282
jangovar tayyorgarlik va intizomga to„liq javobgar. U mudofaa sohasi va harbiy
qurilishda ishlab chiqilgan davlat siyosatining Qurolli Kuchlarda amalga oshirilishini
ta‟minlaydi. Mudofaa rejalari va konsepsiyasi loyihasi, Qurolli Kuchlarning qurilishi
va taraqqiyoti, qurollar va harbiy texnika taraqqiyotining davlat dasturlari, mudofaa
ehtiyojlari uchun ajratiladigan mablag„lar bo„yicha takliflarni ishlab chiqadi va
Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etadi. Mudofaa va harbiy qurilish
sohalarida ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi va o„tkazadi, harbiy texnika va boshqa
ashyolar yaratish, ishlab chiqarish va ta‟mirlash uchun davlat buyurtmalarining
bajarilishini nazorat qiladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari harbiy islohotning ikkinchi
bosqichini amalga oshirish ishlarini olib bormoqda. Harbiy islohotning birinchi
bosqichida (1992–1996-yillarda) qism va bo„linmalar, harbiy o„quv yurtlari va
muassasalarini isloh qilishning tartibi aniqlangan. Tegishli safarbar etuvchi rejalar,
kerakli qonunlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Shuningdek, kadrlarni o„qitish va
tarbiyalashning tugal tizimi yaratilgan.
Harbiy islohotning ikkinchi bosqichida esa Qurolli Kuchlarni isloh qilishni
nihoyasiga yetkazish, yangi tashkiliy tizimga to„la o„tish, qo„shin turlari va xillari
boshqaruvining yuksak darajasiga erishish, jangovar tayyorgarlikda va harbiy kadrlar
kasb mahoratlarini oshirishda yanada yuqori sifatli natijalarni qo„lga kiritish
yo„llarida faol ish olib borilmoqda.
Masalan, harbiy kasbni tanlovchi yoshlar uchun Toshkent, Samarqand, Farg„ona
va Urganch shaharlarida harbiy mutaxassisliklarga yo„naltiruvchi litseylar faoliyat
ko„rsatmoqda, Harbiy lisey tinglovchilari ikki yil mobaynida harbiy ko„nikma to„plab,
o„zlari tanlagan qo„shin turlari bo„yicha Oliy harbiy bilim yurtlariga yo„l oladilar.
Toshkent umumqo„shin komandirlari, Samarqand avtomobilchi komandir –
muhandislar, Chirchiq tankchi komandir – muhandislar, Jizzax aviatsiya oliy harbiy
bilim yurtlari, Toshkent aloqa-elektrotexnika institutining maxsus fakulteti Qurolli
Kuchlarimiz saflariga turli mutaxassisliklar bo„yicha yuqori malakali ofitser kadrlar
tayyorlab beradigan Oliy harbiy ilm o„chog„iga aylangan.
Qurolli Kuchlarimizga oliy qo„mondonlik tarkibini tayyorlayotgan harbiy
Akademiyaning ochilishi O„zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim
voqeagina bo„lib qolmay, u xalqaro ahamiyatga molikdir. Mamlakat Prezidenti,
Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo„mondoni Islom Abdug„aniyevich Karimov
Akademiyaning ochilishiga bag„ishlangan tantanada nutq so„zlar ekan, jumladan
shunday dedi:
Do'stlaringiz bilan baham: