilan uchrashadi. Amir Xusayn bilan Sohibqiron Temurning bir-birlari bilan juda yaqinlashgan va yaxshi munosabatda bo‘lgan davrlar 1361-1365 yillarni o‘z ichiga oladi. Dastlab ular Tug‘luq Temurning farmoniga binoan Amir Temurni ta‘qib qilishga kirishgan Xiva dorug‘asi To‘qol (Tavakkal) bilan jang qiladilar va uni tor-mor keltiradi. Biroq ushbu jang oqibatida Sohibqiron g‘oyat og‘ir ahvolga tushadi. 1362 yil bu vaziyatdan xabar topgan Maxon (hozirgi Mari yonida) hokimi turkman Alibek Joniqurbon Ilyosxo‘jaga yoqish maqsadida Temurni qo‘lga oladi va zindonga tashlaydi. Temur zindonda 62 kun tutqunlikda hayot kechirgan. Bunday og‘ir vaziyatda unga turkmanlarning sanjari qabilasi boshlig‘i Muborakshoh yordam beradi.

1362 yilning kuzida Seyistonda viloyat (Eron va Afg‘oniston chegarasida joylashgan tarixiy viloyat) hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib mekroniylar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda Amir Temur o‘ng kafti va o‘ng oyog‘idan jarohatlandi. Buning oqibatida u bir umr oqsoqlanib yuradi. Shu bois undan dahshatga tushgan dushmanlari hasad bilan «Temurlang» deb atashgan. Ikki oy mobaynida Temur Garmsirda davolandi. So‘ngra Balxga yo‘l oldi. Bu yerda hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rdi.

1363 yil Tug‘luq Temur vafot etib, Mo‘g‘ulistonda xonlik taxtini Ilyosxoja egallaydi. Shu yili Amir Husayn va Amir Temur Amudaryoning chap sohilida, Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g‘alaba qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo‘ja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364 yil oxirida ular mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.

Biroq Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo‘ja 1365 yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo‘shin tortadi. Ikki o‘rtadagi jang Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida (Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»siga ko‘ra 1360 yil 16 iyunda) SHarafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»siga binoan 1365 yil 22 mayda sodir bo‘ladi. Tarixda u «Jangi loy» - «Loy jangi» nomi bilan shuhrat topadi. Chunki o‘sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan. Jangda amir Husaynning xiyonati oqibatida mag‘lubiyatga uchraydilar va o‘z qo‘shinlari bilan Amudaryo bo‘ylariga chekinib, Balx viloyatida o‘rnashdilar. Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xo‘jand, Jizzax va boshqa bir qancha shahar hamda qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand o‘sha paytlarda katta qo‘shinga qarshilik ko‘rsata olmasdi. Shaharning na devori va na mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar shaharni tark etgan edi, lekin mo‘g‘ullarga qarshi xalq ko‘tarildi, sarbadorlar shahar mudofaasini o‘z qo‘llariga oldilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun (paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar Samarqand shahrida mo‘g‘ullarga qaqshatqich zarba beradilar.

Samarqandliklarning ishlab chiqqan harbiy rejasi puxta chiqdi va o‘z samarasini berdi. Bir necha hujum samarasiz tugagach mo‘g‘ullar shahar atrofini qurshab olib uzoq vaqt qamal qilish rejasini o‘ylab chiqdilar. Lekin lashkar safida yuqumli kasallik tarqaldi. Buni ot vabosi (o‘lati) deb atashadi. O‘lat oqibatida Ilyosxo‘ja qo‘shinlariga mansub otlarning katta qismi qirilib ketdi. Ilyosxo‘ja katta yo‘qotishlar bilan dastlab Samarqandni keyin esa Movarounnahrni tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

Sarbadorlarning Ilyosxo‘ja ustidan g‘alabasi butun Movarounnahrga ovoza bo‘ldi. Bu paytda Keshda bo‘lgan Amir Temur bu xabarni Amudaryo bo‘ylarida bo‘lgan Amir Xusaynga yetkazdi. 1366 yilning bahorida ular Samarqandga yetib keladilar va shahar yaqinidagi Konigil (Samarqandning janubiy-Sharqida, CHo‘ponota tepaligi etagidagi gil koni bo‘lib, bu kon yaqinida, Siyob (Obirahmat) arig‘i bo‘yida joylashgan keng, ko‘kalamzor mavze) mavzeyiga kelib tushadilar. Beklar sarbadorlarning yetakchilari bilan muzokara olib boradilar. Uchrashuvning birinchi kunida beklar ularning sharafiga ziyofat berib, sha‘niga hamdu sanolar aytadilar. Biroq ertasi kuni Abu Bakr Kuluyi bilan Xurdaki Buxoriylar dorga tortiladilar. Mavlonozodani esa Amir Temur o‘rtaga tushib qutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, harakat bostiriladi. Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi o‘rnatiladi. Ammo ko‘p vaqt o‘tmay Husayn bilan Amir Temur o‘rtasida munosabat keskinlashib, ochiqdan ochiq nizoga aylanadi. Amir Xusayn Amir Temurga yaqin bir necha beklarni isyon ko‘tarishda gumonsirab, ularga katta jarima soldi. Temur do‘stlariga yordam berish maqsadida bisotidan bor javohirlarni qaynog‘asiga to‘lab yaqin kishilarini qutqarib qoldi. To‘plangan boyliklar ichida Xusaynning singlisi O‘ljoy Turkonning qulog‘idagi oltin sirg‘a ham qo‘shib tovonga kiritilgan bo‘lib uni aslida Temur va O‘ljoy Turkonning to‘y kunlariga yaqin Xusayn tomonidan hadya qilingan edi. Javohirlar ichida sirg‘a egasi kimligini bilib turib Xusayn uni qaytarib bermagan. Amir Temur bundan qattiq g‘azablangan. 1366 yilda O‘ljoy Turkon xotunning o‘limi ham ikki hukmdorni bir-biridan ajralishini tezlashtirgan omil desak bo‘ladi. 1366-1370 yillar davomida ular o‘rtasida bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlar ham bo‘ladi.

1370 yilning bahorida Amir Temur butun qo‘shinlari bilan kuchli raqib-Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yo‘lga chiqadi. Qo‘shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘iga yetganida uning huzuriga taniqli ulamolardan Sayyid Baraka (?-1404) tashrif buyuradi. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi tabl (nog‘ora) bilan yalovbayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu voqea, shubhasiz, siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur qo‘shini to Balxga yetib borgunicha, yo‘l-yo‘lakay unga yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shiladi. Bu paytga kelib Amir Husaynning ko‘pchilik amirlari uni tark etadilar. Jangda Amir Husayn qo‘shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaldan so‘ng, 1370 yilning 10 aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ladi. Amir Husayn qatl etiladi. Bu g‘alabadan so‘ng o‘sha davrning udumiga ko‘ra, Temur Amir Husayn taxtiga o‘tirgach, uning xotinlaridan to‘rttasini o‘ziga xotinlikka tanladi, ular aql va farosatda yagona, go‘zallikda tengsiz Chig‘atoy ulusi xoni-Qozonxonning qizi Saroymulkxonim, Bayon sulduzning qizi Ulus og‘o, Xizr-Yasavuriyning qizi Islom-og‘o va Tog‘oy-Turkonlar edilar. Husaynning boshqa xotinlarini Temur o‘ziga yaqin kishilarga xotinlikka berdi. 66
Amir Temur Qozonxonning qizi Saroymulkxonim (1341-1408) ya‘ni xon qiziga uylanganligi munosabati bilan Amir Temur «ko‘ragon», ya‘ni «xonning kuyovi» unvonini oldi. Zotan xon avlodiga mansub Saroymulkxonim haramdagi barcha malikalardan ulug‘ hisoblanib, «Katta xonim» yoxud «Bibixonim» degan unvonga ega bo‘ladi.

1370 yilning 11 aprelida Chig‘atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning dorug‘alari, Amir Temurning quroldosh do‘stlari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy o‘tkaziladi. Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e‘lon qilinadi. Lekin o‘sha davrdagi vaziyatni va amirlardan bo‘lganligini hisobga olib, mo‘g‘ullarning qarshiligini kuchaytirmaslik maqsadida xon taxtiga «soxta xon» Chingizxon naslidan Suyurg‘otmish (1370-1388) o‘tqazildi. Keyinchalik Amir Temur Xorazmga qilgan 4-yurishidan qaytib kelgach, Buxoroda olamdan o‘tgan Suyurg‘atmishxon o‘rniga uning o‘g‘li Sulton Mahmud (1388-1404) rasmiy ravishda xon sifatida taxtga o‘tqazilgan. Amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur o‘zi boshqardi. Samarqand davlat poytaxti deb e‘lon qilindi. Samar-qandda mustahkam devorlar, qal‘alar hamda saroylar barpo etiladi1.

1 The Heart of Asia / A History of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the Earliyest Times. F.H.Skrine and E.D.Ross. London-New York. 2005. P. 109-115.


Download 53,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi