Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

qiyosiy usul
dan foydalanadi. Qayumars 
afsonasining boshqa variantlarini ham keltiradi. Beruniyning shoir Muhammad al-
Balxiyning ―SHohnoma‖ asariga to‗xtalib, bu asarda Qayumars afsonasining bir 
qancha variantlari solishtirilgani to‗g‗risida xabar beradi. Muhammad al-Balxiy 
keltirgan Qayumars afsonasi yuqoridagi variantdan kengroq bayon qilingan. Uning 
hikoya qilishicha, Qyuamars jannatda uch ming yil turgan. Keyin erga tushib
Axraman tufayli yomonliklar yuz berguncha, uch ming yil omon va tinch turgan. 
..Qayumarsining Girshoh deb atalishiga sabab shuki, ―gir‖ pahlaviycha ―tog‗‖ 
demakdir. Qayumars tog‗larda istiqomat qilgan va ko‗iz tushgan hayvonlar hayron 
qolib, o‗zidan ketar darajada husnli bo‗lgan. Axramanning Hazura ismli o‗g‗li bor 
edi. U Qayumarsga yomon qasd qilganda, Qayumars uni o‗ldirgan. Bu vaqtda 
Axraman Xudoga Qayumarsdan shikoyat qilgan va Xudo o‗zi bilan Axraman 
o‗rtasidagi ahdlarni saqlash maqsadida Qayumarsdan qasos olib bermoqchi 
bo‗lgan. Xudo Qayumarsga avvalo bu dunyo hamda qiyomat oqibatlarini 
ko‗rsatgan, nihoyat u o‗limni orzu qilgan, so‗ng Xudo uni o‗ldirgan. Bu vaqtda 
uning pushtidan Istaxrdagi Domdod tog‗iga ikki tomchi tomgan va ulardan ikkita 
rovoch daraxti ko‗karib chiqqan. To‗qqizinchi oyning avvalida ikkovida a‘zolar 
ko‗ringanda, oyning oxirida tugal bo‗lib, ikkovi insonga aylangan, ular Misha va 
Mishonadirlar. Ular eb-ichishmagan va hech narsadan aziyat tortmay, 
farovonchilikda ellik yil yashaganlar. Nihoyat ularga Axraman keksa kishi suratida 
ko‗rinib, daraxtlardan mevalar eyishni taklif etgan va [o‗zi] eyishni boshlab 
bergan, yoshligi Axramanga qaytib kelgan. SHunda ular ham eyishgan va o‗sha 
zohoti ikkovi yomon holatga tushib qolgan. Ularda shahvat uyg‗ongan va bir-biri 
bilan qo‗shilgan, ulardan bola tug‗ilgan, qo‗rqib bolani eb qo‗yishgan. So‗ngra 
Xudo ularning dillariga mehribonlik solgan. SHundan keyin ulardan olti [marta] 
bola tug‗ilgan, ularning ismlari ―Avisto‖ kitobida ko‗rsatilgan. Ettinchisida 


Siyomaka va Farovak tug‗ilib, bir-biri bilan qo‗shilishgan va ulardan Ushanj 
tug‗ilgan.
68
Mazkur afsona yuqoridagisidan ayrim jihatlari bilan farq qiladi: 
birinchidan
, diniy 
aqidalar singdirilgan, jumladan, Musoning ―Ibtido‖ kitobidagi Odam Ato va Momo 
Havoning gunoh qilishi haqidagi rivoyat bu afsonaga ham o‗tgan; 
ikkinchidan
,
ishqiy-romantik dostonlar xususiyatlari singdirilgan (Musoning ―Ibtido‖ kitobidagi 
YUsuf va SHarq adabiyotidagi boshqa YUsuf yoki ―YUsuf va Zulayho‖ 
qissalaridagi go‗zal YUsuf obrazi singari), 
uchinchidan
, tarixiylik tamoyili mavjud 
(qadimiy Istaxr shahri), 
to„rtinchidan
totemistik mif hususiyatlari saqlangan (ikkita 
rovoch daraxti ko‗karib chiqqan va ulardan Mesha i Meshona), 
beshinchidan

adabiy manbalardan foydalanilgan («Avesto»dan foydalanilgan, Axrimanning 
tug‗ilishi shundan dalolat beradi) va h.
Umuman, Abu Rayhon Beruniyning‖Osor ul-boqiya‖, ―Mineralogiya‖ asarlarida 
keltirilgan 
afsonalar, 
rivoyatlar, 
hikoyatlar 
X1 
asrdagi 
adabiyot 
va 
adabiyotshunoslik haqida to‗laqonli tasavvur beradi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish