Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

to„rtinchidan
, qo„shinlar tarkibini yanada maqbul holga keltirish, ularning 
tashkiliy-tarkibiy 
tuzilmasini, 
Qurolli 
Kuchlarni 
boshqarish 
tizimini 
takomillashtirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish. Bu yo„nalishdagi eng 
muhim vazifa – jangovar harakatlar chog„ida muvaffaqiyatga erishishning hal 
qiluvchi shartlaridan biri bo„lgan birlashma va qismlarning tezkor harakatlanish 
imkoniyati va harbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat; 
beshinchidan
, harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish
uy-joy va maishiy sharoiti, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini yaxshilash kabi 
aniq maqsadlarga yo„naltirilgan ishlarni yanada kuchaytirish davlatimiz va 
jamiyatimizning asosiy vazifasi bo„lmog„i lozim. 
O„z-o„zidan ayonki, bu vazifaning ahamiyati va mohiyati 2007-yilning yurtimizda 
«Ijtimoiy himoya yili», deb e‟lon qilingani bilangina bog„liq emas, albatta. Ushbu 


295 
masalaning muhimligi va dolzarbligi shundaki, hozirgi murakkab va tahlikali davrda 
har tomonlama yaxshi tayyorlangan, yetarli darajada ta‟minlangan va ijtimoiy 
himoyalangan, qudratli Qurolli Kuchlargina xavfsizlik va barqarorlikning, 
chegaralarimiz daxlsizligi va mamlakatimiz hududiy yaxlitligining, bir so„z bilan 
aytganda, xalqimizning tinch va osoyishta hayotining mustahkam tayanchi va 
ishonchli kafolati bo„la oladi. 
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar qatorida mamlakatimizning mudofaa 
qobiliyatini mustahkamlash, uning barqarorligi va xavfsizligini ta‟minlashda Qurolli 
Kuchlarimizning shakllantirilishi g„oyat muhim ahamiyat kasb etdi. 
Sobiq SSSR parchalanganidan keyin yuzaga kelgan sharoitda, qurolli kuchlarda 
boshqaruv, intizom va tartib amalda yo„qotilgan, mamlakat xavfsizligiga ichki va 
tashqi tahdidlar kundan kunga kuchayib borayotgan bir vaziyatda Mudofaa 
vazirligini, uning organlari va joylardagi qo„mondonlik tuzilmalarini shakllantirish 
o„z vaqtida qabul qilingan yakka-yu yagona to„g„ri qaror bo„ldi. 
Kadrlar eng avvalo, ofitserlar tarkibini saqlab qolish va mustahkamlash, armiya 
saflarini milliy kadrlarimiz bilan to„ldirish, ularning tayyorgarlik va qayta 
tayyorgarlikdan o„tishini ta‟minlash, eng muhimi, mamlakatimizdan jangovar texnika 
va qurollar olib chiqib ketilishini oldini olish o„ta muhim ahamiyatga ega edi. 
Keyinchalik, mintaqamizdagi tez sur‟atlar bilan o„zgarib borayotgan ijtimoiy-
siyosiy va harbiy vaziyatdan kelib chiqqan hola, armiyani isloh qilish bo„yicha yangi 
prinsiplar 
negizida 
Qurolli
Kuchlarni barpo etish va tashkil qilishga asoslangan, xavfsizlikka tahdid soladigan 
real xavf-xatarlarni nazarda tutadigan uzoq muddatga mo„ljallangan dastur 
shakllantirildi. 
Ushbu dasturni amalga oshirish jarayonida milliy armiyamiz tashkiliy jihatdan 
yangicha tarkibiy tuzilishga ega bo„ldi, qisqa muddatda harbiy okruglar, chegaraviy 
mintaqalar tashkil etildi, Qurolli Kuchlarni boshqarishning butun tizimi, birlashma va 
qismlarning tarkibi va joylashuvi qayta ko„rib chiqildi, qo„shinlarning moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy qurol-yarog„ bilan ta‟minlash bo„yicha 
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Shu bilan birga, o„ta muhim jangovar topshiriqlarni bajarishga yo„naltirilgan 
Maxsus operatsiyalar bo„yicha kuchlarning bo„linmalari, Mudofaa vazirligi 
huzuridagi Terrorizmga qarshi kurash korpusi tuzildi. Bu bo„linmalar ehtimol 
tutilayotgan dushmanning har qanday tajovuzkorona harkatlariga qarshi munosib 
zarba berishga qodir qudratli ekani Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent 
viloyatlarining tog„li tumanlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchilarning jangari 
to„dalarini yo„q qilish bo„yicha amalga oshirilgan operatsiyalarda namoyon bo„ldi. 
Ayni paytda muddatli harbiy xizmatning bir yilgacha qisqartirilgani, 
qo„shinlarning sifat tarkibini yaxshilash va ularning safini to„ldirish tartiblarining 
takomillashtirilgani, zamonaviy qurol-aslaha bilan ta‟minlangani, safarbarlik-chaqiruv 
rezerv xizmatining joriy qilingani, shartnoma-kontrakt asosidagi xizmatga o„tish 


296 
jarayoni amalda yakunlangani armiyamiz qiyofasini, uning mazmun-mohiyatini qayd 
etish zarur. 
Serjant 
va 
ofitser 
kadrlarni 
tayyorlashning 
axborot 
va 
kompyuter 
texnologiyalariga, zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlariga asoslangan samarali 
tizimi tashkil etildi. 
Harbiy xizmatchilarni va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish, zarur turarjoy 
va maishiy sharoit bilan ta‟minlash borasida ham ko„p ishlar qilindi. So„nggi besh 
yilning o„zida harbiy unvonlar bo„yicha maoshlar, harbiy xizmatdan bo„shagandan 
keyin to„lanadigan nafaqalar miqdori ikki barobardan ziyod oshirildi. 
Bugun to„la ishonch bilan aytish mumkinki, Vatanimizning xavfsizligi Qurolli 
Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda ta‟minlanmoqda, armiyada xizmat qilish 
O„zbekiston fuqarosi uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki nufuzli kasblardan 
biriga, tom ma‟nodagi shon-sharaf ishiga aylanib bormoqda. 
Armiya xizmatini o„tayotgan yigitlarimiz harbiy mutaxassiliklarni puxta egallash 
bilan birga jismoniy va ma‟naviy jihatdan chiniqib, irodasi toblanib, qat‟iy hayotiy 
pozitsiyasi shakllanmoqda, Vatan himoyasi yo„lida doimo tayyor turadigan mard va 
jasur insonlar bo„lib kamol topmoqda. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish