Nasimxon rahmonov


arab yozuvi, Qohira nusxasi, Vena nusxasi, Namangan nusxasi, janr, nasriy



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

arab yozuvi, Qohira nusxasi, Vena nusxasi, Namangan nusxasi, janr, nasriy 
muqaddima, she‟riy muqaddima, hamd, sano, na‟t, qo„shiq, kantilen.
 
Qoraxoniylar sulolasining paydo bo„lishi. Bu davlatda madaniy muhit.
Qoraxoniylar sulolasining nomi haqida X1X asr tarixchilari keng tarqalgan ikki 
unvon – qora xoqon va elik xon unvonlaridan deb biladilar. Sulolaning paydo 
bo‗lish tarixi bor. Milodiy 840 yili Uyg‗ur xoqonligi (davlatning asosiy etnik 
tarkibi chigil qabilasidan edi) qorluqlar yabg‗usi, Isfijob hukmdori Bilga kul 
tomonidan tor mor etilgandan keyin o‗zini hukmdor deb e‘lon qildi va xoqon 
unvonini oldi. Bilga Kulning Qora degan laqabi bor edi. Balki Qoraxoniylar degan 
sulola nomi shu odamninglaqabi bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. 
Bilga Kul ―Qora‖ xonning o‗g‗illari Qodir Arslon xon (840-893; Arslon – chigil 
qabilasining totemi), Bazir Arslon xon (893-920) va O‗g‗ulcha Arslon xon (893-
940) 
hukmronligi davrida Movarounnahrga bosqinchilik yana avj oladi. Bu 
davrda Movarounnahrda Somoniylar sulolasi mustahkamlana boshlaydi. Amir 
Ismoil ibn Ahmad Somoniy (892-907) amirlikni mustahkamlashga kirishadi. SHu 
munosabat bilan Ettisuvga yurish boshlaydi va Isfijob va Taroz shaharlarini oladi. 
Har ikkala shahar uzoq qamaldan so‗ng, taslim bo‗ladi va aholi majburiy ravishda 
islomni qabul qiladi. CHigillar shimolga – Issiq ko‗lga tomon, xoqonning poytaxti 
esa Bolasog‗un shahriga ko‗chishga majbur bo‗ladi. SHu paytda yana qorluqlar 
qabilasining birlashmasi – yag‗mo qabilasi shu hududda joylashadi. YAg‗mo 
qabilasini tibetlar o‗z hududidan siqib chiqargan edi. SHu paytdan boshlab har 
ikkala qabilaning o‗zaro yaqinlashuvi boshlanadi. Bu birlashuv natijasida har ikki 
qabila 
Qoraxoniylar 
sulolasining 
asosi 
bo‗lib 
qoladi. 
Qoraxoniylar 
hukmronligining to‗liq hukmronligi X asrning 40-yillarida qaror topdi.
Qoraxoniylar sulolasida islomning qabul qilinishida Sotuq Bug‗roxonning (920-
955; Bug‗ro – tuya degan ma‘noni bildirib, yag‗mo qabilasining totemi edi) 
xizmati katta. U yag‗mo qabilasining yabg‗usi edi. 932 yili u islomni qabul qiladi 
va ismini musulmoncha Abdulkarim deb o‗zgartiradi. Usmonli muarrixlaridan 
Munajjim boshining xabar berishicha, Sotuq islomni qabul qilgan birinchi turkiy 
edi. (40 yildan so‗ng u o‗z otasini o‗ldirish uchun fatvo oladi. CHamasi. Otasi 
islomni qabul qilishni istamagan. Otasi o‗limidan so‗ng Sotuq Koshg‗arda taxtga 
o‗tiradi va ―xoqon‖ unvonini oladi, hukmdor sifatida o‗z huquqlarini ommaga 
e‘lon qiladi.
Sotuq (Abdulkarim) Bug‗ro xonning o‗g‗li hamda vorisi Muso ibn Abdulkarim 
Bug‗roxon (956-958) hukmronligi davrida hoqonlikda islomlashtirish boshlanadi. 
Hukmdorga
sulton ul-salotin
unvoni beriladi. Ammo bu unvon bilan birga 
elik
va 
tigin
unvonlari ham ishlatilaverdi.
Musodan keyin ukasi Sulaymon ibn Abdulkarim taxtga o‗tirdi (958-970). U 
Arslonxon unvonini oldi. Sulaymon hukmronligi davrida xoqonlikdagi hamma 
xalq islomga yuz burdi. Arab tarixchilari ibn Miskavayxu va ibn al-Asirning 
bergan ma‘lumotlariga ko‗ra, 960 yili ―200.000 majusiy islomni qabul qildi‖. Bu 
muarrixlar ishlatgan majusiy turklar so‗zi ostida Qoraxoniylar tushunilgan bo‗lishi 
mumkin.


Sulaymonning o‗g‗illar Ali (970-998) va Hasan (970-992) hukmronligi davrida 
sulolada ikki hokimiyatchilik hukm surdi. Ali ibn Sulaymon ―Arslon xon‖ unvoni 
bilan Koshg‗arda, uning ukasi Hasan ibn Sulaymon ―Bug‗roxon‖ unvoni bilan 
Bolasog‗unda hukmronlik qilardi. 992 yili aka-ukalar qo‗shni viloyatlarni, 
jumladan. Movarounnahrni qo‗shib olishga qaror qildilar. Bu davrda Somoniylar 
hukmdori Abul Qosim Nuh II ibn Mansur (976-957) edi. Somoniylar sulolasi 
nihoyatda zaiflashgan, tashqaridan bo‗ladigan hujumlarga bardosh bera olmas edi. 
Bu vaziyatdan foydalangan Hasan ibn Sulaymon Bug‗roxon 992 yili Somoniylar 
sulolasiga hujum qildi. Nuh II ni o‗zining lashkarboshilari ham, Xuroson noibi 
Abu Ali Simjuriy ham qo‗llab-quvvatlamadilar. Bug‗roxonga qarshi yuborilgan 
turkiylar qo‗shini lashkarboshisi Foiq Nuh II ga xiyonat qildi. Somoniylar sulolasi 
mag‗lubiyatga uchradi, Nuh II Omulga qochib ketdi.
Kutilmaganda Hasan ibn Sulaymon Bug‗roxon 992 yil vafot etdi. Qoraxoniylar 
lashkari katta o‗lja bilan Farg‗onaga qaytdilar.
Nuh II Buxoroga qaytib keldi. U endi o‗zining kuchiga ishonmas edi. SHu bois 
G‗azna hukmdori, kelib chiqishi turk bo‗lgan Sabuk teginga yordam so‗rab 
murojaat qildi. Sabuk tegin Nuh II ning iltimosini qabul qilib, yirima ming askarini 
boshlab Movarounnahrga tomon yo‗lga chiqdi. U Amudaryoni kechib o‗tdi va 
avval Keshga, so‗n Naxshobga hujum qildi. U erdan esa Nuh bilan birga Abu 
Aliga va Foiqqa qarshi otlandilar. Bir necha hujumlardan so‗ng isyonchilar 
qo‗shini tor-mor qilindi, Abu Ali va Foiq Jurjonga qochdilar.
997 yili Nuh II va Sabuk tegin vafot etdilar. Nuh II ning o‗g‗li amir Mansur II 
(997-999 ) G‗aznaviylar hukmdori Abul Qosim Mahmud ibn Sabuk teginning 
kuchli ta‘siri ostida qoldi. (Bu shaxs tarixda Mahmud G‗aznaviy nomi bilan 
mashhurdir.) Nishopur hukmdori Bektuzun va ilgari Qoraxoniylarga qo‗shilgan 
Foiq Mansur II ga yaqinlashishga qo‗rqdilar. Fitna bilan Mansur II ning ko‗zlarini 
ko‗r qildirdilar. Tez orada (999 yili) Mansur II ham olamdan o‗tdi.
Xullas, 999 yili Qoraxoniylar lashkari Somoniylarni yiqitdi. Ali Arslon 
hayotligida kichik o‗g‗li Nasrni taxt vorisi qilib e‘lon qilgan edi. Nasr ibn Ali 
Arslon xoqon (998-1017) Buxoroni egalladi. U Somoniylar sulolasining oxirgi 
hukmdori Abdulmalik II ni oilasi bilan zindonband qildi.


Qoraxoniylar sulolasida boshlangan siyosiy tarqoqlik o‗z oqibatlarini ko‗rsata 
boshladi. Amakivachchalar - Musoning o‗g‗li Ali Arslon xon bilan Sulaymonning 
o‗g‗li Hasan ibn Bug‗roxon o‗rtasidagi ziddiyatlar kuchli xonliklarning 
Qoraxoniylarga ta‘sir o‗tkazishiga yo‗l ochib berdi. SHu paytda Markaziy Osiyoni 
asosan qitaniylar egallab olgan edi. 1017 yili qitaniylar Ettisuvga bostirib kirib, 
Bolasog‗ungacha etib bordi. Ammo Qoraxoniylar hukmdori Tug‗on xon lashkari 
qitaniylar qo‗shinini tor-mor qildi va sharqqa chekinishga majbur qildi. 
1040 yilga kelganda, Qoraxoniylar sulolasi ikkiga - g‗arbiy va sharqiy xonliklarga 
bo‗linib ketdi. Oradan bir yil o‗tiboq sharqiy xonlik qoraxitoylarga qaram bo‗lib 
qoldi. Har ikkala xonlik o‗rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar oxir-oqibat 
taxminan qirq yillardan keyin g‗arbiy Qoraxoniylarni ichdan emirdi va ular 
Saljuqiylarga qaram bo‗ldi. 1210 yilda esa g‗arbiy Qoraxoniylar Muhammad 
Xorazmshoh II ning vassaliga aylandi. Nihoyat, oradan ikki yil o‗tgach – 1212 yili 
Nayman xoni Kuchluk xon O‗zgan va Koshg‗arda sharqiy Qoraxoniylarni yo‗q 
qildi O‗sha yiliyoq Samarqandda G‗arbiy xoqonlikka ham barham berildi.
Qoraxoniylar davridan madaniy yodgoriklar kam saqlanib qolgan. YOzma adabiy 
yodgorliklar ―Qutadg‗u bilig‖, ―Devonu lug‗atit-turk‖ , ―Hibatul -haqoyiq‖dan 
tashqari, arxitektura va amaliy san‘at namunalari – Buxorodagi Minorai Kalon, 
Navoiy shahri yaqinidagi Raboti Malik karvonsaroyi, O‗zgan shahridagi ayrim 
maqbaralar Qoraxoniylar davridan etib kelgan.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish