ergashtira olish layoqati – uning saxovatpeshaligidandir
deb biladi va qadimdan
qolgan quyidagi baytni dalil sifatida keltiradi:
Kur arslan bolu bersa ыtqa bashы,
Bu ыt barcha arslan bolur oz tushi.
Qalы bolsa arslanqa ыt bashchыsы
Bu arslan bolur barcha ыt saqыshы.
YA‘ni:
Ko‗rgin, agar arslon itlarga bosh bo‗lsa,
Bu itlar barchasi uning tengida arslon bo‗ladi.
Agar arslonlarga it boshchi bo‗lsa,
Bu arslonlar barchasi itga teng bo‗ladi. (2013-2014)
YUsuf bek uchun noma‘qul beshta illatni sanab, bek ana shu illatlardan tamomila
uzoq bo‗lishi kerak: birinchisi – shoshqaloqlik, ikkinchisi – ochko‗zlik, uchinchisi
– jaholat, to‗rtinchisi – buzuq fe‘llik, beshinchisi – yolg‗onchilik. Bekni
baxtsizlikka, xalqning undan yuz o‗girishiga sababchi illatlar ana shulardir.
YUsufning ta‘biricha, beklikka loyiq odamning tashqi qiyofasi ham muhimdir.
Uning bergan o‗gitiga ko‗ra, bek bo‗ladigan odamning yuz ko‗rkli, silliq, bo‗yi
o‗rtacha bo‗lsin; ovozasi ketgan bo‗lsa yana ham yaxshi.
Ilgari o‗tgan maishatparast hukmdorlarning taqdiri haqida donishmandlarning
aytganlaridan YUsuf kitobxonni xabardor etib, bekni mayparastlik illatidan ogoh
etadi. Ichkilik – bu yov, deydi YUsuf va buning oqibatlarini,
el-yurtga, davlat
ishlariga etkazadigan zararini ko‗rsatib beradi.
Vazir
. YUsuf vazir haqida so‗z yuritib, bekka madadkor, beklar yukini
ko‗taradigan, beklikdagi beboshliklarni tartibga soladigan odamdir, deydi.
Vazirdan talab etilgan sifatlar ham nihoyatda yuksak. Zehni o‗tkir,
bilimi dengiz
singari, ziyrak, tadbirkor, to‗g‗ri, ishonchli, fe‘l-atvori a‘lo, zakovatli, bilimli
bo‗lishi lozim.
Vazir ham, xuddi bek singari, ideal shaxs. Vazir lavozimiga
tanlanadigan odam yana mulohazali, uyat-andishali, ko‗zi to‗q, halol, yuzi ko‗rkli,
tutgan ishlari to‗g‗rilik, hisob-kitobga usta, ilmli, har turli yozuvlardan xabardor
bo‗lishi lozim.
Vazirning ichki va tashqi sifatlariga YUsufning bergan bahosi shuni ko‗rsatadiki,
Qoraxoniylar sulolasidagi aka-ukalarning farzandlari o‗rtasidagi
taxt talashuvlar,
nizolar, bir-biriga xusumatni bas qilishlari lozimligini bek va vazir obrazlari orqali
ta‘kidlaydi. Bek bilan vazirni YUsuf bir-biriga yaqin sifatlarga, aytish mumkinki,
birday sifatlarga ega qilib tasvirlar ekan, Qoraxoniylar sulolasidagi yakdillikka,
hamjihatlikka ishora qilgan bo‗lishi mumkin. Zotan, vazirning maqsadi ham
yomonlarni
o‗zidan uzoqlashtirib,
bekini rohatga etkazish, fuqarosini
osoyishtalikka erishtirishdir:
Bu yanglыg‗ bulunsa ey elig vazir,
Begin inchka tegrur qarasы udыr.
Bulur beg tilaki anыndыn tugal,
Ishi barcha etlur qayu ersa hal.
Bayur otru budnы ham etlur eli,
Xazina kopadur qutadur yыlы.
Bolur atы mangu qarыmas bolub,
Bolur ornы edgu qarыsa ulub.
YA‘ni:
Ey elig, shu sifatli vazir topilsa,
Begini rohatga etkazadi, fuqarosi osoyishta uxlaydi.
Bek undan tilaklarini tugal topadi,
Qanday ahvolda bo‗lmasin ishining barchasi bajariladi.
Binobarin, xalqi boyiydi, eli yashnaydi,
Xazinasi ko‗payadi, yillari qutli bo‗ladi.
Oti bir umr qarimas bo‗lib mangulashadi,
Qarib chiriganda esa o‗rni yaxshi bo‗ladi. (2224-2227)
Do'stlaringiz bilan baham: