b) Qurolli Kuchlar – xavfsizlik tayanchi
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek:
«Atrofimizdagi
notinch dunyoda do„stlarimiz bor, lekin O„zbekistonni o„z ta‟siri doirasiga
kiritishni xohlaydiganlar ham yo„q emas. Buning uchun ular barcha
nayranglardan, qolaversa, harbiy kuchdan ham foydalanishlari mumkin. Shu
sababli bizning yaxshi tayyorlangan va qurollangan, istiqlolimiz va
chegaralarimizni himoya qilishga qodir armiyamiz bo„lishi kerak!»
.
Tarixdan ma‟lumki, har qanday mamlakat, har qanday xalq o„z sarhadlarini, o„z
xavfsizligini, o„z aholisini, oila, ayol va onalarning tinch va osoyishta hayotini
himoya qila olmas ekan, uni tom ma‟noda davlat, deb atab bo„lmaydi.
Butun tarixiy o„tmishimiz, ajdodlarimiz o„gitlari shundan dalolat beradiki, o„z
hududiy yaxlitligi va mustaqilligini kafolatlay olgan mamlakatgina gullab-yashnaydi.
Sohibqiron Amir Temur bobomizning: «Askarlari baquvvat el qudratli bo„lur,
qudratli elning askarlari baquvvat bo„lur», – degan so„zlarida teran ma‟no mujassam.
Xalqimizning qadimiy va boy tarixiga To„maris, Spitamen, Muqanna, Temurmalik,
Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur kabi o„nlab sarkardalarning nomlari
zarhal harflar bilan bitilgan. O„zining mana shunday buyuk tarixi va ajdodlariga
277
munosib voris bo„lgan xalq mamlakat xavfsizligini ta‟minlashga qodir armiyani
yarata olishi tabiiydir.
Shu boisdan, O„zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, O„zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O„zbekiston Respublikasining davlat
suverenitetini va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va
erkinligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiyani
tuzish zarur ekanligi dastlab Oliy Kengashning 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan
«O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to„g„risida»gi bayonotida
ko„rsatilgan. Bu bayonot xuddi shu kuni qabul qilingan «O„zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to„g„risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda
huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Qonunda suveren respublikaning Mudofaa ishlari
vazirligi hamda Milliy gvardiyani tuzish huquqi bilan birga muqobil xizmatni tashkil
qilish, shuningdek, O„zbekiston hududida joylashtirilgan sobiq SSSR Qurolli
Kuchlarini boshqarish masalalarida harbiy siyosatni amalga oshirish huquqi ko„zda
tutilgan edi. Ushbu hujjatlar O„zbekiston Respublikasining o„z Qurolli Kuchlarini
tuzishida huquqiy asos bo„ldi.
«O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to„g„risida»gi
Konstitutsiyaviy qonunni bajarish yuzasidan O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
1991-yil 6-sentabrdagi Farmoniga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi.
Mudofaa vazirligi Bosh shtabi va boshqarmasi hamda ularning joylardagi quyi
bo„linmalari tuzildi.
Mudofaa vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
– harbiy safarbarlik tadbirlari;
– Milliy gvardiya tuzish va ta‟lim berish;
– fuqarolar mudofaasini amalga oshirish;
– harbiy bilim yurtlarini komplektlash;
– oliy o„quv yurtlaridagi harbiy kafedralar va muntazam harbiy tayyorgarlik
maktablarini boshqarish;
– muqobil xizmatni tashkil qilish;
– urush qatnashchilari va baynalminalchi jangchilar bilan ishlash;
– harbiy xizmatga chaqirish, qo„shinlarni joylashtirish, harbiy mashqlar o„tkazishni
muvofiqlashtirish, qo„shin va harbiy obyektlarni yangi joyga ko„chirib joylashtirish;
– harbiy xizmatchilar va ularning oila a‟zolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish;
– yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va hokazolar.
Ittifoq inqirozga yuz tutayotgan bir paytda va mustaqil suveren davlatimiz
qurilishining dastlabki bosqichlarida Mudofaa ishlari vazirligining tashkil qilinishi
O„zbekiston Respublikasi hududida davlat harbiy tizimi barbod bo„lishining oldini
oldi va boshqa davlatlar hududida xizmat qilayotgan O„zbekiston Respublikasi
fuqarolari ijtimoiy himoya qilinishini ta‟minladi.
O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O„zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega
bo„ldi. Ushbu Qarorga muvofiq, mamlakat hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli
278
kuchlarining barcha qismlari, qo„shilmalari, harbiy o„quv yurtlari, muassasa va
tashkilotlari O„zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi, ular moddiy-texnika va
mablag„ bilan ta‟minlanadigan bo„ldi. Shu tarzda mustaqil mamlakat Qurolli
Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri yakunlandi. 1993-yil 29-
dekabrdagi O„zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 14 yanvar «Vatan
himoyachilari kuni», deb e‟lon qilindi.
Respublika tasarrufiga olingan harbiy tuzilmalarga rahbarlik qilish Mudofaa ishlari
vazirligiga yuklatildi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo„lib o„tgan 12-
chaqiriq 10-sessiyasi mamlakat Qurolli Kuchlarini tizimini takomillashtirishda muhim
voqea bo„ldi. Sessiyada «Mudofaa to„g„risida», «Umumiy harbiy majburiyat va
harbiy xizmat to„g„risida» va «Muqobil xizmat to„g„risida» muhim qonunlar,
shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul
qilindi. Mustaqil O„zbekiston Qurolli Kuchlarining boshqaruvini yanada
takomillashtirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga
binoan Mudofaa ishlari vazirligi O„zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga
aylantirildi.
O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining huquqiy bazasini yaratishdagi
birinchi bosqichning yakunlanishi 1992-yil 8-dekabrda bo„lib o„tgan O„zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasiga to„g„ri keldi. Bu sessiyada davlatning
Asosiy qonuni – O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Konstitutsiyaning 26-bobi mudofaa va xavfsizlik masalalariga bag„ishlangan.
Konstitutsiyaning 125-moddasida «O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
O„zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining
tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarining
tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi», deyilgan. Shuningdek, shu
bobning 126-moddasida «O„zbekiston Respublikasi o„z xavfsizligini ta‟minlash
uchun yetarli darajada qurolli kuchlarga ega», deb ko„rsatilgan.
Davlatimiz harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo„nalishlari 1996-yil 26-
dekabrda qabul qilingan «O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining
asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan.
Shunga asosan bu qonunda «O„zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda
ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday
xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o„z ixtiyorida qoldiradi», deb qonuniy
rasmiylashtirgan. Qonunning ahamiyati va kerakliligi yaqqol ko„rinib turibdi. Bu
qonun O„zbekistonning tinchliksevar siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida
integratsiyaga intilishini yana bir bor ko„rsatmoqda.
Qurolli Kuchlarning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirishda 1997-yil 29-
avgustda
tasdiqlangan
«O„zbekiston
Respublikasining
Milliy
xavfsizligi
konsepsiyasi» haqidagi O„zbekiston Respublikasi qonuni alohida ahamiyatga egadir.
Bu konsepsiyada diniy ekstremizm, millatlararo va etnik ziddiyatlarning
kuchayishi, qurollarning, jumladan yadro qurolining tarqalishi, xalqaro terrorizm,
279
uyushgan jinoyatchilikning avj olishi, narkotik moddalarning tarqalishi hamda
ekologik tanazzul ko„rinishidagi mintaqaviy va yalpi tahdid mavjudligi ta‟kidlanadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Konsepsiya davlatning muhim vazifalaridan
biri milliy xavfsizlikning samarali tizimini yaratish, O„zbekistonning mintaqaviy va
yalpi xavfsizlikni ta‟minlovchi kollektiv hamkorlik tizimiga kirishini taqozo etadi.
O„zbekiston Qurolli Kuchlarining eng muhim vazifalari milliy harbiy
mutaxassislarni tayyorlash va armiyani texnik jihatdan jihozlashdan iborat. Ana
shulardan kelib chiqib, so„nggi paytlarda O„zbekistonda Qurolli Kuchlar uchun
yuksak malakali ofitserlar tayyorlaydigan bir qancha harbiy o„quv yurtlari tashkil
etildi. Armiyani texnik jihatdan jihozlashni mustahkamlash chora-tadbirlari
ko„rilmoqda. Zotan, hukumat
Do'stlaringiz bilan baham: |