Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Lashkarboshi
. Bu lavozimga tayinlanadigan odam - bekning chap qo‗li.
Bekning va elning xotirjamligi shu lashkarboshiga bog‗liq. Tabiiyki, lashkarboshi 
chidamli, pishik, ko‗pni ko‗rgan, botir yurakli bo‗lishi lozim. Ziyraklik va 
hushyorlik, ochiq qo‗l va botir, mergan va muloyim ko‗ngilli, dasturxoni ochiq – 
lashkarboshiga xos sifatlardandir. Lashkarboshining yana bir xislati – ochiq 
qo‗lligi, saxiyligidir. U bola-chaqam, xotinim deb mol-dunyo to‗plamasin. O‗ziga 
kerakli qurol-aslaha, ot-ulov, kiyim, egar-jabduq bilan kifoyalansa bo‗ldi. Ochiq 
qo‗lligi va saxiyligidan uning atrofiga sara odamlar jam bo‗ladi. Bahodirlar uning 
atrofiga yig‗iladi, ular lashkarboshining saxiyligidan bahramand bo‗lib, tog‗u 
toshlarda yotadi, hatto jonlarini fido qiladi.
Or-nomus lashkarboshi uchun hayot-mamot masalasidir. U kerakli paytda qat‘iyat 
bilan qaror qabul qiladigan, jang san‘atini yaxshi egallagan, abjir, har bir 
jangchining oilaviy sharoitigacha xabardor, lozim bo‗lganda yordam qo‗lini 
cho‗zadigan odam bo‗lishi lozim.
Bulardan tashqari, YUsuf lashkarboshiga bir qancha xislatlar lozimligini aytadi: 
Yag‗ida kur arslan yuraki kerak 
Qarishtuqta asri bilaki yoriq. 
Tonguz tag tetimlig boriteg kuchi 
Adig‗layu irg‗ar qotuz teg ochi. 


Yema alchi bolsa qizil tulki teg 
Tetir bug‗rasi teg kor och sursa keg. 
Saqizg‗anda saqrak kerak tutsa oz 
Qayu quzg‗uni teg yiraq tutsa koz. 
Ulug‗ tutsa himmat kor arslanlayu 
Ogi teg usuz bolsa tunla sayu. 
YA‘ni: 
Urushda botir, arslon yurakli bo‗lish kerak, 
Jangga kirganda qoplon bilakli bo‗lishi kerak. 
To‗ng‗izdek chovut qiluvchi, bo‗ridek kuchli, 
Ayiqdek hiylakor, qo‗tosdek qasoskor bo‗lishi kerak. 
YAna qizil tulki kabi hiylachi bo‗lsa, 
Tuya erkadidek uzoq kek saqlasa. Ko‗r. 
O‗zini zag‗izg‗ondan hushyorroq tutishi kerak, 
Qoya quzg‗uni kabi uzoq-uzoqlarga ko‗z yugurtirishi kerak. 
Botir arslon kabi himmatini ulug‗ tutsa, 
Tunlari xayolchan bedor ona kabi bo‗lsa. (2274-2278)
Ulug„ hojib
. Bekning huzuriga kiradigan har qanday toifadagi va lavozimdagi 
odamlar Hojib orqali kirgan. Bekning siyosatini, qonun-qoidalarini, tartiblarini, 
nizomlarini hojib bajarardi. SHuningdek, qashshoq, tul, etimlar arz bilan bek 
huzuriga kelganda, ularni tinglab, talablarini va ehtiyojlarini bekka bexato etkazish 
ham hojibning vazifasi edi. SHu bois YUsuf bunday lavozimga birinchi navbatda, 
ko‗zi to‗q, uyat-andishali, ko‗p bilimlardan xabardor, zehnli, bo‗lishi lozimligini va 
tashqi qiyofasi chiroyli, soqolini doim qirib yurgan bo‗lishi, mard, ovozasi ketgan, 
andishali, diyonatli bo‗lishi darkor. Mana, YUsufning hojiblik unvoniga qo‗ygan 
talabi: 
Hajibliqqa ashnu bu on nang kerak, 
Yeti ko‗z qulaq saq ko‗ngul keng kerak. 
Yuzi korki bod til uqush og bilig 
Qilinchi bularqa tugal teng kerak. 
Uzun kech yashasuni elig ozi 
Ulug‗ hajib ul begka korgu kerak. 
Toru ham toqu ondi yinchka tapug‗ 


Ulug‗ hajib etsa achar yol qapug‗. 
YA‘ni: 
Hojibliqqa eng avval ushbu o‗n narsa lozim: 
O‗tkir ko‗z, soq quloq, keng ko‗ngil kerak. 
YUz chiroyi, qomati, tili, zehni, aqli va bilimi tugal, 
Qilmishlari bularga to‗la teng bo‗lishi kerak. 
Elig o‗zi uzun va uzoq yillar yashasin, 
Ulug‗ hojib bekning ko‗rar ko‗zidir. 
Qonun (siyosat) hamda rasm-qoida va nizom ishlari nozik
xizmat, 
Ularni ulug‗ hojib bajarsa, mushkul yo‗l va eshiklar ochiladi. (2449-2452)
Darvozabonlar boshi
. YUsufning ta‘rifi bo‗yicha, darvozabonlar boshi ham ideal 
shaxs obrazi. Inson zotiga xos mehribonlik, tantilik, odamlarning dardiga malham 
bo‗lish kabi fazilatlarni o‗zida mujassam etgan odam darvozabonlar boshlig‗i 
lavozimligiga munosibligini YUsuf ta‘kidlaydi. Ayni paytda YUsuf bu 
lavozimdagi odamning xizmat majburiyatlarini ham ko‗rsatib, har doim qo‗l 
ostidagi soqchilarning vazifasini nazorat qilib borishiga oid ko‗rsatmalar beradi.
Qo‗l ostidagi odamlarga mehribonlik ko‗rsatishi, tanglikda qolgan soqchilariga 
yordam qo‗lini cho‗zishi lozim. SHu bilan bir qatorda 
Koru alsa yat baz keligli kishig 
Ag‗ir tutsa qoldash qilinmish eshig 
YA‘ni: 
YOt- begona, musofir kishilarni yaxsh kutib olsa, 
YAqinlik qilgan eshlarni qadrli tutsa (2509) 
YUsuf hojibning va darvozabonlar boshlig‗ining mas‘uliyatini mamlakat, 
beklikning farovonligi, gullab-yashnashi, bekning nomi ulug‗lanishi kafolati
sifatida qaraydi. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish