Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Birinchidan
, O„zbekiston tashqi siyosatining ustuvor tamoyillaridan biri hech 
qanday harbiy bloklarga a‟zo bo„lmaslikdir. Prezident Islom Karimov bu masalani 
yanada sodda qilib tushuntirib aytdiki, birorta o„zbek askari o„z mamlakatimiz 
chegaralari hududidan tashqariga borib, har xil mojarolarda ishtirok etmaydi. 
Ikkinchidan
, O„zbekistonning bugungi siyosiy-jug„rofiy holati ham biror-bir 
harbiy blokka kirish amaliyotiga to„g„ri kelmaydi. Mabodo shunga amal qilinadigan 
bo„lsa, mintaqadagi xavfsizlik muvozanatiga putur yetkazib qo„yishi mumkin. 
Garchand mintaqamizdagi ayrim davlatlar o„z sa‟y-harakatlari bilan mintaqa 


275 
xavfsizligiga rahna solayotgan bo„lsa-da, O„zbekiston rahbariyati bularga qarshi 
harakat qilmasligini ochiq-oydin ma‟lum qilgan. Aksincha, bizning maqsadimiz 
mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni, farovon hayotga erishishni ta‟minlashdir. 
O„zbekiston – NATO munosabatlarining asl mohiyati ham shu – davlatimizning 
xavfsizligi va tinchligini ta‟minlash, qolaversa, mintaqada barqarorlikni qaror 
toptirish uchun shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlashdan iborat. 
Bugungi kunda dunyodagi 19 mamlakat NATOning to„laqonli a‟zosi sanaladi, 
qirqqa yaqin davlat ushbu alyans bilan hamkorlik qiladi. Mazkur Shimoliy alyans 
bilan, NATOga a‟zo hamda unga sherik davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish 
O„zbekiston uchun juda muhim. Islom Karimov Yevroatlantika hamkorlik 
kengashining yalpi majlisida so„zga chiqib, O„rta Osiyo mintaqasida tinchlik va 
barqarorlikni saqlash uchun zarur bo„lgan quyidagi omillarga alohida to„xtalib o„tdi: 
– yigirma yildan beri o„sha davr nuqtayi nazaridan davom etib kelayotgan va 
mintaqa xavfsizligiga katta tahdid solayotgan afg„on mojarosini tinch yo„l bilan hal 
etish. Shu o„rinda bir fikrni aytish joizdir. Agar Yevropaning biror-bir nuqtasida 
kichkinagina janjal chiqsa-yu, uch-to„rt kishi qurbon bo„lsa, masala darrov 
jahonshumul ahamiyat kasb etadi. Holbuki, Afg„onistonda kuniga yuzlab odamlar 
urush tufayli halok bo„layotgani jahon ahlida unchalik ham katta tashvish tug„dir-
mayotgani ajablanarli. Fikrimizcha, buning sababi jahon xavfsizlik tizimida 
muvozanat yo„qligidir. O„zbekistonning, qolaversa, boshqa davlatlarning ham NATO 
bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilayotgani ayni shu muvozanatni 
ta‟minlashga xizmat qilishi shubhasiz;
– yadro quroliga ega davlatlar sonining ko„payishiga yo„l qo„ymaslik zarur. 
Negaki, keyingi vaqtda Janubiy Osiyoda o„tkazilgan yadro sinovlari kishini 
tashvishga soladi; 
– mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmning tarqalishiga yo„l qo„ymaslik 
lozim. Aytish mumkinki, bugun aynan diniy ekstremizm va fundamentalizm yer 
yuzidagi ko„plab urushlar, mojarolarga havo berib turibdi; 
– terrorizm va zo„ravonlik, qurol-yarog„ hamda narkotik moddalar 
kontrabandasiga qarshi hamkorlikda kurashni kuchaytirish zarur. Ayni shu 
masalalarda O„zbekiston NATOning va unga sherik boshqa davlatlarning ko„magiga 
ehtiyoj sezadi. 
Islom Karimovning «Eksimbank» prezidenti J.Hermon bilan muloqoti, 
shuningdek, Kapitoliyda O„rta Osiyo hamda Kavkaz davlatlari rahbarlari bilan birga 
AQSH senatorlari bilan uchrashuvi ham tashrifning muhim voqealaridan bo„ldi. Shu 
o„rinda AQSH senatorlari bilan bo„lgan uchrashuv haqida biroz to„xtalib o„tsak. 
Senator Sem Braunbek uchrashuvni ochar ekan, ayni vaqtda AQSH senati «Buyuk 
Ipak yo„li – XXI asr» nomli qonun qabul qilishga chog„lanayotganini ma‟lum qildi. 
AQSHning Buyuk Ipak yo„liga qiziqayotgani xayrli, albatta. Tabiiy bir savol 
tug„iladi: nega Buyuk Ipak yo„li oradan ikki ming yil o„tib yana muhim strategik 
ahamiyat kasb etayapti? Sabab shuki, bugun bu yo„ldan nafaqat mazkur mintaqa 
davlatlari, balki Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, AQSH ham katta manfaat 


276 
topishi mumkinligi tobora yaqqolroq namoyon bo„layapti. Davlatimiz rahbari 
senatorlar bilan uchrashuvda so„zga chiqib, yig„ilganlarning e‟tiborini Buyuk Ipak 
yo„lini rivojlantirishga qanday omillar, kuchlar xalal berishi mumkin, degan masalaga 
qaratdi. Sir emaski, ayrim mamlakatlar O„rta Osiyo va Kavkaz davlatlarining g„arbga 
tomon yangi aloqa koridorlariga ega bo„lishini xohlamaydi. Ayniqsa, mazkur 
mintaqadagi neft va gazni jahon bozoriga chiqarish uchun yangi yo„nalishlarning 
paydo bo„layotgani ularning paytavasiga qurt tushirayotir. Ikkinchidan, diniy 
ekstremizm va fundamentalizmning mazkur mintaqa mamlakatlarida tarqalishi va 
buning asnosida yuzaga keladigan beqarorlik ham davlatimizning hamkorlik yo„lidagi 
sa‟y-harakatlariga putur yetkazishi mumkin. Uchinchidan esa, ayrim davlatlar hamon 
shovinistik kayfiyatdan xalos bo„la olmayotgani bilan bog„liq. Ular mintaqada o„z 
ta‟sirlarini saqlab qolish uchun turli amallardan foydalanyapti. Bu harakat esa Buyuk 
Ipak yo„lini tiklash, o„zaro integratsiyalashuv yo„lidan borayotgan davlatlarning 
maqsadiga zid. Va nihoyat, Osiyodagi ayrim davlatlar o„z strategik maqsadlarini 
ko„zlab Buyuk Ipak yo„lining tiklanishiga va rivojlanishiga xalal berishi mumkin. 
Shuning uchun bu haqda gap ketganda, yuqorida tilga olingan masalalarga alohida 
e‟tibor qaratish kerak bo„ladi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida milliy xavfsizlik kengashi, 
xavfsizlikni ta‟minlash sohasida davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari 
bo„yicha maslahat organi tashkil etildi. 
Shubhasiz, yuqoridagilar O„zbekistonda milliy xavfsizlikni ta‟minlash va 
barqarorlikni saqlab turishning ishonchli omili bo„lib xizmat qiladi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish