―Qutadg‗u bilig‖ning tuzilishi o‗ziga xos, takrorlanmas. YUsuf Xos Hojib har bir
faslda bir masalani qo‗yadi. Masala batafsil bayon qilinadi. Bayon tugagach,
yakunlovchi bir bayt keltiriladi. YAkunlovchi baytdan so‗ng YUsuf shoirning,
ya‘ni o‗zining donishmandona bir to‗rtligini keltiradi. SHu tariqa fikr yakuniga
etadi. SHundan keyin yana bir faslda sarlavha sifatida bir masala qo‗yiladi va
yuqoridagiday tartibda davom etadi. YUsuf bu asarining tuzilishini she‘riy
muqaddima so‗ngida shunday ifodalaydi:
Bu turkcha qoshuqlar tuzattim sanga,
Oqirda unutma dua qil manga.
YA‘ni:
Senga bu turkcha qo‗shiqlarni tartib berdim,
O‗qiganingda meni unutmasdan (haqimga) duo qilgin.
Qo„shiq
terminini YUsuf ―ashula‖ ma‘nosida emas, balki qadimgi turkiy yozma va
og‗zaki adabiyotning tuzilishida asosiy qismlar bo‗lgan kantilen ma‘nosidagi
adabiy termin sifatida qo‗llagan. Bu terminda, yuqorida aytganimizday, ―Qutadg‗u
bilig‖ning tuzilishi o‗z aksini topgan. Har bir fasl va bu fasllarda qo‗yilgan masala
yakuniga etib, har bir faslga nisbatan YUsuf qo‗shiq terminini ishlatgan. Asardagi
har bir qo‗shiqning tuzilishi va tarkibini aniq tasavvur qilish uchun ―Elig xoqon
O‗gdulmishga pand berishini aytadi‖ bobiga murojaat qilaylik.
Mazkur fasl, ya‘ni qo‗shuqning boshlanmasi elig va O‗gdulmishning
ilk bor
suhbatidan hamda eligning O‗gdulmishga tasallisidan boshlanadi. Bu bobning
boshlanmasidan – eligning O‗gdulmishga bergan nasihatidan keyin voqealar rivoji
boshlanadi. Bobdagi voqealar rivoji –otasi Oyto‗ldi vafotidan oldin eligga yozgan
nomasini O‗gdulmish eligga bergandan keyin, eligning Oyto‗ldini eslashi, undan
minnatdorligi, uning haqida duosi, O‗gdulmishning elig xizmatiga kirishi, u
otasining pand-nasihatlariga rioya qilib, baxtiyor bo‗lib,
eligning ishonchini va
hurmatini qozona borgani, elig turli savollar bilan O‗gdulmishning bilimini sinab
ko‗rgani, elig O‗gdulmishga pand berib, odamgarchilik yuksak fazilat va shu
fazilatga qat‘iy
rioya qil, deb bergan o‗gitlari, beklar o‗zlariga yaqin tutadigan
odamning iqboli, O‗gdulmishga ishonch bildirib, o‗ziga vazir qilib olgani,
O‗gdulmish aql-zakovati bilan eligga xizmatga kirishgani haqidagi va boshqa
pand-nasihatlardan iborat. Bu faslda keltirilgan to‗rtlik YUsufning ijodidan bo‗lib,
elig va O‗gdulmish o‗rtasidagi suhbatga yakun yasayotganday bo‗ladi.
O‗gdulmishni elig o‗z
xizmatiga olar ekan, uning otasi Oyto‗ldi va
O‗gdulmishning o‗zi kabi zakovatli odamlar nihoyatda kam ekanidan YUsuf afsus
chekadi va quyidagi to‗rtligini keltiradi:
Yurig‘li kôrurmän yarag‘lisi yoq,
Yarag‘li bulunsa yurig‘lisi yoq.
Qalin bod qarabash yumitti ôkùsh,
Tälimdä tiläsä tosulg‘usi yoq.
YA‘ni:
YUruvchilarni (ko‗plab) ko‗raman, yaraydigan yo‗q,
YAroqlisi topilsa-chi, u yurmaydi (umri qisqa bo‗ladi).
Talay xizmatkor va qullar ko‗plab yig‗ildi,
SHu ko‗pchilik ichidan axtarsang, foydalisi yo‗q.
Fasl so‗ngida O‗gdulmishning aql-zakovati, kechayu kunduz qilgan xizmatlari
tufayli elig ko‗p tashvishlardan xoli bo‗ldi, mashaqqatlari aridi. Eligning yuklari
engillashib, xalqqa ko‗p manfaat etkazadigan bo‗ldi.
YUsuf qo‗shuq janri qoidalariga rioya qilgan holda, o‗zidan oldin o‗tgan
donishmandlarning yoki shoirlarning o‗gitlaridan
istifoda etadi va faslning
umumiy mazmuniga singdirib yuboradi. Qo‗shuq janrining talablari ham shunday
– shoir faqat bosh qahramonlar elig va O‗gdulmish haqida emas, balki o‗tmishdagi
salaflarini, tarixiy yoki afsonaviy qahramonlar haqidagi voqealardan ham biron
yo‗sinda foydalanadi.
―Qutadg‗u bilig‖ yo‗nalishi va maqsadiga ko‗ra, didaktik asar. O‗z davrining, turli
toifa odamlarning komil, jamiyat sog‗lom va illatlardan xoli bo‗lishi uchun yo‗l-
yo‗riq ko‗rsatgan pandnoma. Har bir toifaga mansub odam – hukmdordan tortib
oddiy fuqarogacha go‗zal xulqli, rostgo‗y bo‗lishi lozim.
YUsuf hamma toifaga bir xil andazada yondashmaydi. Uning turli toifaga qo‗ygan
talablari bir-birini takrorlamaydi. U quyidagi toifalarga tavsif berar ekan,
har bir
toifaning qiyofasini ham, ichki olamini ham kitobxon ko‗z o‗ngida gavdalantiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: