Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«O„zbekiston NATO 
munosabatlarining asl mohiyati – davlatimizning xavfsizligini va tinchligini 
ta‟minlash, qolaversa mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-
sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlashdan iborat»

Konstitutsiyaga asosan O„zbekiston Respublikasining siyosiy maqsadi insonparvar 
demokratik huquqiy davlat yaratishdir, O„zbekiston Respublikasi xalqaro 
munosabatlarning to„la huquqli subyektidir va uning tashqi siyosati davlatlarning 
suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning 
daxlsizligi, nizolarni tinch yo„l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik va xalqaro huquqning umum e‟tirof etilgan boshqa qoidalari va 
normalariga asoslanadi. 
O„zbekiston shu paytgacha, dunyoning barcha mamlakatlari, qit‟alari va 
mintaqalari bilan o„z munosabatlarini, bu mamlakatlarning ustqurtmasi qanday 
bo„lishidan qat‟i nazar, faqat xalqaro huquqning barcha tan olgan qoida va mezonlari 
asosida qurib keldi va bundan keyin ham shu yo„ldan boradi. 
O„zbekiston xalqaro munosabatlarda tinchliksevar yo„ldan borib, o„z 
fuqarolarining hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini yuklab, Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Ustaviga binoan o„zini mudofaa qilish huquqini amalga 
oshira borib, O„zbekiston Respublikasining «Mudofaa to„g„risida»gi Qonuniga asosan 
yetarli zaruriyat miqyosida o„zining harbiy salohiyati va mudofaa qobiliyatini ta‟min-
lamoqda. 
O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va harbiy strategiyasiga asos solingan bu 
qoidalar ilk bor 1991-yil avgust oyida qabul qilingan «O„zbekiston Respublikasining 
davlat Mustaqilligi asoslari to„g„risida»gi Qonunda va Oliy Kengashning 
«O„zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi to„g„risida»gi Bayonotida o„z 
aksini topdi. 
Keyinchalik, O„zbekiston Respublikasining harbiy strategiyasi, O„zbekiston 
Respublikasining «Mudofaa to„g„risida»gi qonunida kengaytirildi va unga aniqlik 
kiritildi. Ushbu qonunda davlatni mudofaa qilishning maqsad va vazifalari, harbiy 
doktrinaning yo„nalishlari hamda davlat hokimiyati va fuqarolarning O„zbekiston 
Respublikasining mudofaa qobiliyatini ta‟minlashning tashkiliy, boshqaruv, huquq va 
majburiyatlari asoslari aniq belgilab berildi. 
Harbiy strategiyaning huquqiy rivoji va uning asosiy me‟yor hamda qoidalarini 
mustahkamlashga O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim hissa qo„shdi. 


288 
Davlatimizning asosiy qonunida fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda harbiy 
yoki muqobil xizmatni o„tashi majburiyligi, mamlakat Prezidentiga Respublika 
Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo„mondonlik vazifasi yuklatilganligi normativ 
jihatdan mustahkamlangan. Konstitutsiyamizning «Mudofaa va xavfsizlik» nomli 
maxsus bobida O„zbekiston Qurolli Kuchlarini tashkil etish va faoliyatining asosiy 
masalalari Konstitutsion ravishda tartibga solingan. 
Davlat harbiy strategiyasini shakllanishi va aniq yo„nalishlarini belgilashda 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I sessiyasi muhim hissa qo„shdi. Bu 
sessiyada mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan birinchi marta milliy 
xavfsizlikning eng muhim (asosiy) to„qqiz tamoyili shakllantirib berildi. 
O„zbekistonning jahon hamjamiyati va davlatlararo xavfsizlik tizimida faoliyati, 
davlatlararo bitimlar mustahkam tizimini yaratish va unga so„zsiz amal qilish, tashqi 
siyosatni mafkuradan to„la holi etish, qo„shilmaslik harakatida hamda MDH 
davlatlarining kollektiv xavfsizlik tizimida ishtirok etish, Markaziy Osiyo davlatlari 
bilan har tomonlama o„zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, milliy xavfsizlik tizimini 
yaratish hamda jamiyatning ijtimoiy-ruhiy, ma‟naviy va axloqiy madaniy va tarixiy 
ildizlariga tayanish shular jumlasidandir. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta‟riflab berilgan milliy xavfsizlik 
tamoyillari davlatimiz harbiy strategiyasining huquqiy asosini yakunlovchi hujjat 
bo„lmish harbiy doktrina asosini (negizini) tashkil etdi. 
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, harbiy doktrina hatto sobiq Sovet Ittifoqida ham 
yo„q edi. Bu O„zbekiston harbiy siyosatini huquqiy asosini, strategik maqsad va 
g„oyalarini ko„rsatadi. 
Yosh suveren davlat bo„lmish O„zbekiston o„zining Mustaqillik yillari mobaynida 
tashqi siyosat, davlatlararo munosabatlar, urush va tinchlik muammolarining 
prinsipial yangi nuqtayi nazari va masalalariga tayanadigan, milliy xavfsizlikning 
umumdavlat konsepsiyasining tarkibiy qismi bo„lgan hamda mamlakatning mudofaa 
siyosatini asosini tashkil etgan harbiy Doktrinani ishlab chiqdi va O„zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida 1995-yil 30-avgustda qabul qilindi. 
Harbiy Doktrina harbiy qurilishning asosi, harbiy sohani isloh qilish va harbiy-
texnik siyosatining istiqbollarini ishlab chiqish hamda harbiy bilim, harbiy san‟at va 
ofitser kadrlarni tayyorlashni yanada rivojlantirishning asosiy yo„nalishlarini belgilab 
berdi. 
Oldiga qo„yilgan vazifalarga ko„ra mamlakat harbiy Doktrinasining mazmuni va 
strukturasi aniqlandi. U o„z ichiga umumiy qoidalar, siyosiy va harbiy-tashkiliy 
aspektlar hamda harbiy doktrinaning huquqiy asoslarini oladi. Harbiy doktrinada 
davlatning o„z fuqarolarini hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish, mudofaa qilish 
huquqini amalga oshirish bo„yicha asosiy maqsad va vazifalari aniq tavsiflab berilgan. 
O„zbekiston Respublikasi xalqaro va davlatlararo mojarolarni urush yo„li bilan hal 
etishga qat‟iy ravishda qarshi chiqadi va o„zining tashqi siyosat faoliyatida harbiy 
nizolar hamda qarama-qarshiliklarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etuvchi yoki 
yo„l qo„yilmaydigan, xavfning oldini olish diplomatiyasi usullari yordamida dunyo 


289 
hamjamiyatining davlatlari o„rtasidagi harbiy nizolarni oldini olish masalalarini bosh 
vazifa, deb biladi. Bu vazifalar O„zbekiston Respublikasining qonuniy va me‟yoriy 
hujjatlarida mustahkamlangan. 
O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida urush va harbiy nizolarning oldini olish 
o„zining bosh strategik yo„nalishi, deb qabul qilib, hech qanday harbiy blokka 
kirmaslik, agressiyadan tashqari o„z Qurolli Kuchlarini boshqa davlatlarga qarshi 
qo„llamaslik, hech kimni o„z dushmani deb qaramaslik va yadrosizlikning uch 
tamoyiliga amal qilish majburiyatini oldi. 
O„zbekiston Respublikasi o„zining xalqaro faoliyatida urushni oldini olish 
bo„yicha keng qamrovli choralar ko„rish lozim, deb hisoblaydi. BMTning mavqeini 
oshirish, faol integratsiyalanish, yadro qurolini sinashni butkul to„xtatish, kimyo 
qurolini yo„q qilish, Markaziy Osiyo hududini yadrosiz mintaqa, deb e‟lon qilish, 
aqidaparastlikka, ekstremizmga, terrorizmga barham berish va boshqalar shular 
jumlasidandir. 
Harbiy Doktrinada Markaziy Osiyo mintaqasining o„ziga xos xususiyatlari, harbiy 
xavfning potensial manbalari, zamonaviy urushlarning xarakter va oqibatlari, harbiy-
strategik bosh vazifalari, Qurolli Kuchlarni qurish va qo„llashning tamoyillari hamda 
respublika iqtisodiyoti, hududi va aholisini mudofaaga tayyorlashning mohiyatlari 
ochib berilgan. 
Amaldagi O„zbekiston Respublikasining harbiy doktrinasining asosiy g„oyalarini 
rivojlantira borib, keyingi besh yilda dunyoda, mintaqada va mamlakatda ro„y 
berayotgan geopolitik vaziyatni hisobga olgan holda O„zbekiston Respublikasining 
Mudofaa doktrinasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. 
Uni ishlab chiqishda va qabul qilishda alohida geopolitik o„rin egallab turgan 
Markaziy Osiyo mintaqasi hozirgi paytda xalqaro terrorchilik, diniy ekstremizm va 
aqidaparastlikni yoyishga, mintaqadagi mamlakatlarni o„zlari tanlagan demokratik 
taraqqiyot yo„lidan qaytarishga urinayotgan ekstremistik kuchlar va diversion-
qo„poruvchi markazlarning o„ta manfaatdor obyektiga aylanayotgani hisobga olingan. 
Narkobiznes va g„ayriqonuniy qurol-aslaha savdosi ko„lamining kengayayotgani 
xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda. Bunday sharoitda davlatning eng muhim vazifasi 
Mudofaa vazirligi, chegara va ichki qo„shinlarning tezkor, zamonaviy qurol-aslahaga 
ega, professional jihatdan yaxshi tayyorlangan birlashma va qismlarini tashkil etish, 
mamlakatning yagona himoya va mudofaa tizimini, barcha qo„shin turlari va harbiy 
bo„linmalari, huquq-tartibot idoralari o„zaro hamkorligining samarali mexanizmini 
shakllantirishdan iborat. 
O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi konsepsiyasining prinsipial 
o„rinlariga, mamlakat va mintaqaning xavfsizligi, tinchligi va barqarorligiga tahdid 
solayotgan kuchlarni chuqur o„rganishga asoslangan holda Mudofaa doktrinasi harbiy 
qurilish, ishonchli mudofaani, davlatning hududiy yaxlitligi va xavfsizligini 
ta‟minlashga doir asosiy tamoyillarni belgilab beradi. 
Qabul qilingan doktrina mutlaqo mudofaaviy xususiyatga ega bo„lib, O„zbekiston 
Respublikasining tinchlikparvar siyosati ifodasidir. Doktrinada umumiy xavfsizlik 


290 
tamoyilidan kelib chiqqan holda, Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik va 
barqarorlikni saqlash borasidagi sa‟y-harakatlarni birlashtirish zarurligi ta‟kidlanadi. 
Doktrinada vazirlik va idoralarning, davlat va nodavlat tashkilotlari va 
muassasalarning mamlakat mudofaa salohiyatini ta‟minlash borasidagi o„rni va 
ma‟suliyati belgilab berilgan. Doktrina qoidalarini amalga oshirish Vatanimizning har 
bir fuqarosi uchun muqaddas burchdir. 
1999-yilning fevralida Toshkentda sodir bo„lgan fojia, so„ngra Qirg„iziston 
janubida, Buxoro va Andijonda sodir bo„lgan voqealar xalqimizning tinch hayotini 
ko„ra olmaydigan kuchlar borligini va ular O„zbekistonni tanlagan yo„lidan qaytarish 
uchun har qanday qabohatga tayyor ekanligini ko„rsatdi. Mustaqil O„zbekistonning 
posbonlari bo„lgan Qurolli Kuchlar askarlari mana shu og„ir kunlarda o„zlarini jasur 
va matonatli Vatan himoyachilari sifatida ko„rsatdilar. 
Sarhadlarimiz daxlsizligini saqlash, yurt osoyishtaligini ishonchli himoya qilish 
ma‟naviy yuksak, jismonan baquvvat askarlar va zamonaviy qurol-aslaha bilan 
ta‟minlangan professional armiyaga bog„liq. Istiqlol davrida shakllangan Qurolli 
kuchlarimiz bugun sobiq ittifoq davridagi armiyadan keskin farq qiladi. Endilikda 
Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan yigit yagona Vatan – ona O„zbekiston 
uchun, uning osoyishtaligi yo„lida o„z burchini ado etayotganini yaxshi anglaydi. 
Endilikda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshlar katta tanlovdan o„tib, ular 
orasidan eng saralari tanlab olinmoqda. Tabiiyki, Qurolli Kuchlarning mudofaa 
salohiyatini oshirish, har qanday sharoitda mashaqqatli vaziyatdan sharaf bilan 
chiqish harbiylardan nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, balki yuksak aql-idrok, 
intellektul salohiyatni ham talab etadi. Hozir Qurolli Kuchlarni barpo etish va tashkil 
etishning mutlaqo yangi konsepsiyasiga amal qilinmoqda. Muddatli harbiy xizmat bir 
yilgacha qisqardi, har tomonlama ta‟minlangan nufuzli serjantlar maktabining 
faoliyati yo„lga qo„yildi. Amalda o„zini oqlagan, saflarida ming-minglab yoshlarimiz 
o„z yigitlik burchini o„tayotgan safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati tashkil etildi. Eski 
nomaqbul kazarma muhitiga barham berildi. Muddatli va kontrakt xizmati, ofitserlik 
va qo„mondonlik tarkibi xizmatlarining o„ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda 
harbiy xizmatchilarning yashash va dam olishlari uchun munosib sharoitlar 
yaratilmoqda. 
Mamlakatning barcha hududlarida harbiy qismlar askarlari turli qurollardan 
foydalanish, zirhli va g„ildirakli jangovar texnikalarni boshqarish, kompyuter 
trenajyorlardan foydalanish sirlarini mukammal egallashmoqda. Harbiy tayyorgarlik 
jarayonini ilg„or texnik va texnologik vositada yangicha uslublar asosida tashkil etish 
intellektual mezonlar va yo„nalishlarni takomillashtirish izchil davom ettirilmoqda. 
– Bugungi Qurolli Kuchlar o„n besh yil avvalgi armiyadan qanday jihatlarga ko„ra 
farqlanadi? 
Yuqoridagilarni umumlashtirib, shuni aytish kerakki, istiqlol yillarida Qurolli 
Kuchlarimizda islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz rahbariyati harbiy sohada 
islohotlar o„tkazishda asosiy omilni hisobga oldi. Ulardan 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish