Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Ishonchim komilki, yillar o„tib, avlodlarimiz biz xalqimizning



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Ishonchim komilki, yillar o„tib, avlodlarimiz biz xalqimizning 
mustaqilligi yo„lida, uning tinch bunyodkorlik mehnatini himoya qilish yo„lida 
qilgan ishlarimizga munosib baho beradi»

Markaziy Osiyoda yagona harbiy Akademiyaning ochilishi, bu – fanga nisbatan 
keskin burilish, yangi bilimlarni orttirish, Sharq harbiy boshliqlarining, avvalo 
Sohibqiron bobokalonimiz Amir Temurning tajribali, tezkor harbiy san‟at va 
taktikaning so„nggi yutuqlari, jahon harbiy ilmi hamda xorijiy mamlakatlar jangovar


283 
tayyorgarligining ilg„or tajribalari negizida malakali milliy harbiy kadrlarni 
tayyorlash demakdir. 
Jangovar tayyorgarlikning yuqori saviyada bo„lishini ta‟minlash qism va 
bo„linmalar, harbiy o„quv yurtlari, umuman Qurolli Kuchlarning bosh vazifasi bo„lib 
kelgan va shunday bo„lib qoladi. 
O„zbekistonning Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan ijtimoiy hayotning 
barcha jabhalarida, shu jumladan, harbiy sohada ham hamkorligi va hamjihatligining 
muhim poydevori xalqlarimizning umumiy tarixiy negiziga egaligidir. 
O„zbekiston rahbariyati mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash 
uchun amaliy choralar ko„rib kelmoqda. Jumladan, O„zbekiston 1991-yil dekabrda 
Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligini tuzish bo„yicha Almati Deklaratsiyasini, 1992-yil 
mayda esa Kollektiv xavfsizlik Shartnomasini imzoladi. 1993-yil yanvarda 
O„zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligining boshqa davlatlari bilan birga 
tinchlikni ta‟minlovchi batalyonni tashkil etishda va uni tojik-afg„on chegarasiga 
yuborishda ishtirok etdi. 1993-yil sentabrida esa MDH davlatlari rahbarlarining 
qaroriga binoan mudofaa koalitsion kuchlari tashkil etilib, bunda Rossiya, 
Qozog„iston, Qirg„iziston va Tojikiston Qurolli Kuchlari bilan bir qatorda 
O„zbekiston milliy armiyasi vakillari ham qatnashdilar. 
O„zbekiston, Qozog„iston va Qirg„iziston Respublikalari o„rtasida 1993-yil 
yanvarda yo„lga qo„yilgan mintaqaviy harbiy-texnik hamkorlik katta tarixiy 
ahamiyatga ega. Mazkur mamlakatlar Prezidentlari iqtisodiy, siyosiy va qamrovli 
masalalar bilan bir qatorda o„zlarining harbiy siyosatdagi nuqtayi nazarlarini 
(pozitsiyalarini) kelishtirib oldilar va xususan Qozog„istonda hamda Turkmanistonda 
milliy armiyalar tashkil etilishini e‟lon qildilar. O„sha kunlari O„zbekiston 
Respublikasining Qurolli Kuchlari o„zining bir yilligini nishonlayotgan edi. 
Markaziy Osiyo davlatlari o„rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikni yanada 
rivojlantirishning huquqiy asosi bo„lib O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Qozog„iston, Qirg„iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlari o„rtasida 
imzolangan do„stlik, hamkorlik va o„zaro yordam to„g„risidagi Shartnomalarda 
maxsus moddalar bilan birga harbiy munosabatlar ham o„z aksini topgan. 
Eng faol harbiy-texnik hamkorlik Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston 
o„rtasida 1994-yilda tashkil topgan yagona iqtisodiy makon doirasida amalga 
oshirilmoqda. 
Yuqorida aytib o„tilgan mamlakatlar hukumatlari o„rtasidagi uch tomonlama 
imzolangan maxsus Bitim esa ushbu hamkorlikning huquqiy asosidir. 
Mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi konseptual muammolarni ko„rib chiqish, 
mudofaa bo„yicha o„zaro hamjihatlikni ta‟minlash, mudofaa va xavfsizlik 
yo„nalishida a‟zo-davlatlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirish, qabul qilingan 
bitimlarni tashkil etish, hamda harbiy hamkorlikning boshqa masalalarini hal qilish 
maqsadida Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston Respublikalarining Davlatlararo 
Kengashi tarkibida ishchi organ sifatida Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston 
Respublikalari Mudofaa vazirlari Kengashi tuzildi va u faoliyat ko„rsatmoqda. Ushbu 


284 
organning faoliyati Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston Respublikalari davlat 
rahbarlari tasdiqlagan maxsus Nizomga asosan tartibga solinadi. 
Mintaqaviy xavfsizlikni ta‟minlash sohasidagi yirik amaliy tadbirlardan biri 
Davlatlararo Kengashning Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahnamoligida tinchlikni 
o„rnatish mashqlarida qatnashishga mo„ljallangan Qozog„iston, Qirg„iziston va 
O„zbekiston Respublikasining tinchlik o„rnatuvchi batalyoni (Sentrazbat) tashkil 
etish, moddiy-texnik jihatdan ta‟minlash va uning faoliyati to„g„risida maxsus 
Nizomni tasdiqlash to„g„risidagi qarori bo„ldi. 
Tinchlikni o„rnatuvchi batalyonni (Sentrazbat) tashkiliy jihatidan mustahkamlash 
maqsadida Davlatlararo Kengashning qaroriga ko„ra ushbu batalyonni «Tinchlik 
yo„lidagi hamkorlik» dasturi doirasida Amerika va Ovro„pa qit‟alarida o„tkaziladigan 
tinchlikni o„rnatish mashqlariga tayyorlash va ishtirok etish hamda BMT 
rahnamoligida ko„p millatli kuchlarni jalb etgan holda Markaziy Osiyo hududida 
mashqlarni o„tkazish ko„zda tutilgan. 
Yuqorida aytib o„tilgan tinchlikni o„rnatish batalyonini tashkil etishning muhim 
sababi Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston Respublikasi davlat rahbarlarining 
BMT Bosh kotibiga qilgan murojaatlari bo„ldi. 
Hozirgi vaqtda tinchlikni o„rnatish batalyoni (Sentrazbat) tamomila shakllandi va 
komplektlandi (butlandi). Uning tarkibida teng ravishda Qozog„iston, Qirg„iziston va 
O„zbekiston Qurolli Kuchlarining ofitserlari, praporshchiklari, serjantlar va askarlari 
bor. 
Batalyonning qurol-aslahasi va harbiy texnikasi BMTning shunday harbiy 
bo„linmalariga qo„yadigan talablariga muvofiq keladi. Ushbu batalyonning tashkiliy 
va faoliyat ko„rsatish masalalari, Markaziy Osiyo davlatlari o„rtasidagi hamkorlikni 
chuqurlashtirish kabi masalalar qatori mudofaa vazirligi Kengashi majlislarida ko„ri-
ladigan asosiy mavzu hisoblanadi. 
Masalan, 1997-yil aprel oyida mudofaa vazirlari Kengashining Toshkentda 
o„tkazilgan navbatdagi majlisida «Tinchlik yo„lidagi hamkorlik» doirasidagi shu yil 
sentabr oyida O„zbekiston va Qozog„iston hududlarida o„tkaziladigan «Sentrazbat-
97» nomli mashqlar loyihasi har tomonlama muhokama etildi. Bu mashqlar 
keyinchalik 1997-1998-yillarda ham o„tkazildi. 
O„zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishganining dastlabki kunlaridanoq 
Mustaqil Davlat Hamdo„stligiga a‟zo davlatlar bilan harbiy sohada hamkorlikka 
muhim ahamiyat bera boshladi. «O„zbekiston,– deydi I.Karimov, ayni shu sababli 
mintaqada va sobiq Ittifoq hududida kollektiv xavfsizlik tizimini barpo etish 
tashabbuskorlaridan biri bo„ldi. MDH mamlakatlari o„rtasida tuzilgan kollektiv 
xavfsizlik to„g„risidagi shartnomalarining dastlabkilaridan biri 1992-yil may oyida 
aynan Toshkentda imzolangani ham tasodif emas». 
Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligiga a‟zo davlatlar o„rtasidagi harbiy-texnik 
hamkorlikka qaratilgan muhim xalqaro-huquqiy me‟yoriy hujjatlar majmui 1995-yil 
fevralda Almatida imzolandi. Umuman, MDHning 5 yillik faoliyati davomida, 


285 
MDHga a‟zo davlatlarning harbiy sohada munosabatlarini tartibga soladigan 200 ga 
yaqin shartnomalar, bitimlar imzolandi. 
Shulardan ko„pi, jumladan, harbiy-texnik hamkorlikni chuqurlashtirish, harbiy 
xizmatchilar va ularning oilasini ijtimoiy himoyalash, MDHga a‟zo davlatlarning 
o„zaro munosabatlarida kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan xavf solmaslik to„g„risida, 
sobiq SSSR Qurolli Kuchlarini qisqartirish, yadro qurolini tarqatmaslik to„g„risida, 
harbiy hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi Shtab to„g„risida, MDHga a‟zo davlatlarning 
mudofaa vazirlari Kengashining Nizomi to„g„risida, kosmik fazoni tatbiq etish va 
foydalanish bo„yicha o„zaro faoliyat to„g„risida, havo hujumidan mudofaaning 
birlashgan tizimini tashkil etish to„g„risida hamda boshqa shartnomalar va bitimlar
O„zbekiston tomonidan imzolangan va aniq bajarilmoqda. 
O„zbekiston, Ukraina, Belarus Respublikasi, Gruziya, Ozarbayjon Respublikalari 
bilan ham harbiy sohada hamkorlik borasida mustahkam aloqa o„rnatdi. Ularning 
harbiy muassasa vakillari davlat va hukumat rahbarlari imzolagan do„stlik, 
hamjihatlik va o„zaro yordam harbiy-texnik hamkorlik to„g„risidagi shartnomalar va 
bitimlarga amal qilgan holda tashriflar davomida harbiy-tadqiqot va ilmiy 
izlanishlarning strategik, taktik yo„nalishlarini kelishib olish va rivojlantirish, qurol-
yarog„ va texnikani takomillashtirish, harbiy kadrlarni o„qitish, Qurolli Kuchlar 
shaxsiy tarkibini moddiy-maishiy jihatdan ta‟minlash masalalari bo„yicha katta ishlar 
olib bormoqdalar. 
O„zbekiston Respublikasining harbiy sohada hamkorlik qilishning ustuvor 
yo„nalishi bu Rossiya Federatsiyasi bilan o„zaro aloqalar o„rnatishdan iboratdir. 
I.A.Karimov ta‟kidlaganidek, 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish