Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

tarixiylik
prinsipi badiiy asarni tanlash, 
o‗rganish, undan foydalanishga alohida e‘tiborni tortadi.
Abu Rayhon Beruniy rivoyatni haqiqatni qidiruvchi deb ataydi. Beruniy bu gap 
bilan rivoyatlarning asardagi o‗rniga bahor beradi. Beruniy uchun tarixiylik 
tamoyili va haqiqatni qidiruvchi bitta vosita – ma‘lum bir voqelikni yoki detalni 
isbotlash uchun keltirilgan yagona dalil. Beruniy rivoyatlarni boshqalar uchun 
yo‗l ko‗rsatuvchi ekanini ta‘kidlar ekan, bundan rivoyatlarning tarbiyaviy 
ahamiyatiga ham ishora qilganini anglash mumkin. Ayni paytda rivoyatlar ilmiy 
tafakkur, fikr va xulosalar uchun muhim zamindir. Ammo bunda ham Beruniy 
tarixiylik tamoyilidan chekinmaydi. Beruniy asarining boshidayoq adabiy 
jarayonning, xususan, rivoyatlarning ijtimoiy, ma‘naviy hayot uchun nihoyatda 
ishonchli omil ekanini ham dalillaydi. 
Beruniy bir voqeadan ikkinchisiga, bir dalildan birdaniga boshqasiga o‗tib turadi, 
bayonda bir xillikdan qochadi. Hatto ―Geodeziya‖, ―Qonuni Ma‘sudiy‖, 
―Mineralogiya‖ singari ilmiy asarlarida ham shu yo‗lni tanlaydi: o‗rni-o‗rni bilan 
qiziqarli voqealardan, hikoyatlardan, o‗zining she‘rlaridan keltiradi. SHuningdek, 
―Osor ul-boqiya‖da rivoyat va afsonalar ishlatishda ham shunday yo‗l tutadi. 
Beruniy ilmiy asarlar tamoyilidan chekinayotganini biladi. Ammo bu usul 
kitobxonni asarga olib kirishda, asar mazmuniga va mohiyatiga jalb qilishda 
muhim vosita ekanini biladi. Bu haqda Beruniyning o‗zi shunday deydi: ―Garchi 
biz [bu kitobning] ba‘zi joylarida turli fanlarga o‗tib, bayonimizga aloqasi uzoq 
56
Áåðñìèé. Óàìëàìãàì àðàðëàð. Óîí 1, Óàðæèíîì À.Ðàðñëîâ, Óîøêåìò, 1968, 41- áåò. 
57
Áåðñìèé. Þқîðèäàãè àðàð, 41- áåò. 


[masalalarga] kirishib ketsak ham. bu gapni cho‗zish va ko‗paytirish maqsadida 
emas, balki o‗quvchini zeriktirmaslik uchundir. CHunki doimo bir xil narsaga 
qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. [O‗quvchi] fandan fanga o‗tib 
tursa, turli bog‗larda yurganga o‗xshaydi, birini ko‗rib ulgurmay, boshqasi 
boshlanadi va u kishi «har bir yangi narsada lazzat bor» deyilganidek, ularni 
[ko‗rishga] qiziqadi va ko‗zdan kechirishni istaydi‖.
58
Beruniy shundan so‗ng Odam, uning o‗g‗illari va shajarasi haqidagi rivoyatlarni 
keltiradi va jadval shaklida keltiradi. Beruniy uchun ishonchli manba – yahudiylar 
Tavroti. U Tavrotning uch nusxasini qiyoslab, ular o‗rtasidagi ixtiloflarni 
aniqlaydi. Bular: 1) mualliflar bayonidagi ixtiloflar; 2) diniy kitoblardagi ixtiloflar.
Birinchi inson haqidagi afsonalar dunyo xalqlarining ko‗pida yaratilgan. Odam va 
Havo, Mard va Mardona, Malhiy va Malhiyona, Misho va Mishona haqidagi 
afsonalarni Beruniy hikoya qiladi. Birinchi insonni inkor qiluvchilar ham bo‗lgan. 
Beruniy, shomonlarning qarashi shunday bo‗lgan edi, deb yozadi.
Beruniy rivoyatlarni asariga kiritganda, albatta, 
saralash
tamoyiliga ham rioya 
qiladi. SHu bois rivoyatlarga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi. O‗zi tanlagan 
tamoyillar asosida o‗zidan oldin o‗tgan olimlarning tarixiy asarlarini qo‗rqmasdan 
tanqid qiladi. Uning saralash tamoyili shundan iborat ediki, manbalarni tahlil 
qilganda, rostday ko‗ringan, lekin isbotsiz rivoyatlarni o‗zi tekshirib ko‗rmaguncha 
ularga ishonmaydi.
Darvoqe, ―isbotsiz rivoyatlar‖ Beruniyning qarashicha qanday xususiyatlarga ega? 
Beruniyning zukko va sinchkov adabiyotshunos sifatidagi xizmatlari ana shu 
o‗rinlarda ayon bo‗ladi. Buning ustiga, Beruniy har bir manbaga, dalilga xolis 
qaraydi. Uning uchun diniy aqidalar to‗siq emas, uning uchun aqlning va 
bilimdonlikning o‗zi kifoya emas. U uchun manbaning ishonchliligi muhim. 
Beruniy esa ishonchli manba sifatida Tavrotni, Injilni e‘tirof etadi. Aqlga suyanish 
ham muhim emasligini, aql faqat mulohazakorlikka olib borishini va buning 
oqibati manbadan uzoqlashishga olib borishini ta‘kidlaydi. Beruniyning o‗z oldiga 
qo‗ygan vazifasi va amal qilgan tamoyili shuki, u dalillarni saralab olish va 
qiyoslash yo‗lidan ketadi va buni quyidagicha izohlaydi: ―...mendan so‗ralgan 
narsaga etkazuvchi vositalarning eng muhimi - 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish