Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Birinchi toifasi
shular: shoirlar chindan ham tug‗ma qobiliyatli va she‘r bitishga 
tayyor tabiatli kishilar bo‗ladi, tashbih va tamsilga layoqatli bo‗ladilar. Bir xil 
shoirlar she‘r san‘atidan etarli xabardor bo‗lavermaydi, balki tug‗ma qobiliyatining 
o‗tkirligi bilan qanoat hosil qiladilar. Ular o‗zlarining iste‘dod darajalariga ko‗ra 
ish tutadilar. Ularda she‘r san‘atini o‗zlashtirib olish uchun kamolot etishmaydi. 
Kim o‗sha toifdagi odamning yozgan she‘rini ko‗rib, u qobiliyatli odam ekan, deb 
o‗ylasa, buni shunday tushunish kerakki, uning fe‘l-atvorida shoirlarga xos turq-
ko‗rinish mavjudligi uchun shunday xulosaga kelgan.
Ikkinchi toifasi
quyidagilar: bu xil odamlar chinakam shoirlik san‘atini egallagan 
bo‗lishadi, hatto she‘riy ijodga xos xususiyatlardan birontasi - u qaysi she‘r turiga 
aloqador bo‗lmasin – baribir, bu qonun-qoidalar undan qochib qutulmaydi. Ular 
she‘riyat san‘atida qo‗llaniladigan tashbih va tamsillarni judayam mahorat bilan 
ishlatadilar. Bu toifa shoirlar chindan ham qobiliyatli shoirlar deb aytishga 
sazovordirlar. 
Uchinchi toifasi
quyidagilar: yuqorida aytib o‗tilgan ikki toifa shoirlarning fe‘l-
atvoriga taqlib qiluvchilar bo‗ladi. Bu toifaga mansub odamlar ikkala toifa shoirlar 
yo‗lini – ijodini yod oladilar. O‗zlarida tug‗ma qobiliyati bo‗lmagan holda, she‘riy 
san‘at qonun-qoidalaridan xabardor bo‗ladilar, tashbih, tamsil (metafora)lar ortidan 
boradilar. Yo‗ldan adashadigan shoirlarning ko‗pchiligi ana shu tabaqa shoirlar 
ichidan chiqadi.
54
53
Форобий. Шоирлар санъати қонунлари ҳақида. – ―Аристотель. Поэтика‖ китобида. Тошкент, Ғафур Ғулом 
номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1980, 64-бет. 
54
Юқоридаги асар, 70-71-бетлар. 


Umuman, Forobiyning mazkur risolasi o‗z davrigacha bo‗lgan adabiy jarayon 
qonuniyatlari va yo‗l-yo‗riqlari, shoirlik iste‘dodi va ijod mas‘uliyati haqida 
to‗laqonli taassurot qoldiradi.
Forobiyning ―Fozil odamlar shahri‖, ―Baxtga erishish haqida risola‖, ―Jamiyatni 
o‗rganish haqida risola‖ kabi qator asarlari ijtimoiy hayot qurilishiga 
bag‗ishlangan. U Aristotel va Aflotunning, shuningdek, boshqa yunon 
faylasuflarining siyosiy va axloqiy g‗oyalariga va qadimgi SHarqning ijtimoiy 
g‗oyalariga tayanib, davlat va jamiyat qurilishining nazariyasini ishlab 
chiqdi.Fazilatli shaharlar tepasida faylasuf hukmdorlar turadilar, ayni paytda ular 
diniy jamoa rahbarlari hamdir. Fazilatli shaharlarda jamiki aholi uchun chinakam 
baxtga erishish yo‗llari ko‗rsatiladi, bu shaharlarda yaxshilik va adolat hukmron 
bo‗ladi, adolatsizlik, yovuzlik qoralanadi. Forobiy fazilatli shaharlarga johil 
shaharlarni qarama-qarshi qo‗yadi. Johil shaharlarning hukmdorlari va aholisining 
chinakam baxt haqida tasavvurlari mutlaqo yo‗q, bunday baxtga ular intilmaydilar. 
Ular faqat tana sog‗lig‗iga, tana lazzatida va boyligiga intiladilar.
Sog‗lom va benuqson jamiyat hamda mamlakat, xalq va hukmdorlarning o‗zaro 
muvofiqati mamlakatning iqtisodiy, ma‘naviy va harbiy qudrati oshib borishiga 
omil bo‗lishi haqidagi qarashlar SHarqdagi ko‗p asarlarda aytib o‗tilgan. Jumladan, 
―Oltin yorug‗‖ asarida ham sog‗lom mamlakat qanday bo‗lishi kerakligi haqidagi 
o‗gitlar, jumladan, xalq hukmdorning yo‗l-yo‗riqlaridan og‗ishmasligi, jamiki 
jonzotlarga yaxshilik qilish lozimligi kabi o‗gitlar bor edi. YOki ―Qutadg‗u 
bilig‖dagi ideal hukmdorlar, xalq va mamlakat haqidagi qarashlar bilan 
Forobiyning bu boradagi g‗oyalari o‗rtasida shubhasiz bog‗lanishlar bor. Zotan, 
Forobiy o‗z asarlarida arab, yunon, fors, hind va turkiy madaniyatni bir-biriga 
yaqinlashtirgan, omuxtalashtirgan olim edi.
Forobiy ayni paytda fanning ilohotchisi bo‗lib ham maydonga chiqdi, U ―Fanlar 
tasnifi haqida so‗z‖ asarida pedagogika fanining islohotchisi sifatida ko‗zga 
tashlanadi. U keng ommaga bilimni tarqatish, ma‘rifatni rivojlantirish orqali 
odamlarda insoniy fazilatlarni rivoj toptirish g‗oyasini ilgari surdi. U insonlarda 
axloqiy tarbiyaga alohida urg‗u berdi. Uningcha, jamiyatning yuksak axloqiy 
qiyofasi uning gullab-yashnashi uchun asosiy omildir. SHuningdek, uning mazkur 
asarida ustozga qo‗yilgan talablar ham e‘tiborga molik. Ustoz uchun, - deydi 
Forobiy, - adolatparvarlik, talabchanlik, e‘tiborlilik, iroda kuchi, sabr-toqat 
xislatlari muhimdir. Muallimning xulq-atvori, Forobiyning fikricha quyidagicha 
bo‗lishi lozim: u o‗ta qattiqqo‗l ham, haddan ortiq erkalatib yubormasligi kerak, 
chunki qattiqqo‗llik ta‘lim oluvchida o‗z ustoziga nisbatan ziddiyatni paydo qiladi, 
haddan ortiq erkalatish oqibatida esa ustozni hurmat qilmay qo‗yadi.
Forobiy musiqaga, matematikaga va fanning boshqa sohalariga oid ilmiy meros 
qoldirdi. Fanning barcha sohalariga oid 150 dan ortiq asarlari ma‘lum.
Ibn Sino. 
Rudakiy. 
Firdavsiy. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish